Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
64 
library.ziyonet.uz/ 
 
tomonida choʻqqayib oʻtirib oldi, kechagi aroqning hidi gup etib anqidi va goʻyo uning 
oldida ot emas, balki odam – uning ashaddiy dushmani yotganday oshkora nafrat va 
tantana bilan tirjaydi. 
 
Terlab-pishib ketgan Ibrohim roʻmolchasi bilan artina-artina uning yoniga oʻtirdi. Rais 
ikkalasi yonma-yon oʻtirishib, bundan keyin yuz berishi lozim boʻlgan hodisani kutib 
papiros chekishdi. 
 
Hovlining orqasida esa bolalar chillak oʻynashardi: 
 
Okboy, Koʻkboy, 
 
Buzoqlarni haydama. 
 
Haydasang-u yetmasang, 
 
Bolalarga aytaman – zu-u-u-u... 
 
Quyosh hamon ilgarigiday nur sochardi. Yoʻrgʻa soʻnggi marta poyonsiz dashtni koʻrib 
turgandi, u yerlarda yilqilar erkin holda qanday daydib yurganligini koʻrayotgandi. Ular 
ustidan kulrang gʻozlar uchib oʻtishyapti, qanotlarni qoqishyapti, oʻz orqalaridan 
ergashishga chorlashyapti... Gulsarining tumshugʻiga esa pashshalar yopishib olgan. 
Hayday olmaydi. 
 
– Boshlaymizmi, Joʻraqul Aldanovich! – tagʻin soʻradi Ibrohim. Unisi indamay bosh 
silkidi. Ibrohim oʻrnidan turdi. 
 
Hamma yana harakatga keldi, yopirilib, bogʻlangan yoʻrgʻani tizzalari va koʻkraklari 
bilan bosishdi. Uning kallasini yerga yanada qattiqroq niqtashdi. 
 
Bolalar devor ustiga chiqib chumchuqlarday tizilib olishdi. 
 
– Qaranglar, bolalar, qaranglar, nima qilishyapti. 
 
– Saman yoʻrgʻaning tuyoqlarini tozalashyapti. 
 
– Ja bilarkansan-da, tuyoqlarinimish! Hech-da. 
 
– Hey, nima bor sizlarga bu yerda, qani, joʻnab qolinglar! – ularga qoʻl siltadi Ibrohim. – 
Boringlar, oʻynanglar. Tez. 
 
Bolalar devordan sirgʻalib tushib ketishdi. 
 
Atrof jimjit boʻlib qoldi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling