Lirik tur(she’riyat) haqida ma’lumot she’riyat (lirika)


MISRA (ar. «eshikning bir tabaqasi ») – bir qator she’r. Bayt


Download 199 Kb.
bet2/14
Sana09.06.2023
Hajmi199 Kb.
#1473803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ШЕЪРИЙ Жанрлар

MISRA (ar. «eshikning bir tabaqasi ») – bir qator she’r.

  • Bayt (ar. «uy») – ikki misra she’r.

    3.Band (strofa) – she’rning muayyan qofiya tartibiga ega bo’lgan, mazmun va ohang jihatidan tugallangan, musiqiylikni yuzaga keltiruvchi yirik ritmik bo’lagi. Shе’r ritmik qurilishidаgi bаndning rоli vа аhаmiyati gаpning mаtndаgi rоli vа аhаmiyatigа o’хshаsh.Бugungi kundа о’zbek she’riyatida 2 misradan tortib 24 misragacha bandlar mavjud. Masalan, Omon Matjonning «Bahor nafasi» she’ri 3 misrali band usulida, A.Oripovning «Ayol» she’ri, Muhammad Yusufning «Mehr qolur» she’ri 4 misrali band usulida, Furqatning «Sayding qo’yaber sayyod…» she’ri 6 misrali band usulida yozilgan..

    1. Raviy (ar. «yukni tuyaga bog’laydigan arg’amchi») – qofiya asosini tashkil etgan, tub so’zlarda o’zak oxirida, yasama so’zlarda esa negiz so’ngida keluvchi cho’ziq unli (qisqa unlilar raviy bo’la olmaydi) yoxud undosh, ohangdoshlikni hosil qiluvchi tirgak tovushdir. Misollar: shaydo, paydo, yo qofiyadosh so’zlaridagi «o» unlisi, jonimsan, zabonimsan, so’zlaridagi birinchi «n» undoshi, ko’zimdan, yuzimdan, o’zimdan so’zlaridagi «z» tovushi, lola, payola so’zlaridagi «l» undoshi, banda, xanda so’zlaridagi «d» undoshi, mubtalo, oshno, muddao,mosivo so’zlaridagi cho’ziq «o» unlisi raviy hisoblanadi.

    Quyidagi baytda ham qofiyadosh so’zlarning ohangdoshligini ta’minlovchi raviy «n» tovushidir:
    Azm ayla sabo ul gul-u xandanimg’a,
    Ne gulki, quyoshdek mohi tobonimg’a.
    Mumtoz she’r ilmiga ko’ra raviy so’zning asosida bo’lishi talab etilgan. Ba’zan ushbu talabdan chetga chiqish holati ham kuzatiladi. Masalan, Uvaysiyning «Kun va tun» chistonida raviy («n» tovushi) o’zakda emas, qo’shimchaning tarkibida kelgan:
    Ikki mahbubni ko’rdim, bir-birisin ko’rmagan,
    Ikkisining o’rtasida, do’stlar, qil ham sig’magan.

    Download 199 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling