Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Isbotlashning  asosiy  maqsadi


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53

Isbotlashning  asosiy  maqsadi  -  jinoyat  jarayonini  olib  borish 

davomida adolat mezoni bo‘lmish haqiqatni aniqlashdan iborat. 

 Xulosa  qilib  aytganda,  protsessual  isbot  qilish  jarayonida  har  bir 

jinoyat  ishi  bo‘yicha  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarni  to‘la,  har 

tomonlama, xolisona aniqlashlari lozim. Isbotlash jarayonining eng zaruriy 

shartlaridan  biri  bo‘lgan  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarni  aniqlashda 

qonuniy, ishonchli manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. 



 

5.3. Isbot qilish doirasi 

 

Isbotlash doirasi isbotlash predmeti bilan uzviy bog‘liqdir. Birinchisi, 



maqsadni  anglatadi,  ikkinchisi  esa  unga  erishish  vositasi  hisoblanadi. 

Isbotlash doirasi tushunchasi, bir tomondan bilish  hodisasining kerakli va 

to‘liqlik  talabini  ta’minlanishini,  ikkinchidan,  bilish natijalarining  talabini 

aks ettirilishini o‘z ichiga oladi. Isbotlash doirasi jinoyat ishi bo‘yicha juda 

katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  holatlarni  to‘liq  har  tomonlama  ishonchli 


143 

 

tasdiqlanishini ta’minlaydi.  



Isbotlash doirasi - bu jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillarning 

kerakli  yetarli  birligi  bo‘lib,  jinoyat  ishini  adolatli  hal  qilish  uchun 

yordam beradi. 

Isbotlash  doirasi  to‘plangan  dalillar  isbotlash  predmetining  har  bir 

elementi  aniqlanishini  ta’minlash  uchun  biron-bir  muayyan  ishning 

chegaralarini  belgilab  beradi.  Isbotlash  predmeti  javobgarlik  va  jazo 

masalalarini  hal  qilishi  uchun  faktik  asos  bo‘lgan  hamda  jinoyat  ishi 

bo‘yicha  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarni  o‘z  ichiga  olsa,  isbotlash 

doirasi esa isbotlash predmetini aniqlash uchun faktik asos bo‘lgan daliliy 

materiallarni o‘z ichiga oladi. 

Aniq  jinoyat  ishi  bo‘yicha  isbotlash  doirasi  isbotlash  predmetining 

chegarasi hisoblanadi. Isbotlash doirasi isbotlash predmetiga mansub bo‘lib, 

ana  shu  asosda  jinoyat  ishi  bo‘yicha  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlar 

to‘planadi, tekshiriladi, baholanadi va tegishli protsessual harakatlar amalga 

oshiriladi. Isbotlash doirasi - isbotlash predmetiga kiruvchi fakt (holat)larni 

aniqlash  va  tekshirishning  chegarasidir.  Isbotlash  doirasi  isbotlash 

predmetiga kiruvchi faktlar, holatlarni tekshirilishini ta’minlaydi.  

Isbotlash  doirasi  predmetiga  kiruvchi  holatlarni  to‘plash,  ya’ni  ushbu 

elementlarni  amalga  oshirishda  barcha  bog‘liqliklar,  detallar  emas,  balki 

ularning  eng  zarurlari  hisobga  olinadi.  Masalan,  bezorilik  jinoyatida 

holatlarni  aniqlashda  ayblanuvchi  tomonidan  xulq-odob  qoidalariga  xilof 

aytilgan  barcha  so‘zlarni  olish  shart  emas,  balki  aynan  jamoat  tartibiga 

hurmatsizlik qilish harakati inobatga olinishi lozim. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Jinoyat protsessida ish bo‘yicha isbotlash doirasi shunday aniqlanadiki, 

ishni  to‘g‘ri  hal  qilish  uchun  ahamiyatga  molik  bo‘lgan,  isbotlash 

predmetiga  kiruvchi  barcha  holatlar  yetarli,  to‘liq  darajada  tekshirilib, 

to‘plangan materiallar bilan ularning xususiyatlari to‘liq aniqlanishiga olib 

keladi. 

Isbotlash  doirasini  to‘g‘ri  belgilab  olish  isbotlashning  subyektlariga 

bog‘liq bo‘lib, ularning faolligi darajasiga, aniqlangan dalillarning sifati va 

miqdoriga bog‘liqdir. Agarda isbotlash chegarasidagi barcha ishga taalluqli 



Jinoyat  protsessida  isbotlash  doirasi  deganda,  ish  bo‘yicha 

chiqarilgan xulosalarning asosliligini tasdiqlash uchun dalillar, ularning 

manbalari  hajmi,  shuningdek  tergov  versiyalari,  isbotlanishi  lozim 

bo‘lgan  holatlarni  tekshirish  chegarasi,  doirasini  belgilab  beruvchi 

faoliyat tushuniladi.

 


144 

 

bo‘lgan dalillar aniqlangan bo‘lsa, isbotlash chegarasi ish bo‘yicha kerakli 



bo‘lgan  xulosani  shakllanishiga  asos  bo‘ladi.  Boshqacha  so‘z  bilan 

aytganda,  isbotlash  chegarasi  –  ish  bo‘yicha  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan 

holatlarning isbotlanish darajasidir. 

Isbotlash doirasi protsessual faoliyat chegarasini belgilaydi va u:  

 

barcha  tekshiriladigan  tergov  versiyalarini  to‘liqlik  darajasida 



ko‘rsatadi; 

 



aniqlanishi  lozim  bo‘lgan  faktlarning  tadqiq  etish  chuqurligini 

ko‘rsatadi; 

 

dalillar va ularni manbalarining hajmini belgilaydi, chunki ularning 



voqelikdagi bor yoki yo‘qligini tan olish uchun xizmat qiladi

 



ish bo‘yicha xulosalarni chiqarish yetarliligini belgilaydi. 

Isbotlash  chegarasi  jinoyat  protsessining  barcha  bosqichlari  uchun 

yagonadir. Isbotlash doirasiga dalillar, holatlarning asosiy quyidagi guruhi 

kiradi: 


a)  jinoyatning  sodir  bo‘lishini  bildiruvchi  holatlar  (vaqt,  joy  va 

boshqalar) va jinoyat tarkibi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi holatlar

b) shaxsning aybini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi holatlar

v) jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlovchi holatlar; 

g)  jinoyat  tufayli  yetkazilgan  ziyonning  xususiyatini  va  miqdorini 

aniqlovchi holatlar;  

d) jinoyatni sodir qilishga yordam bergan shart-sharoitlarni aniqlovchi 

holatlar. 



Jinoyat  protsessida  isbot  qilish  predmeti  ish  bo‘yicha  nimalar 

aniqlanilishini  bildirsa,  isbotlash  doirasi  esa  ish  bo‘yicha  mavjud 

holatlarning tekshirish hajmi va chegarasini belgilaydi. 

 Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan faktlar va holatlar juda 

ko‘p bo‘lib, ularning barchasi o‘z xususiyatlari, belgilariga ega. Ushbu fakt 

va  holatlarni  to‘la,  har  tomonlama  aniqlash  isbotlash  doirasini  belgilash 

demakdir.  Isbotlash  doirasi  isbotlash  predmeti  bilan  uzviy  bog‘liq,  lekin 

mazmunan  turlicha  bo‘lgan  tushunchalardir.  Isbotlash  predmeti  maqsadni 

anglatsa, isbotlash doirasi ushbu maqsadga erishish vositasi bo‘lib xizmat 

qiladi.  Isbotlash  doirasi  –  isbotlash  predmetining  dalillari  bo‘lib  xizmat 

qiladigan  faktlarni  aniqlash  va  tadqiq  etish  chegarasi  hisoblanadi.  Agar 

isbotlash  predmeti  jinoyat  ishini  to‘g‘ri  hal  qilishga  imkon  beradigan, 

qidirilishi lozim bo‘lgan holatlar majmui bo‘lsa, isbotlash doirasi – bunday 

holatlarni aniqlash uchun zarur bo‘lgan dalillar yig‘indisidir. 

Isbotlash  doirasi  jinoyat  ishi  bo‘yicha  juda  katta  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan  holatlarni  to‘liq  har  tomonlama  ishonchli  tasdiqlanishini 



145 

 

ta’minlaydi.  Isbotlash  doirasi  faktlar  va  holatlar  yig‘indisining  shunday 



yetarliligini  ta’minlaydiki,  u  qonun,  huquqiy  ong  va  amaliyot  asosida 

tergovchi va sudyalarga isbotlash predmetining barcha elementlari amalda 

mavjudligiga ichki ishonch hosil qilish imkonini beradi. 

Jinoyat  protsessining  turli  bosqichlarida  dalillarni  to‘plash,  tekshirish 

va baholash uchun qonunda belgilangan cheklovlarni ham isbotlash doirasi 

deb  tushunmaslik  lozim.  Ushbu  holatda  qonunda  belgilangan  cheklovlar 

isbotlash  rejimining  alohida  xususiyatlarini  anglatadi.  Lekin  cheklangan 

isbotlash  rejimi  sharoitida  ham  uning  doiralari  turlicha,  ya’ni  keng  yoki 

birmuncha tor bo‘lishi mumkin.  

Isbotlash  doirasi  isbotlash  predmetidan  farqli  ravishda  jinoyat 

protsessual qonunchilikda yetarli aks ettirilmagan.  

Isbotlash  doirasi  isbotlash  predmetiga  bog‘liq  bo‘lib,  ana  shu  asosda 

jinoyat  ishi  bo‘yicha  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlar  to‘planadi, 

tekshiriladi, baholanadi va tegishli protsessual harakatlar amalga oshiriladi. 

Isbotlash doirasi isbotlash predmetiga kiruvchi faktlar, holatlar, shuningdek 

jinoyat ishidagi turli versiyalarning ham tekshirilishini ta’minlaydi. 

Isbotlash doirasida isbotlash predmetiga kiruvchi barcha bog‘liqliklar, 

detallar emas, balki eng zarur bo‘lgan holatlar e’tiborga olinadi. Masalan, 

bezorilik jinoyati bo‘yicha ish holatlarni aniqlashda ayblanuvchi tomonidan 

axloq  qoidalariga  xilof  aytilgan  barcha  so‘zlar  emas,  balki  aynan  jamoat 

tartibiga hurmatsizlik holati inobatga olinadi. 

Tergov amaliyotda isbotlash doirasini asoslanmagan tarzda qisqartirish 

hollari uchrab turadi.

  

Amaliyotdan  misol:  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  104-moddasi,  2-qismi,  «e» 



bandi bilan javobgarlikka tortilgan Salimovning jinoyat ishini ko‘rib chiqamiz. Shu ishni ko‘rayotgan 

tergovchi va sud tomonidan bitta versiya ilgari surilgan, ya’ni unga ko‘ra, Salimov bezorilik oqibatida 

jabrlanuvchi  Anorovaning  qorin  qismiga  tepib,  unga  og‘ir  tan  jarohati  yetkazadi.  Shu  bilan  birga 

jinoyat ishi bo‘yicha tergovchi va sud tomonidan e’tiborga olinmagan boshqa versiyalar ham bo‘lgan. 

Bezorilik temir yo‘l stansiyasida sodir qilingan bo‘lib, unda 10 kishi qatnashgan, jabrlanuvchi rels 

yaqinida behush holatda topilgan. Ekspertning xulosasiga ko‘ra, u tan jarohatini o‘tmas predmet yoki 

rels ustiga yig‘ilishi oqibatida olgan, bu versiya vujudga kelishining sababi, jabrlanuvchi mast holatda 

edi.  Ammo  tergovchi  va  sud  boshqa  versiyalarni  inobatga  olmagan,  natijada  isbotlash  doirasi 

asoslanmagan holda qisqartirilgan va dastlabki tergov to‘liq o‘tkazilmaganligi uchun sud hukmining 

bekor bo‘lishiga olib kelgan. 

Yuqoridagi misoldan kelib chiqqan holda jinoyat protsessida isbotlash 

doirasi  deganda,  ish  bo‘yicha  chiqarilgan  xulosalarning  asosliligini 

tasdiqlash  uchun  dalillar,  ularning  manbalari  hajmi,  shuningdek  tergov 

versiyalari,  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarni  tekshirish  chegarasi, 

doirasini belgilab beruvchi faoliyatini tushunamiz. 

Isbotlash  doirasini  to‘g‘ri  belgilab  olish  isbotlashning  subyektlariga, 

ularning  faollik  darajasiga,  aniqlangan  dalillarning  sifati  va  hajmiga 


146 

 

bog‘liqdir.  Agarda  isbotlash  doirasidagi  ishga  taalluqli  barcha  dalillar 



aniqlansa, u ish bo‘yicha zarur xulosani shakllantirish uchun asos bo‘ladi. 

Boshqa so‘zlar bilan aytganda, isbotlash doirasi jinoyat protsessining barcha 

bosqichlari uchun yagona bo‘lib, u ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan 

holatlarning isbotlanish darajasidir.  

Isbotlash doirasi protsessual faoliyatning chegaralarini belgilaydi va u 

barcha tekshiriladigan tergov versiyalarining to‘liqlik darajasini, aniqlanishi 

lozim  bo‘lgan  faktlarning  qanchalik  chuqur  tadqiq  etilishi  lozimligini 

ko‘rsatadi,  dalillar  va  ularning  manbalari  hajmini  va  ish  bo‘yicha 

chiqarilgan xulosalarning yetarliligini belgilaydi.  

Ta’kidlash joizki, isbotlash doirasi tergovchi va sud bilish faoliyatining 

o‘ta muhim jihatlaridan bo‘lib, ushbu faoliyatga aniq maqsadga yo‘naltirish 

ruhini beradi hamda yuqorida tilga olingan shaxslarni ortiqcha mehnatdan 

xalos etadi.  

Xulosa  qilib  aytganda,  jinoyat  protsessida  isbot  qilish  predmeti  ish 

bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni bildirsa, isbotlash doirasi esa 

ish  bo‘yicha  mavjud  holatlarning  tekshirish  hajmini  va  chegarasini 

belgilaydi. 

 

5.4. Dalillarning xususiyatlari 

 

Jinoyat  protsessida  dalil  va  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlar  eng 

muhim masalalardan hisoblanib, jinoyatni ochish, ayblanuvchini fosh etish, 

jazoni  muqarrarligini  ta’minlashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Dalillarning 

quyidagi xususiyatlari mavjud: faqat haqiqiy ma’lumotlar dalil hisoblanadi; 

ular qonunda belgilangan manbalardan olingan bo‘lishi shart; ishni to‘g‘ri 

hal qilish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlarga 

asoslanishi  lozim;  haqiqiy  ma’lumotlar  isbotlash  predmetiga  aloqador 

bo‘lishi shart. Dalillarning birinchi xususiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, 

haqiqiy  ma’lumotlar  ikki  qismga  bo‘linadi:  faktlar  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar; daliliy faktlar. 

Faktlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  deganda,  ishonchliligini  tekshirish 

zarur bo‘lgan jinoyat ishi holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. 

 Daliliy faktlar deganda esa ishonchliligi shubha tug‘dirmaydigan, 



tekshirilgan  ma’lumotlar  tushuniladi.  Masalan,  guvohning  gumon 

qilinuvchini  jinoyat  sodir  etilgan  joyga  yaqinroq  yerda  ko‘rganligi 

to‘g‘risidagi  ko‘rsatuvi  fakt  to‘g‘risidagi  ma’lumot  bo‘lib,  u  albatta 

tekshirilishi lozim. 

Dalillarning  ikkinchi  xususiyati  –  dalillar  faqat  belgilangan 


147 

 

manbalardan  olinishi  lozimligidir.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-



protsessual  kodeksining  81-moddasida  belgilanganidek,  bular  gumon 

qilinuvchi, 

ayblanuvchi, 

sudlanuvchi, 

guvoh, 

jabrlanuvchining 



ko‘rsatuvlari,  ekspert  xulosasi,  ashyoviy  dalillar,  ovozli  yozuvlar, 

videoyozuvlar,  kinotasvir  va  fotosuratlardan  iborat  materiallar,  tergov  va 

sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlardir. 

Agar ma’lumotlar boshqa manbalardan olingan bo‘lsa, bu ma’lumotlar 

ish bo‘yicha dalil bo‘la olmaydi. 

Ayrim xorijiy mamlakatlarda jinoyatlarni ochishda boshqa noan'anaviy 

usullardan ham foydalaniladi. Bular gipnoz ostida so‘roq qilish, poligraf - 

yolg‘on detektoridan foydalanish va ekstrasensorikaga murojaat qilish kabi 

usullardir.  Bu  ma’lumotlar  daliliy  ahamiyatga  ega  bo‘lmasa  ham,  ular 

tezkor-qidiruv  faoliyatiga  ko‘maklashishi,  ya’ni  unga  to‘g‘ri  yo‘nalish 

olishda  yordam  berishi  mumkin,  shuning  uchun  bedarak  yo‘qolgan 

shaxslarni qidirish, ashyoviy dalillarni izlashda parapsixologiya usullariga 

murojaat  qilinishi  foydadan  xoli  emas.  Dalillarning  uchinchi  belgisi  - 

jinoyat  ishi  bo‘yicha  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  haqiqiy  ma’lumotlar  qonun 

bilan  belgilangan  tartibda  qo‘lga  kiritilishi  lozim.  Haqiqiy  ma’lumotlar 

qonuniy  manbalardan  olinib,  lekin  qonunda  belgilangan  tartibga  rioya 

qilinmagan bo‘lsa, bu dalillarning ishonchliligi yuzasidan shubha tug‘iladi. 

Masalan, tergovchi tintuv yoki olib qo‘yish tergov harakatini xolislarning 

ishtirokisiz  amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  olingan  ma’lumotlar  daliliy 

ahamiyatga  ega  bo‘lmaydi.  Shuningdek,  tergovchining  so‘roq  qilish 

davomida  ishora  qiluvchi  savollar  berishi,  g‘ayriqonuniy  usullar  qo‘llashi 

ham salbiy natijaga olib keladi.  

Dalillarning  to‘rtinchi  xususiyati  –  haqiqiy  ma’lumotlar  isbotlash 

predmetiga  aloqador  bo‘lishi  lozim.  Aloqadorlik  dalillarning  mazmunini 

ifodalaydi.  «Aloqadorlik  –  dalillarning  yuridik  xususiyatini  emas,  balki 

obyektiv xususiyati tashkil qiladi.  

Jinoyat  protsessida  dalil  sifatida  quyidagilar  e’tirof  etiladi:  haqiqiy 

ma’lumotlar,  ya’ni  sodir  etilgan  jinoyat  ishi  to‘g‘risidagi  axborotlar; 

ijtimoiy  xavfning  mavjud  yoki  mavjud  emasligi,  ushbu  harakatlarni  sodir 

etgan shaxsning aybini aniqlashga yordam beruvchi va jinoyat ishini to‘g‘ri 

hal  qilinishi  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  holatlar  to‘g‘risidagi  haqiqiy 

ma’lumotlar;  guvoh,  jabrlanuvchi,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi, 

sudlanuvchining  ko‘rsatuvlari,  ekspertning  xulosalari,  ashyoviy  dalillar, 

ovozli  va  video  yozuvlar,  kinotasvir  hamda  fotosuratlardan  iborat 

materiallar,  tergov  va  sud  harakatlarining  bayonnomalari  va  boshqa 

hujjatlar  bilan  aniqlanadigan  haqiqiy  ma’lumotlar;  qonunda  ko‘rsatilgan 



148 

 

tartibda  to‘plangan  haqiqiy  ma’lumotlar;  isbotlash  subyektlarining  ichki 



ishonchi bo‘yicha tekshirilgan va baholangan haqiqiy ma’lumotlar. 

Haqiqiy ma’lumotlar va ularning manbalari o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, 

ularning  birlashuvi  dalilning  vujudga  kelishiga  asos  bo‘ladi.  Isbotlash 

doirasi isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni isbot qilish uchun zarur bo‘lgan 

dalillar yig‘indisidir. 

 

5.5. Dalillarni tasniflanishi va ularning amaliy ahamiyati 



 

Dalillarni  tasniflash  –  bu  ma’lum  bir  asoslarga,  mezonlarga  ko‘ra, 

ularni guruhlarga, toifalarga bo‘lish, ajratishdir. Dalillarning tasnifi ularning 

ayrimlariga  tavsif  berish  hamda  ulardan  to‘g‘ri  foydalanishda  katta 

ahamiyatga ega. Dalillarni qaysi manbalardan olinganligi, ma’lumotlarning 

isbotlash  predmetiga  taalluqli  bo‘lgan  sharoitlarga  aloqadorligi  yoki  bu 

sharoitlarni  tasdiqlovchi  yoki  inkor  etuvchi  boshqa  sohaga  daxldor 

ekanligigiga qarab tasniflash va turli guruhlarga ajratish  mumkin. Har bir 

dalilni  mazkur  belgilariga  ko‘ra  turli  guruhlarga  mansubligi  aniqlanadi. 

Dalillarni  tekshirish  chog‘ida  ularning  «birinchi  manbadan»  olinganligi 

yoki  ma’lumotlarning  boshlang‘ich  manbasi,  ularning  aniqlanishi  lozim 

bo‘lgan  holat  bilan  aloqasi,  mazkur  ma’lumotlar  ayblov  yoxud  oqlov 

xarakteriga ega ekanligi e’tiborga olinishi zarur. 

Dalillarni tasniflash bir necha asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi hamda 

ko‘p tarmoqli tizim hisoblanadi. Tasniflashning amaliy ahamiyati shundan 

iboratki,  u  dalillarni  to‘plash,  tekshirish  va  baholashda  ularning  hisobga 

olinishi lozim bo‘lgan turli jihatlarini ochib beradi va jinoyat ishi bo‘yicha 

ishonchli xulosalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 

Dalillar quyidagicha tasniflanadi: 



Dastlabki  va  hosila  dalillar.  Olinish  manbasiga  qarab  dalillar 

dastlabki  va  hosila  dalillarga  bo‘linadi.  Bunda  tergovchi  yoki  sudning 

ma’lumotlarni  boshlang‘ich  yoki  boshqa  manbalardan  olganligi  nazarda 

tutiladi.  



Dastlabki  dalillar  -  bu  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan  holat  to‘g‘risidagi 

ma’lumot  birinchi  manbadan  olingan  dalillardir.  Masalan,  guvohning 

shaxsiy  kuzatuvlari  asosida  bergan  ko‘rsatuvlari  hamda  uni  so‘roq  qilish 

bayonnomasi  dastlabki  dalil  hisoblanadi.  Ekspertning  xulosasi  ham 

dastlabki dalil sifatida e’tirof etiladi.  

Hosila  dalillar  esa  isbot  qilinishi  lozim  bo‘lgan  holat  to‘g‘risidagi 

ma’lumot birinchi manbadan emas, balki boshqa manbadan yoki oddiy  til 

bilan aytganda «ikkinchi manbadan» olingan dalillardir. 


149 

 

Dastlabki va hosila dalillar bir-biridan manbasining shakllanishi bilan 



farqlanadi. Hosila dalillarning shakllanish jarayonida oraliq bo‘g‘in mavjud 

bo‘ladi. Agar hodisaga bir shaxs shohid bo‘lib, so‘ngra bu haqda boshqasiga 

xabar bergan bo‘lsa, shuningdek ushbu ikkinchi shaxs guvoh sifatida hodisa 

haqida  ko‘rsatuvlar  berayotgan  bo‘lsa,  bunday  ko‘rsatuvlar  hosila  dalil 

hisoblanadi.  Demak,  hosila  dalil  olinishida  jinoyat  shohidi  bo‘lgan 

guvohning axborotini qabul qilish bosqichi bilan bu axborotning tergovchi 

tomonidan olinishi o‘rtasida yana bir bo‘g‘in – uni eshitgan guvoh ishtirok 

etadi. Axborot bir manbadan ikkinchisiga o‘tganda o‘zgarishlarga uchrashi 

tabiiy.  Oraliq  manbalar  qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,  dalilning  o‘zgarishlar  va 

buzilishlari  ehtimolligi  ortadi.  Shuning  uchun  oraliq  manbalardan 

ma’lumotlar  olinganda  albatta  ma’lumotning  boshlang‘ich  manbasi 

(masalan,  guvoh)  topilishi  va  so‘roq  qilinishi  kerak.  Chunki  hodisaning 

haqiqiy  shohidi  bu  to‘g‘rida  boshqalarga  qaraganda  to‘la,  aniq,  ishonchli 

ma’lumot  berishi  shubhasiz  va  uning  ko‘rsatuvlarini  tekshirish  ham 

qiyinchilik  tug‘dirmaydi.  Hujjatlardan  olingan  nusxalar  ham  hosila  dalil 

hisoblanadi.  Bu  holda  hujjatning  asl  nusxasi  axborotning  boshlang‘ich 

manbai, undan nusxa olgan va tasdiqlagan shaxs esa axborotning ikkilamchi 

manbaidir. 



Ayblovchi va oqlovchi dalillar. Dalillarni ayblovchi va oqlovchilarga 

bo‘linishi  olingan  ma’lumotlar  va  aniqlangan  dalillarning  mazmuniga 

bog‘liq.  

Ayblanuvchining 

aybini 

tasdiqlovchi, 



uning 

javobgarligini 

og‘irlashtiruvchi  dalillar  ayblovchi  dalillar  deb  ataladi.  Bunday  dalillarga 

ayblovga  asos  bo‘lgan  dalillar  yoki  ayblanuvchining  javobgarligini 

og‘irlashtiruvchi holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiradi. 

Oqlovchi  dalillar  –  bu  ayblovni  inkor  qiluvchi,  ayblanuvchining 

aybsizligini tasdiqlovchi, ayblanuvchining javobgarligini yengillashtiruvchi 

holatlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  shuningdek  ayblanuvchiga  qo‘yilgan 

ayblovni shubha ostiga oluvchi dalillardir. 

Dalillarni ayblovchi va oqlovchi dalillarga bo‘lish shartli xususiyatga 

ega, chunki bir dalil ish yuritish davomida o‘z xususiyatini o‘zgartirishi va 

ish yuritish davomida ayblovchi dalillar oqlovchi dalillarga aylanishi ham 

mumkin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  22-

moddasida  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  har  bir  jinoyat  ishi 

bo‘yicha  ayblanuvchini  ayblovchi  dalillarnigina  emas,  uni  oqlovchi 

dalillarni  ham,  shuningdek  uning  javobgarligini  yengillashtiruvchi  va 

og‘irlashtiruvchi holatlarni ham aniqlashni shart qilib qo‘ygan. Amaliyotda 


150 

 

ayblanuvchini  fosh  qiladigan  dalillarni  to‘plashga  ahamiyat  beriladi-yu, 



oqlovchi  dalillarni  to‘plashga  yetarli  ahamiyat  berilmaydi.  Buni  esa 

qonuniylikni buzish, ishni biryoqlama hal qilish deb baholash lozim. 

Dastlabki tergov bosqichidagi tortishuv jinoyat-protsessual funksiyalar 

taqsimlanishi  prinsipini  bosqichma  bosqich  tatbiq  etishni,  ya’ni  isbotlash 

jarayonida protsessual imkoniyatlar tengligini ta’minlashni nazarda tutadi.  

Qonunga  ko‘ra,  dastlabki  tergovdagi  ayblov  va  himoya  funksiyalari 

prokuror va tergovchining vakolatlarida jamlangan bo‘lib, ular ish bo‘yicha 

haqiqatni aniqlash uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni, shu 

jumladan  ayblanuvchini  ham  fosh  etadigan,  ham  oqlaydigan  holatlarni 

sinchkovlik  bilan,  har  tomonlama,  to‘la  va  xolisona  tekshirib  chiqishlari 

kerak. Hozirgi zamon jinoyat protsessida ayblovchi va oqlovchi dalillarni 

topish  vazifalari  bir-biridan  qat’iy  tarzda  ajratilishining  tarafdorlari 

ko‘pchilikni tashkil etadi.  

Oqlovchi dalillar orasida ayblanuvchining alibisi alohida  o‘rin tutadi. 

Ishonchli  isbot  qilingan  alibi  shaxsni  jinoyat  sodir  etganlikda  ayblash 

imkoniyatlarini  yo‘qqa  chiqaradi,  shuning  uchun  u  har  tomonlama 

tekshirilishi lozim. 

Tekshirilgan va baholangan ayblovchi va oqlovchi dalillar o‘ta muhim 

protsessual hujjatlar  -  ayblov xulosasi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual 

kodeksining 

379-moddasi) 

va 

hukmda 


(O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  463-464-moddalari)  o‘z 

aksini topadi. Sud ayblov hukmini chiqarishda sudlanuvchining aybini isbot 

qiluvchi ishonchli ayblovchi dalillarga asoslangani va oqlovchi dalillar nima 

sababdan rad etilganini; oqlov hukmini chiqarishda esa oqlovchi dalillarga 

asoslangani  va  ayblov  xulosasida  keltirilgan  holatlarning  rad  etish 

sabablarini aniq ko‘rsatishi shart.  


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling