CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 1
ǀ 2022
326
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
AHMAD LUTFI QOZONCHINING “O‘GAY ONA” ASARIDA O‘GAY ONA
OBRAZI TALQINI
Nodira Omon qizi Quldosheva
Chirchiq davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: Laylo Firdavsiyevna Xasanova
ANNOTATSIYA
Turk adabiyotining taniqli adibi
Ahmad Lutfi Qozonchining “O‘gay ona” asarida
ifoda etilgan “o‘gay ona”lari tahlilga tortilgan. Bunda
Ahmad Lutfi Qozonchining
mazkur obrazga o‘ziga xos yondashuvi bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: Ahmad Lutfi Qozonchi, turk adabiyoti, psixologizm, obraz, tahlil
INTERPRETATION OF IMAGE OF STEPMOTHER IN WORK OF “O‘GAY
ONA” BY AHMAD LUTFI KAZANCHI’S
ABSTRACT
The "stepmother" described in the book "Stepmother" by Ahmad Lut Kazanci, a
well-known writer of Turkish literature, is analyzed.
Keywords: Ahmad
Lutfi Kazanchi, Turkish literature,
psychology, image,
analysis
KIRISH
Ahmad Lutfi Qozonchi turk adabiyotining taniqli vakili, hassos ijodkor.
Uning
ma’naviy merosi umumisoniy tuyg‘ularning suvratini o‘quvchi ko‘z ongida yorqin
ganvdalantirishi bilan alohida o‘rin tutadi. Ijodkor o‘zbek kitobxonlariga “Saodat asri
qissalari”, “So‘nggi to‘fon”, “Qaynona” va “O‘gay ona” asarlari bilan tanish. Uning
tuyg‘ularining nozik torlarini titratguvchi? Chuqur mushohadaga chorlovchi asarlaridan
biri “O‘gay ona”sidir.
ASOSIY QISM
Insoniy hislarini qo‘zg‘atish, tuyg'ularimizdagi to‘lqinlarini uyg‘otmoq
orqali
hayajonlantirish-estetik ta’sirchanlik adabiyotning vazifasi ekan, demak,
badiiy obraz
mag'zi to‘q, hayotiy, umrboqiy bo‘lgandagina badiiy qiymatga ega bo‘ladi, obraz
yaratishga o‘tadi: undan hayajonlanib o‘rnak
olamiz yoki nafratlanamiz, his-
tuyg‘ularimizning oziqlantiramiz. Qalbning samimiy tasviridan ta’sirlanib ba’zan
yig‘laymiz, yengillashamiz, tozalanamiz. Bu hislarning barchasi “O‘gay ona”da
mujassam.