Obrazi talqini
Download 498.38 Kb. Pdf ko'rish
|
ahmad-lutfi-qozonchining-o-gay-ona-asarida-o-gay-ona-obrazi-talqini
327
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz Badiiy asarlarda ham, hayotiy misollarda ham ko‘p o‘rinlarda o‘gay ona obrazi johil, zolim, qahri qattiq va bag‘ritosh ko‘rinishda tasvirlanadi. Uning bu tasviri bilan bir O‘gay og‘a deganimizda, darrov xayolimizga mehr-muhabbat tuyg‘usi mutlaqo begona bo‘lgan salbiy inson qiyofasi gavdalanadi. Ammo buni qarangki, Qozonchi ijodi bu tushunchalarni biroz kengaytiradi. Dunyoda mavjud bo‘lganinsoniy tuyg‘ulari inson qaysi rolni bajarishidan qat’i nazar amalda mavjud eaknligini isbotlashga harakat qiladi. Alisher Navoiyning “Hayrat ul abror” asarining avvalgi maqolatida iymon haqida so‘z yuritiladi: Kimki jahon ahlida inson erur Balki nishoni anga imon erur Hazrat Navoiyning ushbu hikmatlarini amaliy ifodasi sifatida o‘gay ona, ya'ni Fotimaxonim obrazini ko‘rishimiz mumkin. Bu obraz butkul o‘zgacha uslubda tasvirlanadi. Inchunun,o‘gay ona emas balki mehr-muhabbatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan, yosh go‘daklarga butun bir borlig‘ini,yoshligini fido qilgan, bir narsa so‘rasang, butun borlig‘ini yulib berguvchi zot tasvirlangan. Zeroki, uning ichki dunyosiga nazar tashlasak: "Otasidan yetarlicha diniy ma'lumot oldi. Alloh har narsani ko‘rguvchi,eshitguvchi,bilguvchi ekanini, yaxshi-yomon qilgan ishlari xususida uning huzurida bir kun hisob berajagi,bu ishlarni chap va o‘ng yelkasidagi ikki kotib farishta yozib borajagini bilishi bilan ko‘zlari yoshlangan."- shunday ayolni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Tabiiyki, o‘gay ona degan nomni olishga, ikki yetim go‘dakni bag‘riga olishiga nima sabab bo‘ldi? degan savol tug‘iladi. "Ularni o‘z farzandimday ko‘rib,savob olish bor. O‘z bolasini parvarish qilish hayvonning ham qo‘lidan keladi. Inson bir pog‘ona ustun bo‘lishi kerak emasmi? Insonning hayvondan ustunligi bechora yetimlarni bag‘riga bosa olishda emasmi? Zulmning har qanday turi ham yomon, ammo yetimga zulm qilgan zolim hayvondan ham pastdir".-degan edi. Bunday chuqur ma'nodor so‘zlarning boshi-uning olgan tarbiyasidandir. Asliyatda ham Fotimaxonim qanday tarbiya ko‘rgan edi? Quyidagi jumlalar savolimizning tasdig‘idir:"Qur'on o‘qimoqni otasidan,namoz o‘qimoqni onasidan,tarbiya va odobni har ikkisidan va o‘z vijdonidan o‘rgandi".Bu esa yozuvchining o‘ziga xos uslubi edi. Adib yaxshi o‘gay ona obrazini tasvirlashda pafosdan ustalik bilan foydalanadi va shu orqali o‘quvchi ruhiyatiga ta'sir o‘tkaza oladi nainki, qalbidan ham chuqur joy oladi. Chunonchi, Fotimaxonim, uning ota-onasi, Odilbek(namozxon,xushfe'l, xushbichim, fayzli bir inson), Husayn, Ismoil kabi asar qahramonlarining o‘ylari, xatti-harakatlar, so‘zlari, qilgan ishlari kuchli pafos orqali tasvirlanadi. Natijada, kitobxonda asar qahramonlari tarafdori bo‘lish hissi paydo bo‘ladi. Lekin,Sanihaxonimchi? U qanday o‘gay ona edi? Uning quyidagi jumlalarini keltirish orqali savolimizga javob olishimiz CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 Download 498.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling