Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 61 library.ziyonet.uz/ Yorugʻ, oftob charaqlab turgan kun edi. Bahor quyoshga boqib koʻzini suzar, bargaklardan soch taqib bezanar, shudgorlardan bugʻ chiqarar va soʻqmoqlarda naq oyoq ostida maysa-oʻtlar barq urib yashnardi. Otxona oldida bolalar chillak oʻynashardi. Bola chillakni osmonga uloqtirib yuboradi-da, poylab turib uni chillak sopi bilan qulochkashlab urib uchirib yuboradi. Oraliqni chillak sopi bilan oʻlchay boshlaydi – bir ikki, uch... yetti... oʻn... oʻn besh... Injiq hakamlar anavi gʻirromlik qilmasligi uchun uning orqasidan gala-gala boʻlishib kuzatib borishadi. Yigirma ikkita. – Avval yetmish sakkiz edi, endi yigirma ikki, – hisoblaydi bola va yakunlab boʻlgach, shodligini ichiga sigʻdirolmay qichqirib yuboradi: – Yuz! Yuz boʻldi! – Ura-a-a yuz! – deb boshqalar ham qoʻshilishadi. Demak, naq moʻljalni urgan. Ortiq ham emas, kam ham. Endi yutqizgan «zuv»lashi kerak. Gʻolib ganakka – marra chizigʻiga boradi-da, u yerdan chillak otadi. Yanada uzoqroqqa tushadigan qilib otadi. Hamma chillak tushgan joyga qarab chopadi, u yerda chillakni yana bir bor uradi, shu tarzda uch marta uriladi. Yengilgan bolaning yigʻlashiga sal qoladi – u shunchalik uzoq yerga «zuv» deb borishi kerak! Lekin oʻyin qonuni qat’iy. «Nega turibsan, qani zuvla!» chuqur nafas olib: Oyboy, Koʻkboy, Buzoqlarni haydama. Haydasang-u yetmasang, Bolalarga aytaman – zu-u-u-uv... deb gapirib chopib ketadi. Boshi tirsillab yorilib ketay deydi, lekin u baribir «zuv» deb ketaveradi. Ammo chiziqqacha yetkaza olmaydi. Orqaga qaytib, yana boshqadan boshlash kerak. Yana yetkaza olmaydi. Gʻolib tantana qiladi. Nafasing yetmayaptimi – opichib obor! U zuvlovchiga opichib oladi, unisi boʻlsa buni eshakday mingashtirib boradi. – Qani, tezroq, ildamroq yur! – oyogʻi bilan niqtaydi minib olgan. – Bolalar, qaranglar, bu mening Gulsarim. Qara, u qanday yoʻrgʻalab boryapti... Gulsari boʻlsa devor ortida, otxonada turgandi. Toliqqandi. Negadir bugun uni egarlashmadi ham. Ertalabdan beri yem-xashak ham berishmadi, sugʻorishmadi ham. Esdan chiqarib yuborishdi shekilli. Otxona allaqachon boʻshab qoldi, aravalarni olib ketishdi, otliqlar tarqalib ketishdi, otxonada uning birgina oʻzi qoldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling