Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
67 
library.ziyonet.uz/ 
 
Jaydar kichik qizi bilan, Tanaboy kattasi bilan. Bolalarni egarlarning oldiga oʻtqizib 
borishardi. 
 
Ovul koʻchalaridan oʻtishardi, yoʻlda uchraganlar va tanish-bilishlari bilan 
salomlashishardi. Temirchilik ustaxonasi oldida esa Tanaboy birdan otini toʻxtatdi. 
 
– Toʻxta, – dedi u xotiniga. Egardan tushdi va katta qizini xotini mingan otning sagʻrisiga 
mingazdi. 
 
– Senga nima boʻldi? Qayoqqa? 
 
– Men hozir qaytaman, Jaydar. Sen ketaver, Choroga ayt, men tezda yetib boraman, 
idorada shoshilinch ishlar bor, tushlikkacha yopilib qoladi. Ustaxonaga ham lip etib kirib 
chiqaman. Koʻchish oldidan taqalarni saranjomlab qoʻyish kerak. 
 
– Oldinma-keyin borishimiz yaxshi emas-ku. 
 
– Hechqisi yoʻq, hechqisi yoʻq. Sen ketaver. Men hozir... 
 
Na idoraga, na ustaxonaga kirdi Tanaboy. U toʻppa-toʻgʻri otxonaga qarab yoʻl oldi. 
 
Otdan tushib, hech kimni chaqirmay bir oʻzi otxonaga kirdi. Koʻzlari qorongʻilikka 
koʻnikkunicha tomogʻi qaqrab ketdi. Otxona boʻm-boʻsh va jimjit edi, hamma otlar minib 
ketilgan edi. U yoq-bu yoqqa qarab olgach, Tanaboy yengil nafas oldi. Otboqarlardan 
birontasini koʻrish uchun yon eshikdan otxona hovlisiga chiqdi. Shunda u bu yerda 
soʻnggi kunlargacha koʻrishdan qoʻrqib yurgan narsasini koʻrdi. 
 
– Shundaydir deb oʻylovdim, ablahlar! – dedi u sekin mushtlarini qisib. 
 
Dokaga oʻralgan dumi arqon bilan boʻyniga bogʻlab qoʻyilgan Gulsari bostirma tagida 
turardi. Kerilgan orqa oyoqlari orasida kattaligi koʻvachaday keladigan, yalligʻlangan 
tarang shish qorayib koʻrinardi. Ot ohur ustida kallasini osiltirib qimir etmay turardi. 
Tanaboy lablarini tishlab ingrab yubordi, yoʻrgʻaning yoniga bormoqchi boʻldi-yu, lekin 
jur’at eta olmadi. Uni vahima bosdi. Boʻm-boʻsh otxona, huvillagan hovli va bichib 
tashlangan yakkayu-yolgʻiz yoʻrgʻa otni koʻrib vahimaga tushdi. U ortiga qayrildi va 
indamay nari ketdi. Tuzatib boʻlmaydigan ish sodir boʻlgan edi. 
 
Ular kechqurun oʻz oʻtovlariga qaytib kelishganlarida Tanaboy xotiniga xasrat bilan dedi: 
 
– Tushim oʻngidan keldi. 
 
– Nima boʻldi? 
 
– Mehmondorchilikda bu haqda gapirib oʻtirmadim. Gulsari endi qochib kelmaydi. Uni 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling