Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Jinoyat protsessual huquqi


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

Jinoyat protsessual huquqi   jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, 

dastlabki tergov va sud muhokamasini o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatni 

tartibga 

soluvchi 

tartib 

qoida 



va 

normalarning 

qonunda 

mustahkamlangan tizimini, ya’ni jinoyat ishi yurituvi vazifalari amalga 

oshiriladigan zarur huquqiy tartib-taomillarni ifodalaydi. 


12 

 

 



 

Jinoyat protsessi qonunga asoslangan faoliyatdir. Qonuniylikka qat’iy 

rioya etish, huquqiy tartibotning har qanday buzilishlariga qarshi kurash, uni 

yuzaga keltiradigan sabab va shart-sharoitlarning oldini olishning dasturiy 

vazifasiga  mos  ravishda  jinoyat-protsessual  qonuni  hujjatlarida  jinoyat 

protsessining vazifalari belgilangan. 

Jinoyat  ishlari  yurituvining  jinoyat  protsessual  qonun  hujjatlarida 

belgilangan  tartibi  aynan  shu  maqsad  va  vazifalarni  hal  qilishga  xizmat 

qiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi 

Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilangan. 

Jinoyat-protsessual  huquqi  mustaqil  huquq  sohasi  bo‘lib,  davlat 

organlari  va  mansabdor  shaxslar  hamda  davlat  organlari,  mansabdor 

shaxslar  va  fuqarolar  o‘rtasida  jinoyat  ishlari  yurituvi  sohasida  vujudga 

keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.  

Jinoyat-protsessual huquqi tizimi ikki qismdan – umumiy va maxsus 

qismlardan  iborat.  Jinoyat-protsessual  huquqining  umumiy  qismida  butun 

jinoyat  protsessiga  oid  yoxud  uning  aksariyat  bosqichlari  va  institutlariga 

taalluqli  bo‘lgan  asosiy  tushunchalar  va  qoidalar  o‘rin  olgan.  Umumiy 

qismda protsessual qonunchilikning vaqt, hudud va shaxslar doirasida amal 

qilishi,  protsess  ishtirokchilarining  huquq  va  majburiyatlari,  hokimiyat 

organlarining  vakolatlari,  dalillar  va  isbot  qilish  instituti,  ularni  to‘plash, 

tekshirish va baholash, protsessual majburlov choralari va boshqa umumiy 

institutlar va masalalar o‘rin olgan. 

 

 



 

 

 



 

Jinoyat  protsessi  qonun  bilan  tartibga  solingan  surishtiruv, 

dastlabki tergov, prokuratura va sud organlari va jinoyat ishi yurituvi 

boshqa  ishtirokchilarining  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish,  surishtiruv, 

dastlabki  tergov,  sud  muhokamasi,  sudning  qaror,  ajrim  va  hukmini 

qayta ko‘rib chiqish, sud hujjatlarini ijro etish kabi bosqichlarni qamrab 

olgan  faoliyati  bo‘lib,  u  jabrlanuvchining,  jinoiy  ta’qib  etilayotgan 

shaxsning  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish,  jinoyat 

qonuni normalarini munosib qo‘llashini ta'minlashga qaratilgan. 



13 

 

 



VAZIFALARI 

 

 

Qonunning to‘g‘ri 

tatbiq etilishini 

ta’minlash 

Jinoyatlarni tez va 

to



la ochish 



Aybi bo‘lmagan hech bir shaxs 

javobgarlikka tortilmasligi va 

hukm qilinmasligi uchun 

aybdorlarni fosh etish 

Jinoyat sodir etgan har 

bir shaxsga adolatli 

jazo berish 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Jinoyat-protsessual huquqining maxsus qismida jinoyat protsessining 

alohida  bosqichlari  va  ularni  amalga  oshirish  tartibi  belgilangan  bo‘lib, 

shuningdek  protsessual  harakatlarni  o‘tkazish  qoidalari  tartibga  solingan. 

Umuman olganda, maxsus qismning o‘zini shartli ravishda turdosh huquqiy 

munosabatlarni  tartibga  soluvchi  to‘rt  mustaqil  institutlarga  ajratish 

mumkin:  sudga  qadar  ish  yuritish;  sudda  ish  yuritish;  alohida  toifadagi 

jinoyat  ishlarini  yuritish;  jinoiy  sud  ishlarini  yuritish  sohasidagi  xalqaro 

hamkorlik. 

Shuningdek, jinoyat-protsessual huquqini huquq sohasi, fan va o‘quv 

kursi sifatida tushunish mumkin. Huquq sohasi sifatida jinoyat-protsessual 

huquqi – bu surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining 

jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish va hal qilish bo‘yicha faoliyatini 

tartibga soluvchi huquq sohasidir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Fan  sifatida  Jinoyat-protsessual  huquqi  –  bu  jinoyat  ishlari 

yurituvining  mazmun-mohiyati,  o‘ziga  xos  xususiyatlari  va  tabiatini 

ochib  beruvchi  qarashlar,  tasavvurlar,  g‘oyalar  va  konsepsiyalar 

tizimidan  iborat.  Jinoyat  protsessi  fani  tegishli  qonunchilikni,  uni 

qo‘llash amaliyotini, ushbu baza asosida shakllangan doktrinani, tarixiy 

tajribani va ushbu sohadagi boshqa davlatlar tajribasini o‘rganadi. 


14 

 

1.2. Jinoyat protsessining bosqichlari va funksiyalari 

 

Jinoyat 


protsessi 

alohida 


qonuniyatlarga 

asoslangan 

holda 

tizimlashtirilgan va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat bo‘lgan 



yaxlit tizimni ifodalaydi.  

Jinoyat  ishini  yuritish  jinoyat  protsessining  bosqichlari  deb 

nomlanadigan muayyan davriy qismlardan o‘tadi.  Chunonchi, protsessual 

qonun  sudga  qadar  va  sud  bosqichlarida  jinoyat  ishi  yurituvining  ushbu 

bosqichlarda  amalga  oshiriladigan  faoliyat  vazifalarini  hal  qilish  uchun 

zarur va maqbul shart-sharoitlarni va tartibini belgilab bergan.  

Jinoyat protsessi bosqichlari o‘z boshlanish va tamomlanish vaqtiga, 

vazifa va mazmuniga, ishtirokchilar doirasiga, ular o‘rtasida shakllanadigan 

jinoyat-protsessual  munosabatlar  kabi  belgilarga  ega  bo‘lgan  mustaqil 

davrlar sifatida tavsiflanadi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Jinoyat  protsessining  har  bir  bosqichiga  xos  bo‘lgan  quyidagi 



xususiyatlarni  ko‘rsatish  mumkin:  1)  jinoyat  ishlari  yurituvi  maqsadidan 

kelib  chiquvchi  bevosita  vazifalar;  2)  unda  ishtirok  etuvchi  organ  va 

shaxslarning  muayyan  doirasi;  3)  faoliyat  tartibi  (protsessual  shakli);  

4) jinoyat ishini yuritish jarayonida subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan 

jinoyat-protsessual munosabatlarning o‘ziga xos xususiyati; 5) protsessual 

harakatlar va munosabatlar tizimini tamomlovchi va jinoyat ishini keyingi 

bosqichga o‘tkazuvchi (basharti, jinoyat ishi yoki jinoiy ta’qib tugatilmasa) 

yakuniy protsessual hujjat (qaror).  

Umumiy  maqsadi  va  jinoyat  ish  yurituvi  prinsiplari  bilan  o‘zaro 

uyg‘un holda bog‘liq bo‘lgan jinoyat protsessi bosqichlari majmuyi jinoyat 

protsessi tizimini hosil qiladi.  

Jinoyat  protsessi  bosqichlari  tadrijiy  mantiqiy  izchillikda  keladi  va 

qat’iy ketma-ketlik asosida birining yakuni hisoblanmish protsessual hujjat 

keyingi  bosqichning  boshlanishiga  asos  hisoblanadi  (Masalan,  dastlabki 



Jinoyat  protsessi  bosqichlari  –  bu  protsessning,  bir  tomondan, 

o‘zaro bog‘liq va ikkinchi tomondan, nisbatan mustaqil bo‘lgan qismlari 

bo‘lib,  bir-biridan  yakuniy  protsessual  qarorlariga  hamda  bevosita 

vazifalariga  (jinoyat  sud  ish  yurituvi  maqsadidan  kelib  chiquvchi),  ish 

yurituvida  ishtirok  etayotgan  shaxslar  va  organlarga,  protsessual 

faoliyatni  (protsessual  tartib-taomillarni)  amalga  oshirish  tartibiga 

(shakliga)  hamda  jinoyat-protsessual  munosabatlar  xususiyatiga  qarab 

farqlanadi.  



15 

 

tergovning yakuni bo‘lgan ayblov xulosasi sud muhokamasi bosqichining 



boshlanishi va doirasini belgilaydi), bunda har bir keyingi bosqichda oldingi 

bosqich  natijalari  tekshiriladi  yoxud  faqatgina  ushbu  bosqichga  taalluqli 

bo‘lgan masalalar (Masalan, hukmni ijro etish bosqichi) hal qilinadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi tarkibida ishni 

sudga qadar yuritish (9-bo‘lim, 41-47 boblar), birinchi instansiya sudida ish 

yuritish  (10-bo‘lim,  48-54  boblar),  hukm,  ajrim,  qarorlarni  ijro  etish  (12-

bo‘lim)  bosqichlari  alohida  ajratilgan.  Ishni  sudga  qadar  yuritish  o‘z 

navbatida  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish  (41-bob),  surishtiruv  (42-bob)  va 

dastlabki tergov (43-bob) kabi bosqichlarni qamrab oladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

Jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish  –  protsessning  dastlabki  bosqichi  bo‘lib, 

unda  vakolatli  davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslar  yetarli  sabablar 

(shaxslarning  arizalari;  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  jamoat 

birlashmalari  va  mansabdor  shaxslar,  ommaviy  axborot  vositalari  bergan 

xabarlar;  jinoyat  sodir  etilganligini  ko‘rsatuvchi  ma’lumotlar  va  izlarni 

surishtiruv  organi,  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorning  bevosita  o‘zi 

aniqlashi;  aybini  bo‘yniga  olish  haqidagi  arz)  bo‘lganda,  ish  bo‘yicha 

Jinoyat  protsessi  bosqichi  –  uning  nisbatan  ajratilgan  qismi 

bo‘lib, u (jinoyat ishlarini sudda ko‘rishning umumiy vazifalaridan kelib 

chiqadigan)  aniq  vazifalar,  ishtirokchilarning  alohida  doirasi,  jinoyat 

protsessual harakatlar va huquqiy munosabatlarning o‘ziga xosligi, ularni 

rasmiylashtiradigan  jinoyat-protsessual  hujjatlarning  xususiyati  bilan 

tavsiflanadi. 



Jinoyat protsessi tizimi – sudlov 

ish yurituviga xos bo‘lgan umumiy 

vazifalar va tamoyillar bilan o‘zaro 

bog‘liq bo‘lgan bosqichlar majmui. 

Jinoyat protsessi bosqichlari aniq 

tartibda ketma-ket keladi. 

 

1. Jinoyat ishini 



qo‘zg‘atish 

 

 



2. Dastlabki tergov 

5. Hukm, ajrim va 

qarorlarni ijro etish 

 этиш 


4. Hukm, ajrim va 

qarorlarning qonuniyligi, 

asosliligi va adolatliligini 

tekshirish 

 

3. Jinoyat ishini sud 



muhokamasiga tayinlash va 

sud muhokamasi 

 


16 

 

yurituvni boshlash uchun asoslar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Jinoyat ishini 



qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror jinoyat protsessi tartib-taomillarini harakatga 

keltiradi,  keyingi  bosqichlarda  tegishli  protsessual  harakatlarni  amalga 

oshirish  uchun  huquqiy  asosni  vujudga  keltiradi  hamda  dastlabki  tergov 

muddatlarini hisoblash muddatini boshlanishini belgilaydi.  



Surishtiruv  –  jinoyatning  oldini  olish  yoki  unga  yo‘l  qo‘ymaslik; 

dalillarni  to‘plash  va  saqlash;  jinoyat  sodir  etishda  gumon  qilinganlarni 

ushlash  va  yashiringan  gumon  qilinuvchilarni  hamda  ayblanuvchilarni 

qidirib  topish;  jinoyat  tufayli  yetkazilgan  moddiy  ziyon  qoplanishini 

ta’minlash  uchun  kechiktirib  bo‘lmaydigan  tergov  harakatlarini  yuritish 

vazifalarini hal qilishga qaratilgan bosqichdir. Surishtiruvchi jinoyat ishini 

qo‘zg‘atganidan keyin yoki prokuror yoxud surishtiruv organining boshlig‘i 

tomonidan qo‘zg‘atilgan ishni olgach, darhol uni  o‘z ish yurituviga qabul 

qiladi va o‘n kunlik muddat ichida kechiktirib bo‘lmaydigan protsessual va 

tergov harakatlarini bajarishga kirishadi. Surishtiruv organlarining faoliyati 

jinoyat-protsessual  va  tezkor-qidiruv  funksiyalarini  bajarishga  qaratilgan. 

O‘z  navbatida,  surishtiruv  organlarining  jinoyat-protsessual  faoliyati 

quyidagilarni o‘z ichiga oladi: jinoyatlar haqidagi ariza (xabar)larni ko‘rib 

chiqish  va  hal  qilish  (tergov  oldi  tekshiruvi);  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish 

uchun  boshqa  sabablarning  mavjudligi  tufayli  tekshiruv  harakatlari, 

surishtiruv  o‘tkazish;  tergovchilarning  topshirig‘i  bo‘yicha  qidiruv  va 

tergov  harakatlarini  amalga  oshirish;  dastlabki  tergov  davrida  tergovchi 

tomonidan o‘tkaziladigan ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish

2



Dastlabki  tergov  –  sudga  qadar  ish  yuritishning  qismi  bo‘lib,  ish 



holatlari bo‘yicha dastlabki tergov xulosalari sud uchun dastlabki ma’lumot 

sifatida qabul qilinadi. Dastlabki tergov ma’lumotlari ayblov tusmoli bo‘lib, 

u  ayblov  xulosasida  o‘z  ifodasini  topadi,  sud  esa  taraflarning  tengligi  va 

tortishuv  talablari  asosida  dalillarni  bevosita  tekshirishi  lozim  bo‘ladi. 

Dastlabki tergovda jinoyat hodisasi sodir bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini, uni 

sodir etishda aybdor shaxslarni, jinoyat tufayli yetkazilgan zarar xususiyati 

va  miqdorini  hamda  ish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  boshqa  holatlarni 

aniqlash  maqsadida  dalillar  to‘planadi,  mustahkamlanadi,  tekshiriladi  va 

baholanadi.  

Dastlabki  tergov  jinoyat  ishini  tugatish  to‘g‘risida  qaror  chiqarish, 

ayblov  xulosasini  tuzish,  ishni  tibbiy  yo‘sindagi  majburlov  choralarini 

qo‘llash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risida qaror 

                                                           

2

 O‘zbekiston Respublikasining jinoyat protsessi. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: O‘zR IIV Akademiyasi, 2012. 



– B. 318. 

 


17 

 

chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga 



iltimosnoma kiritish to‘g‘risida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi.  

Sudda  ish  yuritish  bosqichi  birinchi  instansiya  va  yuqori  turuvchi 

sudlarda ish yuritishni, shu jumladan, birinchi instansiya sudi qarorlarining 

qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishni o‘z ichiga oladi.  

Birinchi  instansiya  sudida  ish  yuritish  jinoyat  ishini  sudda  ko‘rish 

uchun  tayinlash  (49-bob)  bilan  boshlanadi.  Sudya  jinoyat  ishini  ayblov 

xulosasi  bilan  yoki  tibbiy  yo‘sindagi  majburlov  choralarini  qo‘llash 

masalasini  ko‘rib  chiqish  uchun  ishni  sudga  yuborish  to‘g‘risidagi  qaror 

bilan qabul qilib olgach, quyidagi qarorlaridan birini qabul qilish to‘g‘risida 

qaror (ajrim) chiqaradi: 1) ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risida; 

2) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida; 3) jinoyat 

ishi yuzasidan ish yuritishni tugatish to‘g‘risida. 

Ishni  sudda  ko‘rish  uchun  tayinlash  to‘g‘risidagi  yoxud  boshqacha 

qaror qabul qilish haqidagi masala sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan 

kundan  boshlab  yetti  sutkadan  kechiktirmay  hal  qilinishi  lozim.  Ushbu 

muddat shu sudning raisi tomonidan ko‘pi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi 

mumkin. 


Ushbu  bosqichda  sudya  ish  bilan  yakka  tartibda  tanishib  chiqadi. 

Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash masalasini hal qilish chog‘ida 

sudya har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi lozim: 1) 

ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi; 2) ishni tugatish yoki to‘xtatishga 

sabab bo‘ladigan holatlar yo‘qmi; 3) ishning sud majlisida ko‘rilishi uchun 

asoslar  yetarlimi;  4)  surishtiruv  va  dastlabki  tergov  o‘tkazish  chog‘ida 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining talablariga rioya 

qilinganmi; 5) ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi to‘g‘ri tanlanganmi; 

6)  jinoyat  oqibatida  yetkazilgan  mulkiy  zarar  qoplanishini  ta’minlash 

choralari  ko‘rilganmi;  7)  ayblov  xulosasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

talablariga muvofiq tuzilganmi.  

Jinoyat  ishini  sudda  muhokama  qilishga  tayinlash  to‘g‘risida 

sudyaning qarori chiqarilgan vaqtdan boshlab ko‘pi bilan o‘n sutkada sud 

ishni  ko‘rishni  boshlashi  lozim.  Jinoyat  ishini  sudda  muhokama  qilish 

umumiy muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan e’tiboran ikki 

oydan oshmasligi kerak. 

Ikkinchi muhim sud bosqichi bu sud muhokamasidir (50-54-boblar). 

Sud majlisi tayyorlov (51-bob), sud tergovi (52-bob), taraflar muzokarasi va 

sudlanuvchining oxirgi so‘zi (53-bob), hukm chiqarish (54-bob) kabi to‘rt 

bosqichdan  iborat  tartibda  amalga  oshiriladi.  Sud  muhokamasi  yakunida 

qoida tariqasida sudning ayblov yoki oqlov hukmi yoxud boshqacha qaror 


18 

 

(jinoyat  ishini  tugatish  v.b.)  qabul  qilinishi  mumkin.  Sud  majlisida, 



shuningdek  tibbiy  yo‘sindagi  majburlov  choralarini  qo‘llash,  amnistiya 

aktini qo‘llash masalalari ham hal qilinadi.  

Yuqori instansiya sudlari tomonidan jinoyat ishi yurituvi hukm, ajrim 

va  qarorlarning  qonuniyligi,  asosliligi  va  adolatliligini  tekshirish  tartibida 

amalga  oshiriladi  (11-bo‘lim).  Ta’kidlash  lozimki,  hukm,  ajrim  va 

qarorlarning qonuniyligi, asosliligi  va adolatliligini tekshirish apellyatsiya 

(55

1

-bob),  kassatsiya  (56-bob)  va  nazorat  (57-bob)  tartibida  amalga 



oshiriladi.   

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi alohida toifada 

yuritiladigan  jinoyat  ishlarini  tartibga  solib  (13-bo‘lim),  xususan,  voyaga 

yetmaganlarning  jinoyatlari  haqidagi  ishlarni  yuritish  (60-bob),  tibbiy 

yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish (61-

bob),  yarashuv  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha  ish  yuritish  (62-bob),  ishni 

sudga  qadar  yuritish  bosqichida  amnistiya  aktini  qo‘llashni  (63-bob) 

nazarda  tutadi.  Bunday  ish  yuritish  o‘ziga  xosligi  jinoyat-protsessual 

munosabatlar  ishtirokchilarining  ruhiy-psixologik  holati  va  yoshi,  ushbu 

ishlar  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  protsessual  harakatlarning  o‘ziga  xosligi, 

ularda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  doirasining  o‘ziga  xosligi,  ushbu  ishlar 

bo‘yicha tayinlanishi mumkin bo‘lgan ta’sir choralarining o‘ziga xosligi va 

boshqalar bilan belgilanadi.  

Hukm,  ajrim,  qarorlarni  ijro  etish  (12-bo‘lim)  ham  jinoyat 

protsessining muhim bosqichi bo‘lib, u o‘z ichiga hukm, ajrim, qarorlarni 

ijro etishga qaratish (58-bob) va hukm, ajrim, qarorlarni ijro etishda yuzaga 

kelgan masalalarni hal qilishni (59-bob) qamrab oladi. Hukm uning ustidan 

apellyatsiya  shikoyati  berish  va  protest  bildirish  muddati  o‘tishi  bilan 

qonuniy  kuchga  kiradi.  Apellyatsiya  shikoyati  berilgan  yoki  protest 

bildirilgan taqdirda hukm, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni yuqori sud 

ko‘rib  chiqqan  kuni  qonuniy  kuchga  kiradi.  Hukm,  ajrim,  qarorlarni  ijro 

etishda yuzaga kelgan masalalar – hukmning ijrosini kechiktirish, kasalligi 

tufayli  jazoni  o‘tashdan  ozod  qilish,  jazoning  shartliligini  bekor  qilish, 

jazodan  muddatidan  ilgari  shartli  ozod  qilish  va  jazoni  yengilrog‘i  bilan 

almashtirish,  mahkumni  amnistiya  aktiga  asosan  jazodan  ozod  qilish, 

ozodlikdan  mahrum  etish  jazosiga  hukm  qilingan  shaxslarni  saqlash 

sharoitini jazoni o‘tash vaqtida o‘zgartirish, mahkumni tergov hibsxonasida 

saqlab turish, jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi 

bilan almashtirish, hukm, ajrim  va  qarorlarni ijro etishda fuqaroviy  da’vo 

hamda  boshqa  mulkiy  undirishlarga  oid  qismi  bo‘yicha  yuzaga  keladigan 

masalalar, sinov muddati to‘g‘risidagi masala, sudlanganlikni olib tashlash, 



19 

 

axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga 



qo‘shish,  xizmat  bo‘yicha  cheklash,  intizomiy  qismda  saqlash  vaqtini 

hisobga kiritish kabilardan iboratdir.  

 

 

Jinoyat protsessining funksiyalarini shartli ravishda uch turga ajratish 



mumkin:  

1) asosiy funksiyalar (ayblov, himoya, odil sudlov – ishni hal qilish, 

nazorat);  2)  fakultativ  funksiyalar  (zararni  qoplash,  fuqaroviy  da’voni 

qo‘llab-quvvatlash,  jinoyat  sodir  etishga  shart-sharoit  yaratgan  holatlarni 

aniqlash);  3)  qo‘shimcha  funksiyalar  (ya’ni,  ta’minlovchi  funksiyalar, 

masalan, sud majlisi kotibining sud majlisi bayonnomasini tuzish funksiyasi 

v.b.). 

Ushbu funksiyalardan eng muhim, asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz:  



1.  Ayblov  funksiyasi  –  bu  jinoyat  protsessi  subyektlarining  jinoyat 

sodir  etgan  shaxsni  fosh  etish,  uning  aybini,  shuningdek  jinoiy 

javobgarlikka  oid  boshqa  holatlarni  aniqlashga  qaratilgan  faoliyatidir. 

Mazkur  funksiyani  prokuror,  jamoat  ayblovchisi,  jabrlanuvchi  va  uning 

vakillari amalga oshiradi. Ayblov funksiyasi aniq shaxsga nisbatan jinoyat 

ishini qo‘zg‘atish, shaxsni jinoyat sodir etganligini fosh etish, jinoyat sodir 

etishga gumonni shakllantirish, ayblovni e’lon qilish, gumon qilinuvchi va 

ayblanuvchiga  nisbatan  protsessual  majburlov  choralarini  qo‘llash,  davlat 

ayblovini sudda qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi. Ayblov funksiyasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksi  bilan  bir  qatorda,  2001-yil  29  avgustdagi 

“Prokuratura to‘g‘risida” (yangi tahriri), 2011-yil 29-sentabrdagi “Jinoyat 

ishini  yuritish  chog‘ida  qamoqda  saqlash  to‘g‘risida”  hamda  2012-yil  

25-dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari bilan ham 

tartibga solinadi. 



2. Himoya funksiyasi – bu jinoyat protsessi subyektlarining ayblovni 

inkor 


etishga, 

shaxsning 

aybsizligini 

hamda 


javobgarlikni 

yengillashtiruvchi  holatlarni  aniqlashga  qaratilgan  faoliyatidir.  Ushbu 

funksiya  subyektlari  -  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchi  (sudlanuvchi), 

Jinoyat  protsessining  funksiyalari  deganda,  jinoyat-protsessual 

faoliyatning  asosiy  yo‘nalishlari  tushuniladi.  Ma’lumki,  surishtiruv, 

dastlabki  tergov,  prokuratura  va  sud  organlarining  jinoyat-protsessual 

faoliyati bir xil bo‘lmay, o‘z mazmuniga ko‘ra bir necha yo‘nalishlarda 

amalga  oshiriladi.  Jinoyat  protsessining  funksiyalari  jinoyat  sud  ish 

yurituvi subyektlarining protsessdagi roli va vazifasidan kelib chiqadi.  



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling