MA’NO KO’CHISH TURLARI BO‘YICHA
-
(metafora) qozonning qulog‘i
-
(metonimiya) auditoriya kuldi
-
(metafora) so‘z bilan chaqib oldi
-
(metonimiya) besh qop(shakar) oldi
-
(metafora) stolning oyog‘i
-
(metafora) arraning tishi
-
(metonimiya) to‘qson besh (choy)
-
(metafora) yengil ta’zim
-
(metonimiya) Navoiyni ko‘p mutolaa qilgan
-
(metafora) Marg‘ilonni ulab bering
-
(sinekdoha) dunyoda o‘zimizdan keyin qoladigan tuyog‘imiz
-
(metafora) varrakning dumi
-
(sinekdoha) tirnoq(farzand ma‘nosida)
-
(metafora) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi
-
(metafora) Ko‘z yoshi sel bo‘ldi, bo‘ron o‘kirdi
-
(sinekdoha) ko‘z(mahalla qora ko‘zlari)
-
(metafora) Adashgan it kabi Furqat, qayon borgum bilolmasman
-
(metafora) Ulug‘bek – misoli oftob
-
(metonimiya) Osmonga tikilar million juft ko‘zlar
-
(metafora) To‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmaydi
-
(metonimiya) Osmon fonarini yoqdi shu onda
-
(metafora) Litsey qaldirg‘ochlarini tabriklashdi
-
(metafora) gapni gapga ulamoq
-
sinekdoha) quloq(Eshitgan quloq nima deydi?)
-
(metafora) o‘choq og‘zi
-
(metafora) ariqning labi
-
(sinekdoha) Tog‘ning ko‘rki tosh bilan, odam ko‘rki bosh bilan
-
(metonimiya) auditoriya kuldi
-
(metafora) to‘g‘ri gap
-
(vazifadoshlik) eshik tugmasi
-
(metonimiya) Navoiyni o‘qidim
-
(sinekdoha) olma gulladi
-
(metafora) egarning qoshi
-
(kinoya) “akademiklarimiz” yana darsga tayyor emas
-
(metafora) yog‘ochning beli
-
(sinekdoha) panja(Besh panjangni og‘zingga tiqma)
-
(metafora) Soatning yurishi
-
(metafora) yengil kuy
-
(kinoya) Qo‘shinning oldingi qismi “dushman” lagerini egallashga ulgurgan edi
-
(metafora) Rahmi kelinb bulutning, Yig‘lab to‘kar yoshini, Qushlar qochar, majnuntol ko‘taradi boshini
-
(vazifadoshlik) o‘q (miltiq o‘qi ma‘nosida)
-
(metafora) Tuzsiz she’rlarim deb shirindan-shirin Bolalarim yurar oyoq uchida…
-
(vazifadoshlik) tomir(daraxt tomiri ma‘nosida)
-
(metafora) maktabning biqini(yonboshi)
-
(metafora) rubobning qorni
-
(metafora) ko‘chaning boshi
-
(sinekdoha) oyoq(qing‘ir oyoqlar – og‘rilar ma’nosida)
-
(metafora) o‘choq og‘zi
-
(sinekdoha) qo‘l (egri qo‘llar – o‘g‘rilar ma’nosida)
-
(metafora) dengiz qo‘ltig‘i
-
(vazifadoshlik) siyoh (yozuvda qo‘llanadigan har qanday rangdagi suyuqlik ma‘nosida)
-
(metafora) qo‘shni dala
-
(metafora) samolyotning dumi
-
(metafora) imtihondan yiqilmoq
-
(vazifadoshlik) chiroq (elektr toki yordamida yorug‘lik taratuvchi asbob ma‘nosida)
-
(metafora) sovuq xabar
-
(tag ma’no) Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo‘lmasmidi?! Er: Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan
-
(metafora) qaynoq liniya
-
(metafora) achchiq sovuq
-
(metafora) mansabdan tushmoq
-
(sinekdoha) bosh(Bu bosh nimalarni ko‘rmadi?)
-
(metafora) stolning oyog‘i
-
(metafora) maktab biqini
-
(metonimiya) bir rus qishda muzqaymoq yeb o‘tirgan ekan
-
(metafora) kemaning tumshug‘i
-
(metonimiya) ikkita chinni berib yuboring
-
(metafora) yengil ta’zim
-
(metafora) issiq yuz
-
(metonimiya) Qoshiga o‘sma qo‘ydi
-
(sinekdoha) yostiq(hayot, umr ma‘nosida – Urush ko‘plarning yostig‘ini quritdi)
-
(metonimiya) yarim yillik (imtihon) topshirildi
-
(metonimiya) Pushkinni o‘qidim
-
(snekdoha) Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko‘rmagan
-
(kinoya) Bizni “homiy”lardan himoya qilg‘il, Degan sharq xalqida piching – duo bor
-
(metafora) choynakning burni
-
(metonimiya) Hamma Mashrabni o‘qib kelsin
-
(metonimiya) Ertaga do‘stimizning yettisi bo‘ladi(yetti – sovuq marosim)
-
(metonimiya) Galeriyada Behzodni namoyish etishyapti
-
(sinekdoha) yurak(Sher yuraklar jangda chekinmaydilar)
-
(metonimiya) Qizil shapkacha rostini so‘zlabdi
-
(metafora) g‘or og‘zi
-
(metonimiya) Onam yupqa pishirib berdi
-
(metonimiya) Singlim kir yuvib o‘tirgan edi
-
(metafora) otlanmoq(xoh otda, xoh piyoda, xoh mashinada bo‘lsin “biror joyga jo‘nash” ma’nosida)
-
(metonimiya) kun(kunduz ma’nosida)
-
(metonimiya) oy(30 kun ma’nosida)
-
(kinoya) Xo‘sh, janobi oliy, qaysi sho‘rlik xalq Sizning “himoyangizga” qolmish intizor
-
(sinekdoha) bo‘yin (…yo‘g‘on bo‘yinlar bekor yurishibdi)
-
(metafora) qozonning qulog‘i
-
(sinekdoha) tish(sichqon tish tirjayib javob berdi)
-
(metafora) Qirning etagida qo‘y-qo‘zilar o‘tlab yuribdi
-
(metonimiya) Bu ishda uning ham qo‘li(ishtiroki ma’nosida) bor
-
(metafora) Fevralning etaklarida havo juda ham sovib ketdi
-
(sinekdoha) yostig‘ingni quritaman
-
(metonimiya) Bolalarning tomog‘idan(yeb-ichishidan ma’nosida) xabar olib turing
-
(metafora) akkulmulator o‘tirdi
-
(sinekdoha) bir tuyoq bilan to‘rt jonni boqmoq
-
(metafora) fabrika o‘tirdi
-
(vazifadoshlik) saolyotning qanoti
-
(metafora) sovuq xabar
-
(metafora) U tarvuzning bir pallasini paqqos tushirdi
-
(metonimiya) Uning perosi qasos o‘ti bilan yonardi
-
(kinoya) Shunaqa “do‘st”lardan ko‘p bo‘lsa dushmanning keragi yo‘q
-
(sinekdoha) Besh qo‘l barobar emas
-
(metonimiya) Mazkur gaplarning hammasi ustoz S.Ayniy qalamiga tegishli
-
(metafora) Bahor kelinchakdek yasanib keldi
-
(metonimiya) Fuzuliyni oldim qo‘limga
-
(kinoya) “Matematik” sinfdoshimning bir nozi algebrani “suv qilib ichmoqqa” yo‘lladi
-
(metafora) shamol bo‘lmasa daraxtning boshi qimirlamaydi
-
(metonimiya) bir stakan (suv) ichdim
-
(metafora) Derazaning singan ko‘ziga eski pleyonka tortib qo‘yilgan
-
(metonimiya) bir tarelka (ovqat) yedim
-
(metafora) …gazetaga urib chiqishdi
-
(sinekdoha) Kalning nimasi bor – temirdan tarog‘i bor
-
(metafora) Maktabning biqinida kasalxonaning bo‘lishi gigiyenaga xilofdir
-
(metonimiya) qishloq uyquda
-
(sinekdoha) O‘n qo‘li – o‘n hunar
-
(metonimiya) marhumning qirqiga brogan edik
-
(metafora) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi
-
(metonimiya) o‘nga (yoshga) kirdim
-
(metafora) gapni burmoq
-
(sinekdoha) G‘ilayning rejasi guruh boshlig‘iga ma’qul keldi
-
(metafora) shirin so‘z
-
(metafora) achchiq haqiqat
-
(sinekdoha) soch(Jingalak soch burilib qaradi)
-
(metonimiya) qo‘lda po‘lat(qilich ma’nosida) shirqillar
-
(sinekdoha) yuz(rapida yuz yoyilib kuldi)
-
(metafora) vaqtni cho‘zmoq
-
(sinekdoha) qo‘l(Besh qo‘l barobar emas)
-
(metafora) oq(qora) ko‘ngil
-
(metafora) bemaza gap
-
(metonimiya) Samovarga chiqdik
-
(metafora)inglizchaga o‘girmoq
-
(metonimiya) qahva ichdim
-
(metafora) gapni bo‘lmoq
-
(metonimiya) “Hamza”da tushaman
-
(metafora) jonli suhbat
-
(metafora) yorug‘ yuz
-
(sinekdoha) O‘z jigariga ham rahm-shafqat qilmaydilar
-
(metafora) ochiq ko‘ngil
-
(metonimiya)Butun mahalla-ko‘y Razzoq So‘fining baxtini olqishlab chapak chalar edi
-
(metafora) uyquning qochib ketishi
-
(sinekdoha) Meni u eshikka qadam bostirishmaydi
-
(metafora) shirin uyqu
-
(metafora) katta gap
-
(metafora) chuqur o‘ylash
-
(metonimiya)Butun Samarqand g‘azabga keldi
-
(sinekdoha) Tuyog‘imiz ko‘paydiki, kamaygani yo‘q
-
(metonimiya) bir tovoqni tushirdim
-
(metafora) qarzni uzmoq
-
(metonimiya) dasturxonga qarang
-
(sinekdoha) Kechgacha tuz totmadi
-
(metonimiya) Mirzo Ulug‘bekda yashayman
-
(metafora) Jonni berib, qarzni uzib qutulasan
-
(sinekdoha) Bitta shu tuyoq bilan oltita bolani boqdim
-
(metonimiya) 60 ga kirdi
-
(metafora)Harbiy xizmat temir intizomni talab qiladi
-
(sinekdoha) “Do‘stlar” – deya peshvoz yurdi jingalaksoch
-
(metafora)Bahslashishga yo‘l qolmagan edi
-
(sinekdoha) U tirnoqqa zor(farzand ma’nosida)
-
(sinekdoha) Qo‘liga uzuk taqmoq
-
(metonimiya) Majlisga butun qishloq keldi
-
(metafora)Fan cho‘qqilarini egallaymiz
-
(metonimiya) O‘tkir Hoshimovni ko‘p o‘qiyman
-
(sinekdoha) Bolam tanangda o‘yalb ko‘r
-
(metafora)Razvedkachi gullab qo‘ydi
-
(metafora)Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o‘rgangan
-
(metafora) U ko‘l yoqasiga kelganini ham sezmadi
-
(metonimiya) Mabodo “Besh bolali yigitcha” kelmadimi?
-
(metafora) Choyxonachi Yoshi elliklardan oshib qolgan bo‘lsa ham, xuddi o‘smirlarday yengil qadam tashlardi
-
(metonimiya)Ichak chovog‘im tugadi, endi kalla sotaman(qassob nutqidan)
-
(metafora)Yo‘lchi hali gapini bitirmagan edi, Mirzakarimboy uni kesdi
-
(metonimiya) Anavi telpak shaxmatni yaxshi o‘ynar ekan
-
(metafora)Mustabid hokimiyat yiqildi
-
(sinekdoha) Eshigimda juda ko‘p odamlar ishlagan
-
(metonimiya)Ko‘rdim Shukur Burhon “Hamza”dan chiqib, asta piyodalab ketdi bir kuni
-
(metafora)Dutorning qulog‘i
-
(metonimiya)Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi
-
(metafora) hovlining etagi
-
(metonimiya) Butun shahar yig‘ildi
-
(metonimiya) Majlis qaror qildi
-
(sinekdoha) yong‘oq ekdim
-
(metafora) yuziga sakradi
-
(metafora) piyolaning labi
-
(sinekdoha) cho‘qqi soqol kuldi
Do'stlaringiz bilan baham: |