Tilning paydo boʻlishi haqidagi nazariyalar


Download 11.49 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi11.49 Kb.
#1108372
Bog'liq
Tilning paydo boʻlishi nazariyalari


Tilning paydo boʻlishi haqidagi nazariyalar

Tilning paydo bo‘lishi masalasi - til qachon va qayerda paydo


boigan, dastlab nechta til bo'lgan, u yoki bu tillar qanday bo‘lgan va
shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgani
yo‘q. Bu xususda ilmiy taxminlar mavjud, xolos. Ba’zi olimlaming
fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan.
M a’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir.
Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarishlar
sodir bo‘lganini tasaw ur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy
nuqtai nazardan o‘rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv
paydo bo‘lishidan awalgi holati biz uchun qorong‘idir. Biz faqat
yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti
to ‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib fikr yuritishimiz
mumkin. Lekin yozuv paydo bo‘lgandan keyingi tilni o‘rganish tilning
paydo boiishi to ‘g‘risidagi muammoni yoritishga imkon bermaydi.
Shunday b o ‘lsa ham , b a ’zi olim lar bu m asalaga oid o ‘z
munosabatlarini, fikrlarini aytib o‘tishgan.
Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilni qay tarzd a kelib
chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs yuritganlar.
Tilshunoslik tarixidan m a’lumki, bu masalada grek faylasuflari
bir-biriga zid ikki xil farazni o ‘rtaga tashlagan. Demokrit va
boshqalar (asrimizgacha bo‘lgan 460-370-yillar) tilda narsa nomi
bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur
tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson
tomonidan yaratilgan, degan fikmi ilgari surishgan. Bu guruh olimlar
anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar
(asrimizgacha bo‘lgan 427-347-yillar) narsa bilan uning nomi orasida
m uayyan bog‘lanish bor. Bu b o g ‘lanish narsalarning
xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy
kuch tomonidan o‘matilgan, degan fikmi ilgari surishgan. Tarixda
bu oqim anologistlar deb nom olgan.
Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, narsalar bilan
ulaming nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog‘lanishyo‘q. Bu ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog‘liqlik bo‘lganda tillaming soni 5000 dan ortib ketmasdi. Lekin shu bilan birga tillaming bugungi holati,
ya’ni sinxroniya nuqtai nazaridan zamonaviy tillarda har ikki
oqimning fikrlarini tasdiqlovchi yetarli faktlar mavjud. Quyida ular
to‘g‘risida qo‘shimcha m a’lumotlar beriladi.Tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy farazlar
Tilning paydo bo‘lishi to ‘g‘risida asosiy farazlardan biri tovushga taqliddir.
Bu faraz qadimgi Yunonistonda - Demokrit va Platon davrida
o‘rtaga tashlangan bo‘lib, unga ko‘ra ibtidoiy odamlar yo ongli, yo
ongsiz tarzda turli-tuman tovushlar, ya’ni hayvonlaming baqiriqlari,
qushlarning sayrashi, shamol va sharsharalarning ovozlari va
hokazolarga taqlid qilishga harakat qilishgan. Ibtidoiy odamlar
dastlab ayrim tovushlarni, keyinchalik bu tovushlam i bir-biriga
q o ‘shib talaffuz qilishni o ‘rganishgan: bu tovush va tovush

birikmalari so‘z yasashga asos bo‘lgan, degan fikr ilgari suriladi.

Har bir tilda tabiat tovushlariga taqlid qilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan

so‘zlar, masalan, rus tilida KyKyuiKa, raBKaTb, rnnneTb (inimeHHe),

o ‘zbek tilida - q arg ‘a, sharshara, kaklik, chum chuq, miyov

(miyovlamoq)ning mavjudligi bunday farazga asos qilib olingan.

Ammo bu so‘zlar tildagi so‘zlaming juda kamchiligini tashkil etadi.

T ab iatd a tovush chiqarm aydigan narsalarning soni tovush

chiqaradiganlarga nisbatan k o ‘p. Shunday b o ‘lgach, tovush

chiqarmaydigan narsalarga nom qayerdan olib qo‘yilgan, degan

tabiiy savol tug‘iladi. Tovushga taqlid qilish farazi to‘g‘ri bo‘lsa, unda

ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilalar tilida bunday usulda yasalgan

so‘zlarning soni fan va texnikasi rivojlangan xalqlar tilidagiga

nisbatan ko‘proq bo‘lishi kerak. Lekin so‘nggi yillarda Avstraliya

va Janubiy A m erikada topilgan, ibtidoiy tuzum ni boshidan

kechirayotgan qabilalar tilida o ‘tkazilgan tajribalar, bu tillarda

tovushga taqlid qilish yo‘li bilan yasalgan so‘zlar rivojlangan

tillardagiga nisbatan birmuncha kamligini ko‘rsatdi. Undan tashqari,

tabiatdagi baqiriq-chaqiriq, shovqin-suronlarga taqlid qilish uchunnutq organlarining o‘ta rivojlangan bo‘lishi zarurligi ham aniqlangan.

Demak, tovushga taqlid farazi tilning paydo boiishi masalasini uzil-

kesil hal qilolmaydi.

M a’lumki, til bilan tafakkur bir vaqtda paydo bo‘ladi. Shunday

ekan, yuqoridagi farazni ilgari surgan faylasuflar va tilshunoslaming

fikri til bilan tafakkur birligiga ziddir, chunki farazda dastlabki

taqlidiy tovushlarni ibtidoiy odamlar beixtiyor «izhor qilishgan»

deyiladi. Bunday holda til tafakkurdan avval paydo bo‘lgan degan

noto‘g‘ri xulosa yuzaga kelishi mumkin.

Undovlar farazi. Tilning paydo b o ‘lishiga doir ikkinchi keng

tarqalgan fikr undovlar farazidir. Bu faraz ham qadimiy bo‘lib, uning

asosida ham hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlari yotadi. Bu faraz

asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq-

chaqiriqlarini o‘rganib, ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari,

g‘am-alamlarini ifodalashgan: oh, uh kabi undov so‘zlar bunga misol

qilib ko‘rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa ana shunday so‘zlaming

birikuvidan kelib chiqqan, deb tushuntiriladi. Taniqli fransuz olimi

Jan Jak Russo (XVIII asr) ham shu fikmi quwatlagan.

Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud bo‘lib, ular

yordamida har xil so‘z turkumlari yasalishi mumkin (o‘zbek tilida

uflamoq va rus tilida oxamb, yxamb). Lekin bu so‘zlaming miqdori

shu qadar kamki, tildek murakkab hodisa ana shu yo‘l bilan paydo

bo‘lgan, deyish bu masalani juda soddalashtirib yuborgan bo‘lur edi.

M a’lum ki, tilning asosiy vazifasi odam lar orasida fikr

almashinuvini ta ’minlashdir. Binobarin, mazkur farazni qabul qilish

tilning asosiy vazifasini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad etishga

olib keladi. Ichki kechinmalami izhor qilish doimo ham jamiyatning

bo‘lishini taqozo qilmaydi. Vaholanki, tilning yashashi va rivojlanishi

jamiyat bilan uzviy bog‘liq: jamiyat bor joydagina til bor, til bor joyda

jamiyat mavjud.

Mehnat chaqiriqlari farazi. Bu farazni ilgari surgan olimlarning

fikricha, til odamlar jamoa bo‘lib mehnat qilayotganlarida mehnatni

tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida paydo bo‘lgan.

Hozirgi zamon olimlarining m a’lumot berishicha, tilning paydo

bo‘lishida mehnat chaqiriqlarining hech qanday daxli yo‘q, chunki u na

odamlar orasida aloqa vositasi vazifasini bajaradi, na narsa vahodisalaming nomini ataydi va na his-hayajonni ifodalaydi. Bu faraz

ham tilning kelib chiqish sabablarini, tilning paydo bo‘lishini jamiyatning

paydo bo‘lishi, so‘zlash va fikr yuritish qobiliyatiga ega b o ‘lgan

insoniyatning paydo bo‘lishi bilan uzviy ravishda bog‘lay olmaydi.

Ijtimoiy kelishuv farazi. Bu faraz XIX asming ikkinchi yarmida

paydo b o ‘lib, uni ilgari suruvchi olimlar b a ’zida bir-biriga zid

xulosalarga kelishgan, ularning tilning kelib chiqishi to ‘g‘risidagi

asosiy fikrlari bir xil. Qisqa qilib aytganda, bu farazga narsalami

qanday atashni odamlar o‘zaro kelishib olishgan. Ko‘rinib turibdiki,

boshqa farazlarga qaraganda, bu eng oddiy va oson tanqid qilinishi

mumkin, chunki biror narsa to‘g‘risida kelishib olish uchun, tabiiyki,

kelishuv vositasi, ya’ni til kerak. Binobarin, bu faraz tilning paydo

bo‘lishini emas, balki til rivojlanishining bir yo‘nalishini tushuntirishi

mumkin. Hozirgi vaqtda u yoki bu fanga taalluqli so‘z va atamalar

o‘zaro kelishib olinadi. Lekin buning tilning paydo bo‘lishiga hech

qanday aloqasi yo‘q.

Yuqorida qayd etilgan farazlar ayrim-ayrim olinganda tilning

paydo bo‘lishi jarayonini to‘la-to‘kis tushuntirib bermasa-da, ularning

har birida m a’lum darajada haqiqat bor, ya’ni bu fikrlarning har

qaysisi tilning paydo bo‘lishi hodisasiga o‘z hissasini qo‘shgan. A w al

aytilganidek, til - ijtimoiy hodisa, odamlar jamiyatlarga uyushgan

vaqtdan boshlab bir-birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tug‘ilgan.

Tilning paydo bo ‘lishi tafakkur bilan bir vaqtda sodir b o ‘lgan.

Insoniyatga xos boigan bu ikki hodisa bir-biri bilan uzviy bog‘langan,

biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Tilning asosida tafakkur yotadi,



tafakkur esa o‘z navbatida til orqali namoyon bo‘ladi, rivojlanadi.

Til takomillashishining garovi esa - tafakkurdir.
Download 11.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling