Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53

to‘g‘risidagi 

xalqaro 

paktining  

14-moddasi 3-qismi “d” bandi. 

 

71 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  jinoiy  javobgarlikka 



tortiladigan shaxslarda himoyalanish huquqining nafaqat mavjudligini e’lon 

qiladi, balki mazkur huquq ta’minlanganligiga urg‘u beradi. Jinoyatga oid 

sud  ishlarini  yuritishda  himoyalanish  instituti  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi  va  sudlanuvchiga  taqdim  etiladigan  va  ularga  ishda  taraf 

sifatida  ishtirok  etishga,  jinoyat  sodir  etish  yuzasidan  ularga  qo‘yilgan 

ayblov yoki gumonni rad qilishga, jinoyat sodir etishga aloqador emasligini 

isbotlashga,  javobgarlikni  yengillashtirish  uchun  harakat  qilishga  imkon 

beruvchi huquqlar kompleksi sifatida xizmat qiladi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

24-moddasiga 

muvofiq, 

gumon 

qilinuvchi 



va 

ayblanuvchining 

himoyalanish  huquqi  quyidagi  qoidalardan  iborat:  gumon  qilinuvchi  va 

ayblanuvchi  o‘z  huquqlarini  shaxsan  hamda  o‘z  vakolatlaridan  to‘liq 

foydalanadigan  himoyachi  yordamida  amalga  oshirishlari,  shuningdek 

huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlarining  mansabdor  shaxslari  har  bir 

ayblanuvchi  o‘zining  himoyalanishga  bo‘lgan  konstitutsiyaviy  huquqini 

amalga oshirishi uchun tegishli sharoitlar yaratish bo‘yicha majburiyatlarini 

bajarishlari. 

Gumon  qilinuvchiga  (ayblanuvchiga)  taqdim  etiladigan  hamda 

o‘zining  nimada  ayblanayotganligini  bilishga,  o‘z  tushuntirishlarini 

berishga, unga qo‘yilgan ayblovga nisbatan e'tiroz bildirishga, o‘z qonuniy 

manfaatlarini  shaxsan  himoya  qilish  bo‘yicha  barcha  huquqlardan 

foydalanishga  imkon  beruvchi  protsessual  vosita  va  huquqlar  majmuasi 

jinoyat protsessida himoyalanish huquqi institutining asosini tashkil etadi. 

Himoyalanish  huquqi  va  uni  amalga  oshirishning  kafolatlari  bir-biri 

bilan chambarchas bog‘liqdir.  

Amaliyotdan misol: Dastlabki tergov vaqtida ayblanuvchi Botirovni advokat Azizov himoya 

qilgan. Botirovning ishi sudga topshirilgandan keyin, u qarindoshlari orqali o‘z manfaatlarini himoya 

qilish uchun boshqa advokat taklif qilishni iltimos qilgan. Sababi Botirov, advokat Azizovni himoya 

qilishni istamagan. Chunki tergovchi tomonidan taklif etilgan advokat shartnoma asosida emas, balki 

davlat  tomonidan  ayblanuvchiga  advokat  ta’minlangan.  Sudda  esa  ayblanuvchi  Batirovning 

huquqlarini himoya qilish uchun boshqa advokatni ishga taklif qilgan.  

Qonun  chiqaruvchi  qo‘yilgan  ayblovdan  qonunda  nazarda  tutilgan 

barcha  usul  va  vositalar  orqali  himoyalanish  imkoniyatini  ayblanuvchiga 

ta’minlash  bo‘yicha  majburiyatni  jinoyat  protsessini  olib  boruvchi  davlat 

organlari  va  mansabdor  shaxslarning  zimmasiga  yuklatadi.  Ushbu  barcha 

harakatlarni  amalga  oshirish  huquqi  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchida 

mavjudligi  to‘g‘risida  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  jinoyat 

ishini  yuritishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarni  ma’lum  qilishga,  yuqorida 

ko‘rsatilgan  huquqlardan  foydalanish  tartibini  tushuntirishga  va  ushbu 


72 

 

huquqlarni  to‘liq  amalga  oshirish  imkoniyatini  ta’minlashga  majburdirlar 



(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasi 2-

qismi).  Ushbu  organlar  ayblanuvchini  yoki  sudlanuvchini  ham  fosh 

qiladigan,  ham  oqlaydigan,  shuningdek  uning  javobgarligini  ham 

yengillashtiradigan,  ham  og‘irlashtiradigan  holatlarni  aniqlashga  ham 

majburdirlar  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

22-moddasi). 

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish hamda 

o‘z aybsizligini yoki ish bo‘yicha biror-bir holatni isbotlash majburiyatini 

yuklatish  taqiqlanadi.  Qonunga  asosan  bunday  majburiyat  jinoyat  ishini 

yuritishga  mas’ul  davlat  organlarining  mansabdor  shaxslari  zimmasiga 

yuklatilgan. 

Shunday  qilib,  ayblanuvchining  protsessual  huquqlari  tizimi  hamda 

sud,  surishtiruv,  tergov  va  prokuratura  organlarining  ushbu  huquqlarni 

amalga  oshirish  bo‘yicha  haqiqiy  imkoniyatlarni  ta’minlash  majburiyati 

birligida  ayblanuvchini  himoyalanish  huquqi  bilan  ta’minlash  prinsipi 

o‘zining eng chuqur va ta’sirli mazmunini topadi. 

Ayblanuvchining (gumon qilinuvchi va sudlanuvchining) himoyalanish 

huquqi  deganda,  unga  qo‘yilgan  ayblovdan  shaxsan  yoki  himoyachining 

yordamida  himoyalanish  imkoniyatini  beruvchi  protsessual  huquqlarning 

butun majmui, butun komleksi tushunilishi lozim. 

Ayblanuvchi  (gumon  qilinuvchi,  sudlanuvchi)  o‘z  huquq  va  qonuniy 

manfaatlarini  shaxsan  samaradorli  himoya  qilishga  imkon  beruvchi 

huquqlar  kompleksiga  ega.  Ushbu  maqsadda  jinoiy  javobgarlikka 

tortiladigan shaxslarga bir qator huquqlar taqdim etilgan: o‘zining nimada 

ayblanayotganligini  bilish,  ko‘rsatuv  va  tushuntirish  berish,  dalillar  bilan 

tanishib chiqish va boshqalar (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  46-moddasi).  Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud 

(sudya)ning  protsessual  harakati  yoki  qarori  ustidan  belgilangan  tartibda 

shikoyat berish huquqining gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga qonun bilan 

taqdim etilishi mazkur shaxslarni himoyalanish huquqi bilan ta’minlashning 

muhim elementlaridan biri hisoblanadi. 

Amaldagi  jinoyat-protsessual  qonunchiligi  bo‘yicha  himoyachining 

ishda  ishtirok  etishiga  jinoyat  protsessining  har  qanday  bosqichida,  shaxs 

ushlanganida  esa  uning  harakatlanish  erkinligiga  bo‘lgan  huquqi  amalda 

cheklangan  paytdan  boshlab  ruxsat  etiladi  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  49-moddasi  4-qismi).  Ishda  himoyachilar 

sifatida  advokatlar  ishtirok  etishlari  mumkin.  Gumon  qilinuvchining, 

ayblanuvchining,  sudlanuvchining  yaqin  qarindoshlari  yoki  qonuniy 



73 

 

vakillaridan birining advokat  bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok 



etishiga 

gumon 


qilinuvchining, 

ayblanuvchining, 

sudlanuvchining 

iltimosnomasi  bo‘yicha  surishtiruvchining,  tergovchining  qarori  yoki  sud 

ajrimiga binoan yo‘l qo‘yilishi mumkin. 

Ishda  ishtirok  etish  haqida  bitim  tuzilgan  yoki  tayinlangan  vaqtidan 

boshlab  advokat  himoyachi  vazifasini  bajarishni  rad  etishga  haqli  emas 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 53-moddasi 5-

qismi). 

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga, ularning iltimosidan 

qat’i  nazar,  hattoki  ularning  xohishiga  qaramay,  himoyachi  tayinlanishi 

shart  bo‘lgan  hollarning  qonunda  nazarda  tutilganligi  himoyalanish 

huquqining  qo‘shimcha  kafolati  hisoblanadi.  Ushbu  hollar  voyaga 

yetmaganlar,  soqovlar,  karlar,  ko‘rlar  va  jismoniy  nuqsoni  yoki  ruhiy 

kasalligi  sababli  o‘zini  o‘zi  himoya  qilish  huquqini  amalga  oshirishga 

qiynaladigan boshqa shaxslarga, shuningdek sudlov ishi olib borilayotgan 

tilni  bilmaydigan  shaxslarga  oid.  Bundan  tashqari,  jazo  chorasi  sifatida 

umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  tayinlanishi  mumkin  bo‘lgan 

jinoyatlarni  sodir  etishda  gumon  qilinayotgan  yoki  ayblanayotgan 

shaxslarning  ishlari  bo‘yicha  ham  himoyachi  ishtirok  etishi  shart 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  51-moddasi). 

Himoyachining majburiy ishtirok etishi uning kelishuvi yoki surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokuror  va  sud  tomonidan  tayinlanishi  orqali  ta’minlanishi 

mumkin. 


O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  487-

moddasi  mazmuniga  asosan  himoyalanish  huquqining  buzilishi  sud  ishni 

har  tomonlama  ko‘rib  chiqishiga  xalal  bergan  hamda  qonuniy,  asosli  va 

adolatli hukm chiqarishga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 

taqdirda,  jiddiy  va  sud  hukmini  bekor  qilinishiga  olib  keladigan  buzilish 

sifatida e’tirof etilishi lozim. 

 

2.16. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv prinsipi 

 

Jinoyat-protsessual 

qonunchiligida 

tortishuv 

prinsipi 

alohida 


ahamiyatga ega. Jinoyat-protsessual qonunchiligi taraflarning sud oldidagi 

protsessual  tengligi  hamda  jinoyat  sud  ishlarini  yuritishni  izchil 

demokratlashtirish  g‘oyasini  asoslardan  biri  deb  e’tirof  etib,  taraflarning 

o‘zaro tortishuvini jinoyatga oid sud ishlarini yuritishning asosiy prinsiplar 

tizimiga  kiritadi.  Ta’kidlash  joizki,  1959-yildagi  Jinoyat-protsessual 

kodeksda mazkur prinsip nazarda tutilmagan. Amaldagi qonunchilikda esa 



74 

 

ushbu  prinsip  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 



25-moddasida  o‘z  aksini  topgan:  “Birinchi  instansiya  sudining  sud 

majlisida,  shuningdek  ishlar  yuqori  sudlarda  ko‘rilayotganda  ish  yuritish 

taraflarning o‘zaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi”. 

Tortishuv  prinsipining  amalga  oshirilishi  ayblov  va  himoya 

funksiyalari  bir-biridan  va  sud  faoliyatidan  ajratilganligini  hamda  o‘z 

manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  teng  protsessual  huquqlaridan 

foydalanayotgan taraflar tomonidan bajaralishini nazarda tutadi.  

Tortishuv  prinsipining  amalga  oshirilishi  ish  to‘liq,  xolis  va  beg‘araz 

ko‘rib  chiqilishining  kafolati  hisoblanadi,  bu  o‘z  navbatida,  haqiqatni 

aniqlashga va ish bo‘yicha adolatli qaror qabul qilishga imkon beradi. 

Jinoyat  protsessida  taraflar  deganda,  protsessual  manfaatlari  qarama-

qarshi bo‘lgan va bu manfaatlarni himoya qilish uchun qonun bilan taqdim 

etilgan  huquqlarga  ega  bo‘lgan  jinoyatga  oid  sud  ishlarini  yuritishning 

ishtirokchilari  tushuniladi.  Asosiy  protsessual  vazifalarni  bajaruvchi 

shaxslar  qonunda  belgilangan.  Ayblash  vazifasi  bitta  taraf  tomonidan 

(prokuror, jabrlanuvchi, xususiy ayblovchi, fuqaroviy da’vogar ushbu taraf 

doirasida  o‘z  faoliyatini  amalga  oshiradi),  himoya  qilish  vazifasi  esa 

ayblanuvchi,  sudlanuvchi,  uning  himoyachisi,  vakili,  fuqaroviy  javobgar 

kabi  protsess  ishtirokchilari  vakillari  bo‘lgan  boshqa  taraf  tomonidan 

bajarilishida protsessual vazifalarning ajratilganligi o‘z ifodasini topadi. 

Ishni  hal  qilish  vazifasi  faqat  sud  tomonidan  bajariladi.  Bu  vazifa 

ayblash va himoya qilish vazifalaridan ajratilgan (O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi 5 va 6-qismlari). 

O‘z  navbatida,  sud  oldida  ayblov  va  himoya  taraflarining  tengligi 

jinoyat  ishlarini  ko‘rish  jarayonida  taraflarga  o‘z  huquq  va  qonuniy 

manfaatlarini himoya qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlovchi jinoyat 

sud ishlarini yuritishning tartibini anglatadi. Taraflarning protsessual teng 

huquqliligi  nafaqat  ishning  faktik  holatlarini  tahlil  qilishga,  balki  ishni 

sudda  ko‘rish  jarayonida  vujudga  keladigan  barcha  yuridik  masalalarni 

muhokama qilishga ham tatbiq etiladi. 

Tortishuv  prinsipini  izchil  amalga  oshirish  maqsadida  sudlanuvchini 

fosh etish jarayonida sudning ishtirok etishi taqiqlanadi, chunki sud jinoiy 

ta’qib organlar qatoriga kirmaydi va ayblov yoki himoya tarafida turishga 

haqli  emas.  Sud  taraflar  protsessual  majburiyatlarini  bajarishlari  va  o‘z 

huquqlarini  amalga  oshirishlari  uchun  zarur  sharoitlar  yaratib  berishga 

majbur.  Sud  protsessda  rahbariy  o‘rin  egallab,  xolislik  va  beg‘arazlikni 

saqlagan  holda  sud  majlisi  ustidan  rahbarlik  qiladi,  o‘rganilayotgan  ish 

holatlariga  bevosita  aloqador  bo‘lmagan  barcha  ma’lumotlarni  bartaraf 



75 

 

etadi, sud majlisida tartibni buzish bo‘yicha urinishlarga yo‘l qo‘ymaydi. 



Nazariyada  tortishuv  prinsipining  quyidagi  uchta  elementlarini 

ajratadilar: 1) ayblash (va fuqaroviy da’voni quvvatlash), himoya qilish (va 

fuqaroviy  da’voga  javob  berish)  hamda  odil  sudlov  vazifalari  bir-biridan 

alohida bajarilishi; 2) taraflar o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng 

protsessual huquqlar taqdim etilishi; 3) sudning protsessda rahbariy roli va 

ish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqining faqat sudga taqdim etilishi. 

Ayblash va himoya qilish mustaqil vazifalar sifatida belgilanishi, ular 

bir-biridan va sud faoliyatidan ajratilishi tortishuv prinsipi amal qilishining 

asosini tashkil etadi. Qonun ayblash, himoya qilish va odil sudlovni amalga 

oshirish  vazifalarini  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  408,  409,  412,  53,  12-moddalari)  qat’iy  ajratgan,  ularning 

qo‘shilishini hukmning albatta bekor qilinishi uchun asos sifatida belgilagan 

va shu orqali bunday qo‘shilishni istisno qilgan (O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 76, 79, 80-moddalari). 

Inobatga  olish  lozimki,  odil  sudlovni  amalga  oshirishda  taraflarning 

teng  huquqliligi  to‘g‘risidagi  qoida  faqat  protsessual  jihatdan  ko‘rilishi 

lozim.  Taraflar  o‘z  pozitsiyalarini  sud  oldida  himoya  qilishda  teng 

protsessual  huquqlarga  ega.  Taraflar  ayblash  va  himoya  qilish,  fuqaroviy 

da’voni  quvvatlash  va  da’voga  qarshi  e'tiroz  bildirish  bo‘yicha  o‘z 

pozitsiyalarini  himoya  qilishlari  uchun  yo‘l  qo‘yiladigan  protsessual 

vositalaridan  foydalanish  bo‘yicha  teng  imkoniyatlarga  ega.  Sud 

muhokamasida  tortishuvni  ta’minlash  uchun  sud  taraflar  o‘z  protsessual 

huquqlarini  amalga  oshirishlari  uchun  sharoit  yaratadi  va  taraflar  xatti-

harakatlarining  qonuniyligi  ustidan  nazorat  qiladi  hamda  shu  orqali  ish 

bo‘yicha haqiqatni aniqlashga ko‘maklashadi. 

 

2.17. Dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish prinsipi 

 

Jinoyat ishini yuritishda dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish 

prinsipining  mazmuni  ikki  elementdan  iborat:  dalillarni  tekshirayotgan 

shaxs  tomonidan  ularni  shaxsan  idrok  etish;  qabul  qilinadigan  qarorni 

shaxsan tekshirilgan dalillarga asoslash talabi.  

Dalillarni  bevosita  tekshirish  shuni  anglatadiki,  surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokuror  va  sud  tomonidan  qabul  qilinadigan  qarorlar  ular 

tomonidan  shaxsan  va  bevosita  tekshirilgan  dalillarga  asoslangan  bo‘lishi 

lozim.  

Ushbu  prinsipga  muvofiq,  jinoyat  ishini  yuritishda  surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokuror  va  sud  dalillarni  bevosita  tekshirishlari,  gumon 


76 

 

qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi,  jabrlanuvchi  va  guvohlarni  so‘roq 



qilishlari,  ekspertlarning  xulosalarini  eshitishlari,  ashyoviy  dalillarni 

ko‘zdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni o‘qib eshittirishlari 

shart.  

Jinoyat  protsessida  bevositalilik  prinsipi  og‘zakilik  bilan  uzviy 

bog‘langandir, ularni bir-biridan farqlash lozim. Sudlanuvchi, jabrlanuvchi, 

guvohlar  ko‘rsatuvlarining  sud  tomonidan  bevosita  idrok  qilinishi  ularni 

og‘zaki usulda so‘roq qilishni nazarda tutadi. 

Og‘zakilik protsess subyektlarining o‘zaro muloqotda bo‘lish shaklini 

belgilaydi  va  dalillarni  tekshirish  usuli  hisoblanadi.  Og‘zakilik  prinsipiga 

ko‘ra  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  barcha  materiallar,  harakatlar,  sud 

protsessida  vujudga  keladigan  barcha  savollar  og‘zaki  shaklda  bayon 

qilinadi,  muhokama  etiladi  yoki  amalga  oshiriladi,  shuningdek  sud  o‘z 

hukmini  ko‘rib  chiqilgan  hamda  muhokama  qilingan  dalillar  bilangina 

asoslaydi.  Sudda  og‘zaki  bayon  qilinmagan  va  muhokama  etilmagan 

hujjatlar  hukm  uchun  asos  bo‘la  olmaydi.  Sud  so‘roq  qilinayotgan 

shaxslarning  og‘zaki  ko‘rsatuvlarini  eshitishi,  bayonnoma  va  boshqa 

hujjatlarni,  taraflarning  tushuntirishlari,  iltimosnomalari  va  arznomalarini 

eshitishi  va  muhokama  qilishi,  taraflarning  sudda  chiqishini  va 

sudlanuvchining so‘nggi so‘zini eshitishi, chiqarilgan qarorni e’lon qilishi 

kerak.  Sud  muhokamasi  –  sudda  og‘zaki  so‘zlash  shaklida  ish  yuritish 

demakdir. 

Ko‘rilayotgan  prinsipning  amaliy  ahamiyati  shundan  iboratki,  u 

surishtiruvchi,  tergovchi  va  sudga  ish  yuzasidan  haqiqatni  aniqlash 

imkonini ta’minlaydi. Shu sababli qonun ayrim hollarda bu qoidadan chetga 

chiqishga ruxsat beradi. Jumladan, sud dastlabki tergovda so‘roq qilingan, 

lekin sud majlisiga kelmagan guvohlarning ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish 

sharti bilan ularning ishtirokisiz ishni ko‘rishi mumkin. 

Og‘zakilik  prinsipi  oshkoralik,  sudda  ishning  milliy  tilda  yuritilishi, 

tortishuv  va  bevositalik,  ishga  doir  holatlarning  har  tomonlama  va  to‘liq 

tekshirilishi  hamda  boshqa  protsessual  asoslarning  izchillik  bilan  amalga 

oshirilishini ta’minlaydi. 

 

 

2.18. Protsessual harakatlar va qarorlar  

ustidan shikoyat qilish huquqi prinsipi 

 

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) 



77 

 

ustidan  sudga  shikoyat  qilish  huquqi  har  bir  shaxsga  berilgan  sud 



himoyasida  bo‘lish  konstitutsiyaviy  huquq  mazmunining  tarkibiy  qismi 

bo‘lganligi va jinoyat ishini yurituvchi davlat organlarining xatti-harakatlari 

va  mansabdor  shaxslarning  qarorlari  ustidan  shikoyat  qilish  erkinligining 

kafolati sifatida e’tirof etilganligi tufayli protsessual harakatlar va qarorlar 

ustidan  shikoyat  qilish  huquqi  jinoyat  protsessining  asosiy  prinsiplaridan 

biri sifatida belgilangan. 

Jinoyat-protsessual qonuniga asosan surishtiruv organi, surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokuror  va  sudning  harakati  yoki  qarori  ustidan  protsessning 

istalgan paytida shikoyat berishga jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishning 

ishtirokchilari, shuningdek amalga oshirilayotgan protsessual harakat yoki 

qaror ularning manfaatlariga daxldor qismida boshqa shaxslar ham haqlidir. 

Ya’ni,  jinoyat  protsessida  shikoyat  qilish  huquqiga  ega  bo‘lgan 

subyektlarining ro‘yxatiga nafaqat jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishning 

ishtirokchilari,  balki  boshqa  shaxslar  ham  kiradi.  Shu  bilan  birga,  agarda 

dastlabki  tergov  va  ishni  sudda  ko‘rish  jarayonida  shaxsning  huquqlari 

cheklab  qo‘yilgan  bo‘lsa,  mazkur  shaxsning  shikoyat  qilish  huquqining 

ta’minlanishiga  qonun  o‘zining  alohida  e’tiborini  qaratadi.  Huquqni 

muhofaza  qiluvchi  organlarining  mansabdor  shaxslari  jinoyat  protsessi 

ishtirokchilarining  shikoyat  qilish  huquqini  tushuntirishga  va  uni  amalga 

oshirish imkoniyatini ta’minlashga majburdirlar. 

Protsess  ishtirokchilari  va  boshqa  shaxslar,  shuningdek  jinoyat  ishini 

yuritishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 

vakillari  Jinoyat-protsessual  kodeksida  belgilab  qo‘yilgan  tartibda  va 

muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual 

harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir. 

Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish 

mumkin  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  27-

moddasi). 

Protsessual  harakatlar  va  qarorlar  ustidan  shikoyat  qilish  jinoyat 

protsessida  inson  va  fuqaro  huquqlari  va  erkinliklarini  ta’minlashning 

muhim  kafolati  sifatida  jinoyat  protsessida  qonuniylik  (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  11-moddasi),  shaxsning 

sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual kodeksining 17-moddasi), fuqarolarning huquq va erkinliklarini 

muhofaza qilish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 

18-moddasi), sudda ishlarni yuritishda tortishuv (O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi) kabi prinsiplar amal qilishini 

ta’minlaydi  va  barcha  prinsiplarning  o‘zaro  aloqasi  va  mushtarakligini 



78 

 

mustahkamlaydi.  



 

 

  MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 

 

Mazkur 

mavzuni 

o‘rganishda  talabalar  jinoyat  protsessi 

prinsiplarining  xalqaro  hujjatlarda  va  tarmoq  qonun  hujjatlarida 

mustahkamlanishiga  oid  masalalarni  ko‘rib  chiqishlari;  qiyosiy-huquqiy 

tahlil  o‘tkazib,  jinoyat  ishlarini  yuritishda  amalga  oshirishda  ularning 

rolini aniqlashlari lozim. 

 

MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

 

1.  Jinoyat  protsessining  prinsiplari  ham  nazariy,  ham  amaliy 

ahamiyatga ega bo‘lib, mohiyati va vazifasiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi: 

Jinoyat protsessi prinsiplarini tasniflab tahlil qiling. 

2.  Aybsizlik  prezupmsiyasi  prinsipi  jinoyat  protsessining  markaziy 

prinsipidir, zero aynan mazkur prinsip jinoyat ishlari yurituvi tarixining eng 

muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, jinoiy ta’qib ostidagi shaxsning huquqlari 

kafolati  hisoblanadi.  Aybsizlik  prezumpsiyasining  har  bir  kafolatini 



jinoyat  protsessining  boshqa  prinsiplarga  mantiqan  bog‘lab  tahlil 

qiling.  

 

1-kazus 

Fuqaro  Azimov  o‘zaro  janjal  jarayonida  Soliyevga  sog‘lig‘ining 

buzilishiga  sabab  bo‘lgan  yengil  tan  jarohati  yetkazgan.  Surishtiruvchi 

Soliyevning  arizasini  tekshirish  natijasida  yig‘ilgan  materiallarni  ko‘rib 

chiqib,  Azimov  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  deputati  bo‘lganligi 

sababli jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror chiqargan.  



Qabul  qilingan  qaror  qonuniymi?  Ushbu  holatni  jinoyat  protsessi 

prinsiplarini qo‘llash nuqtayi nazaridan tahlil qiling. 

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling