Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
57 
library.ziyonet.uz/ 
 
qon edi. Tushga kirgan qon yaxshilikka boʻlmaydi, deb oʻylaydi tushida. Qoʻllarini biron 
yerda yuvib olmoqchi boʻladi. Lekin uni itarib tashlashadi, mazax qilib kulishadi, qah-
qah urishadi, chinqirishadi, kimligini bilmaydi, birov deydi: «Tanaboy, qonga qoʻlingni 
yuvyapsan, qonga. Bu yerda suv yoʻq, Tanaboy, bu yerda hamma yoq qon! Ha-ha-ha, ho-
ho-ho, hi-hi-hi!..» 
– Tanaboy, Tanaboy! – yelkasidan silkirdi uni xotini. Tur oʻrningdan. 
 
– A, nima? 
 
– Eshityapsanmi, uyurda bir narsa boʻlayotganga oʻxshaydi. Aygʻirlar urishishyapti. 
Balki Gulsari yana qochib kelgandir. 
 
– Padariga la’nat uning. Hech tinim yoʻq! – Tanaboy tez kiyindi, sirtmoqni oldi va 
allaqanday toʻs-toʻpolon boʻlayotgan pastlik tomon chopib ketdi. Tong yorishib qolgandi. 
 
Chopib kelib Gulsarini koʻrdi. Lekin bunisi nima? Oyoqlariga temir kishanlar solingan 
yoʻrgʻa ot hakkalab yurardi. Oyoqlarida kishanlar jaranglaydi, gir aylanadi, oyoqlarini 
osmonga koʻtaradi, ingraydi, kishnaydi. Manavi kallavaram uyur aygʻiri boʻlsa uni 
bekordan-bekor tepyapti ham, tishlayapti ham. 
 
– Hah, sen yirtqichni! – Tanaboy yelday uchib bordi, kallavaramni shunday urdiki, 
sirtmoqning bandi sinib ketdi. Haydab yubordi. Koʻzlaridan esa yosh chiqib ketdi. – Seni 
nima qilishibdi-ya? Kim oyogʻingga kishan soldi-ya! Nega bu yoqqa sudralib kelding, 
badbaxt tentak?.. 
 
Buni qarang – shunday uzoq joydan, daryodan soylikka, doʻngliklardan bu yergacha 
kishanda hakkalab kelib, yilqilarga axir yetib olibdi. Tun boʻyi, ehtimol, sakrab sakrab 
yurib kelgandir. Qochqin katorgachiday yakka oʻzi kishanni jarang-jurunglatib yoʻl 
yurgandir. 
«Qoyil-e! – boshini chayqadi Tanaboy. Saman yoʻrgʻani silab-siypay boshladi, yuzini 
uning lablariga tutdi. U boʻlsa sekin-asta labini qimirlatar, koʻzlarini chala yumib qisardi. 
 
– Nima qilamiz endi, a? Bu qiligʻingni tashlasang boʻlardi, Gulsari, oxiri baxayr 
boʻlmaydi. Tentaksan sen, tentaksan. Hech narsani bilmaysan... 
 
Tanaboy saman yoʻrgʻani koʻzdan kechirib chiqdi. Tishlangan yerlar bitib ketishi 
mumkin. Ammo kishan oyogʻini qattiq shilib tashlabdi. Toʻpiqlaridan qon oqayotgandi. 
Kishanga qoplangan kigizga kuya tushib, chirib ketgan ekan, suvdan hakkalab oʻtganida 
kigiz tushib ketib, temiri ochilib qolibdi. Ana shu uning oyoqlarini qonga belabdi. 
«Hoynahoy Ibrohim kishanni chollardan topgan boʻlsa kerak. Bu uning ishi», gʻazab 
bilan oʻyladi Tanaboy. Kimniki boʻlardi boshqa? Kishan eskilardan qolgan. Har bir 
kishanning alohida maxsus qulfi boʻladi, kalitsiz ocha olmaysan. Ilgarilari ot oʻgʻrilari 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling