Lok-bo‘Yoq ishlab chiqarishlarning xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 118.12 Kb.
bet3/4
Sana13.05.2020
Hajmi118.12 Kb.
#105623
1   2   3   4
Bog'liq
282 09.12.2008



134. Tarkibiga asboblar, tartibga soluvchilar, signalizatorlar va boshqa avtomatlashtirish va masofadan boshqarish vositalari kiradigan texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun qurilmalar majmuasi quyidagilarni bajarishi kerak:

zararli moddalar ajralib chiqishi ehtimoli bilan kechadigan jarayonni xavfsiz nazorat qilish va boshqarishni ta’minlashi;

avtomatik tarzda va masofadan boshqariladigan mexanizmlar ishga tushishi to‘g‘risida ogohlantirishi;

to‘ldirilayotgan apparatlardan suyuq xomashyo va mahsulotlar toshib chiqishini oldini olishi;

xizmat ko‘rsatilayotgan sex bo‘yicha ortiqcha harakatlanishini oldini olish uchun nazorat va boshqaruvni markazlashtirishi.

2-§. Aloqa va xabar berish tizimlari

135. Portlash xavfli texnologik obyektlar aloqa tizimi bilan jihozlanadi. Aloqa o‘rnatiladigan ishlab chiqarish xonalari, aloqa turi loyiha ishlab chiquvchi tomonidan texnologik jarayonning o‘ziga xos jihatlari, ishlab chiqarish sharoitlari, uning portlash xavfliligi toifasi va boshqa omillarni hisobga olib belgilanadi.

Xabar berish moslama va usullarining zaruriyati “Binolar va inshootlarga yong‘in paytida xabar berish tizim moslamasi va odamlarni evakuatsiyasini (olib ketilishini) boshqarish bo‘yicha takliflar”ga muvofiq loyihalashtirishda aniqlanadi.

136. Barcha ishlab chiqarish sexlari xomashyo, tayyor mahsulot omborlari, qo‘shimcha-yordamchi sexlar, korxona dispetcherlik xizmati, ma’muriy bilan telefon aloqasiga ega bo‘lishlari kerak.

Ishlab chiqarish sexlarida shuningdek bo‘limlar va texnologik qurilmalar orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon aloqasi bo‘lishi kerak.

137. Yong‘in to‘g‘risidagi xabarni tez va aniq uzatish uchun yong‘in xavfli xonalar yong‘in signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishlari kerak.

Qo‘l bilan ishlatiladigan xabar beruvchi moslamalar xonaga kirishda qulay joylarga o‘rnatilishlari kerak.

138. Sexlar ichida va sexlararo aloqa va signalizatsiya, hamda telefonlashtirish vositalari o‘rnatiladigan xonalar toifasiga mos bo‘lishlari kerak. Portlash xavfli xonalarda aloqa va avtomatik signalizatsiya vositalarining elektr uskunalari portlashdan himoyalangan turda bo‘lishi kerak.

IX bob. Elektr ta’minoti va elektr jihozlari

139. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishida elektr tarmoqlarining, elektr o‘tkazishning va elektr qurilmalarining tuzilishi, montaji va ekspluatatsiyasini tanlash amaldagi “Elektr qurilmalari tuzilishining qoidalari”, “Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilinishida xavfsizlik texnikasi qoidalari”, qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlari va ushbu Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

140. Elektr moslamalarni, nazorat va boshqaruv tizimi apparaturalarini, shuningdek portlash xavfi bor va yonish xavfi bor joylarda aloqa va signalizatsiyani tanlash va joylashtirish ular uchun elektr jihozlarni joylashtirish va konstruktiv rasmiylashtirish, EMQ ning 7.3 va 7.4 boblari bilan aniqlanadi.

Portlash xavfi bor joylarda o‘rnatilayotgan elektr jihozlarni, elektrapparaturalar va ularning ayrim qismlarini portlashdan himoyalanish darajasi, portlash xavfi bor toifasiga va guruhlariga mos bo‘lishi yoki yanada yuqori bo‘lishi kerak.

Elektr jihozlardan portlash xavfi bor zonada foydalanish ehtimolida, portlash himoyasining kerakli darajasida ularni bajarilishi mos kelmasa, EMQ 7.3 bobida belgilangan shartlar bilan aniqlanadi.

141. Ishlab chiqarish, ma’muriy va maishiy bino hududlarining yoritilishi hamda ishlab chiqarish ish joylari QMQ 2.01.05 ning “Tabiiy va sun’iy yoritish” va “Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari” (ETQ) talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

142. Yong‘in va portlash xavfli ishlab chiqarishlar uchun taqsimlovchi shaxobchalar, ishga tushiruvchilar, avtomatlar va boshqalar buning uchun maxsus mo‘ljallangan normal muhitli elektr xonalarida joylashtirilishlari yoki tashqi texnologik qurilmalarning portlashdan xavfsiz zonalaridan tashqariga chiqarilgan bo‘lishi kerak.

143. Kimyoviy faol yoki changli muhitga ega ishlab chiqarishlarida boshqaruv stansiyalarining kuchlanish shchitlari va releli shkaflarning bir qismi maxsus, yopiq, havo kiritilgan elektr xonalariga joylashtirilishi kerak. Ushbu ishlab chiqarishlar xonalarida o‘rnatiladigan boshqaruv shchitlari zichlovchilarga va havo kiritish joylariga ega bo‘lishi, apparatura esa (boshqarish, taqiqlash, o‘chirish knopkalari va boshqalar) chang kirmaydigan qilib tayyorlangan bo‘lishi kerak.

X bob. Binolarni va inshootlarni yashindan himoyalanishi

144. Chaqmoq (yashin)ning to‘g‘ridan to‘g‘ri urishidan, ularning ikkinchi bor namoyon bo‘lishidan portlash xavfi bor zonalardagi binolar, inshootlar va tashqi qurilmalarning himoyasi va statistik elektr toki loyihalashtirishda aniqlanadi va EMQga, “Binolar va inshootlarni yashindan himoya qilish qurilmalari bo‘yicha yo‘riqnoma”ga RH 34.21.122 va “Kimyoviy, neft kimyoviy va neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida statistik elektr tokidan himoyalanish qoidalari”ga muvofiq bajarilishi kerak.

XI bob. Isitish, ventilatsiya va havoni konditsiyalash

145. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarining ishlab chiqarish xonalarini isituvchi, ventilatsiya va konditsiya qiluvchi qurilmalar QMQ 2.04.05 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash”ga muvofiq bo‘lishi kerak.

146. Binolarning va inshootlarning ishlab chiqarish xonalaridagi ventilatsiya, isitish va konditsiyalash uskunalari doimiy ish o‘rinlarida va ish zonalarida asosiy va ta’mirlash (yordamchi) ishlarini bajarish vaqtida me’yorlangan iqlimiy sharoitlarni (temperatura, havoning nisbiy namligini va harakatlanish tezligini), shuningdek havoda zararli moddalar miqdorini GOST 12.1.005 “Ishchi zona havosiga umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq ta’minlashlari kerak.

147. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarish korxonalarida havoni isitish va konditsiyalash (oqib keluvchi tizim) bilan ventilatsiya tizimlarining, shuningdek so‘ruvchi ventilatsiya tizimlarining, to‘xtovsiz va avariyasiz ishlashini ta’minlovchi tartib o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ventilatsiya qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ularni yurgizish va to‘xtatish, samarali ishlashini nazorat qilinishi topshiriladigan shaxslar buyruq bilan tayinlanadilar.

148. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlari uchun, agar texnologik jarayonlar qizdirish yoki bosim ostida olib borish bilan bog‘liq bo‘lsa, avariyali ventilatsiya ko‘zda tutilishi zarur.

149. Ekspluatatsiya jarayonida havo bilan birga gazlar, bug‘lar yoki changlarning portlash xavfli aralashmalari tushishi mumkin bo‘lgan ventilatsiya uskunalari, klapanlar, filtrlar va ventilatsiya va havoni konditsiyalash tizimining boshqa uskunalari portlash va uchqundan xavfsiz konstruksiyali bo‘lishlari kerak va elektr uskunalari tuzilishiga va portlashdan himoyalangan ventilyatorlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilishga me’yoriy-texnik talablarga muvofiq bo‘lishlari kerak.

150. Idishdagi lok-bo‘yoq materiallari uchun isitilmaydigan omborxonalar, saqlanayotgan lok-bo‘yoq materiallarining miqdoridan qat’iy nazar, soatiga kamida bir marta havo almashishini ta’minlovchi tabiiy so‘ruvchi ventilatsiyaga (deflektorlar bilan) ega bo‘lishlari kerak.

XII bob. Vodoprovod va kanalizatsiya

151. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlari binolari va inshootlarining suv ta’minoti va kanalizatsiyasi QMQ 2.04.01 “Binolarning ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”, QMQ 2.04.02 “Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, QMQ 2.04.03 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, GOST 12.3.006 “Vodoprovod va kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlarining ekspluatatsiyasi” talablariga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.

152. Vodoprovodning (ishlab chiqarish, yong‘in, ichimlik suviga) va kanalizatsiyaning barcha tizimlariga tarmoqlar va inshootlarning to‘liq tavsifiga ega ijro etish chizmalari bo‘lishi kerak.

153. Xo‘jalik-ichimlik ehtiyojlariga ishlatiladigan sovuq va issiq suvlar sifati 0'2 081 950-2000 “Ichimlik suvi” talablarini qondirishi kerak.

Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun beriladigan suvning sifati texnologik talablarga mos kelishi kerak.

154. Issiq suv ta’minoti tizimining quvurlarini texnologik ehtiyojlar uchun ichimlik bo‘lmagan sifatli issiq suvni beradigan quvurlar bilan birlashtirish, hamda texnologik uskunalar bilan bevosita to‘qnashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shahar vodoprovod tarmog‘idan ta’minlanadigan ichimlik suvi quvurlari boshqa mahalliy manbadan ichimlik suvi oladigan quvurlar bilan birikmaga ega bo‘lishi kerak emas.

155. Xo‘jalik-ichimlik vodoprovodlarini kanalizatsiya quvurlari bilan birgalikda yotqizilishiga faqat o‘tish kanallarida yo‘l qo‘yiladi, bunda kanalizatsiya quvurlari suv quvurlaridan pastda joylashtiriladi.

Ta’minlanishini hisobga olgan holda, tanlanadilar va reglamentlanadilar.

156. Ichimlik suvi favvorachalari yoki gazlangan suv bilan ta’minlash qurilmalari ish joylaridan 75 metrdan uzoq bo‘lmagan binolarda joylashtirilishi kerak. Ichimlik uchun xom suvni ishlatishga faqat sanitariya nazorati organlari ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

157. Texnik ehtiyojlar uchun suv jo‘mraklari oldida bu suvni xo‘jalik-ichimlik maqsadlariga ishlashini taqiqlovchi yozuvlar bo‘lishi kerak.

158. Texnologik obyektlar uchun, odatda, lokal (mahalliy) tozalash inshootlari ko‘zda tutilishi kerak.

159. Mahalliy tozalash inshootlarining oqavalar kirish va chiqish joylari portlash xavfli mahsulotlar miqdorini nazorat qiluvchi vositalar va konsentratsiyalarning yo‘l qo‘yilgan qiymatlari oshganligi to‘g‘risida signalizatsiya bilan jihozlanishi kerak.

Bunda portlash xavfliligining barcha toifadagi obyektlari uchun tozalash inshootlari portlash yong‘in xavfli mahsulotlarni kanalizatsiyaga baravariga tashlanishida avtomatik nazorat tizimiga va signalizatsiyasiga ega bo‘lishi kerak.

Qolgan vaziyatlarda nazorat usullari, uning davriyligi ishlab chiqarishning muayyan sharoitlarini, ushbu nazoratning samaradorligini.

160. O‘t o‘chirish jihozlari o‘rnatiladigan vodoprovod tarmog‘i o‘t o‘chirish maqsadlari uchun hisoblangan suv miqdorini o‘tkazishi va talab qilinadigan suv bosimini ta’minlab berishi kerak. Obyektlarda suv bosimi yetarli bo‘lmasa bosim oshiruvchi nasoslar o‘rnatilishi kerak.

O‘t o‘chirish gidraktlari yoki kranlari o‘rnatilgan vodoprovod uchastkasini vaqtincha o‘chirib qo‘yish, hamda tarmoqda suv bosimini kerak bo‘lganidan pasaytirish yong‘indan qo‘riqlash xizmatini ogohlantirish orqali yo‘l qo‘yiladi.

161. O‘t o‘chirish gidrantlariga kelish yo‘llari va yaqin joylari doimo bo‘sh holda bo‘lishi kerak.

O‘t o‘chirish gidrantlari yaqinida “PG” indeksli ko‘rsatkich taxtacha o‘rnatilishi kerak, raqamli qiymatlar bilan ko‘rsatkichdan gidrantgacha bo‘lgan masofa metrlarda va quvurlarning ichki diametri millimetrlarda ko‘rsatilishi kerak.

162. O‘t o‘chirish yer osti gidrantlari quduqlarining qopqoqlari muntazam ravishda loydan, muzdan va qordan tozalanib turishi, gidrant tikka quvuri suvdan bo‘shatilib turishi kerak.

163. O‘t o‘chirish gidrantlari, gidrant-kolonkalar va o‘t o‘chirish kranlari kamida olti oyda texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tkazilishi va ishlash qobiliyati suv chiqarish yo‘li bilan tekshirilishi, tekshirish natijalari maxsus jurnalda qayd etilishi kerak.

164. Ichki o‘t o‘chirish kranlari asosan kirish joylari oldida, zinapollar kataklarining isitiladigan maydonchalarida, vestibyullarda, o‘tish joylarida, yo‘laklarda va boshqa qulay joylarda o‘rnatilishi, bunda ularning joylashishi odamlarning evakuatsiya qilinishiga xalal bermasligi kerak.

O‘t o‘chirish kranlarini plomba qo‘yishga va ochmasdan vizual ko‘rik o‘tkazishga moslashgan shkafchalarda o‘rnatish lozim.

Brezent matodan yasalgan o‘t o‘chirish ichaklari (rukava) quruq, yaxshi o‘ralib taxlangan va kranlarga hamda stvollarga ulangan bo‘lishi kerak.

O‘t o‘chirish krani shkafchasining eshigida o‘t o‘chirish kranining tartib raqami, xavfli indeks “PK”, eng yaqin o‘t o‘chirish qismining telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.

XIII bob. Xodimlarni jarohatlanishdan himoyalash

165. O‘tish joylari, maydonchalar, narvonlar, ochiq quduqlar, chuqurchalar, o‘tish ko‘priklari balandli 1 metrdan kam bo‘lmagan to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak. Tomlardagi montaj darchalari balandligi kamida 0,14 metr bo‘lgan tagi bo‘yicha uzluksiz to‘siqqa ega bo‘lishi kerak.

166. Pol yoki xizmat ko‘rsatish maydonchasi sathidan kamida 2 metr balandlikda joylashgan mashina va apparatlarning barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari (vallar, muftalar, uzatmalar va boshqalar) yaxlik yoki to‘rsimon to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.

Barabanlar, hamda tasmali transporterlarning uzatish va tortish moslamalari joylashish balandligidan qat’iy nazar to‘silgan bo‘lishi kerak.

167. Sharli tegirmonlar va tegirmon ustidagi tomlarda yoki maydonchalardagi lyuklar qopqoqlari tegirmon ishlayotganida (aylanayotganida) ularni olinishiga yoki ochilishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkalarga ega bo‘lishi kerak.

168. Xizmat ko‘rsatiladigan uskunalar 1,8 metrdan yuqori balandlikda joylashganida ularga chiqish uchun 45 gradus qiyalikka, ushlagichlarga va o‘ralgan maydonchaga ega narvonlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Narvonning eni 0,7 metrdan kam, zinalar oralig‘i 0,25 metrdan oshiq, zina kengligi 0,12 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

3 metrdan baland bo‘lmagan kamdan-kam xizmat ko‘rsatiladigan uskunalarga yaqinlashish uchun 60 gradus qiyalikka ega narvonlar o‘rnatilishiga, ayrim hollarda esa ko‘chma narvonlar ishlatilishiga yo‘l qo‘yiladi.

169. Apparatlarga xomashyoning qattiq turlarini yuklash uchun mo‘ljallangan yuklash moslamalari (bunkerlar, voronkalar, og‘zi voronkasimon quvurlar va boshqalar) yuklash vaqtidan tashqari doimo berk turadigan qopqoqlarga ega bo‘lishi kerak.

XIV bob. Ish o‘rinlarida shovqinni va tebranishni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar

170. GOST 12.1.003 “Shovqin. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga asosan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda, mashinalarni va jihozlarni, ishlab chiqarish binolarini va inshootlarni loyihalashtirishda, tayyorlashda va ekspluatatsiya qilishda, hamda ish joylarini tashkil qilishda insonga ta’sir qiluvchi shovqinni, “Ish joylaridagi shovqinni sanitar me’yorlarida ruxsat berilgan daraja” SanQvaM 0120-01ga muvofiq ruxsat berilgan chegaradan oshmaydigan (qiymat) raqamga qadar pasaytirish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni qabul qilishi shart:

shovqin-xavfsiz texnikani qo‘llashi;

jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari va usullarini qo‘llashi (GOST 12.1.029 “Shovqindan himoya qilish vositalari va usullari. Klassifikatsiya” va GOST 12.4.051 “Eshitish organlarining yakka tartibdagi himoya vositalari. Sinovning umumiy texnik talablari va usullari”).

“Shovqindan himoya qilish” QMQ 2.01.08 ga muvofiq qurilish-akustik chora-tadbirlarni olib borish.

171. Doimiy ish joylarida shovqinning ruxsat berilgan oxirgi chegara darajasi (RBOChD) 80 dBdan ko‘p bo‘lmasligi kerak va mehnatning og‘irligiga va (quvvat) kuchliligiga bog‘liq holda pasayishi kerak.

172. Tovush bosimi 135 dBdan yuqori daraja bo‘lgan har qanday oktan chegarada (polosada)gi zonalarda shilayotganlar bo‘lishiga ruxsat berilmaydi.

173. Ish o‘rinlaridagi shovqin darajasini nazorat qilinishi yiliga 1 marotabadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

174. Ish joylaridagi shovqinni o‘lchanishi GOST 12.1.050 “Ish o‘rinlardagi shovqinni o‘lchash usullari” va SanQvaM 0120-01ga muvofiq olib borilishi kerak.

175. Asbob-uskunalarni tanlashda, uni ishlatish bo‘yicha (rahbarlik) amal qilish (instruksiya) yoki boshqa yo‘llanma hujjatlarga, uning pasportida ko‘rsatilgan shovqinlik tavsifini hisobga olish kerak.

176. Asbob uskunalarini ishlatishda shovqinni kamaytirish uchun aylanuvchi elementlarning balansirovkasini buzilishiga, detallarning me’yorlardan ortiq emirilishiga (iznos), yuzalarning ishqalanishda yomon moylanishiga, ayrim (alohida) uzellarni bir-biri bilan mahkamlanishining bo‘shashiga va barcha agregatlarni fundamentga, polga va boshqa qurilish konstruksiyalarining va boshqalarning mahkamlanishining bo‘shashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

177. Aerodinamik kelib chiqishidagi shovqinni bartaraf etish uchun (Havoni ventilatsiya va konditsionlashtirish tizimlarida havoni harakatlanish davrida so‘rib olish orqali va ayniqsa (alohida) teshiklar orqali oqib chiqishi orqali) havoning harakati yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishi (masalan: panjaralar-reshyotki), oqib chiqish teshiklaridan havoning oqish tezligini kamaytirishi, havoning to‘g‘ri yo‘nalishga imkon beruvchi konussimon patrubkolarni o‘rnatilishi shart.

Ventilatsion kameralargacha va konditsionerlargacha hamda havoning undan keyingi harakati yo‘nalishi bo‘yicha shovqinni tarqalishini kamaytirish uchun tovushni yutuvchi materialdan glushitel (tovush yutgich) o‘rnatish tavsiya etiladi, masalan, yumshoq matalardan yoki oyna tolali (steklovolokno) yarim qattiq plitalar, ular perforirlashgan metall listlarga o‘rnatiladi.

178. Tovush bosimi darajasini quyidagicha kamaytirish mumkin:

shovqinning alohida manbalariga tovushni yutuvchi donalarni o‘rnatish bilan;

shovqin manbai va himoyalovchi joylar orasiga ekranlarni o‘rnatish bilan;

shovqinni generatsiyalovchi jihozlar bilan xonalarning devorlarini, (potologini) shipini va to‘sinlari (to‘siqlari)ni tovush yutuvchi oblitsovka yotqizilishi bilan tovush bosimi darajasi kamaytiriladi.

179. Tovush darajasi zonasi yoki tovush daraja ekvivalenti 80 dBdan yuqori bo‘lsa, GOST 12.4.026 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” bo‘yicha xavfsizlik belgilari bilan belgilangan bo‘lishi kerak. Bu zonalarda ishlayotganlarni GOST 12.4.051 “Eshitish organlarining yakka tartibdagi himoyalovchi vositalari. Sinovlarning umumiy texnik talablari va usullari” bo‘yicha ta’minlanadi.

180. Tebranishning xavfsiz mehnat sharoitlari ta’minlanishi GOST 12.1.012 “Tebranish. Umumiy talablar” bo‘yicha va SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida tebranishning sanitar me’yorlari” bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.

181. Tebranish darajasini kamaytirish uchun mexanik jihozlar amortizatsiyalangan prokladka bilan (o‘rnotilgan) fundamentga o‘rnatilishi kerak.

Statsionar o‘rnatilgan jihozlar uchun fundamentlar qurilish konstruksiyalardan alohida (izolatsiyalangan) tuproqqa joylashtirish kerak.

Jihozlarni kommunikatsiyalarga birlashtirishda (yumshoq) egiluvchan vstavkalar yordamida amalga oshirish kerak.

182. Ishlatilayotgan tebranishda xavfli jihozlar o‘z vaqtida rejali va ogohlantiruvchi ta’mirlanishdan o‘tkazilishi kerak, unda ta’mirlanishdan keyin tebranish tavsifida (TT) nazoratda majburiy o‘tkazilishi kerak.

Tebranish tavsiflari jihozning pasportidagi yoki texnik shartlardagi ko‘rsatilgan (TT) mos bo‘lishi kerak.

183. Ish joylardagi tebranish darajasi yiliga 1 marotaba ko‘p bo‘lmagan nazoratdan o‘tkazilishi kerak.

XV bob. Texnologik uskunalar va quvuro‘tkazgichlarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish

184. Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish tartibi uskunalarni ekspluatatsiya qilishning muayyan sharoitlarini hisobga olgan holda “Texnologik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimi” me’yoriy-texnik hujjat bilan belgilanadi.

185. Yuqori darajada qaynovchi issiqlik tashuvchilar yoki elektr induksiya bilan isitiladigan va suv bilan sovitish uchun ichki zmeyevikka ega, 5,0 MRa ishchi bosimga hisoblangan, apparatlarda yiliga kamida ikki marta, hamda oraliq va kapital ta’mirlashlarda zmeyevikni zichlikka sinovini o‘tkazish kerak.

186. Ta’mirlashga topshirilishdan avval uskunalar tashqarisidagi loy va balchiqdan tozalanishi; mahsulotlardan batamom bo‘shatilishi; erituvchi, ishqor va suv bilan yuvilishi; avval inert-gaz bilan, so‘ngra toza havo bilan puflanishi; bosim manbai va boshqa agregatlar ulovchi quvurlardan tiqinlar bilan ajratilishi kerak. Elektr energiyasining elektr qabul qilgichlarga berilishini uzilishi kerak, ishga tushirish moslamalariga “Ulanmasin odamlar ishlamoqda” degan yozuvlar osib qo‘yilishi kerak.

187. Asbob-uskunalarni (jihozlarni) ta’mirlashga tayyorlash va ta’mirlashni o‘tkazish bilan bog‘liq gaz xavfi bor ishlar, me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga va “Gaz xavfi bor ishlarni xavfsiz o‘tkazilishini tashkil qilish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomasi (instruksiyasi)”ga muvofiq olib borilishi kerak.

188. Ochiq alangani (olovni) qo‘llash bilan ta’mirlash ishlari amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq olib borilishi kerak.

XVI bob. Shaxsiy gigiyena qoidalari

189. Ishlab chiqarish xonalarida ish (mehnat)ning me’yordagi sanitar sharoitlarini tashkil qilish uchun, havoni chiqaruvchi va so‘ruvchi ventilatsiya, konditsionerlash, isitish tizimlari, yoritish moslamalari xizmat qiladi (Ushbu Qoidalarning IX, XI boblari).

190. Lok bo‘yog‘i korxonalarining ishlash uchun xonalarida quyidagilar taqiqlanadi:

maxsus kiyim boshsiz va yakka tartibdagi himoya vositalarisiz ishlash;

kasal holatda yoki charchagan holatlarda ishlarni bajarish;

ish joylarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, ovqatlanish yoki ovqat tayyorlash;

ish joylarida chekish;

algokol ichimliklarni ichish.

191. Har bir bo‘linmaning ko‘zga tashlanadigan joyida zarur bo‘ladigan dori-darmonlar va materiallari nabori bilan aptechka bo‘lishi kerak, shuningdek baxtsiz hodisa bo‘lganida birinchi tez yordam ko‘rsatish uchun neytrallaydigan moddalar bo‘lishi kerak.

O‘rta og‘irlikdagi ishlar toifasi uchun ishlab chiqarish xonalarining ish mintaqasida ruxsat berilgan harorat me’yorlari, nisbiy namlik, havoning, shovqinning va tebranishning harakat tezligi quyidagicha bo‘lishi kerak (II-a, ІІ-6):

Harorat (optimal), °S:

II-a

II-b

yilning sovuq davrida

18 — 20

17 — 19

yilning issiq davrida

23 — 25

22— 24

Nisbiy namlik (optimal), %

40 — 60

40 — 60

Havoning harakat tezligi, t/z:

yilning sovuq davrida

0,2

0,2

yilning issiq davrida

0,3

0,3

Shovqin darajasi, dV

70

70

Tebranish darajasi, dV, ko‘p emas

92

92

Download 118.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling