Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 49 library.ziyonet.uz/ – Salom, Jaydar boybicha. Sogʻligʻingiz qalay? Eringizga yaxshi qarayapsizmi? – Salom, kiringlar, bu yoqqa oʻtiringlar. Hammasi oʻtirishdi. – Bizga qimizdan quy, – dedi xotiniga Tanaboy. Qimiz ichishdi, u yoq-bu yoqdan gaplashib oʻtirishdi. – Hozir eng yaxshi ish – chorvachilik. Hech boʻlmaganda yozda sut, goʻsht boʻladi-ku, – mulohaza qilardi Ibrohim, – dalachilikda yoki boshqa ishlarda umuman hech vaqo yoʻq. Shuning uchun hozir yilqilaru qoʻy-qoʻzilar yonida boʻlgap ma’qul. Toʻgʻrimasmi, Jaydar boybicha. Jaydar bosh silkidi, Tanaboy boʻlsa indamadi. Buni uning oʻzi ham bilardi, chorvachilikni qadrlash kerakligiga ishora qilish uchun har bir imkoniyatdan foydalanadigan Ibrohimdan ham bunday gapni birinchi bor eshitayotgani yoʻq edi. Tanaboyning unga: agar odamlar sut-goʻshtli issiqqina joylarga suquladigan boʻlsa, buning hech yaxshi tomoni yoʻq, degisi keldi. Boshqalar-chi? Qachongacha odamlar bekorga ishlashadi? Urushga qadar bundaymasdi-ku. Kuzda har bir uyga ikki-uch aravadan gʻalla keltirilardi. Endi-chi? Biror yerdan biron narsa undirish uchun qoplari bilan yugurib yurishadi. Oʻzlari gʻalla yetishtirishib, oʻzlari nonsiz oʻtirishadi. Bu yaxshi emas. Faqat majlislaru pand-nasihatlar bilan uzoqqa borib boʻlmaydi. Choro mehnatlari uchun odamlarga yaxshi soʻzdan boʻlak hech narsa bera olmay qolgani uchun ham yurak kasaliga yoʻliqdi. Ammo fikr-xayolini band qilgan bu masalalarni Ibrohimga gapirib oʻtirishning foydasi yoʻq. Tanaboy hozir gapni choʻzishni istamasdi ham. Bularni tezroq kuzatish, ishlarini tezroq bitirish uchun yoʻrgʻani egarlash – barvaqtroq qaytish kerak edi. Nega kelishdiykin ular? Lekin soʻrab-surishtirish noqulay edi. – Negadir seni taniyolmayapman, inim, – Tanaboy Ibrohimning hamrohi, kam gap yosh yigitga murojat qildi. – Rahmatli Abalakaning oʻgʻlimasmisan sen? – Ha, Tanaka, men oʻshaning oʻgʻliman. – Oʻx, vaqt qanday tez oʻtyapti-ya. Yilqilarni koʻrgani keldikmi? – Yoʻq, biz... – U men bilan birga keldi, – uning soʻzini boʻldi Ibrohim. – Biz bu yerga bir ish bilan keldik, keyinchalik gaplasharmiz u haqda. Qimizingiz, Jaydar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling