Zardushtiylik
Download 113.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Dadajonov Shohjahon
ZARDUSHTIYLIK 1. Zardushtiylar nimalarga sig’inishgan ? 1) Olov (Quyosh) 2) tuproq 3) suv 4) oy 5) yulduzlar A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,3,5 D) 1,2,3,4,5 2. Zardushtiylik dinining asoschisini ko’rsating. A) Zardusht B) Zaratushtra C) Zoroastr D) Barchasi to’g’ri 3. Zardusht yashagan davrni toping. A) Mil.avv. 1-mingyillik 1-yarmi B) mil.avv. 1-mingyillik 2-yarmi C) Mil.avv. 1-mingyillik so’nggi choragi D) mil.avv. 1-mingyillik boshlari 4. Nima sababdan Zardusht ismi keyinroq Yunonistonda “Zoroastr” shaklida jaranglaydi ? A) Negaki,Yunonistonda uni birinchi galda donishmand sifatida bilishgan. B) Negaki,Yunonistonda uni birinchi galda yulduzshunos sifatida bilishgan. C) Negaki,Yunonistonda uni birinchi galda munajjim sifatida bilishgan. D) Barcha javoblar to’g’ri 5. Afsonaga ko’ra, Zardusht suv olishga borganda, zilol suvda kimning siymosini ko’rib qoladi ? A) Ahuramazdani B) Ahuramazda elchilaridan birini C) Ahrimanni D) 6 ta farishtani 6. Zardusht necha yoshida yangi diniy ta’limot payg’ambariga aylangan ? A) 30 yoshida B) 40 yoshida C) 20 yoshida D) 35 yoshida 7. “Avesto”ning ilk qismi qachon paydo bo’lgan ? A) Mil.avv. X-IX asrlarda B) Mil.avv. IX-VIII asrlarda C) Mil.avv. VIII-VII asrlarda D) m.a.VII-VI asr 8. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi qachon 21 ta kitobga jamlangan ? A) mil.avv. VIII asrda B) mil.avv. IX asrda C) mil.avv. IV asrda D) mil.avv. VI asrda 9. “Avesto” matnlariga sharhlar qanday nom bilan yuritiladi ? A) Tafsir B) Veda C) Zand D) Nous 10. Zardushtiylik tarqala boshlangan davrlarda diniy marosimlar qayerda o’tkazilgan ? A) ochiq osmon ostida B) gulxan yonida C) uydagi o’choq olovi atrofida D) A,B,C 11. Mil.avv. 1-mingyillik boshlarida nima sababdan Zardusht o’z da’vatlarida turli qabilalarni birlikka chorlagan ? A) Istilochilarga qarshi kurashish zaruriyatining tug’ilishi tufayli B) Qabilalar ittifoqiga birlashish zarurati tufayli C) Boshqa hududlarni bosib olish zarurati tufayli D) Yangi dinni targ’ib qilish maqsadida 12. “Avesto”ning alohida qismlarini tarjima qilishga muvaffaq bo’lgan olimni aniqlang. A) F. Nitsshe B) Meri Boys C) A. Dyuperron D) J. Shampolyon 13. Quyidagi xudolardan qaysi biri ehtiromga sazovor xudolarga kirmaydi ? A) Anaxita B) Ahuramazda C) Mitra D) Ahriman 14. Mitra haqida berilgan noto’g’ri ma’lumotni toping. A) Quyosh va yorug’lik xudosi B) Dehqonlar va chorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat homiysi C) Ahuramazda va Ahriman o’rtasida bosh vositachi bo’lgan. D) Barcha ma’lumotlar to’g’ri 15. Mitra qanday qiyofada tasvirlangan ? A) o’spirin yigit B) qanotli odam C) Quyosh misolida D) o’spirin jangchi 16. Mitra nima yordamida Ahriman bilan jang qilgan ? A) o’tkir chaqmoqlar B) o’tkir qilichi C) o’q-yoyi D) o’tli chaqmoqlar 17. Zardushtiylikdagi hosildorlik va suv xudosini aniqlang. A) Kayumars B) Anahita C) Ahuramazda D) Xubbi 18. Zardushtiylikka ko’ra, insonning asosiy burchini aniqlang. A) Umrning tub ma’nosini tushunib yetish B) Adolatli turmush tarzi C) Yovuzlik bilan kurashish D) Faqat yaxshi ishlar qilish 19. Xudo Ahuramazdaning tasviri quyidagi shaharlarning qaysi biridagi saroy devorida mavjud bo’lgan ? A) Xorazm B) Ekbatana C) Persepol D) Kirmonshoh 20. Zardushtiylarda maxsus sopol tobutchalar qanday atalgan ? A) nous B) sarkofag C) ossuariy D) xara Download 113.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling