Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 8 library.ziyonet.uz/ ehtimol yetib olarmiza? U yogʻi bir gap boʻlar, qoʻrqadigan joyi yoʻq. U yerda kampir ikkalamiz seni parvarish qilamiz, – derdi u. Uning qaltirayotgan qoʻllariga otning lablaridan soʻlagi oqib tushar, u boʻlsa soʻlagi iliy borayotganligidan quvonardi. Keyin u yoʻrgʻaning jilovidan ushladi. – Qani, ketdik! Turishdan foyda yoʻq! Ketdik!– buyurdi u qat’iy qilib. Yoʻrgʻa joyidan qoʻzgʻaldi, arava gʻijirladi, gʻildiraklar yoʻl boʻylab taraqlab sekin yurib ketdi. Ular – chol bilan qari ot asta-sekin odimlab ketishdi. «Holdan toyibdi, – deb oʻylardi Tanaboy yoʻl chetidan odimlab bora turib. – Nechaga kirding, Gulsari? Yigirma, yoki undan ham ortiqdir. Ortiqroq boʻlsa kerak...» II Ular birinchi marta urushdan keyin uchrashgan edilar. Yefreytor Tanaboy Bakasov Gʻarbda ham, Sharqda ham boʻlgan, Kvantun armiyasi taslim boʻlganidan soʻng armiyadan qaytib kelgan edi. Hammasi boʻlib u deyarli olti yil askarlik yoʻllaridan odimlab oʻtdi. Hech narsa qilmadi, Xudo asradi, bir marta obozda kontuziya qilindi, ikkinchi marta bomba parchasi bilan koʻkragidan yaralandi, ikki oycha gospitalda yotdi va yana oʻz qismiga qaytdi. Uyga qaytayotganida esa stansiyalardagi bozorchi ayollar uni chol deb atashdi. Bu koʻproq hazil edi, albatta. Tanaboy ulardan uncha xafa ham boʻlmasdi. U yosh emasdi, albatta, lekin qari ham emasdi. Koʻrinishdangina goʻyo qariga oʻxshardi, urush yillari ichida qarib ketdi, moʻyloviga oq oralay boshladi. Ammo tanasi va ruhi hali bardam edi. Bir yildan soʻng xotini qiz koʻrdi, keyin esa ikkinchisini tugʻdi. Hozir ikkalasi ham erga chiqqan, bolalari bor. Yozda dambadam kelib turishadi. Katta qizining eri – haydovchi. Xotin, bola-chaqasini kuzovga oʻtqizadida, toqqa – cholu kampirning oldiga haydaydi. Yoʻq, cholu kampir qizlari va kuyovlaridan xafa emas, lekin oʻgʻildan yolchimadilar. Ammo bu boshqa masala... Oʻshanda, gʻalabadan keyin yoʻlda kelayotganida chinakam hayot endi boshlanayotganday tuyulgan edi. Koʻngli biram shod ediki, asti qoʻyaverasiz. Katta stansiyalarda eshelonni duxovoy orkestr bilan kutib olishar va kuzatib qoʻyishar edi. Uyda xotini kutardi, oʻgʻilchasi sakkizga qadam qoʻygan, maktabga kirish harakatida edi. Tanaboy xuddi dunyoga qayta kelganday, xuddi shu mahalgacha boʻlib oʻtgan hamma narsaga goʻyo hozir boʻlmaganday gʻalati his tuygʻu bilan qaytayotgandi. U hamma narsani unutgisi, faqat kelajak haqida oʻylagisi kelardi. Istiqboli ham xayolida aniq- ravshan va oddiygina boʻlib koʻrinardi: yashash kerak, bolalarni oʻstirish, xoʻjalikni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling