Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 58 library.ziyonet.uz/ yaylovlardan haydab ketib qolmasliklari uchun eng yaxshi otlarning oyoqlarini kishanlab qoʻyishardi. Oddiy arqon tushovni pichoq bilan kessang bas, kishanlangan otni esa olib keta olmaysan. Ammo bunday voqealar qachonlardir boʻlardi, hozir esa kishan kamyob narsa boʻlib qoldi. Oʻtmishdan xotira sifatida bironta cholda saqlanib qolgan chiqar... Lekin mana bunisini qarang, hoynahoy, kimdir aytgan boʻlsa kerak shunday qilish kerak deb. Ovul yaylovidan uzoqqa ketib qolmasligi uchun saman yoʻrgʻani kishanlab qoʻyishibdi. U boʻlsa baribir qochib kelibdi... Butun oila bir boʻlib Gulsarining oyogʻidan kishanni yechib olishdi. Jaydar jilovidan ushlab, yoʻrgʻaning koʻzini bekitib turdi, qizlari atrofda oʻynab yurishardi, Tanaboy boʻlsa, hamma asboblarini keltirib, qulfni ochishga kalit tanlash bilan ovora boʻlib terlab- pishib ketgandi. Temirchilik malakasi, uquvi yarab qoldi, uzoq pishillab urindi, qoʻllari shilinib ketdi, lekin baribir yoʻlini topib ochdi. Kishanni uloqtirib tashladi. Yoʻrgʻaning oyoqlaridagi qon oqayotgan joylarga malham qoʻydi. Jaydar uni otqoziqqa bogʻlagani olib ketdi. Katta qizi singlisini orqasiga opichib olib, ular ham uyga yoʻl olishdi. Tanaboy boʻlsa hamon hansirab, pishillab oʻtirardi, u qattiq charchagandi. Keyin asboblarni yigʻishtirib, yerdan kishanni oldi. Qaytarib berish kerak, boʻlmasa yana javob berishga toʻgʻri keladi. Zanglagan kishanni tomosha qila turib, ustaning ishiga qoyil qoldi. Hamma tomoni joyida, aql ishlatib yasalgan edi. Keksa qirgʻiz temirchilarnning ishi. Ha, bu hunar endi yoʻqolgan, umrbod unutilgan. Kishanlar endi kerakmas. Ammo boshqa buyumlarning yoʻqolganiga afsuslanasan kishi. Kumushdan, misdan, yogʻochdan, teridan qanday bezaklar, qanday asbob-anjomlar yasashardi-ya! Qimmat ham emasdi, lekin goʻzal buyumlar edi. Har birining oʻziga xos goʻzalligi bor edi. Endi bunaqalar yoʻq. Eidi hamma narsani – krujkalar, laganlar, qoshiqlar, ziraklar va togʻorachalarini alyumindan yasashadi – qayoqqa borsang, hamma yerda bir xil narsa, joningga tegib ketadi. Egarsoz ustalarning ham eng oxirgilari qoldi. Qanaqa egarlar qila olishardi-ya! Har bir egar oʻz tarixiga ega edi: kim, qachon, kim uchun va oʻz mehnati qanday taqdirlangani ma’lum edi. Yaqinda hamma xuddi u yoqda, Yevropadagidek, mashinada yuradigan boʻlsa kerak. Hammasiniki bir xil mashina, faqat nomerlaridan ajratasan, xolos. Bobolar hunarini esa unutib yuboryapmiz. Qadimiy qoʻl hunarini yoʻqotdik, holbuki, inson qalbi ham, koʻzi ham qoʻllarda... Goho Tanaboyni shunday xayollar chulgʻab olardi. Xalq hunari haqidagi mulohazalarga berilib ketardi, u yoʻqolib ketayotganligi uchun kimni ayblashni bilmay kuyib-pishar, gʻazablanardi. Holbuki, oʻzi ham yoshligida qadimdan meros qolgan narsalarimizning shunday goʻrkovlaridan biri boʻlgandi. Bir kuni hatto komsomol yigʻilishida oʻtovlarni tugatish haqida nutq ham soʻzlagandi. Kimdandir oʻtovlar yoʻqotilishi kerakligini, oʻtov – inqilobdan oldingi turar joy ekanligini eshitgandi. «Bitsin oʻtov! Eskichasiga yashashni bas qilaylik». Oʻtovni ham «quloq qilishdi». Uylar qura boshlashdi, oʻtovlar esa sindirib tashlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling