Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
13 
library.ziyonet.uz/ 
 
oʻtov qoldi, endi oilasi bilan birga koʻchib kirishi lozim edi. Boshqa oʻtovga uning 
yordamchisi oʻrnashishi kerak edi. Ammo hali yordamchi topishmagandi. Hozircha uning 
bir oʻzi edi. Xayrlashayotganida Toʻrgʻay yana: 
 
– Saman toyga hozircha tegmay tur,– dedi. – Hech kimga ishonib topshirma ham. 
Bahorda oʻzing minishga oʻrgat. Ha, ehtiyot boʻl. Egarlab minib olgandan keyin qattiq 
haydama. Tizginini hadeb tortaversang yoʻrgʻa qadamidan ayniydi, otni buzib qoʻyasan. 
Tagʻin qara, birinchi kunlari issiqlab turib koʻp suv ichib qoʻymasin. Oyoqlariga suv 
tushadi, oqbosh yarasi paydo boʻla boshlaydi. Agar oʻlmasam, minishga oʻrgatganingdan 
keyin koʻrsatarsan. 
 
Toʻrgʻay unga yilqilarni, oʻtovni, togʻ-toshlarni qoldirib, koʻch-koʻronlarini tuyaga 
ortdiyu, kampiri bilan joʻnab ketdi... 
 
Gulsari oʻzi haqida qancha gap-soʻzlar boʻlganini, yana qancha soʻzlar aytilishini va 
bularning oqibati nima boʻlishini bilsa edi!.. 
 
U yilqilar podasida avvalgiday erkin yurardi. Chor atrofda hech narsa oʻzgarmagan, oʻsha 
togʻlar, oʻsha maysalar va oʻsha daryolar. Faqat chol oʻrniga Kulrang shinel' va soldatcha 
quloqchin kiyib olgan boshqa xoʻjayin ularni qoʻriqlay boshladi. Yangi yilqichining 
ovozi xirqiroq, lekin baland va kuchli edi. Yilqilar koʻp oʻtmay unga oʻrganib qolishdi. 
Mayli, atrofda aylanib yuraversin. 
 
Keyin esa qor yogʻdi. U dam-badam yogʻar va erinmay uzoq yotardi. Otlar oʻt-oʻlan 
topish uchun tuyoqlari bilan qor titkilashardi. Xoʻjayinning yuzlari qorayib, qoʻllari 
shamoldan tarashaday qotib ketdi. Endi u kigiz etik kiyib, katta poʻstinga oʻralib yurardi. 
Gulsarining junlari juda oʻsib ketgandi, shunday boʻlsa ham u sovqotar, ayniqsa tunlari 
qattiq sovuq yerdi. Ayozli tunlari yilqilar bir yerga zich boʻlib toʻplanishardida, to 
quyosh chiqquncha ustlariga qirov tushib, shu koʻyda turishardi. Xoʻjayin shu yerdan nari 
ketmay yurar, qoʻlqop kiygan qoʻllarini bir-biriga urar, yuzini ishqalar edi. Ba’zan 
koʻrinmay qolar va yana paydo boʻlardi. Uning ketmagani yaxshi edi. Qichqirsa yoki 
sovuqda tomoq qirsa yilqilar boshlarini dik etib koʻtarishar, quloqlarini ding qilishar, 
ammo xoʻjayinlari yonlarida ekanligiga darrov ishonch hosil qilishib, tungi shamolning 
gʻuvillashi, hushtagi ostida mizgʻiy boshlashardi. Oʻsha qishdan buyon Gulsari 
Tanaboyning ovozini bir umrga eslab qoldi. 
 
Bir kuni tunda togʻda boʻron boshlanib, quruq qor yogʻib berdi. Qor yolining ich ichiga 
kirar, dumini ogʻirlashtirar, koʻzlarini ochirmas edi. Yilqilar bezovta boʻlib qoldi. Otlar 
bir-biriga tiqilishar, qaltirashar, qari biyalar qulunlarni uyurning oʻrtasiga haydab, 
besaranjom boʻlishib pishqirishardi. Ular Gulsarini eng chekkaga siqib chiqarishdi, u 
toʻdaning orasiga hech kira olmasdi. Tepkib boshqalarni sura boshladi, butunlay 
chekkaga chiqib qoldi, shunda uyur aygʻiri rosa ta’zirini berdi. U koʻpdan beri atrofni 
aylanib yurarkan, kuchli oyoqlari bilan qorni bosib-yanchib, yilqilarni bir joyga 
yigʻayotgan edi. Ba’zan u boshini egib va quloqlarini chimirib qayoqqadir bir chekkaga 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling