Boshni fido ayla ato qoshig’a, Jismni qil sadqa ano boshig’a
Download 21.73 Kb.
|
Bolalar adadbiyot savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdir oxir.
1. Boshni fido ayla ato qoshig’a, Jismni qil sadqa ano boshig’a. Tun-kuningga aylagali nurposh, Birisin oy angla, birisin – quyosh. Savol: So’z mulkining sultoni A.Navoiy o’zining qaysi asarida ushbu misralari orqali ota-onani hurmat qilish, e’zozlash haqida aytib o’tadi? Javob: “Hayratul abror” dostonida 2. Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdir oxir. Savol: A.Navoiy yoshlarning kasb-kor egasi bo’lib kamol topishini juda ham orzu qiladi va o’z asarlaridan birining bosh qahramonini komil inson, ko’pgina kasb-hunar egasi sifatida gavdalantiradi. Ushbu fikrlar A.Navoiyning qaysi asar qahramoni haqida? Javob: Farhod va Shirin asari, Farhod 3. A.Navoiyning qaysi asarida odob va kamtarinlik ulug’lanadi, talim-tarbiya haqida qimmatli fikrlar berib o’tiladi? Javob: “Hayratul abror” dostonida 4. A.Navoiy “Hayratul abror” dostonining nechanchi maqolatida yoshlarga baxtiyorlik boisi, kattalarga shukuh sababchisi bo’lgan odob va tavoze haqida to’xtalib o’tadi? Javob: 6 maqolatida 5. Odob buzilishining bir belgisi qattiq kulgidir. Qattiq kulgi odobsizlik belgisidir. Kaklik qah-qah otib sayragani uchun boshiga o’z kulgisi balo. G’uncha kulib ochilgani uchun darhol yaproqlari sochila boshlaydi. Odob va odobsizlik haqida keltirilgan ushbu parcha A.Navoiyning qaysi asaridan olingan? Javob: “Hayratul abror” dostonining 6 maqolatidan 6. “Hayratul abror” dostonining nechanchi maqolati insoniy fazilatlardan biri bo’lgan to’g’rilik haqida? Javob: Uchinchi maqolat 7. To’g’ri nazarli kishi rostgo’ydir. Qoli egri kishi o’g’ridir. Ko’z agar egri bo’lsa, bir narsani hamisha ikkita ko’radi. Sulaymonning qo’lidagi uzukning yozuvi gavhar, o’zi sadaf edi. Qizig’i shundaki, gavhardagi yozuv “To’g’ri bo’lsang, o’sasan” degan hikmat edi. Ushbu ibratoomuz fikrlar A.Navoiyning qaysi asaridan olingan? Javob: “Hayratul abror”dan 8. U shunday musiqa asbobiki, to’g’ri bo’lgani uchun idrok ahli uni tinglashni istaydilar. A.Navoiy “Hayratul abror” dostonining uchinchi maqolatida qaysi musiqa asbobini to’g’rilik ramzi sifatida e’tirof etib o’tadi? Javob: Nay 9. Sarv qomati tippa-tik bo’lgani uchun hamisha yam-yashil gurkirab turadi. Yaproqlari xazon bo’lmaydi. Bog’da chirmashiq sunbulning yuzini o’z egriligi qoraytirgan. A.Navoiy qaysi asarida sarv hamda sunbul daraxti orqali to’g’rilik fazilati va egrilik illatlari haqida aytib o’tadi? Javob: “Hayratul abror” 10. A.Navoiy “Hayratul abror” dostonida qaysi daraxtning o’z egriligi o’z yuzini qoraytiradi deb, to’g’rilikka nisbatan zidlaydi. Bu daraxtni egrilik ramzi sifatida aytib o’tadi? Javob: Sunbul 11. Gulxaniyning qaysi masalida qo’lidan kelmagan ishlarga qo’l urib, sharmanda bo’lish g’oyasi ilgari surilgan? Javob: Maymun bilan najjor 12. Yo’qsil oilalarning ayanchli ahvolini Gulxaniy qaysi masali orqali ochib bergan? Javob: Tuya bilan bo’taloq 13. Sadoqatli do’st, do’stlikning ulug’ ne’mat ekanligi Gulxaniyning qaysi masalida berib o’tilgan? Javob: Toshbaqa bilan chayon 14. Gulxaniyning qaysi masali voqealari go’zalligiga Eram bog’i rashk qiladigan Kashmirda bo’lib o’tadi? Javob:Maymun bilan najjor 15. Ozgina ko’rgilik tufayli yo’ldoshlik rasmini bartaraf qilish – hamrohlik rasmiga to’g’ri kelmaydi. Bu yaxshi emas. O’tkazib qo’yganim a’lo. Qadimgi yaxshi kishilarning maqoli bor: Yaxshilik qil suvga sol, suv bilmasa, baliq bilar, baliq bilmasa, xudo bilar. Ushbu parcha Gulxaniyning qaysi masalidan olingan? Javob: Toshbaqa bilan chayon Download 21.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling