Lirik tur(she’riyat) haqida ma’lumot she’riyat (lirika)


TUYUQ. Bevosita turkiy adabiyotda shakllangan, qat’iy ramali musaddasi maqsur


Download 199 Kb.
bet9/14
Sana09.06.2023
Hajmi199 Kb.
#1473803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ШЕЪРИЙ Жанрлар

TUYUQ.
Bevosita turkiy adabiyotda shakllangan, qat’iy ramali musaddasi maqsur (fuilotun, foilotun, foilon (foilun)) vaznida yoziladigan, to'rt misradan iborat bo'lgan, misra oxirida radiflar omonim so'zlardan iborat bo’lgan she’r tuyuq deyiladi». U adabiy atama sifatida XIV asrdan boshlab qo’llangan bo‘lib, faqat turkiy she’riyatga xos janrdir.
Bu janr so’z o‘yiniga tayanadi, u tajnisni qofiya qilib keltirish asosida yaratiladi. «Tuyuq» sof turkcha so‘z bo‘lib, «tiumoq» (bog’lamoq), «yechilmaydigan qilib tuymoq», «chigallashtirmoq» kabi ma’nolarni anglatadi. A.Navoiy tuyuqni «turk shuarosining xossasi» deb takidlagan va o’zining «Mezon ul-avzon» asarida quyidagicha ta’rif bergan: «Birisi tuyug'dirkim, ikki baytqa muqarrardur va sa’y qilurlarkim, tajnis aytilg‘ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdir… »
Tajnis - jinsdosh, shakldosh so‘zdir. U, asosan, qofiya yo radif о'rnida kelgan. Navoiy qaydiga ko‘ra tuyuqlar, asosan tajnisli bo'ladi. Lekin tajnissizi ham uchraydi. Bobur tuyuqning bir necha turlari borligi haqida «tuyuq bir necha nadur…» deya tajnisli tuyuqlarning 6 xilini ko’rsatib o'tgan.
Tuyuq janriga qo'yiladigan talablar, asosan, quyidagilar:
1. 4 misradan iborat bo‘ladi.
2. Raboiy kabi qofiyalanadi.
3. Ramali musaddasi maqsur vaznida bo‘ladi.
4. Qofiyalari tajnisli bo’ladi.
Turkiy yozma adabiyotda dastlabki tuvuq namunalarini Yusuf Xos Hojib yaratgan. A.Navoiy 13 ta, Bobur 17 ta. Lutfiy 70 ta, Ogahiy 8 ta, Habibiy 9 ta tuvuq yozgan va hok.
Tuyuqning qofiyalanishi: a-a-a-a yoki a-a-b-a.

RUBOIY
Rubоiy(аrаbchа - to’rtlik) – Shаrq mumtоz shе’riyatidа kеng tаrqаlgаn lirik jаnr, хаzаj bаhrining ахrаb vа ахrаm shаjаrаlаridа yozilib, ko’prоk а-а-b-а tаrzidа qоfiyalаnuvchi to’rt misrаli mustаqil lirik аsаrdir. Bu jаnr , аsоsаn, ishqiy, axloqiy, diniy, siyosiy-falsafiy mavzularda yozilаdi.
Аrаbchа nоmlаnishigа qаrаmаy, rubоiy dаstlаb fоrsiy аdаbiyotdа pаydо bo’lib, kеyin аrаb vа turkiy аdаbiyotlаrgа o’tgаn. U forsiylarda «dubaytiy» (ikki baytli) deb ham atalgan. Bu haqda Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon» asarida shunday deydi: «Ruboiy vaznikim, oni «dubaytiy» va «tarona» ham derlar, hazaj bahrining «аxrat» va «axrab»idin istixroj qilibturlar va ul vaznedur asru xushoyanda va vaznedur bag'oyat raboyanda...».
Ruboiy o’zining qоfiyalаnishigа ko’rа quyidаgi ikki turgа bo’linаdi:


  1. Download 199 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling