Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSI
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSI – jinoyat ishi yurituvida sud, dastlabki tergov organlari va prokuratura faoliyatini, shuningdek jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi protsessual normalar majmuyi. JINOYAT-PROTSESSUAL NORMA – jinoyat-protsessual munosobatlarni tartibga soluvchi, qonun bilan belgilangan huquqiy norma. JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH (PROFILAKTIKASI) – jinoyatchilik sabablari va uni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarni 437
bartaraf qilish yoki ularning ta’sirini susaytirish, jinoyat sodir etishdan ushlab turish va huquqbuzarlarning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan davlat va jamoatchilik tomonidan amalga oshiriladigan choralar tizimi tushuniladi.
jinoyatchilik, uning alohida turlari va muayyan jinoyatlarning mavjud bo‘lishi va tarqalishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish, kuchsizlantirish va neytrallashtirish, xuddi shuningdek jinoyatlar sodir etishga (retsidivga) moyil shaxslarni jinoyat yo‘liga kirishidan saqlash va ularni resotsializatsiya qilishni ta’minlash vazifalari va funksiyalari qonun bilan zimmasiga yuklangan organlar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar (xizmatchilar) va alohida fuqarolar jinoyatchilik (jinoyatlar)ning oldini olish subyektlari hisoblanadi. JINOYAT HAQIDAGI ARIZA YOKI XABAR YUZASIDAN QABUL QILINADIGAN QARORLAR: 1) jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida; 2) jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida; 3) ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab jo‘natish to‘g‘risida.
tartib raqamlaridan kelib chiqqan holda dastlabki tergovni amalga oshirishga vakolatli organlar – prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmatining tergovchilari tomonidan tergov qilinishining taqsimlanishi qoidalari.
sababli muayyan sharoitda ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lmagan voqea. KASSATSIYA – fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, “buzish” ma’nosini anglatadi. Qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari kassatsiya tartibida yuqori instansiyalarda qayta tekshiriladi. Qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarorlari ustidan sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan kassatsiya shikoyati berilishi va prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
instansiya sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari, ajrimlari va 438
qarorlari ustidan kiritilgan shikoyat yoki protestlar yuzasidan jinoyat ishini ko‘rib chiquvchi sud. KASSATSIYA INSTANSIYASI SUDINING AJRIMI – kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi, mazkur ajrim sudyalarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va barcha sudyalar tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilikni tashkil etgan sudya ajrimga imzo qo‘yib, o‘zining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
uchta malakali sudyadan iborat tarkibda ko‘radi. KASSATSIYA INSTANSIYASINING VAKOLATLARI – sud jinoyat ishini kassatsiya tartibida ko‘rib, hukmni yoki ajrimni (qarorini) o‘zgartirishsiz qoldirishi; hukm yoki ajrimni (qarorni) bekor qilib, ishni qo‘shimcha tergovga yoki yangitdan sudda ko‘rish uchun qaytaradi; jinoyat ishini tugatadi.
sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan kiritilgan shikoyat yoki protestlar yuzasidan jinoyat ishining kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi. KASSATSIYA SHIKOYATI VA PROTESTI – ishning hal qilinishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning birinchi instansiya sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari ustidan kassatsiya tartibida bildirilgan protsessual murojaatidir. KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN TERGOV HARAKATLAR - muayyan jinoyat ishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksida nazarda tutilgan ayrim tergov harakatlarini kechiktirmay amalga oshirilishi. KORXONALAR, MUASSASALAR, TASHKILOTLAR, JAMOAT BIRLASHMALARI VA MANSABDOR SHAXSLAR BERGAN XABARLAR – yuridik shaxslarning jinoyat to‘g‘risidagi yozma (xizmat xati, tasdiqlangan telefonogramma, telegramma, radiogramma shaklida) bayon etilgan murojaati.
turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi. Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi.
439
ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi. Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib
chiqqan taqdirda, ularning har
biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
hodisa sodir bo‘lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir bo‘lgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalar va hujjatlarni ko‘zdan kechirishdan iborat tergov harakati. KO‘RSATUVLAR – asosiy dalil manbalaridan hisoblanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchining jinoyat hodisasi yuzasidan bergan ma’lumotlaridir.
ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir bo‘lgan joyda holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga qaratilgan tergov harakati. KO‘CHAR NARSALARNI TANIB OLISH - jinoyatga aloqador bo‘lgan narsalar, ularning bo‘laklari, hayvonlar va tergov harakatlari olib borilayotgan joyga yoki sudga olib borish imkoniyati bo‘lgan har qanday narsalar tanib olish uchun olib kelinishi kerak. KO‘CHMAS OBYEKTNI TANIB OLISH - haqiqatni aniqlash va jinoyat haqida to‘g‘ri va aniq ma’lumotlar olish maqsadida ko‘chmas mulklarni, buyum va predmetlarni, joy, bino, inshoot, binoning ma’lum bir xonasini jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan o‘rnini aniq aytib bera olmasa, shu joyga borish yo‘lini ko‘rsatishga istak bildirsa, unga shu joyni ko‘rsatishga imkon beriladi.
bo‘lib, basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z ish joyida qolsa, u jinoyat ishi 440
bo‘yicha haqiqatni aniqlashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga to‘sqinlik qiladi yoki jinoiy faoliyatini davom ettiradi deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud unga nisbatan mazkur chorani qo‘llaydi.
topilgan shaxs. MAXSUS TERGOVGA TEGISHLILIK – jinoyat subyektining xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, u jinoyat ishlarining harbiy prokuratura organlarining tergoviga tegishlilikni belgilaydi.
his qiladigan jismoniy va ruhiy azoblanishlar tushuniladi. MAXSUS BILIM – bu ko‘pchilik ega bo‘lmagan va aniq bir fan yoki texnika, kasb-hunardan foydalangan holda olingan nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakli.
ekvivalentida o‘lchash mumkin. MUNOSIB XULQ-ATVORDA BO‘LISH HAQIDAGI TILXAT - ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan etib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari o‘z zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini o‘zgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi. Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda unga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin, bu haqda u tilxat olish chog‘ida ogohlantiriladi.
to‘g‘risidagi ishlarni jinoyat ishini qo‘zg‘atgan organning tergovchilari tomonidan tergov qilinishi.
murdaning tashqi ko‘rinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida ko‘zdan kechirishga qaratilgan
441
tergov harakati. MURDANI TANIB OLISH - murdani tanib olish tergov harakatini o‘tkazishda albatta, uning yonida yana ikkita murda bo‘lishi talab etilmaydi. Odatda, yonida hujjati bo‘lmagan, shaxsi aniqlanmagan, kimligi noma’lum bo‘lgan shaxslarning murdalari tanib olish uchun taqdim etiladi. MURDANI EKSGUMATSIYA QILISH – ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladigan tergov harakati.
topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun chaqiriladigan, shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar. N NAZORAT INSTANSIYASI – jinoyat ishi apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilganidan so‘ng chiqarilgan sud qarorlariga nazorat tartibida kiritilgan shikoyat va protestlarni mazmunan ko‘rib chiqish vakolatiga ega yuqori turuvchi sud instansiyasi. NARSA VA HUJJATLARNI KO‘ZDAN KECHIRISH – texnik vositalardan foydalanilgan holda, basharti narsa yoki hujjatlarning yo‘qolishiga yoxud shikastlanishiga olib kelmasa, o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tergov harakati. O OQLOV HUKMI – jinoyat ishini sud majlisida mazmunan ko‘rilishi natijasida jinoiy hodisa yuz bermaganligi, sudlanuvchining qilmishida jinoyat tarkibi yo‘qligi, jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxli yo‘qligi aniqlansa yoki sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda o‘z tasdig‘ini topmasa, sud tomonidan qabul qilinadigan hukm turi. OLIB QO‘YISH – jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum bo‘lib, ularni qidirishning hojati bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qo‘yish tergov harakatini o‘tkazadi. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI BERGAN XABARLAR – jinoyat to‘g‘risida matbuot, radio va televideniye orqali e’lon qilingan, 442
shuningdek ommaviy axborot vositalariga yo‘llangan, lekin e’lon qilinmagan, xatlardagi xabarlar. P PROKUROR – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118- moddasiga ko‘ra, mamlakatimiz hududida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan davlat organining mas’ul mansabdor xodimi. PROKUROR KO‘RSATMASI – nazorat qiluvchi yoki yuqori turuvchi prokurorning surishtiruv va dastlabki tergov organlariga bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqning bajarilish usuli, muddati va tartibi yuzasidan qilgan murojaati. PROKUROR PROTESTI – prokuror nazorati hujjatlaridan biri. Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi.
Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomani qonun buzilishi holatini bartaraf etish vakolatiga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi.
ma’lumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasida qo‘yayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi. Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi xususida o‘z fikrini bildiradi.
443
Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi. Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart. PROTSESSUAL MUDDATLAR – jinoyat protsessida protsessual harakat yoki qarorlarni qabul qilishning, shuningdek jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini amalga oshirish yoki bajarishdan tiyilishning jinoyat-protsessual qonunchilikda ko‘rsatilgan yoki unga asoslangan holda jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar tomonidan belgilangan muddatlari. PROTSESSUAL MUDDATLAR TURLARI – 1) qonunda belgilangan protsessual muddatlar; 2) sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar.
qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlangan muddatlar soatlar, sutkalar va oylar bilan hisoblanadi. PROTSESSUAL HARAKATLAR VA QARORLAR USTIDAN SHIKOYAT QILISH – protsess ishtirokchilarining qonunda mustahkamlangan huquqlarini va jinoyat ishlari yurituvi jarayonida buzilgan tiklash uchun yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga qilgan murojaat.
buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanganligi ishning noto‘g‘ri hal etilishiga sabab bo‘lgan yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorning bekor qilinishiga asos bo‘ladi. Agar: 1) ish sud tomonidan g‘ayriqonuniy tarkibda ko‘rilgan bo‘lsa; 2) ish sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabar berilmagan shaxslardan birortasining yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa; 3) ish ko‘rilayotganida ish yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa; 4) sud ishda qatnashishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlariga doir masalani hal qilgan bo‘lsa; 5) hal qiluv qarori, ajrim, qaror chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa; 6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror sudyalardan birortasi (sudya) tomonidan imzolanmagan yoki hal qiluv qarori unda ko‘rsatilmagan sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan bo‘lsa; 7) hal qiluv qarori, ajrim, qaror ishni ko‘rmagan sudyalar
444
tomonidan chiqarilgan bo‘lsa; 8) ishda sud majlisi bayonnomasi mavjud bo‘lmasa yoki u imzolanmagan bo‘lsa, hal qiluv qarori, ajrim, qaror majburiy tartibda bekor qilinishi shart. PROTSESSUAL CHIQIMLAR – jinoyat sud ish yurituvini amalga oshirayotgan subyektlar (surishtiruv, dastlabki tergov, sud) va boshqa protsess ishtirokchilarining jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan huquqiy munosabatlarni jinoiy buzilishi va uning holatlarini aniqlash bo‘yicha jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshirishga oid hamda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsdan va (yoki) jinoyat sud ishida ishtirok etayotgan boshqa shaxslardan, alohida hollarda esa, davlatdan undiriladigan xarajatlari. Q QAROR – bu davlat hokimiyati organining o‘z vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan va shu maqsadni amalga oshirish vositalari va yo‘llarini nazarda tutgan boshqaruv vaziyatini tahlil etish va baholashga oid erki ifodasidir. Q. ijro hokimiyati tegishli organi kompetensiyasi doirasida qabul qilinadigan me’yoriy yoki individual (aniq shaxs yoki vaziyatga taalluqli) huquqiy hujjat ko‘rinishida yuridik rasmiylashtirilishi natijasida huquqiy ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish jarayonida uzoq muddatli va muayyan soha bilan bog‘liq faoliyat (ishlar)ni istiqbolli loyixalalash yuzasidan qarorlar, masalan, maqsadli dasturiy qarorlar, joriy asosiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha tezkor, protsessual, uslubiy, tavsiyaviy, individual va shok. qarorlar qabul qilinishi mumkin. Q.larni qabul qilish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin: qarorni qabul qilishning zarurligini asoslantirish; uning axborot ta’minoti; q. mazmunini, shu jumladan, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun zarur chora-tadbirlar va harakatlar ro‘yxatini shakllantirish; talab qilinadigan resurslar (mablag‘ va vositalar) turlari va hajmini asoslash; q.ni amalga oshirish muddatlari va ijrochilarning aniq manzillarini belgilash; q. qabul qilinishida manfaatdor taraflarni va ular bilan q. mazmuni yuzasidan kelishish shakllarini o‘rnatish; zarur hollarda tegishli idoralar va mutaxassislar bilan maslahatlar tashkil etish; q. loyihasini tayyorlash, muhokama qilish va uning samaradorligini dastlabki baholash; qarorni ifoda etuvchi hujjatning yuridik shaklini aniqlash. Q.ni tayyorlash huquqiy hujjat loyihasini rasmiylashtirish va tegishli tartibda qabul qilinishi bilan yakunlanadi. 445
asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda o‘tkaziladigan ekspertiza turi. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling