Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53

O’zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining 

“Xotin-


qizlar 

va 


erkaklar 

teng 


huquqlidirlar”. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining 46-moddasi. 

 

“Barcha  shaxslar  sudlar  va 

tribunallar oldida tengdir”. 

Fuqarolik 

va 

siyosiy 

huquqlar 

to‘g‘risidagi 

xalqaro 

paktning 

14-

moddasi. 

 


55 

 

murojaat qilgan va protsessda ishtirok etayotgan shaxsga ayrim imtiyozlar 



taqdim  etish  yoki  uni  kamsitish  uchun  uning  mulkiy  va  mansab  mavqei, 

jinsi, irqi va millati, ma’lumoti, tili, dinga nisbatan munosabati, turar joyi, 

e'tiqodi,  jamoat  birlashmalarda  a’zo  bo‘lishi  yoki  birorta  boshqa  holatlar 

asos bo‘lmaydi va protsessning yuritilishiga va yakuniga hech qanday ta’sir 

etmaydi.  Ushbu  talablar  odil  sudlovni  amalga  oshirishning  barcha 

shakllariga tatbiq etiladi, chunki sud ishlarini yuritishning birorta sohasida 

qonun  qoidalari  fuqaroning  huquqiy  maqomini  yuqorida  ko‘rsatilgan 

belgilar bilan bog‘lamaydi. 

Fuqarolarning qonun va sud oldidagi tengligi – bir-biri bilan aloqador 

bo‘lgan tushunchalar, biroq ularning har biri alohida mazmunga ega. 



Fuqarolarning  qonun  oldidagi  tengligi  fuqaroning  irqi  va  millati, 

ijtimoiy,  mulkiy  va  mansab  mavqei  yoxud  uning  dini  asosida  ayrim 

imtiyozlarni  yoki  cheklovlarni  o‘rnatmaydigan  yagona  moddiy  va 

protsessual qonunlar mavjudligini anglatadi. 



Fuqarolarning  sud  oldidagi  tengligi  sud  ishlarining,  sudlanuvchi  va 

jabrlanuvchi, da’vogar va javobgar, protsessning boshqa ishtirokchilari irqi, 

millati va dini, ijtimoiy, mansab va mulkiy  mavqeidan qat’i nazar, barcha 

fuqarolarga nisbatan va barcha sudlar tomonidan bir xil protsessual tartibida 

ko‘rib  chiqilishini  anglatadi.  Shuningdek,  mazkur  qoida  yuqorida 

ko‘rsatilgan  belgilarga  qarab  o‘z  faoliyatini  amalga  oshiradigan  tabaqa, 

irqiy yoki boshqa maxsus sudlar davlatda tashkil etilishini taqiqlaydi. 

Amaldagi  qonunlarga  rioya  qilish  hamma  uchun  majburiy  bo‘lishi, 

shuningdek  qonunlarni  buzish  uchun  barcha  shaxslar  uchun  teng 

javobgarlik  belgilanishi  fuqarolar  qonun  va  sud  oldidagi  tengligining 

ifodasidir. Masalan, jinoyat sodir etgan shaxslar, egallab turgan lavozimi, 

shug‘ullanayotgan  faoliyati  va  boshqa  holatlardan  qat’i  nazar,  jinoiy 

javobgarlikka tortiladi va ularga nisbatan bir xil jinoyat qonuni amal qiladi. 

Sudyalarni  jinoiy  javobgarlikka  tortishning  va  tintuv  o‘tkazishning 

(O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 70-moddasi), 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlarini ushlab turishning 

va  qamoqqa  olishning  (Konstitutsiyaning  88-moddasi)  alohida  tartibi 

mavjudligi, albatta, fuqarolarning qonun oldidagi tengligi prinsipi umumiy 

qoidalari doirasidan  mazkur shaxslarni chiqaradi, chunki ushbu daxlsizlik 

kafolatlari  yo‘qligida  deputatlar  va  sudyalar  o‘z  vazifalarini  tegishli 

ravishda bajara olmas edilar. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  1-moddasi 

2-qismiga  muvofiq,  jinoyat  ishlarini  yuritishning  qonunda  belgilangan 

tartibi  barcha  sudlar,  prokuratura,  tergov,  surishtiruv  organlari  uchun 



56 

 

yagona  hamda  majburiydir.  Shu  bilan  birga,  O‘zbekiston  Respublikasi 



Jinoyat-protsessual  kodeksi  ayblanuvchining  jismoniy  va  psixologik 

xususiyatlaridan 

kelib 

chiqib 


sud 

ishlarini 

yuritishning 

differensiatsiyalangan  tartibini  belgilaydi  va  bunga  qarab  protsessual 

kafolatlarining  har  xil  hajmini  nazarda  tutadi  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 60, 61-boblari). Sud ishlarini yuritishning 

mazkur  differensiatsiyalanishi  fuqarolarning  qonun  oldidagi  tengligi 

prinsipidan  ijobiy  istisno  hisoblanadi,  chunki  ushbu  differensiatsiyalash 

xolis  sabablarga  asosan  yuzaga  kelgan  va  to‘liq  asoslantirilgan.  Xatti-

harakatlari sud ishlarini yuritishning mazmunini tashkil etadigan shaxs o‘z 

manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  yetarli  bo‘lgan  protsessual  huquq  va 

kafolatlar bilan ta’minlanishi lozim.  



 

2.8. Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipi 

Shaxsning  sha’ni  va  qadr-qimmatini  hurmat  qilish  prinsipi  shaxsning 

daxlsizligi davlat tomonidan kafolatlanishining ifodasidir. Shaxsning sha’ni 

va qadr-qimmatini hurmat qilish jinoyat ishini yuritishda ishtirok etayotgan 

barcha organlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir. 

Mazkur  prinsip  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  13-  va 

26-moddalari  normalariga  asoslangan  bo‘lib,  O‘zbekiston  Respublikasida 

demokratiya  umuminsoniy  prinsiplariga  asoslanishi,  ularga  ko‘ra  inson, 

uning  hayoti,  erkinligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa  daxlsiz  huquqlari 

oliy  qadriyat  hisoblanishi,  hech  kim  qiynoqqa  solinishi,  zo‘ravonlikka, 

shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa 

duchor  etilishi  mumkin  emasligi,  xuddi  shuningdek  hech  kimda  uning 

roziligisiz  tibbiy  yoki  ilmiy  tajribalar  o‘tkazilishi  mumkin  emasligi 

to‘g‘risidagi  konstitutsiyaviy  prinsiplarni  jinoyat  protsessining  asosiy 

prinsiplaridan biri sifatida mustahkamlaydi. 

Zo‘ravonlik, qo‘rqituv, haqoratga asoslangan, shuningdek insonni teng 

huquqli subyekt sifatida o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 

imkoniyatidan  mahrum  qiluvchi  harakat  va  qarorlar  shaxsning  sha’ni  va 

qadr-qimmatini kamsituvchi harakat va qarorlar deb e’tirof etiladi. 

Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka 

zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiyada (1984-

yil  10-dekabr)  qiynoqning  ta’rifi  berilgan.  Unga  ko‘ra  “qiynoqning  ta’rifi 

shunday  istalgan  harakatni  anglatadiki,  u  bilan  qandaydir  shaxsga  undan 

yoki uchinchi shaxsdan ma’lumotlar yoki e’tirof olish, uni u yoki uchinchi 

shaxs  sodir  etgan  yoki  sodir  etishda  u  gumon  qilinadigan  harakat  uchun 


57 

 

jazolash,  shuningdek  uni  yoki  uchinchi  shaxsni  qo‘rqitish  yoki  zo‘rlash 



maqsadida, yoki bunday og‘riq yoki azob davlatning mansabdor shaxsi yoki 

rasmiy sifatdagi boshqa shaxs, yoki ularning gijgijlashi bilan yoki ularning 

xabardorligida  yoki  indamay  roziligi  bilan  har  qanday  tusdagi  kamsitish 

asoslangan istalgan sabab bo‘yicha ataylab kuchli og‘riq va azob beriladi. 

Bu  ta’rifga  qonuniy  sanksiyalar  natijasida  paydo  bo‘ladigan  shu 

sanksiyalardan ajralmas yoki ulardan tasofidan chiqqan og‘riq yoki azoblar 

kirmaydi”.  Ushbu  Konvensiyaning  2-moddasiga  ko‘ra  “har  qanday 

ishtirokchi  davlat  uning  yurisdiksiyasidagi  istalgan  hududda  qiynoq 

harakatlarining  oldini  olish  uchun  samarali  qonun  chiqarish,  ma’muriy, 

sudlov va boshqa choralarni ko‘radi. Hech qanday favqulodda holatlar, ular 

qanday  bo‘lmasin:  xoh,  urush  holatimi  yoki  urush  xavfimi,  ichki  siyosiy 

barqarorlikmi  yoki  boshqa  istalgan  favqulodda  holatmi  ekanligidan  qat’i 

nazar,  qiynoqni  oqlashga  xizmat  qilolmaydi.  Yuqori  turgan  boshliq  yoki 

davlat hokimiyatining buyrug‘i qiynoqni oqlashga xizmat qilolmaydi”. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksida 

mustahkamlangan  shaxsning  sha’ni  va  qadr-qimmatini  hurmat  qilish 

prinsipi inson huquqlariga doir asosiy xalqaro hujjatlarning talablariga to‘liq 

javob  beradi  hamda  jinoyat  protsessiga  jalb  qilingan  har  bir  shaxsning 

huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilishning  kafolati  bo‘lib  xizmat 

qiladi. 

Mazkur  prinsip  birinchi  navbatda  jinoyat  protsessida  boshqa 

ishtirokchilarga nisbatan protsessual majburlov choralarini va fuqarolarning 

huquq  va  erkinliklarini  chegaralash  bilan  bog‘liq  boshqa  harakatlarni 

amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l 

qo‘yilishi mumkin bo‘lgan suiiste’molchiliklardan shaxsni, uning sha’ni va 

qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan. 

Ko‘rib  chiqilayotgan  prinsip  davlat  organlari  bilan  ishda  ishtirok 

etadigan  shaxslar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  shunday  belgilaydiki, 

davlat  organlari  ishda  ishtirok  etadigan  shaxslarning  sha’ni  va  qadr-

qimmatini muhofaza qilishi shart, ishda ishtirok etadiganlar esa inson qadr-

qimmatini  kamsituvchi  harakatlardan  himoyalanish  vositalari  majmuiga 

egadirlar.  Jumladan,  ularning  manfaatlarini  cheklash  yoki  buzishga  olib 

keladigan  mansabdor  shaxslarning  xatti-harakatlari  va  qarorlari  ustidan 

shikoyat berishlari mumkin. Mazkur prinsip shaxsga jismoniy va ma’naviy 

azob-uqubat  yetkazadigan  harakatlar  qilish  uchun  to‘siq  bo‘lib  xizmat 

qiladi.  Eksperiment,  guvohlantirish,  shaxsiy  tintuv  o‘tkazilganda  ishtirok 

etadigan shaxslarning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi, sog‘lig‘ini xavf 

ostiga  qo‘yadigan  harakatlarga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Sud  muhokamasida 


58 

 

ishtirok etadigan biron-bir shaxs ustida, xususan, dalillar olish uchun uning 



roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar  o‘tkazilishi mumkin emas. Agar ish 

yuritilishida  protsessda  ishtirok  etadigan  shaxslarning  shaxsiy  hayotiga, 

farzandlikka  olish,  tibbiy  sirlar  va  boshqalarga  taalluqli  ma’lumotlar 

aniqlansa,  davlat  organlari  mazkur  ma’lumotlarni  tarqalib  ketishiga  yo‘l 

qo‘ymaslik choralarini ko‘rishlari shart.  

 

2.9. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini 

 muhofaza qilish prinsipi 

 

Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor 

shaxslarning  protsess  ishtirokchilarining  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini 

ta’minlash, buzilgan huquqlarini tiklash va ularning o‘z huquqlarini biron-

bir  to‘siqlarsiz  amalga  oshirishlari  uchun  sharoitlar  yaratish  bo‘yicha 

majburiyatlari mazkur prinsipning mazmunini tashkil etadi. 

Mazkur 

prinsipning 



normalari 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining  43-moddasida  bayon  etilgan,  davlat  fuqarolarning 

Konstitutsiya  va  qonunlarda  mustahkamlangan  huquqlari  va  erkinliklarini 

ta’minlashligi  to‘g‘risidagi  konstitutsiyaviy  prinsipni  jinoyat  protsessi 

prinsipi sifatida ifodalab, jinoyat protsessiga jalb etilgan har bir shaxsning 

huquq va erkinliklari muhofaza qilinishini kafolatlaydi. 

Mazkur  prinsip  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari 

normalariga  ham  to‘liq  muvofiqdir.  Chunonchi,  Inson  huquqlari 

umumjahon Deklaratsiyasining 3-moddasiga ko‘ra, har bir inson yashash, 

erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir. Fuqarolik va siyosiy 

huquqlar  to‘g‘risidagi  xalqaro  paktning  9-moddasiga  ko‘ra,  har  bir  inson 

ozodlik  va  shaxsiy  daxlsizlik  huquqiga  ega.  Hech  kim  o‘zboshimchalik 

bilan hibsga olinishi yoki hibsda saqlanishi mumkin emas. Hech kim qonun 

bilan  belgilanganidan  boshqacha  asos  va  tartibda  ozodlikdan  mahrum 

etilishi  mumkin  emas.  Hibsga  olinayotgan  har  bir  kishiga  hibsga  olish 

vaqtida  qamalish  sabablari  aytiladi  va  darhol  unga  qo‘yilgan  ayb  ma’lum 

qilinadi. 

Ko‘rilayotgan  prinsip  Inson  huquqlari  to‘g‘risidagi  asosiy  xalqaro 

hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lib, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik 

huquqiga  ega  ekanligi  to‘g‘risidagi  konstitutsiyaviy  prinsipning  jinoyat 

protsessida  amal  qilishini  ta’minlaydi.  Mazkur  prinsipning  amal  qilishi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

qator 


moddalarida  

(221,  226,  242,  243-moddalar)  shaxsni  ushlab  turish,  hibsga  olish  va 

qamoqda  saqlash  tartib-tamoili  batafsil  nazarda  tutilganligi  bilan  ham 


59 

 

ta’minlanadi. 



Jinoyat-protsessual kodeksining qator normalarida hibsda ushlab turish 

va qamoqda saqlashning chegaralangan  muddatlari belgilangan bo‘lib, bu 

muddatlar o‘tgan hollarda, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga belgilangan 

jazo  muddati  tugaganda  shaxs  darhol  ozod  qilinishi  shart.  Qonunning  bu 

talabini  bajarmagan  mansabdor  shaxslar  tegishli  tartibda  javobgarlikka 

tortiladilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 19-moddasining 

4  va  5-qismlarida  nazarda  tutilgan  normalar  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining 

27-moddasiga 

asoslangan. 

Konstitutsiyaning 

ko‘rsatilgan  normasiga  ko‘ra,  “har  kim  o‘z  sha’ni  va  obro‘siga  qilingan 

tajovuzlardan,  shaxsiy  hayotiga  aralashishdan  himoyalanish  va  turar  joyi 

daxlsizligi  huquqiga  ega.  Hech  kim  qonun  nazarda  tutgan  hollardan  va 

tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv  o‘tkazishi yoki uni 

ko‘zdan  kechirishi,  yozishmalar  va  telefonda  so‘zlashuvlar  sirini  oshkor 

qilishi mumkin emas”. 

Fuqarolarning turar joyi yoki boshqa bino, hududlarda tintuv o‘tkazish, 

fuqarolarning  pochta-telegraf  jo‘natmalarini  xatlab  qo‘yish  va  ularni  olib 

qo‘yish, telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan 

so‘zlashuvlarni  eshitib  borish  faqat  Jinoyat-protsessual  kodeksida 

belgilangan  hollarda  va  tartibda  amalga  oshirilishi  mumkin.  Qonunning 

mazkur talabini har qanday buzish o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka sabab 

bo‘ladi  va  fuqaroga  yetkazilgan  zarar  qonunda  belgilangan  tartibda 

undiriladi. 

Jinoyat  ishini  yuritish  jarayonida  shaxsning  huquq  va  erkinliklarini 

buzish oqibatida yetkazilgan zarar buzilgan huquqlarni tiklash bilan birga 

qonunda belgilangan tartibda qoplanadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


60 

 

2.10. Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipi 

 

“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi sud ishlarini yuritishning 



oshkoraligi prinsipini nazarda tutadi. Mazkur modda mazmunidan ko‘rinib 

turibdiki,  “oshkoralik”  atamasi  “sudda  ishlarning  ochiq  ko‘rilishi” 

atamasining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. 

Sudda  ishning  oshkora  ko‘rilishiga  bo‘lgan  huquq  har  bir  insonning 

huquqidir.  Bu  huquq  Inson  huquqlari  umumjahon  Deklaratsiyasining  10-

moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 14-

moddasida hamda O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro huquqning 

boshqa hujjatlarida mustahkamlangan.  

Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

19-moddasida 

mustahkamlangan 

prinsipidir. 

Jinoyat protsessining mazkur prinsipi qonun tomonidan quyidagi tarzda 

tartibga solinadi: “Barcha sudlarda, davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga 

zid keladigan, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘riladigan 

hollarni  istisno  qilganda,  jinoyat  ishlari  oshkora  ko‘riladi”  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi). 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 

2-qismiga  muvofiq,  o‘n  sakkiz  yoshga  to‘lmagan  shaxslarning  jinoyatlari 

to‘g‘risidagi  ishlarni,  shuningdek  fuqarolarning  shaxsiy  hayotiga  oid 

ma’lumotlarni  yoki  ularning  sha’ni  va  qadr-qimmatini  kamsitadigan 

ma’lumotlarni  oshkor  qilmaslik  maqsadida  jabrlanuvchining,  guvohning 

yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ularning 

“Hamma sudlarda ishlar ochiq 

ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda 

tinglashga  qonunda  belgilangan 

hollardagina yo‘l qo‘yiladi”. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining  

113-moddasi. 

 

Har  bir  inson  huquq  va 

burchlarini 

belgilash 

va 

qo‘yilgan 



jinoiy 

aybning, 

mustaqil va xolis sud tomonidan 

qanchalik 

darajada 

asosli 


ekanligini aniqlashi uchun to‘liq 

tenglik 


asosida 

uning 


ishi 

oshkora  va  adolat  talablariga 

rioya  qilingan  holda  ko‘rib 

chiqilishi huquqiga ega. 



Inson  huquqlari  umumjahon 

Deklaratsiyasining

 

10-moddasi.  

 

61 

 

oila  a’zolari  yoki  yaqin  qarindoshlarining  xavfsizligini  ta’minlash  taqozo 



etgan hollarda boshqa ishlarni ham sud tomonidan ajrim chiqarib, yopiq sud 

majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu ishlar bo‘yicha ishning to‘liq yoki 

qisman  yopiq  sud  majlisida  ko‘rilishi  zaruriyatiga  sabab  bo‘ladigan  aniq 

holatlar  mavjudligini  sud  har  bir  vaziyatda  alohida  aniqlaydi.  Mazkur 

holatlar  mavjudligida sud butun protsessni yoki uning alohida bir qismini 

“yopiq eshiklarda” o‘tkazishga nafaqat haqli, balki majbur ham.

 

Amaliyotdan misol: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismi bilan 



ayblanib, sudga berilgan, voyaga yetmagan Asilovni ishini himoyachining iltimosiga ko‘ra yopiq sud 

majlisida ko‘rish haqida sud ajrim chiqaradi. Biroq voyaga yetmagan ayblanuvchining ikki akasi va 

jabrlanuvchining amakisi sud majlisida qatnashish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilishadi. Biroq sud 

majlisi yopiq tarzda o‘tkazilayotganini vaj keltirib, ularning murojaatini rad qildi. 

 Sudning  ushbu  masala  bo‘yicha  ajrimi  sud  majlisida  yig‘ilganlarga 

taalluqli bo‘lib, protsess ishtirokchilariga ham tatbiq etiladi. 

Shaxsiy  yozishma  va  shaxsiy  telegraf  xabarnomalari  ochiq  sud 

majlisida  faqat  bu  xat  va  xabarlarni  jo‘natgan  hamda  olgan  shaxslarning 

roziligi bilan oshkor qilinishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida 

o‘qib eshittiriladi va tekshiriladi. 

Sud zalida tartibni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan hollarda sud ayrim 

shaxslarning sudning ochiq majlislarida qatnashishlarini taqiqlab qo‘yishga 

haqlidir. 

Sud  zalida  ovozlarni  yozib  olish,  fotosuratga,  videoyozuvga,  kinoga 

olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. 

Sud  hukmi  barcha  hollarda  oshkora  e’lon  qilinadi.  Shu  bilan  birga, 

oshkor  qilinmasligi  uchun  yopiq  sud  majlisi  o‘tkazilgan  ma’lumotlar  sud 

hukmida oshkora qilinmaydi. 

Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun ommaviy axborot 

vositalari  xodimlari,  jamoat  birlashmalari  va  jamoalar  bo‘ladigan 

protsesslar to‘g‘risida xabardor qilinishi mumkin. 

Bundan tashqari, sud protsesslari bevosita korxonalar, muassasalar va 

tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin. 

Ko‘rinib  turibdiki,  qonun  tomonidan  talab  qilinadigan  yoki  yo‘l 

qo‘yiladigan  oshkoralik  prinsipidan  istisno  holatlari  doirasi  ancha  keng. 

Inson,  jamiyat,  davlat  manfaatlariga  zarar  yetkazish  maqsadida 

oshkoralikdan  foydalanish  mumkin  emas.  Mazkur  cheklovlarning  asosiy 

vazifasi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini saqlashdir. 

Sudda  jinoyat  ishlarining  oshkora  ko‘rilishi  prinsipining  siyosiy  va 

amaliy  ahamiyati  juda  katta.  Sudlarda  ishlarning  oshkora  ko‘rilishi 

fuqarolarni qonunlarni hurmat qilish va qonunbuzarliklarga toqat qilmaslik 

ruhida  tarbiyalash  vazifasini  ta’sirchan  va  kengroq  bajarishga  hamda  sud 



62 

 

organlarining  faoliyati  ustidan  xalqning  doimiy  nazoratini  o‘rnatishga 



imkon yaratadi. 

Oshkoralik  prinsipidan  istisno  qilinadigan  holatlar  ro‘yxati  qonunda 

aniq ko‘rsatilganligi oshkoralikning kafolati sifatida xizmat qiladi. Tegishli 

qonuniy asoslar yo‘qligida ishning yopiq sud majlisida ko‘rilishi qonunning 

buzilishi hisoblanadi. 

 

2.11.

 

Jinoyat ishlari yuritiladigan til

 

Mazkur  prinsip  odil  sudlovning  eng  asosiy  prinsiplaridan  biri  bo‘lib, 

O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasida 

ham  mustahkamlangan.  Unga  asosan  O‘zbekiston  Respublikasida  sud 

ishlarini  yuritish  o‘zbek  tilida,  qoraqalpoq  tilida  yoki  muayyan  joydagi 

ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. 

Sud  ishlari  olib  borilayotgan  tilni  bilmaydigan  sudda  qatnashuvchi 

shaxslarning  tarjimon  orqali  ish  materiallari  bilan  to‘la  tanishish  va  sud 

ishlarida  ishtirok  etish  huquqi  hamda  sudda  ona  tilida  so‘zlash  huquqi 

ta’minlanadi. 

Ko‘rib 

chiqilayotgan 



prinsip 

hayotning 

barcha 

sohalarida 



ta’minlanadigan fuqarolar millatidan qat’i nazar teng huquqliligi va milliy 

tillardan  foydalanishning  davlat  kafolatlaridan  biridir.  Uning  asosiy 

qoidalari  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  4-moddasida  aks 

ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. Shu bilan 

birga,  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha 

millat  va  elatlarning  tillari  hurmat  qilinishini  ta’minlaydi,  ularning 

rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 

Mazkur 


prinsip 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

“O‘zbekiston 

Respublikasida 

sud 

ishlarini  yuritish  o‘zbek  tilida,  qoraqalpoq 



tilida  yoki  muayyan  joydagi  ko‘pchilik 

aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud 

ishlari  olib  borilayotgan  tilni  bilmaydigan 

sudda  qatnashuvchi  shaxslarning  tarjimon 

orqali  ish  materiallari  bilan  to‘la  tanishish 

va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda 

sudda 

ona 


tilida 

so‘zlash 

huquqi 

ta'minlanadi”. 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling