Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 47 library.ziyonet.uz/ oʻz qiliqlarini koʻrsatadi. Vaqtincha unutilgan hamma narsani esga tushiradi u. Yigirmanchi asrda ham qish oʻzining shu qiligʻini qoʻymadi... Oʻshanda ham shunday qildi. Oriqlab ketgan mollar va yilqilar togʻlardan tushishib, choʻlga yoyilib ketishdi. Bahor. Qishdan omon chiqishdi. Oʻsha bahorda aygʻir Gulsari yilqilar orasida sayr qilib yurdi. Tanaboy endi uni kamdan- kam egarlar, unga rahmi kelar, minaverish mumkin ham emasdi – qochirish mavsumi yaqinlashib qolgandi. Gulsari yaxshi aygʻir boʻladiganga oʻxshardi. Jajjigina qulunlarni xuddi otalariday kuzatib yurardi. Ona biya alahsib qolsa, u qulunning biror yoqqa dumalab ketishiga yoki yilqilardan ajralib qolishiga yoʻl qoʻymasdi. Gulsarining yana bir fazilati shu ediki, u otlarni bekordan-bekor bezovta qilishlarini yaxshi koʻrmasdi, agar bezovta qilaverishsa yilqilarni darrov uzoqroqqa haydab ketardi. Oʻsha yilning qishida kolxozda oʻzgarishlar boʻldi. Yangi rais yuborishdi, Choro ishlarni topshirdi-da, tuman kasalxonasiga yotdi. Uning yuragi juda zaiflashib qolgandi. Tanaboy koʻp marta doʻstini koʻrgani bormoqchi boʻldi-yu, ammo ishni tashlab ketib boʻlarmidi? Choʻpon koʻp bolali onaga oʻxshaydi. Doim, ayniqsa kuz va koʻklamda tashvishi koʻp boʻladi. Mol mashina emaski, qulogʻini burab qoʻyib ketaversang. Shu tariqa Tanaboy tuman kasalxonasiga bora olmadi. Endi uning yordamchisi yoʻq edi. Xotini oʻrin yordamchi yilqiboqar hisoblanardi – turmush kechirish uchun bir amallab pul topish kerak edi-da, axir: mehnat kuniga kam haq toʻlansa ham, har holda bir mehnat kuniga qaraganda ikki mehnat kuniga koʻproq haq olish mumkin. Lekin Jaydarning qoʻlida bolasi bor edi. U qanaqasiga yordamchi boʻla olsin? Kunu tun oʻzi koʻz-quloq boʻlib turishi kerak edi. Tanaboy qoʻni-qoʻshnilari bilan gaplashib yordamchi topgunicha Choroning kasalxonadan chiqib ovulga qaytganligi haqida xabar keldi. Shunda u xotini ikkisi, keyinchalik – togʻdan tushganlarida unikiga borishga qaror qilishdi. Vodiyga endi qaytib tushishganida, yangi joyga endigina koʻnika boshlashganida, Tanaboy haligacha hayajonsiz eslay olmaydigan voqea yuz berdi... Yoʻrgʻa ot dong chiqarsa, oqibati uning uchun yaxshi ham boʻlishi mumkin, yomon ham. Tevarak-atrofga uning dong-dovrugʻi qanchalik koʻp taralsa, boshliqlar unga shuncha koʻp koʻz olaytirishadi. Oʻsha kuni Tanaboy ertalabdan otlarni yaylovga haydadi, oʻzi esa ovqatlanish uchun uyiga qaytdi. Qizini tizzasiga olib, xotini bilan oilaviy ishlar haqida gaplashib choy ichib oʻtirardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling