Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 59 library.ziyonet.uz/ Kigizlarni ham qirqib boshqa narsalarga kerak qildilar, yogʻochlari keraga, changʻoroqlari hovli devorlariga, mollar uchun qoʻralarga ishlatildi, hatto oʻchoqqa yoqildi... Keyin ma’lum boʻlishicha, oʻtovlarsiz uzoq yaylovlarda chorvachilik qilib boʻlmas ekan. Endi Tanaboy bunday soʻzlarni aytishga ogʻzi qanday borganligiga, koʻchma chorvachilik uchun hali oʻtovdan durustroq boshqa hech narsa oʻylab topilmaganligiga qaramay, uni nega qoralaganiga oʻzi ham hayron qolardi. Har bir kichik boʻlagi ajdodlarning asriy tajribasidan oʻtgan oʻtov oʻz xalqining ajoyib kashfiyoti ekanligini u qanday qilib koʻra olmadiykin? Endi u qari Toʻrgʻaydan qolgan ilma-teshik, is bosgan oʻtovda yashardi. Oʻtov juda eski edi, faqat Jaydar benihoya sabr-toqatlik boʻlgani uchun undan foydalanib kelayotgan edilar. U bir necha kunlab oʻtovni yamab-yasqar, yashab boʻladigan holga keltirar, bir- ikki haftadan soʻng esa chirik kigiz yana sitilib ketar, yana teshiklar koʻrinib qolar, shamol gʻuvillab kirar, qor kirar, yomgʻir oʻtar edi. Tagʻin ayol tikish-yamashga kirishardi, bu ishning poyoni koʻrinmasdi. – Qachongacha azob chekamiz? – zorlanardi u, – qara, kigiz emas bu – kukun, toʻkilib- sochilib ketyapti. Keragasi bilan uvuqlari nimaga oʻxshab qoldi! Aytgani uyalasan. Sen loaqal bizga yangi kigizlar olsangchi. Uyning egasimisan yo yoʻqmi? Axir biz ham odamga oʻxshab yashashimiz kerak-ku... Tanaboy avvallari uni yupatib, va’da qilib yurdi. Ovulda oʻziga yangi oʻtov oʻrnatib berishlari zarurligi haqida ogʻiz ochganida esa keksa ustalar allaqachonlar oʻlib ketishgani, yoshlar boʻlsa ularni qanday yasash toʻgʻrisida tasavvurga ham ega emasligi ma’lum boʻlib qoldi. Oʻtovlar uchun kolxozda kigizlar ham yoʻq edi. – Boʻlmasa jun beringlar, oʻzimiz kigiz bostirib olamiz, – iltimos qildi Tanaboy. – Qanaqa jun! – deyishdi unga. – Sen nima, osmondan tushdingmi? Junning hammasi plan boʻyicha sotilyapti, xoʻjalikda bir gramm ham qoldirish mumkin emas... Soʻng oʻtov oʻrniga brezent chodirni taklif qilishdi. Jaydar qat’iyan rad etdi: – Chodirda yashagandan koʻra yirtiq-yamoq oʻtovda yashagan yaxshiroq. Koʻpgina chorvadorlar bu vaqtda chodirlarga koʻchib oʻtishga majbur boʻlishgandi. Ammo bu oʻzi qanaqa turar joy? Na turib yura olasan, na oʻtira olasan, na olov yoqasan? Yozda haddan tashqari isib ketadi, qishda esa it ham sovugʻiga chiday olmaydi. Na buyumlarni joylashtira olasan, na oʻchoq qura bilasan, na chiroyliroq qilib bezata olasan. Mehmonlar kelib qolsa qayoqqa joylashtirishni bilmay qolasan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling