Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


To‘g‘ri  va  egri  dalillar


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53

To‘g‘ri  va  egri  dalillar.  Isbotlash  predmetining  bosh  fakti  bo‘lgan 

isbotlash  tezisiga,  ya’ni  shaxsning  aybdorligi  yoki  aybsizligiga  nisbatan 

dalillar to‘g‘ri va egri dalillarga bo‘linadi. 

Isbot  qilinadigan  holatni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  va  bevosita  belgilaydigan 

dalil  to‘g‘ri  dalil,  «oraliq»,  «yordamchi»,  «isbotlovchi»  faktlar  orqali  bu 

holatni belgilaydigan dalil esa egri dalil deb ataladi. 

Jinoyatni  o‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rgan  guvohning  ko‘rsatuvlari  (masalan, 

ayblanuvchi  jabrlanuvchiga  qanday  zarba  berganligi  to‘g‘risida), 

ayblanuvchining  o‘z  aybiga  iqror  bo‘lishi  va  jinoyatni  qachon,  qaysi 

sabablar  asosida  sodir  etganligi  haqidagi  tushuntirishlari  to‘g‘ri  dalil 

hisoblanadi.  To‘g‘ri  dalilda  asosiy  faktga  qaratilgan  faqat  bitta  xulosa 

bo‘lib,  bunda  asosiy  vazifa  olingan  ma’lumotlar  bevosita  isbotlash 



151 

 

predmetiga  taalluqliligi  sababli  ularning  ishonchli  ekanligini  (ya’ni, 



ayblanuvchi,  guvoh  haqiqatni  gapirayotganligini)  aniqlashdan  iborat.  Har 

bir  to‘g‘ri  dalilning  ishonchliligini  aniqlashda  u  barcha  dalillar  yig‘indisi 

bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.  

Guvohlarning jinoyat sodir etilgan kunda gumon qilinuvchi  o‘z uyida 

bo‘lmaganligi,  u  jinoyat  sodir  etilgan  joyda  ketayotganini  ko‘rganligi, 

jinoyat sodir etilgan joyda gumon qilinuvchiga tegishli ashyo topilgani va 

hokazolar  egri  dalillar  hisoblanadi.  Ular  shunchaki  «ikkilamchi», 

«ko‘makchi»,  «oraliq»  faktlar  bo‘lib,  tergov  va  sud  organlari  mazkur 

dalillar  yordamida  ushbu  jinoyat  aynan  kim  tomonidan  sodir  etilganligi 

haqida xulosa chiqarishlari mumkin. Masalan, egri dalillar asosida qotillik 

to‘g‘risidagi  ishni  yuritishda  tergovchi  va  sudda  ayblanuvchining  mazkur 

jinoyatni  sodir  etganligi  to‘g‘risidagi  xulosa  (qotillik  sodir  etilgan 

pichoqning  ayblanuvchiga  tegishliligi,  jinoyat  sodir  etilgan  joydan 

ayblanuvchining  poyafzal  izlarini  topilishi,  ayblanuvchi  va  jabrlanuvchi 

o‘rtasidagi  salbiy  munosabatlar  va  boshqalar)  shakllanadi.  Egri  dalillar 

yordamida  isbotlashda:  birinchidan,  sudga,  tergovchiga  berilgan 

ma’lumotlarning ishonchliligi (ayblanuvchi va jabrlanuvchi o‘rtasida salbiy 

munosabatlar  bo‘lganligi  to‘g‘risida  guvoh  bergan  ko‘rsatuvlarining 

rostligi,  haqiqatan  ham  pichoqda  ayblanuvchining  barmoq  izlari  borligi 

v.h.) tekshiriladi; ikkinchidan, jinoyat sodir etish haqidagi ma’lumotlarning 

ayblanuvchiga  aloqadorligi  (ayblanuvchining  jabrlanuvchi  bilan  salbiy 

munosabatda  bo‘lishi  mumkinligi,  lekin  bu  oqibatda  jinoiy  qilmish  sodir 

etishga sabab bo‘la olmasligi; hodisa sodir bo‘lgan joydan ayblanuvchining 

poyafzal izlari topilgani, lekin bu poyafzalni boshqa shaxs kiygan bo‘lishi 

mumkinligi v.h.) aniqlanadi.  

Tergov va sud amaliyotidagi ba'zi ishlarda ayblov faqat egri dalillarga 

asoslanadi.  Egri  dalillarga  asoslangan  sud  hukmi  to‘g‘ri  dalillarga 

asoslangan sud hukmi qanday qonuniy kuchga ega bo‘lsa, xuddi shunday 

kuchga egadir. 

Demak, egri dalillar – tarqoq faktlar va ular haqidagi ma’lumotlar emas, 

balki yagona, tarkibiy qismlari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda va bir-birini taqozo 

etuvchi yaxlit birlikdir. Ular aynan shunday ko‘rinishda isbotlashda daliliy 

ahamiyatga ega bo‘lib, muayyan shaxsning ma’lum jinoyat sodir etganlikda 

aybdorligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. 

Keltirilgan  egri  dalillarning  tasnifidan  ulardan  foydalanishning 

quyidagi  qoidalari  kelib  chiqadi:  egri  dalillar  ish  bo‘yicha  faqat  umumiy 

birlikda  ishonchli  xulosalarga  olib  keladi;  egri  dalillar  o‘zaro  va 

isbotlanadigan  holat  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lishi  lozim;  egri  dalillarning 



152 

 

yig‘indisi  ish  bo‘yicha  mavjud  shubhalar  istisno  etilishiga  haqidagi 



xulosaga olib kelishi kerak.  

Shaxsiy va ashyoviy dalillar. Shaxsiy dalillar – xabarlar bo‘lib, bunda 

insondan  olinuvchi  ma’lumotlarni  aks  ettiruvchi  dalillar  nazarda  tutiladi 

(guvoh,  jabrlanuvchi,  gumon  qilinuvchi  va  boshqa  shaxslardan  olingan 

ko‘rsatuvlar, ekspert xulosasi, hujjatlar).  

Xabar  deganda,  inson  sezgi  organlari  orqali  qabul  qilgan  va  ongida 

qayta  ishlangan  axborotning  uzatilishi  tushuniladi.  Shu  sababli,  bunday 

dalillarda subyektiv elementlar mavjuddir. Shaxsiy dalillar og‘zaki (yozma) 

xabar shaklida (ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, guvohning ko‘rsatuvlari va 

hokazo) hosil bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  87-moddasida  sanab  o‘tilgan  tergov  va  sud  harakatlarining 

bayonnomalarida  aks  ettiriladi.  Bu  hollarda  tergovchi,  sud  tomonidan 

tuzilgan bayonnoma protsessning barcha boshqa subyektlari uchun dalillar 

manbai bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining 81, 204-moddalarida nazarda tutilgan boshqa yozma hujjatlar 

ham shaxsiy dalillar hisoblanadi. 

Ashyoviy  dalillar  deganda  moddiy  dunyodagi  ashyolardan  olinuvchi 

dalillar 

tushuniladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  203-moddasiga  ko‘ra,  kelib  chiqishi,  kimga  tegishliligini, 

ma’lum  maqsadlarda  foydalanilganligini  yoki  foydalanishga  yaroqliligini, 

qo‘ldan-qo‘lga  o‘tganligi  yoki  turgan  joyi  o‘zgarganligi,  u  yoki  bu 

moddalar,  narsa,  jarayon  va  hodisalar  ta’sir  etganligini  aniqlash  mumkin 

bo‘lgan  fizikaviy  alomatlar  yoki  belgilarga,  shuningdek  ish  holatlarini 

aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan 

narsalar ashyoviy dalil hisoblanadi. Ushbu moddada ko‘rsatilgan alomatlar, 

belgilar,  izlari  ega  bo‘lgan  yozma  dalillar  ham  ashyoviy  dalil  vazifasini 

o‘tashi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 

204-moddasi). 

Ashyoviy  dalil  murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lib,  uning  quyidagi  uch 

tarkibiy  qismi  mavjud:  a)  jinoyat  hodisasi  natijasida  vujudga  kelgan  iz, 

barmoq  izlari,  narsaning  joylashuvi,  holat  va  boshqa  xususiyatlarining 

o‘zgarishi; b) hodisa joyidan olingan va o‘zgarishlar, xususiyatlar, izlar va 

hokazolarni  o‘zida  aks  ettiruvchi  narsalar;  v)  hodisa  joyidan  olingan  va 

ishga  qo‘shilgan  narsaning  xususiyatlarini  ifoda  etuvchi  ma’lumotlar.  Bu 

tarkibiy  qismlardan  birontasi  bo‘lmaganda  ashyoviy  dalil  ham  bo‘lishi 

mumkin emas.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 

“Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning 



153 

 

ayrim masalalari to‘g‘risida”gi №17 sonli qaroriga binoan,  ashyoviy dalil 



sifatida, jumladan, quyidagilar e’tirof etiladi: 

a) jinoyat qurollari-jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etish 

uchun  maxsus  mo‘ljallangan,  tayyorlangan  yoki  moslashtirilgan  narsalar 

yoxud  bevosita  jinoyat  sodir  etish  jarayonida  jinoiy  maqsadga  erishish 

uchun  foydalanilgan  narsalar  (masalan,  odam  o‘ldirish  qurollari, 

qimmatliklarni  talon-toroj  qilish  yoki  egallashda  vosita  bo‘lgan  narsalar, 

o‘qotar qurol, brakonerlik qurollari-qopqonlar, to‘rlar, soxta hujjat va h.k.); 

b)  o‘zida  jinoyat  izlarini  saqlab  qolgan  narsalar  (masalan,  qon  izlari 

mavjud kiyim, narsalar yoki jinoyat sodir etilishi jarayonida yirtilgan kiyim, 

narsalar,  o‘q  otilishi  yoki  portlash  natijasida  shikastlangan  narsalar, 

qo‘lning, transportning, buzish qurollarining izlari va h.k.); 

v)  jinoiy  harakatlar  obyekti  bolgan  narsalar  (masalan,  olib  qochilgan 

avtomobil,  talon-toroj  qilingan  pullar,  qimmatli  qog‘ozlar,  qurol, 

giyohvandlik vositalari, boshqa moddiy qimmatliklar, buyumlar va h.k.); 

g)  jinoiy  harakatlar  sodir  etilgandan  keyin  jinoiy  yo‘l  bilan  topilgan 

mablag‘lar  evaziga  topilgan  mol-mulk,  pullar  va  boshqa  qimmatliklar 

(masalan, o‘g‘irlangan pullarga sotib olingan qimmatbaho buyumlar, jinoiy 

faoliyat  natijasida,  jumladan,  qonunga  xilof  ravishda  tadbirkorlik  bilan 

shug‘ullanishdan topilgan naqd pullar, nodir metallar va toshlardan iborat 

xom ashyo va buyumlar, boshqa qimmatliklar)

14



Shaxsiy  dalillarda  aks  etgan  axborot  qandaydir  shartli  belgilar  yoxud 



shifrlar  orqali  ifodalanishi  mumkin  (misol  uchun,  bayonnoma,  sxema, 

fonogramma).  Ashyoviy  dalilda  esa  axborot  tabiiy  holda  ifodalanib, 

ko‘rgazmali  tarzda  qabul  qilinadi.  Isbotlash  jarayonida  faqat  shaxsiy 

dalillardan  foydalanilganda,  u  o‘zining  ko‘rgazmalilik  ta’sirini  yo‘qotadi. 

Shuning uchun ham mazkur jarayonda ashyoviy dalillardan foydalanishning 

ahamiyati  katta.  Ashyoviy  dalillarning  shaxsiy  dalillarni  protsessual 

mustahkamlashdagi o‘rni ham beqiyosdir.  

Izlardan  olinadigan  qoliplar,  katta  hajmli  jismlarning  maketlari, 

fotosuratlari,  hujjatlarning  nusxalari  ashyoviy  dalillarga  yaqin  turadi  va 

ilmiy  adabiyotda  original-obyektdagi  axborotni  o‘zgartirgan  holda  qayta 

aks ettirgani tufayli ko‘pincha hosila ashyoviy dalillar deb ataladi. Isbotlash 

jarayonida  mumkin  qadar  birlamchi,  asosiy  ashyoviy  dalillardan 

                                                           

14

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2012-yil  13-dekabrdagi  “Jinoyat  ishlari 

bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi №17 

sonli  qarori.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  to‘plami  (2006-2014  yillar)  -  O‘zbekiston 



Respublikasi Oliy Sudi. T.: “Adolat”, 2014. -B. 288-293. 

 


154 

 

foydalanishga  intilish  mavjud,  lekin  bu  hosila  ashyoviy  dalillarning 



ishonchli xulosalarga olib kelmasligini anglatmaydi.  

Tekshiruvchi dalillar. Boshqa dalillarning ishonchliligini tasdiqlovchi 

yoki  inkor  etuvchi  dalillarga  tekshiruvchi  dalillar  deyiladi  (masalan, 

ekspertning  vakolatlari  to‘g‘risida,  guvohning  manfaatdorligi  to‘g‘risida, 

uning eshitishi, ko‘rishining ahvoli to‘g‘risida). 

Xulosa  qilib  aytganda,  jinoyat  protsessidagi  isbotlash  jarayonida 

tasnifga  ko‘ra  dastlabki  va  hosila  dalillar,  ayblovchi  va  oqlovchi  dalillar, 

to‘g‘ri va egri dalillar, shaxsiy va ashyoviy dalillar, hosila ashyoviy dalillar, 

tekshiruvchi dalillardan foydalaniladi. Har bir dalilni to‘g‘ri tasniflash ham 

jinoyat protsessining asosiy vazifasi bo‘lgan jinoyatlarni tez va to‘la ochish, 

aybi  bo‘lmagan  hech  bir  shaxs  javobgarlikka  tortilmasligi  va  aybdorlarni 

fosh etishga xizmat qiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

5.6. Dalillar manbalarining tushunchasi va turlari 

 

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  insonni  oliy  qadriyat 

sifatida  e’tirof  etadi.  Aybsizlik  prezumpsiyasiga  ko‘ra,  jinoyat  sodir 

etganlikda  ayblanayotgan  har  bir  shaxsning  ishi  sudda  qonuniy  tartibda, 

oshkora  ko‘rib  chiqilib,  uning  aybi  aniqlanmaguncha  u  aybdor 

hisoblanmaydi,  ya’ni  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchi 

uning  jinoyat  sodir  etishda  aybdorligi  qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda 

isbotlangunga  va  qonuniy  kuchga  kirgan  sud  hukmi  bilan  aniqlangunga 

qadar aybsiz hisoblanadi. 

Shaxs  qonunda  belgilangan  tartibda  aybi  isbotlangan  ijtimoiy  xavfli 



Dastlabki va 

hosila dalillar 

 

Ayblovchi va 



oqlovchi dalillar 

To‘g‘ri va egri 

dalillar

 

Shaxsiy va 

ashyoviy dalillar

 

 

 



Dalillar quyidagicha 

tasniflanadi: 

 


155 

 

qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi (O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat 



kodeksining  9-moddasi).  Shaxsning  aybi  qonunda  belgilangan  tartibda 

to‘plangan,  tekshirilgan  va  baholangan  dalillar  vositasidagina  isbotlanishi 

mumkin.  Chunki,  jinoiy  hodisa  isbot  qilish  majburiyati  yuklatilgan 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  hamda  sud  uchun  o‘tmish  hodisasi 

bo‘lganligi sababli, uning barcha holatlarini ular faqat isbot qilish vositasi 

bo‘lmish  dalillar  yordamida  aniqlashlari  va  tegishli  xulosaga  kelishlari 

mumkin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  22-

moddasida  «Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  jinoyat  yuz 

berganligini,  uning  sodir  etilishida  kim  aybdorligini,  shuningdek  u  bilan 

bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi shart» deb belgilab qo‘yilgan. Shuning 

uchun,  isbot  qilish  subyektlari  jinoyat  haqidagi  ma’lumotlarni  asosan 

jinoyat sodir etgan shaxsdan olishga harakat qiladilar. Amaliyotda gumon 

qilinuvchi  va  ayblanuvchi  o‘zi  jinoyat  sodir  etmaganligini  isbot  qilib 

berishga majbur bo‘lmaganliklari sababli ularni  O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan yolg‘on guvohlik berganlik 

va ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik tahdidi 

bilan ogohlantirib, guvoh tariqasida, shundan so‘nggina, gumon qilinuvchi 

va  ayblanuvchi  tariqasida  so‘roq  qilib  ko‘rsatuvlar  olish  hollari  uchrab 

turganligidan, ayrim amaliyot xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 

Plenumining  2003-yil  19-dekabrdagi  17-sonli  «Gumon  qilinuvchi  va 

ayblanuvchini  himoya  huquqi  bilan  ta’minlashga  oid  qonunlarni  qo‘llash 

bo‘yicha  sud  amaliyoti  to‘g‘risida»gi  Qarori  8-bandiga  binoan,  shaxs 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  221-moddasida 

ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ushlangan hollarda, garchi qonunda bu haqda 

tegishli bayonnoma shaxs militsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi 

organga  keltirilgandan  so‘ng  rasmiylashtirilishi  belgilangan  bo‘lsa-da,  u 

amalda  ushlangan  vaqtdan  boshlab  gumon  qilinuvchi  deb  hisoblanadi. 

Aynan  shu  paytdan  boshlab  ushlab  turilgan  shaxs  gumon  qilinuvchiga 

berilgan  barcha  huquqlardan,  shu  jumladan,  himoyachi  olish  huquqidan 

foydalanadi

15



 

Amaldagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

81-moddasi  1-qismida  «Ijtimoiy  xavfli  qilmishning  yuz  bergan-

bermaganligini,  shu  qilmishni  sodir  etgan  shaxsning  aybli-aybsizligini  va 

ishni  to‘g‘ri  hal  qilish  uchun  ahamiyatga  molik  boshqa  holatlarni 

                                                           

15

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchini  himoya  huquqi  bilan 



ta'minlashga  oid  qonunlarni  qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  2003-yil  19-dekabrdagi  17-sonli  Qarori// 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.1. –T.: 2007. – B.142. 



156 

 

surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda 



aniqlashiga  asos  bo‘ladigan  har  qanday  haqiqiy  ma’lumotlar  jinoyat  ishi 

bo‘yicha dalil hisoblanadi» deb ko‘rsatilgan. Ma’lumki, jinoyat – bu isbot 

qilish subyektlari uchun doimo o‘tmish hodisasi, aynan shu sababdan ular 

uni faqat har qanday hodisalarning moddiy dunyoda yoki odamlar ongida 

qoldiradigan izlari, qoldiqlari, akslari vositasidagina o‘rganishlari mumkin. 

Jinoyat  sodir  etgan  shaxsda  jinoyat  sodir  etishga  tayyorgarlik 

ko‘rishdan  toki  uni  sodir  etishgacha  va  undan  keyingi  barcha  holatlar 

to‘g‘risida 

ma’lumotlar 

mavjud 


bo‘lganligi 

sababli 


O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  81-moddasini  2-qismida 

ma’lum bir jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan shaxs dalil manbalaridan 

biri sifatida e’tirof etilgan. 

Ayblanuvchi nafaqat sodir etgan jinoyatini, balki jinoyatni sodir etishga 

ko‘rgan tayyorgarligi, jinoyatning tashkilotchisi, dalolatchisi, jinoyat sodir 

etilishiga yordam bergan yordamchilari va boshqalar to‘g‘risida juda ko‘p 

ma’lumotga ega bo‘lgan shaxsdir.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  112-

moddasiga binoan, «Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi 

ko‘rsatuvlari va ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, bu iqror bo‘lish 

mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun 

asos qilib olinishi mumkin. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan 

ko‘rsatuvlari  bilan  aniqlangan  holatlar,  ayblanuvchi  o‘z  aybiga  iqror 

bo‘lgan taqdirda ham, o‘zining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham 

ishning  hamma  holatlari  bilan  bog‘langan  holda  boshqa  dalillar  kabi 

tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim». 

Tergovchi va dastlabki tergovni olib borayotgan prokuror hamda sud 

ishdagi  barcha  holatlarni  sinchkovlik  bilan,  har  tomonlama  va  xolisona 

ko‘rib  chiqishga  asoslangan  holda  qonunga  va  huquqiy  ongga  amal  qilib 

o‘zlarining  ichki  ishonchlari  bo‘yicha  barcha  dalillarga,  shuningdek 

ayblanuvchi (sudlanuvchi) ko‘rsatuvlariga baho beradilar.  

Har  bir  dalil,  shu  jumladan  ayblanuvchi  ko‘rsatuvlari  ham  ishga 

aloqadorligi,  maqbulligi  va  ishonchliligi  nuqtayi  nazaridan  baholanishi 

lozim. Tergovchi va dastlabki tergovni olib borayotgan prokuror hamda sud 

ayblanuvchi  (sudlanuvchi)  ko‘rsatuvlariga  baho  berish  natijasida  sodir 

etilgan  jinoyatning  ijtimoiy  xavflilik  darajasini,  uning  shaxsini, 

javobgarligini  yengillashtiruvchi  va  og‘irlashtiruvchi  holatlarni  inobatga 

olgan  holda  unga  nisbatan  tegishli  ehtiyot  choralaridan  faqat  bittasini 

qo‘llashlari mumkin. 



157 

 

             



 MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 

 

Mazkur  mavzuni  o‘rganishda  talabalar  dalillar  va  ularga  qo‘yilgan 

talablar, ularning tasniflanishi, isbot qilish predmeti va isbotlash doirasiga 

oid masalalarni ko‘rib chiqishlari, Oliy sud Plenumining tegishli qarorlari 

va  tarmoq  qonunlarni  qiyosiy-huquqiy  tahlil  qilib,  jinoyat  ishlarini 

yuritishda dalillarning rolini aniqlashlari lozim. 

 

MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

 

1.

 

Jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar qonunda aniq 

belgilangan.  Jinoyat  ishi  bo‘yicha  muhim  deb  hisoblangan  har  bir  holat 

to‘la,  har  tomonlama,  xolisona  tekshirilishi  lozim.  Bundan  ko‘zlangan 

asosiy maqsad haqiqatni aniqlashdir. Isbotlash jarayoni dalillarni to‘plash, 

tekshirish  va  baholashdan  iborat.  Muayyan  holat  yuzasidan  dalillarni 



guruhlarga  tasniflang  va  o‘zaro  qiyoslang.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  sudi  Plenumining  “Dalillar  maqbulligiga  oid  jinoyat-protsessual 

qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari” to‘g‘risidagi 2004-

yil  24-sentabrdagi  12-sonli  Qaroriga  asosan  nomaqbul  dalillar  deb 

nimaga aytiladi? 

2.

 

Jinoyat  protsessida  dalil  va  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlar  eng 

muhim masalalardan hisoblanib, jinoyatni ochish, ayblanuvchini fosh etish, 

jazoni muqarrarligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Isbotlash doirasi 

bilan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Isbot 

qilish doirasi va predmetining o‘zaro nisbatini tahlil qiling.  

 

1-kazus 

Toshkent shahar prokuraturasi iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga 

qarshi  kurash  bo‘limi  xodimlari  va  O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  jinoyat 

qidiruv  va  uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  bo‘limi  tezkor  qidiruv 

xodimlari  bilan  hamkorlikda  arizachi  fuqaro  Saidovning  arizasiga  asosan 

Uchtepa  tuman  xalq  ta’limi  bo‘limiga  qarashli  245-sonli  maktab 

direktorining  fuqaro  Saidovdan  pora  talab  qilganligi  holati  yuzasidan 

tezkor-tadbir  o‘tkazilishi  rejalashtirilgan.  Tadbir  jarayonida  zaruriyat 

tug‘ilganligi  sababli,  Uchtepa  tuman  xalq  ta’limi  bo‘limiga  qarashli  245-

sonli maktab direktorining uyali aloqa telefonidagi so‘zlashuvlari eshitilgan 



158 

 

va  telefon  so‘zlashuvlaridan  nusxa  olingan.  O‘tkazilgan  tezkor  tadbiri 



jarayonida Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 245-sonli maktab 

direktori fuqaro Saidovdan 100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini 

olgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tuman xalq 

ta’limi  bo‘limiga  qarashli  245-sonli  maktab  direktoriga  nisbatan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  210-moddasi  3-qismi  “v” 

bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor tadbirni o‘tkazgan xodimlar 

tomonidan  tergovga  Uchtepa  tuman  xalq  ta’limi  bo‘limiga  qarashli  245-

sonli maktab direktorining telefonda so‘zlashgan yozuvlari taqdim etilgan 

va  jinoyat  ishi  yuzasidan  olib  borilgan  dastlabki  tergov  harakatlari 

jarayonida ushbu telefon so‘zlashuvidagi ma’lumotlardan ayblanuvchining 

aybini isbotlovchi dalil sifatida foydalanilgan. 

Mazkur  jinoyat  ishi  bo‘yicha  qanday  huquqiy  oqibatlar  kelib 

chiqadi,  ularni  tahlil  qiling.  Prokuror  sanksiyasi  talab  etiladigan 

tezkor-qidiruv  tadbirlari  va  tergov  harakatlarini  o‘tkazilishi 

protsessual talablarini bayon qiling. 

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling