Lokal tarmoq topologiyasi lokal tarmoqda ma’lumotlarning almashinuv jarayoni, lokal tarmoq tashkil etish usullari
Download 18.75 Kb.
|
Lokal tarm
Lokal tarmoq topologiyasi. lokal tarmoqda ma’lumotlarning almashinuv jarayoni, lokal tarmoq tashkil etish usullari. Reja: 1. lokal tarmoq topologiyasi. 2. lokal tarmoqda ma’lumotlarning almashinuv jarayoni 3. lokal tarmoq tashkil etish usullari. Tarmoqdagi xost-kompyuterlarning adreslariga maxsus talablar quyiladi. Adres formatga ega bo’lishi kerak, bu format bir tomondan adresning sintaksis avtomatik qayta ishlashni bajarishga imkon berishi kerak, ikkinchi tomondan esa u semantik tusga ega bo’lishi kerak, ya’ni adreslanadigan ob’ekt to’g’risida biror ma’lumotni o’zida mujassamlashi lozim. Shuning uchun xost-kompyuterlarning adreslari Internet tarmog’ida ikkilangan kodlashga ega bo’lishi mumkin: • telekommunikatsiya tizimini tarmoqda ishlashi uchun qulay bo’lgan majburiy kodlash: kompyuterga do’stona raqamli IP-adres (IP — Internet Protocol); • tarmoq abonenta uchun qulay bo’lgan majburiy bo’lmagan kodlash: foydalanuvchiga do’stona domenli DNS-adres (DNS-Domain Name System). Raqamli IP-adres 32 razryadli ikqilik son ko’rinishga ega. qo’laylik uchun u to’rtga blokka 8 bitdan ajratilib, ular o’nlik ko’rinishda yozilishi mumkin. Adres kompyuterni identifikaciyalash uchun zarur bo’lgan to’liq malumotga ega. Mumkin bo’lgan varianta: ikkita katta blok tarmoq adresini, ikkita boshqasi esa qism tarmoq adresini va bu qism tarmoq ichidagi xost-kompyuterning adresini aniqlaydi. Masalan, ikkilik kodida raqamli adres quyidagicha yoziladi: 10011000001001010100100010001010. O’nlik kodida ushbu ko’rinishga ega: 152.37.72.138. Tarmoq. adresi - 152.37; qims tarmoq. adresi - 72; kompyuter adresi -138. Domenli adres bir-biridan nuqta bilan ajratiladigan bir nechta harf-raqamli domenlardan (Damain - soxa) tashkil topgan. Bu adres ierarxik tasnif asosida qurilgan: eng chap chetdagidan tashqari har bir domen kompyuterlarning biror-bir belgilar bo’yicha ajratilgan butun bir guruhini aniqlaydi, bunda chapda joylashgan guruhlarning domeni o’ng domenning qism guruxi hisoblanadi. Hozirda tarmoqda hammasi bo’lib 120000 dan ortiqroq har xil domenlar mavjuddir. Masalan, ba’zi mamlakatlarning geografik ikkita harfli domenlari: • Avstriya — at, •Bolgariya—br, ;• Kanada — sa, • Rossiya — ga, • AQSh-Sh, • Franciya — fr. Biror mavzuga bagishlangan belgilar bo’yicha ajratilgan domenlar ham bordir. Bunday domenlar uchta harfli qisqartma nomga ega: • davlat muassasalari — gor; • tijorat tashkilotlari — com; • o’quv yurtlari — edu; • harbiy muassasalar — mil; • tarmoq tashkilotlari — net; • boshqa tashkilotlar — org. Domenli adres ixtiyoriy uzunlikka ega bo’lishi mumkin. Raqamli adresdan farqli ularoq u teskari tartibda o’qiladi.Oldin quyi darajadagi domen ko’rsatiladi — xost-kompyuter nomi, keyin xost-kompyuter joylashgan qism tarmoq va tarmoq nomlari domeni va, nixoyat, yuqori darajadagi domen — ko’pincha geografik hudud (mamlakatlar) identifikatori. Shunday qilib, xost-kompyuterning domen adresi domenlarning bir nechta darajalarini o’z ichiga oladi. Har bir daraja boshqasidan nuqta bilan ajratiladi. Yukori darajadagi domenning chap tarafida boshqa nomlar joylashtiriladi. Chapda joylashgan hammasi umumiy domen uchun qism domendir. Misol. Domen adresi comp.engec.spb.ru — Rossiya mamlakatining domeni; spb — Sankt-Peterburg shaxrining qism domeni: engec—Davlat muxandislik-iqtisodiyot akadeniyasining qism domeni; satr— kompyuterlar bilan bog’liq qism domen. Internet dan foydalanuvchilar uchun pochta adreslari sifatida tarmoqka ulangan kompyuterda qayd qilingan bo’limlarning, tashkilotlarning nomlanishlari yoki oddiygina ularning nomlari qabul qilinishi mumkin. Nomdan keyin @ belgisi keladi. Buning hammasi chap tarafdan xost-kompyuterning adresiga biriktiriladi. Misol. Internet da comp.engec.spb.ru nomiga ega bo’lgan kompyuterda priem nomi ostida qayd qilingan foydalanuvchi quyidagi adresga ega bo’ladi: priem@comp.engec.spb.ra (Sankt-Peterburg muxandislik-iqtisodiyot akademiyasining qabul komissiyasi). Domen adresini mos raqamli IP-adresga o’zgartirishni maxsus serverlar — nom serverlari bajaradi. Shuning uchun foydalanuvchining raqamli adreslarni bilishining keragi yo’q. Internet da ishlash uchun siz aloqa o’rnatmoqchi bo’lgan kompyuter yoki foydalanuvchining faqat domen adresini bilishingiz kerak. Ishlatilayotgan texnologiyaga bog’liq ravishda domen adresining oldida uning foydalaniladigan bayonnomasi yoki xizmati ko’rsatilishi mumkin. Masalan, Web-server bilan ishlaganda odatda gipermatnni uzatish bayonnomasi ko’rsatiladi va yuqorida keltirilgan adres quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: http://engec.spb.ra. Bu URL-adres deb ataladigan adresdir (URL — Uniform Resourse Locftor yoki resurslarning universal ko’rsatkichi). Test savollari 1. Mamlakat, shaxar va viloyatlar darajasida kompyutеrlarni o’zaro boq'lagan tarmoq qanday nomlanadi? A*Global tarmoq B.Mintaqaviy tarmoq C.Hamma javoblar to'g'ri D.Lokal tarmoq 2. ... – bu Intеrnеtga ulanganda axborot almashish qurilmasi. AMonitor B.Skaner C.*Modem D.Printer Paradoks shundaki, Internet fizik kompyuter tarmog’i sifatida aslida mavjud emas. Internet — bu bir-biri bilan aloqa kanallari (mavjud bo’lgan telefon kanallari va kabelli aloqa kanallari) bo’yicha muloqat qiladigan turli xil kompyuter tarmoqlarining butun jahon uyushmasidir. Lekin shunday bo’lsada: Internet — bu ko’plab global, regional va lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi butun jahon global kompyuter tarmog’idir. Boshqacha aytganda, Internet — bu butun er sharini o’rab olgan tarmoqlarning tarmog’idir. Jahon miqyosida bu tarmoq fantastik murakkab va chigallashib ketgan bo’lib ko’rinadi, punktlari «aholisiga» ega va shaxsiy xayoti bilan yashaydi. Shuning uchun ham virtual (bo’lib tuyuladigan) shahar tarmog’ida, ko’proq — xattoki virtual mamlakat yoki dunyo to’g’risida gapirishadi. Hozirdanoq Internet butun jahondagi o’n millionlab foydalanuvchilarni birlashtirgan va har yili bu mamlakatning aholisi taxminan ikki marta ko’paymoqda. Internet bizni nimasi bilan o’ziga jalb qilmoqda? Bu tarmoq bilan xatto tasodifiy ishlagan odamlar nima uchun uning ashaddiy muxlisi bo’lib qoladi, tarmoq faxriylari esa Internet mamlakatida punktlari mavjudligini davom etgirish uchun ko’ptina iqtisodiy farovonliklarni kurbon qilishga ham tayyordirlar. Yaqin vaqtgacha Internet ilmiy xodimlarga mo’ljallangan edi va o’quv auditoriyali, ulkan kutubxonali va ko’plab joyli universitet shaharchasini ko’proq eslatar edi, u erda talabalar va o’qituvchilar ishdan bo’sh vaqtlarida o’zaro muloqatda bo’lishlari va ularni qiziqtirgan istalgan ma’lumotlarni opishi mumkin edi. Bugun Internet ulkan megapolisga o’xshaydi, u erda universitet endi asosiy diqqatga sazovor joy bo’lmay qolgan va xatgo virtual ofislar, magazinlar, milliy daholar va ommaviy va shaxsiy uyin-qo’lgi uchun joylar orasida birmuncha yo’qolib ketgan. Va shaharga istagan odam kirishi mumkin bo’lib qoldi, bundan tashqari, u erga uni har qanaqasiga taklif etmoqdalar va tuzoqka ilintirmoqdalar. Haqiqatda Internet — bu modemli kompyuterga va ba’zi bir maxsus dastur ta’minotiga ega bo’lgan istalgan foydalanuvchi uchun ochiq bo’lgan, umumiy murojaat qilinadigan tarmoqdir. Lekin bizning munosabatlarinizda Internet ga hozircha alohida sami miylik kuzatilmayapti. Bizning shaxsiy kompyuterlarga munosabatiniz kabi xatto ba’zi bir o’xshashlik yakkrl ko’zga tashlanmoqda. Xali 10 yil oldin ham biz ularga mavxum va begonacha munosabatda edik: ularning bizning xayotinizga qanchalik jadal va uzviy qo’shilib ketganligini biz tasavvur qila olmas edik (to’g’ri, o’sha vaqtda bu qisman kompyuterning yuqori narxi bilan tushintirilgan edi). Hozirda deyarli har kim o’zlari ShK ni Internet ga amalda ham, aslida ham tekinga ulashi mumkin, Internet tarmog’idan uni qiziqtirgan ixtiyoriy maxfiy bo’lmagan ma’lumotlarni eng kam narxda olishi mumkin, tarmoq bo’yicha o’zlari istalgan mamlakatdagi hamkasblariga, mos pochta harajatlaridan birmuncha past narxda, xatlarni yuborishi mumkin, Internet ga punktlari reklamasini joylashtirishi mumkin va uni butun dunyodagi millionlab odam ko’radi, va deyarli hamma narsani, xatto o’zlari bo’sh vaqtini mazmunli va qiziqarli o’tkazishni ham (shu bilan birga uning qiziqishlariga va ishtiyoklariga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshirishi mumkin. Internet bu axborotlarning cheksiz dunyosidir, bu haqiqatda o’zgacha virtual mamlakatdir, unga kirib olish va u erda uzoq vaqt yashash mumkin. Internet nima o’zi — navbatdagi odatiy (modali) qiziqishni yoki insoniyatning kelajagini? Anglab etilgan zaruriyat yoki nima bilan shug’ullanishni va ortiqcha yuzlab dollarlarni nimaga sarflashni bilmaydiganlar uchun ermakni? Unisi ham, bunisi hamdir va uchinchisi hamdir — qisqasi hammasi! Shuning uchun ham bu tarmoqning barcha imkoniyatlarini oddiygina eslatib o’tish aslida mumkin ham emas. Internet tarmog’i oxirgi foydalanuvchiga — kompyuter mutaxassisiga ham, oddiy fukaroga ham mo’ljallangan. Tarmoqda har birimizning kasbiy faoliyatiniz uchun kerak bo’lgani kabi, me’yordagi shinam hayot uchun talab etiladigan hamma narsa bor. Jurnalist Internet da eng yangi yangiliklarni topadi, ilmiy xodim — uni qiziqtirgan muammo bo’yicha oxirgi tadqiqotlar materiallarini, tijoratchi esa dunyoning istalgan birjasidagi valyuta kotirovkasini (bahosini) bilib oladi. Aviabiletni yoki Evropa yoki Amerikadagi ixtiyoriy shaharning mehmonxonasida nomer buyurtmoqchinisiz — bu mumkindir; o’zingizning tanishlaringizga sovg’alarni tanlash, sotib olish va topshirishni xoxlaysizni — marhamat; biror-bir shu kungi muhim muammolarni muhokama qilihca ishtirok etish xoxishingiz borni — aytilganidek, muammolar yo’q- Boshlanishda oddiy tadbirkorga Internet tarmog’i nima uchun kerakligini tushinib olishga harakat qilaniz! — Internet ning tadbirkorlar uchun muhim bo’lgan birinchi muhim vazifasi axborot vazifasidir. Tarmoqdan qiziqtirgan istalgan maxfiy bo’lmagan birjaga oid va tijorat axborotlarini, ilmiy va siyosiy axborotlarni va sh.o’. olish mumkin. — Ikkinchi vazifa — kommunikatsiya vazifasi. Tarmoq texnologiyalari foydalanuvchiga telefon bo’yicha istalgan shahar va mamlakatdagi punktlari sheriklari bilan gaplashish imkonini beradi, shu bilan bir qatorda bu oddiy telefon aloqasidan arzonroqdir; oddiy pochtani ishlatganga qaraganda kam harajat qilib va shuning bilan birga sezilarli darajada tezroq unga faks yoki xat yuborish mumkin. — Uchinchi vazifa — kengash vazifasi. Internet tarmog’i — bu mutaxassislar va kompyuterlardan foydalanuvchilar «uchrashadigan» va ularni qiziqtirgan muammolarni muhokama qilishi, interaktiv rejimda foydali ma’lumotlar bilan almashishi mumkin bo’lgan joy. — To’rtinchi vazifa — tijorat vazifasi. Butun dunyoda tarmoq bo’yicha savdo faol rivojlanmoqda.Imkoniyatli haridor o’z ShK ning ekranida tavarlarni ko’rib chiqadi, buyurtma beradi va kredit kartoch-kasi bo’yicha ularga xak to’laydi. Tavar unga eng yaqin savdo po’Nkgidan sshib kelinadi, tabiiyki, endi tarmoq bo’yicha emas. — Keyingi vazifa — reklama vazifasi. Internet bo’yicha reklama berish, birinchi navbatda uning ommaviyligi va tezkorligi tufayli, juda samaralidir. — Oltinchi vazifa — kO’ngil ochish vazifasi. Katta miqdordagi ko’ngil ochar adabiyotlarni va filmlarni o’qib chiqish va ko’rish mumkin; eng maroqli kompyuter uyinlarini uynash mumkin, turli xil mo’zeylarning va mamlakatlarning go’zalliklariga sayoxat qilish va ulardan zavqdanish mumkin va boshqa ko’pgina shunga o’xshash narsalar. — Va nixoyat — maxsus kompyuterli vazifasi. ShK dan foydalanuvchilar eng yangi dastur vositalarini, ko’rsatmalarni va tarmoqda ishlash bo’yicha tavsiyalarni, shu bilan bir qatorda ko’pincha tekinga olishi mumkin. Test savollari 1. ... - bir korxona yoki muassasadagi bir nеchta yaqin binolardagi komp'yutеrlarni o’zaro boqlagan tarmoq. A. Global tarmoq B.*Lokal tarmoq C.Mintaqaviy tarmoq D. hamma javoblar to'g'ri 2. Lokal tarmoq uchun zarur qurilmalar: A.Server, ishchi stansiyalar B.Tarmoq platasi C.* Barchasi D. Maxsus kabel Axborot-hisoblash tarmoqlarining dastur ta’minoti quyidagilarni ta’minlaydi: tarmoqning asosiy bug’inlari va elementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish; tarmoqning barcha resurslariga jamoa bo’lib murojaat qilishni tashkil etish; ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirish maqsadida resurslarni dinamik taqsimlash va qayta taqsimlash; tarmoq qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatishni va ishga yaroqliligini nazorat qilishni o’tkazish. Tarmoqning dastur ta’minoti uch qismdan tashkil topgan: • umumiy dastur ta’minoti; • tizimli dastur ta’minoti; • maxsus dastur ta’minoti. Umumiy dastur ta’minoti tarmoq tarkibiga kiruvchi alohida kompyuterlarning bazaviy dastur ta’minotining tashkil etuvchilaridan hosil bo’ladi va o’z ichiga operacion tizimlarni, dasturlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimini va texnik xizmat ko’rsatish tizimini oladi. Tizimli dastur ta’minoti tarmoqning barcha resurslarini o’zaro harakatini, umumiy tizimniki kabi, qo’llab-quvvatlovchi dastur vositalarining kompleksi ko’rinishga egadir. Maxsus dastur ta’minoti foydalanuvchilarni tez-tez echiladigan masalalarning dasturlari bilan maksimal ta’minlash uchun mo’ljallangan va mos ravishda foydalanuvchi mavzu sohasining xususiyatiga mo’ljallangan uning amaliy dasturini o’z ichiga oladi. Dastur ta’minotidagi alohida rol operacion tizimga ajratiladi; ular umumiy dastur ta’minoti tarkibida ham (alohida kompyuterlarning operacion tizimlari), tizimli dastur ta’minoti tarkibida ham (serverda yoki bitga darajali tarmoqning kompyuterlaridan bitgasiga o’rnatiladigan tarmoqli operacion tizim) mavjud. Tarmoqli operacion tizim o’z tarkibiga boshqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plamini oladi, bu dasturlar quyidagilarni ta’minlaydi: — tarmoqning hamma bo’g’inlari va elementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish; — tarmoq elementlari bo’yicha resurslarni tezkor taqsimlash; — topshirikdar oqimini hisoblash tarmog’ining uzellari O’rtasida taqsimlash; — masalani echishning ketma-ketligini o’rnatish va ularni umumtarmoq, resurslari bilan ta’minlash; — tarmoq elementlarini ishga yaroqligini nazorat qilish hamda kirish va chiqish ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash; — ma’lumotlarni va hisoblash resurslarini ruxsat etilmagan murojaat qilishlardan himoya qilish; — tarmoqning ma’lumot, dastur va texnik resurslarining ishlatilishi to’g’risida ma’lumotnoma berish. Operacion tizimlarning funkcional imkoniyaglari utilitalar — amaliy vazifalarni bajarish uchun operacion tizim tomonidan ishlatiladigan maxsus dasturlar yordamida kengaytiriladi. Download 18.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling