Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 39 library.ziyonet.uz/ ovulda birgina bulbul bor. U oʻzi sayrab, oʻzi tinglar, keyin jimib qolar, soʻng yana chahchahlay boshlardi. Tanaboy saman yoʻrgʻani toʻxtatib turdi. – Biram chiroyli, – dedi u ovoz chiqarib. – Munchayam jimjit-a! Faqat bulbulgina sayramoqda. Tushunyapsanmi, Gulsari, a? Qayoqdan tushunarding. Sen yilqilarning oldiga borishing kerak, men boʻlsam... Ular temirchilik ustaxonasidan oʻtib ketishdi, bu yerda eng chekkadagi koʻcha bilan yurib daryoga chiqishlari, undan keyin esa yilqilar podasiga borishlari kerak edi. Lekin xoʻjayini nima uchundir ot boshini boshqa tomonga, oʻrtadagi koʻchaga burdi, uning oxirida, oʻsha juvon yashaydigan hovli yonida toʻxtadi. Koʻpincha qizcha bilan birga chopib yuradigan laycha yugurib chiqdi, bir oz vovilladi-da, dumini likillatib tinchib qoldi. Xoʻjayini egar ustida jim oʻtirar, nimanidir oʻylardi, soʻng bir xoʻrsindi-da, jilovni istar-istamas siltadi. Yoʻrgʻa ilgarilab ketdi. Tanaboy daryo tomon pastga burdi va yoʻlga chiqib olganidan soʻng otini haydadi. Gulsarining oʻzi ham yaylovga tezroq yetib olgisi kelardi. Ular oʻtloq bilan ketishdi. Mana, daryoga ham yetishdi, qirgʻoqda taqalari toshga urilib taraqlay boshladi. Suv muzday, shovillar edi. Suvning qoq oʻrtasiga kelganlarida xoʻjayin jilovini qattiq tortib, otni keskin orqaga burdi. Gulsari xoʻjayinini adashgandir, deb oʻylab boshini chayqadi. Ular orqalariga qaytishlari kerak emasdi. Ha-deb yuraveradimi? Lekin xoʻjayini uning biqiniga qamchi bilan tushirdi. Gulsari urishlarini yoqtirmasdi. U suvligʻini asabiy chaynab xoʻjayiniga istar-istamas boʻysundi va orqasiga burildi. Yana oʻtloq orqali, oʻsha yoʻl bilan, oʻsha hovli tomon joʻnashdi. Uy oldiga kelganlarida xoʻjayini egar ustida yana qimirlay boshladi. Suvliqni goh u yoqqa-goh bu yoqqa tortar, uning nima qilmoqchiligini tushunib boʻlmasdi. Darvoza oldida toʻxtashdi. Sirasini aygganda, darvozaning oʻzi yoʻq edi. Undan faqat qiyshaygan ustunlarigina qolgandi. Yana laycha chopib chiqdi. Bir oz vovilladi-da, dumini likillatib tinchib qoldi. Hovli tip-tinch va qop-qorongʻi edi. Tanaboy egardan tushib, yoʻrgʻani jilovidan ushlaganicha yetaklab hovliga kirdi, derazaga yaqinlashib borib oynani taqillatdi. – Kim u? – ovoz chiqdi ichkaridan. – Men, Bibijon, och, eshityapsanmi, menman!.. Uyda chiroq yondi va derazalar xira yorishdi. – Senga nima boʻldi? Bemahalda qayoqdan kelyapsan? – eshik oldida Bibijon paydo boʻldi. U yoqasi ochiq oq koʻylakda, qop-qora sochlari yelkasiga tushgan edi. Undan badanning iliq hidi va notanish oʻtning gʻalati isi kelardi. – Kechir, – sekin gapirdi Tanaboy. – Olomon-poygadan kech qaytdik. Charchadim. Otning ham tinkasi qurigan. Uni qantarib qoʻyish kerak, oʻzing bilasan, yaylov uzoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling