Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 43 library.ziyonet.uz/ yolidan ushlab olishi bilan, Gulsari juvonni turtib, agʻanatib yubordi-da, hovlidan otilib chiqib ketdi. Gulsari endi na suvliqqa, na qamchiga, na ovozga boʻysunmay, tabiiy sezgisi bilangina yoʻlni payqab, boʻronli tunda shatirlatib yogʻayotgan jala ostida uchib borardi. U endi oʻz hukmini yoʻqotgan xoʻjayinini qaynab-toshib oqayotgan soy oʻrtasidan suvning shovillashi va momaqaldiroqning guldur-gulduri ostida, butazorlar orasidan, soyliklar, jarliklardan olib oʻtdi, shiddat bilan olgʻa tomon chopgani-chopgan edi. Gulsari hech qachon, na katta uloqda, na olomon-poygada oʻsha dovulli kechadigidek chopmagandi. Quturgan saman yoʻrgʻa qayoqqa, qanday qilib olib ketayotganini Tanaboy bilmasdi. Yomgʻir yuzi va badanlarini kuydirayotgan kuchli olovday tuyulardi unga. Uning miyasini faqat birgina fikr oʻyar edi: «Yilqilarga nima boʻldiykin? Otlar hozir qayerda ekan? Temir yoʻl tomonga qochib ketishlaridan Xudo asrasin. Poyezd halokati! Oʻzing panohingda saqla. Oʻzing qoʻllab-quvvatla, Xudo! Yordam ber. Yiqilib tushma Gulsari, yiqilib tushma! Choʻlga olib chiq, oʻsha yoqqa, oʻsha yoqqa, yilqilarga olib bor!» Choʻlda esa oq yolqini bilan zulmatda koʻzni qamashtirib chaqmoqlar goh u, goh bu yerda chaqnab turadi. Soʻng yana atrofni zulmat qoplar, momaqaldiroq gumburlar, shamol aralash yomgʻir yogʻardi. Goh yorishar, goh qorongʻilashar, goh yorishar, goh qorongʻilashar edi... Yoʻrgʻa oldingi oyoqlarini balandga tik koʻtarar va ogʻzini katta ochib kishnar edi. U chaqirar, u chorlar, u izlar, u kutardi. «Qaydasiz? Qaydasiz? Javob qaytaring!» Unga javoban osmon gumburlar, soʻng yana chopish, yana izlash, yana boʻronga qarshi yugurish. Havo goh yorishar, goh qorongʻilashar, goh yorishar, goh qorongʻilashar edi... Boʻron faqat tongga borib tindi. Bulutlar birin-ketin asta tarqalishdi, lekin sharqda momaqaldiroq hali ham tinmasdi, osmon gumburlar, qarsillar, momaqaldiroqlar bir- biriga qoʻshilib ketar edi. Ezilib ketgan yerdan bugʻ koʻtarilardi. Bir necha yilqichi tarqalib keggan otlarni toʻplab, tevarak-atrofda izgʻib yurishardi. Tanaboyni esa xotini izlab yurardi. Toʻgʻrirogʻi, kutib oʻtirardi. U tundayoq qoʻshnilari bilan birga otga minib, eriga yordam uchun chopgandi. Ular yilqilarni topishdi, jarlikda ushlab qolishdi. Lekin Tanaboy yoʻq edi. Adashib qolgandir, deb oʻylashdi. Ammo u erining adashmaganligini bilardi. Shuning uchun qoʻshnilarining oʻgʻli: «Huv ana, eringiz, Jaydar opa, huv ana kelyapti!» deb quvonib qichqirib, u tomon otini choptirib ketganida, Jaydar joyidan qoʻzgʻalmadi. Daydi erining qanday qaytib kelayotganligiga ot |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling