Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

Loyiha 

 

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI 

 

 

UMUMIY QISM 

 

DARSLIK 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 

5240100 - «Yurisprudensiya» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan 

talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT – 2016 

 

Toshkent  davlat  yuridik  universiteti  O‘quv-uslubiy  Kengashining 



2016-yil ________________-sonli qaroriga ko‘ra nashrga tavsiya etilgan. 

UDK 343.1(575.1) 

 

 

Jinoyat-protsessual  huquqi.  Umumiy  qism.  Darslik.  //  Mualliflar 

jamoasi. 

yu.f.d., 



dots. 

G.Z.To‘laganova 

va 

yu.f.n., 



dots. 

S.M.Raxmonovalarning  umumiy  tahriri  ostida  –Toshkent:  TDYU 

nashriyoti, 2016. – 468 bet. 

 

 

 



 

Taqrizchilar:    

I.Sottiev  –  O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  Akademiyasi  kafedra 

boshlig‘i, yu.f.n., dotsent 

 

Sh.Abdukadirov  –  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur tuman sudi sudyasi, yu.f.n., dotsent. 

 

 



 

Mazkur darslik “Jinoyat-protsessual huquqi” fanining umumiy qismi 

bo‘yicha  o‘quv  dasturi  negizida  tayyorlangan  va 

5240100  – 

“Yurisprudensiya”  ixtisososligi  Davlat  ta’lim  standartiga  muvofiq  bo‘lib, 

yuridik oliy ta’lim muassasalari va fakultetlari talabalariga mo‘ljallangan. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

© Mualliflar jamoasi 

© Toshkent davlat yuridik universiteti, 2016. 

 

 



 

MUNDARIJA: 



 

 

KIRISH........................................................................................................8 

I BOB. JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI TUSHUNCHASI 

VA MOHIYATI. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUN 

HUJJATLARI 

 

1.1.Jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi va ahamiyati..........................10 



1.2.Jinoyat protsessining bosqichlari va funksiyalari.................................14 

1.3.Jinoyat protsessual shakl va jinoyat protsessual kafolatlar................... 22 

1.4.Jinoyat-protsessual huquqi huquq sohasi sifatida va uning boshqa huquq 

sohalari bilan o‘zaro aloqasi……………………………………............... 24  

1.5.Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari va uning vazifalari……………. 28  

1.6.Jinoyat protsessual huquqining normalari………………………..…..32 

1.7.Jinoyat-protsessual qonunining vaqt, hudud va shaxslar bo‘yicha amal 

qilishi……………………………………………………………………..38  

 

II BOB. JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI 

 

2.1.Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi va tizimi...............................44  

2.2.Qonuniylik prinsipi…………………………………………………...46  

2.3.Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilish prinsipi........ 48  

2.4.Jinoyat ishlarini hay’atda va yakka tartibda ko‘rib chiqish prinsipi... 50  

2.5.Sudyalarning  mustaqilligi  va  ularning  faqat  qonunga  bo‘ysunish 

prinsipi……………………………………………………………………51 

2.6.Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsipi............................53 

2.7.Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga 

oshirish prinsipi..........................................................................................54  

2.8.Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipi............... 56  

2.9.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish prinsipi......... 58  

2.10.Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipi.........................60  

2.11.Jinoyat ishlari yuritiladigan til………………………………………62  

2.12.Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilikning ishtiroki prinsipi……..64  

2.13.Haqiqatni aniqlash prinsipi………………………………………….66  

2.14.Aybsizlik prezumpsiyasi………………………………………….…67  

2.15.Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi 

bilan ta’minlash prinsipi………………………………………............… 70  


 

2.16.Sudda ishlarni yuritishda tortishuv prinsipi........................................73  



2.17.Dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish prinsipi………...….75  

2.18.Protsessual  harakatlar  va  qarorlar  ustidan  shikoyat  qilish  huquqi 

prinsipi……………………………………………………………………76  

 

III BOB. JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI 

 

3.1.Jinoyat 

protsessi 

ishtirokchilari 

tushunchasi 

va 


ularning 

tasniflanishi………………………………………………………………80 

3.2.Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor 

shaxslar…………………………………………………………………...82 

3.3.Jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi jamoat birlashmalari, jamoalar 

va ularning vakillari………………………………………………………97 

3.4.Jinoyat  protsessida  o‘z  manfaatlarini  himoya  qiladigan  shaxslar. 

Himoyachilar va vakillar……………………………………………..…100 

3.5.Jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar.........................110 

 

IV BOB. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETISHGA 



MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILISHLAR. 

 

4.1.Sudyaning,  prokurorning,  tergovchining,  surishtiruvchining  va  sud 



majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar…..120 

4.2.Jamoat  birlashmasi  yoki  jamoa  vakilining  ishda  ishtirok  etishiga 

monelik qiladigan holatlar………………………………………………125 

4.3.Ekspertning,  mutaxassisning,  tarjimonning,  xolisning  ishda  ishtirok 

etishiga monelik qiladigan holatlar……………………………………..126 

4.4.Himoyachining,  jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar  yoki  fuqaroviy 

javobgar 

vakilining 

ishda 

ishtirok 



etishiga 

monelik 


qiladigan 

holatlar…………………………………………………………………..127 

4.5.Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi….. 129

 

 



V BOB. DALILLAR VA ISBOT QILISH 

 

5.1.Dalillar va isbot qilish tushunchasi…………………………………136 

5.2.Isbot qilish predmeti………………………………………………..139 

5.3.Isbot qilish doirasi…………………………………………………..142 

5.4.Dalillarning xususiyatlari…………………………………………...146 

5.5.Dalillarni tasniflanishi va ularning amaliy ahamiyati………………148 



 

5.6.Dalillar manbalarining tushunchasi va turlari………………………154 



 

 

VI BOB. ISBOT QILISHNING UMUMIY SHARTLARI 

6.1.Isbotlash va uning elementlari………………………………………160 

6.2.Isbotlashning umumiy shartlari……………………………………..167 

6.3.Dalillarni baholash………………………………………………….174 

6.4.Dalillarni bayonnomalarda qayd etish……………………………...183 

 

VII BOB. DALILLARNI TO‘PLASH USULLARI 



 

7.1.Dalillarni to‘plash usullari tushunchasi va turlari..............................191 

7.2.Tergov 

harakatlarining 

boshqa 

protsessual 



harakatlardan 

farqi……………………………………………………………………..195 

7.3.So‘roq qilishning umumiy shartlari………………………………...197 

7.4.Yuzlashtirish……………………………………………………..…215 

7.5.Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati……………………….217 

7.6.Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish………………221  

7.7.Ko‘zdan kechirish…………………………………………………..225  

7.8.Guvohlantirish………………………………………………………231  

7.9.Murdani eksgumatsiya qilish……………………………………….237  

7.10.Eksperiment……………………………………………………….243 

7.11.Olib qo‘yish va tintuv……………………………………………..248  

7.12.Pochta-telegraf  jo‘natmalarini  xatlab  qo‘yish,  ko‘zdan  kechirish  va 

olib qo‘yish……………………………………………………………..254  

7.13.Telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarni eshitib turish…………………………………………...257  

7.14.Ekspertiza…………………………………………………………261  

7.15.Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish…………………….264  

7.16.Ashyoviy dalillar va ularning tasniflanishi……………………….267  

7.17.Narsa va hujjatlarni taqdim qilish…………………………………270  

7.18.Narsa  va  hujjatlarni  ashyoviy  va  yozma  dalil  sifatida  ishga  qo‘shib 

qo‘yish………………………………………………………………….272  

 

 

 

 

 

 


 

VIII BOB. JINOYAT-PROTSESSUAL MAJBURLOV 



CHORALARI 

 

8.1.Protsessual 

majburlov 

tushunchasi, 

mohiyati, 

vazifalari 

va 

turlari……………………………………………………………………277 



8.2.Jinoyat 

protsessida 

shaxs 

huquqlarini 



cheklash 

asoslari 

va 

chegaralari………………………………………………………………280 



8.3.Ushlab turish………………………………………………………..282 

8.4.Lavozimdan chetlashtirish………………………………………….293 

8.5.Majburiy keltirish…………………………………………………..295 

8.6.Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish…………………………...297 

8.7.Protsessual  majburlov  choralari  protsessual  majburiyatlar  va  sud 

majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik………………………...301 

8.8. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash……..305 

 

 



IX BOB. EHTIYOT CHORALARI 

 

9.1.Ehtiyot  choralari  va  ularning  turlari,  ularni  qo‘llash,  o‘zgartirish  va 

bekor qilish……………………………………………………………..310 

9.2.Ehtiyot chorasi sifatida qamoq va uy qamog‘i……………………..313 

9.3.Garov……………………………………………………………….326 

9.4.Munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat………………….331 

9.5.Shaxsiy kafillik……………………………………………………..334 

9.6.Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish…..…342 

9.7.Harbiy 

xizmatchining 

xulq-atvori 

ustidan 


qo‘mondonlik 

kuzatuvi…………………………………………………………………346 



 

 

X BOB. JINOYAT NATIJASIDA YETKAZILGAN  

MULKIY ZIYONNI QOPLASH 

 

10.1.Jinoyat 

protsessida 

fuqaroviy 

da’vo 

tushunchasi 



va 

predmeti……………………………………………………………..… 351 

10.2.Mol-mulkni 

jabrlanuvchi 

yoki 

fuqaroviy 



da’vogarga 

qaytarish………………………………………………………………...361 

10.3.Hukmning 

mulkiy 


undirishlarga 

doir 


qismi 

ijrosini 

ta’minlash……………………………………………………………….363 


 

 



XI BOB. JINOYATLARNING OLDINI OLISH CHORALARI 

 

11.1.Jinoyatlarning  oldini  olish  choralari  tushunchasi,  turlari  va  huquqiy 

asoslari…………………………………………………………………..369 

11.2.Jinoyatning sabablarini va uning  sodir etilishiga imkon bergan shart-

sharoitlarni  bartaraf  qilish  shakllari  va  bu  jarayonda  surishtiruvchining, 

tergovchining, prokurorning faoliyati………………………………….370 

11.3.Sudning jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan 

shart-sharoitlarni bartaraf qilish faoliyati………………………………372 

11.4.Taqdimnomani 

va 


xususiy 

ajrimlarni 

bajarish 

majburiyati………………………………………………………….. ….373 

11.5.Fuqaro 

ijtimoiy 

burchini 

namunali 

bajarganligi 

to‘g‘risida 

taqdimnoma va xususiy ajrim qabul qilish………….…………..………376 

 

XII BOB. REABILITATSIYA 

 

12.1.Reabilitatsiya tushunchasi va uning asoslari……………………..380 

12.2.Reabilitatsiya qilinuvchi shaxslar………………………………..384  

12.3.Reabilitatsiya turlari……………………………………………...385 

12.4.Reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar……………….. 387 

12.5.Yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash…………………………….389 

12.6.Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilish………………………….390 

 

XIII BOB. PROTSESSUAL MUDDATLAR VA CHIQIMLAR 

 

13.1.Jinoyat protsessida protsessual muddatlarning tushunchasi, ahamiyati 

va turlari……………………………………………………………..….396 

13.2.Protsessual muddatlarni hisoblash, uzaytirish va tiklash…………400 

13.3.Jinoyat protsessida protsessual chiqimlar tushunchasi va turlari...403 

13.4.Protsessual chiqimlarni undirish tartibi…………………………..408 

 

Glossariy……………………………………………………………..…412 

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………459 

 

 



 

 

KIRISH 

Mustaqillik yillari davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, 

fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish,  demokratlashtirishning  tarkibiy  qismi 

sifatida sud hokimiyatining xolis, mustaqil tarmoq sifatida mustahkamlash, 

qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini 

ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi.  

Jumladan,  2010-yil  12-noyabrda  Oliy  Majlis  Senati  va  Qonunchilik 

palatasining  qo‘shma  majlisida  davlatimiz  birinchi  rahbari  o‘zining 

mohiyatan  tarixiy  bo‘lmish  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni 

yanada 

chuqurlashtirish 



va 

fuqarolik 

jamiyatini 

rivojlantirish 

konsepsiyasi”da alohida ta’kidlaganlaridek “...sud hokimiyatini bosqichma-

bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq 

tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ 

emas,  balki  inson  va  fuqaro  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  va 

muhofaza  etishga  xizmat  qiladigan  tom  ma’nodagi  mustaqil  davlat 

institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-

tadbirlar amalga oshirildi

1

”. 



Bu 

borada 


sud-huquq 

sohasidagi 

qonun 

hujjatlarining 



liberallashtirilishi islohotlarning muhim yo‘nalishi bo‘ldi. Xususan, jinoyat 

ishlari  yurituvi  amaliyotiga  yarashuv  instituti  joriy  etildi,  sudlarning 

iqtisodiy  jinoyatlar  uchun  ozodlikdan  mahrum  etish  o‘rniga  jarimalar 

tarzidagi  jazolarni  qo‘llash  imkoniyatlari  kengaytirildi.  Sud  ishlarini 

yuritish  tizimida  adolat,  jazoning  muqarrarligi  tamoyili  va  o‘zgacha 

demokratik  tamoyillar  mustahkamlanishini  ta’minlovchi  boshqa  qator 

chora-tadbirlar amalga oshirildi.  

Sudlarning  vakolatlari  izchil  kengaytirib  borilib,  odil  sudlovni 

amalga  oshirishda  ular  xolisligining  va  mustaqilligining  kafolatlari 

mustahkamlandi.  Shuningdek,  sudlar  tuzilmasini,  ular  faoliyatining 

tashkiliy  asoslarini  takomillashtirish,  kadrlar  zaxirasini  mustahkamlashga 

doir 


chora-tadbirlar 

sud-huquq 

islohotlarini 

chuqurlashtirishga 

ko‘maklashdi. 

Ishni  sudga  qadar  yuritish  bosqichida  tergov  ustidan  sud  nazorati 

kuchaytirildi.  Milliy  qonunchiligimizga  «Xabeas  korpus»  instituti  joriy 

etildi  —  qamoqqa  olishga  sanksiya  berish,  shaxsni  lavozimidan 

chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirishdek protsessual majburlov 

                                                           

1

 I.A. Karimov. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 



konsepsiyasi:  2010-yil  12-noyabrda  Oliy  Majlis  Senati  va  Qonunchilik  palatasining  qo‘shma  majlisidagi  ma'ruza.  T.: 

O‘zbekiston. - B. 16. 



 

choralarini qo‘llash huquqi prokurorlardan sudlarga o‘tkazildi, uy qamog‘i 



ehtiyot chorasi joriy etildi. 

Huquqni  qo‘llash  tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarini,  odil  sudlovni 

amalga  oshirish  protsessual  asoslarini  takomillashtirishga  doir  chora-

tadbirlar  odil  sudlovning  muqarrarligini,  tezkorligini  ta’minlashga, 

qonuniylikni ta’minlashda sudning rolini oshirishga ko‘maklashdi. 

Prokuror 

va 

advokatning 



jinoyat 

protsessining 

barcha 

bosqichlaridagi  tortishuvi  tengligini,  sud-huquq  tizimini  liberallashtirish 



jarayonining  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  advokatura  mustaqilligini 

mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.  

Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasiga  muvofiq  jinoyat  ishi 

qo‘zg‘atish,  ish  yuzasidan  ayblov  xulosasini  o‘qib  eshittirish  singari 

huquqlarni sudlar vakolatidan chiqarilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar 

jinoyat-protsessual  qonuniga  kiritildi.  Bu  esa  sudning  obyektivligi, 

xolisligini ta’minlashga, jinoyat ishini ko‘rib chiqish jarayonida tortishuv 

tamoyilining kuchayishiga ko‘maklashdi. Kassatsiya instituti tubdan isloh 

etildi, apellyatsiya instituti joriy qilindi.  

Binobarin,  milliy  qonunchilik  bazasini  uzluksiz  ravishda  isloh  etish 

jarayonida  tubdan  yangi  yuridik  o‘quv  adabiyotlarini  tayyorlash  ehtiyoji 

nihoyatda  oshmoqda.  Ta’kidlash  joizki,  milliy  Jinoyat-protsessual 

kodeksining qabul qilinganidan shu kunga qadar 56 marta o‘zgartirish va 

qo‘shimchalar  kiritildi.  Demak,  o‘quv  adabiyotlari  ham  doimiy  ravishda 

yangilanib  borishi,  jinoyat-protsessual  fanining  va  sud-tergov  amaliyotini 

real  holatini  aks  ettirishi  lozim.  Shu  nuqtayi  nazardan,  mazkur  darslik 

Jinoyat-protsessual 

kodeksiga  kiritilgan  so‘nggi  o‘zgartirish  va 

qo‘shimchalar hamda hozirgi jinoyat ishlari yurituvining so‘nggi yutuqlari 

inobatga  olingan holda,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining 

tegishli qarorlari, shuningdek maxsus o‘quv va ilmiy adabiyotlar (milliy va 

xorijiy) tahlili asosida tayyorlangan. 

 

 



10 

 

I BOB. JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI TUSHUNCHASI 



VA MOHIYATI. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUN 

HUJJATLARI 

 

(mualliflar – yuridik fanlar doktori, professor B.X.Pulatov,  

yuridik fanlar nomzodi, dotsent S.M.Sahaddinov

 

Annotatsiya:

 

Mazkur  mavzuni  talabalar  tomonidan  o‘rganilishi 

O‘zbekiston  Respublikasida  jinoyat-protsessual  huquqi  tushunchasi, 

mohiyati,  vazifalari  va  manbalarini  aniqlab  olish,  shuningdek  fuqarolar 

uchun  yagona  va  majburiy  bo‘lgan  jinoyat  ishlari  yuritish  tartibi,  uning 

vaqt va hudud bo‘yicha hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 

shaxslarga nisbatan amal qilishi tartib qoidalarini bilish imkonini beradi. 

 

1.1. Jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi va ahamiyati 

“Protsess”  so‘zi  lotincha  “procedere”  –  olg‘a  siljish;  “processus”  – 

harakat, rivojlanayotgan, ishlab chiqarish ma’nolarini anglatadi. 

Jinoyat protsessi davlatning huquqni qo‘llash bo‘yicha faoliyatining 

turi  hisoblanib,  bunday  faoliyatga  zaruriyat  jinoyat  sodir  etilganligi 

to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan taqdirdagina yuzaga keladi.  

Shu  sababli  jinoyatlarni  aniqlash,  ularning  sodir  bo‘lish  holatlarini 

tergov  qilish,  aybdor  shaxslarni  fosh  etish  va  adolatli  jazoga  tortish 

davlatning vazifalariga kiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Jinoyat  ishlarining  aksariyati  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 325-moddasida nazarda tutilgan jabrlanuvchining 

arizasiga  ko‘ra  qo‘zg‘atiladigan  jinoyat  ishlari  bundan  mustasno)  alohida 

shaxslarning xohishidan qat’i nazar qo‘zg‘atiladi. 

Jinoyat-protsessual  huquqi  jinoyat  protsessining  maqsadi  va 

prinsiplarini,  ularni  jinoyat-protsessual  faoliyatning  barcha  subyektlariga 

nisbatan amalga oshirish huquqi va kafolatlarini ifodalaydi, jinoyat ishlari 

O’zbekiston  Respublikasi  hududida  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 

bo‘yicha  tezkor-qidiruv,  tergov  va  boshqa  maxsus  vazifalarni  mustaqil 

ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari 

va  ularning  bo‘linmalarini  tuzish  hamda  ularning  faoliyat  ko‘rsatishi 

ta’qiqlanadi. 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 121-moddasi. 


11 

 

yurituvi  bosqichlari  tizimini,  ularning  har  birida  protsessual  harakatlarni 



o‘tkazish  tartibini,  ish  bo‘yicha  qaror  qabul  qilish  asoslari  va  tartibini 

o‘rnatadi.  

Jinoyat-protsessual huquqining ahamiyati va zaruriyati quyidagilarda 

namoyon bo‘ladi:  



Birinchidan,  huquqni  muhofaza  qilish  organlarining  qonunda 

belgilangan  o‘z  vakolatlari  doirasida  jinoyat  ishlarini  qo‘zg‘atish,  tergov 

qilish, ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha faoliyatini tartibga solish orqali 

shaxs,  jamiyat,  davlatni  jinoiy  tajovuzlardan  muhofaza  qiluvchi  jinoyat-

huquqiy normalar qo‘llanilishini ta’minlaydi; 

Ikkinchidan,  majburlov  choralarini  qo‘llash  shartlari,  asoslari  va 

turlarini belgilaydi;  



Uchinchidan,  shaxs  huquqlari  kafolatlarini  o‘rnatadi,  xususan, 

ayblanuvchining  himoyaga  bo‘lgan,  uy-joy  daxlsizligi,  yozishmalar  sir 

saqlanishi,  adolatli  va  xolis  odil  sudlovga  bo‘lgan  huquqi  va  boshqa 

huquqlarini ta’minlaydi; 



To‘rtinchidan,  fuqarolarning  hayoti  va  sog‘lig‘i,  xususiy  mulki  va 

shaxsiy  erkinligi,  sha’ni  va  qadr-qimmatiga  tajovuzlardan  sud  tartibida 

himoyalanish tartibini belgilaydi; 

Beshinchidan,  ma’naviy,  jismoniy  va  mulkiy  zarar  ko‘rgan 

shaxslarning huquqlarini himoya qiladi; 



Oltinchidan, aybsiz kishini javobgarlik va jazoga tortilishining oldini 

olishga,  basharti  u  noqonuniy  javobgarlikka  jalb  qilingan  bo‘lsa,  tegishli 

qarorni  bekor  qilish  va  asossiz  ayblangan  shaxsni  reabilitatsiya  qilishga 

qaratilgan faoliyat tartibi va shartlarini belgilaydi



Yettinchidan,  huquqiy  tartib-taomillar  va  qoidalarga  rioya  etilishini 

ta’minlovchi huquqni tiklovchi va boshqa sanksiyalarni ko‘zda tutadi.  



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling