Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53

 

 

 

 

 

 

 

6.2. Isbotlashning umumiy shartlari 

 

Isbotlash  jinoyat  sudlov  ishlarini  yuritish  doirasida  o‘tadigan  hamda 

uning  vazifalarini  hal  qilishga  yo‘naltirilgan  faoliyat  sifatida  jinoyat 

protsessual  qonun  bilan  tartibga  solingan.  Jinoyat-protsessual  qonun 

isbotlash  jarayonini  tartibga  solish bilan  birga,  ishning  haqiqiy  holatlarini 

aniqlash  faoliyatini  ham  tartibga  soladi  hamda  isbotlashda  ishtirok 

etayotgan taraflar huquqlari tengligining ishonchli kafolatlarini yaratadi. 

Dalillarni  baholash  -  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va 

sudning  ishdagi  barcha  holatlarni  sinchkovlik  bilan,  to‘la,  har 

tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va 

huquqiy  ongga  amal  qilib  o‘zlarining  ichki  ishonchlari  negizidagi 

faoliyatidir.

 


168 

 

Isbotlash jarayonida fuqarolarning va yuridik shaxslarning huquqlari 



hamda qonuniy manfaatlari muhofaza qilinishi qonunan kafolatlangan. 

Isbotlashda  fuqarolarning  hayoti  va  sog‘lig‘i  uchun  xavfli  bo‘lgan 

yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar sodir etish, 

zo‘rlash,  po‘pisa  qilish,  aldash  va  boshqa  noqonuniy  choralar  orqali 

ko‘rsatmalar,  tushuntirishlar,  xulosalar,  hujjatlar  yoki  narsalar  berishga 

majburlash  taqiqlanadi.  Protsessning  har  bir  bosqichida  uning  aniq 

vazifalariga 

va 


protsessual 

shakllariga 

muvofiq 

isbotlash 

o‘z 

xususiyatlariga,  o‘z  jihatlariga  ega  bo‘lib,  isbotlash  natijasi  sifatida  faqat 



mazkur bosqich uchun nazarda tutilgan qarorlar bo‘lishi mumkin. Muayyan 

bosqich vazifalari, uning protsessual shakli isbotlashning ayrim elementlari 

nisbatida ham, dalillar qanday (bevosita yoki yozma materiallar bo‘yicha) 

tadqiq  etilishida  ham,  shuningdek dalillarni  baholash natijasida  u  yoki  bu 

bosqichda qanday xulosalar qilinishi mumkinligida ham aks etadi. 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

9-bobi 


(85-95-moddalari) 

isbotlashning umumiy shartlarini belgilaydi. 

 

 

 



 

 

 



Ular  muayyan  huquqiy  qoidalarning  tizimini  tashkil  etib,  ularga 

quyidagilar kiradi: isbot qilish jarayoni (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksining  85-moddasi),  isbot  qilish  subyektlari  va 

ishtirokchilari  vakolat  doirasi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 86-moddasi), dalillar to‘plash usullari (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  87-moddasi),  isbotlash 

jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va 

qonuniy  manfaatlarini  qo‘riqlash  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual 

kodeksining 

88-moddasi), 

davlat 


sirlarini 

qo‘riqlash 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  89-moddasi), 

dalillarni  bayonnomalarda  qayd  etish  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual 

kodeksining 

90-93-moddalari), 

dalillarni 

tekshirish 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  94-moddasi), 

dalillarni 

baholash 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  95-moddasi).  Qonunga  binoan  isbotlashning  barcha 

ishtirokchilarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 

   

 

Isbotlashning umumiy shartlari – qonunda belgilangan qoidalar 

bo‘lib,  ular  isbotlashning  o‘ziga  xos  jihatlarini  ifoda  etadi  hamda 

dalillarni  to‘plash,  tekshirish  va  baholash  hamda  qarorlar  qabul  qilish 

tartibiga nisbatan qo‘yiladigan qat'iy protsessual talablarni belgilaydi. 

 


169 

 

 



   

 

 

 



 

 

 



 

 

 

Birinchi  guruh  zimmasiga  jinoyat  ishini  to‘la,  har  tomonlama  va 

xolisona  tergov  qilish  va  ko‘rib  chiqish,  nafaqat  jinoyat  tarkibini,  balki 

barcha  boshqa  holatlarni  aniqlash  majburiyati  yuklatilgan  surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokuror  va  sud  kiradi.  Sanab  o‘tilgan  subyektlarning  har  biri 

isbotlashni  o‘z  vakolatlari  doirasida  amalga  oshiradi  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 86-modda 1-qism).  

 

 



 

 

Isbotlash  majburiyati  jinoyat  ishlarini  sudda  yuritish  vazifalarini 



nazarda  tutadigan  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  

2-moddasining  hamda  jinoyat  ishi  holatlarini  tadqiq  etish  talablarini 

belgilaydigan  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

22-moddasi qoidalaridan kelib chiqadi. 

Aynan  ana  shu  mas’ul  shaxslar  zimmasiga  qonun  jinoyat  yuz 

berganligini,  uning  sodir  etilishida  kim  aybdorligini,  shuningdek  u  bilan 

bog‘liq  barcha  holatlarni  aniqlash  majburiyatini  yuklaydi.  Shuningdek, 

surishtiruvchi,  tergovchi  va  prokuror  jinoyat  sodir  etilganligi  to‘g‘risida 

sabab  va  yetarli  asoslar  mavjud  bo‘lgan  barcha  hollarda  jinoyat  ishini 

qo‘zg‘atishi 

shart 

(O‘zbekiston 



Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  15,  321-moddasi).  Xususan,  isbotlash  subyektlari  tomonidan 

ish  bo‘yicha  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  barcha  holatlar  sinchkovlik  bilan, 

har  tomonlama,  to‘la  va  xolisona  tekshirib  chiqilishi  kerak.  Ishda  yuzaga 

ISBOT QILISH ISHTIROKCHILARI 

(JPKning 86-moddasi) 

 

Isbot qilish majburiyati 

yuklangan shaxslar: 

surishtiruvchi, tergovchi, 

prokuror, sud. 

Isbotlashda ishtirok etish huquqiga ega 

bo‘lgan shaxslar: gumon qilinuvchi, 

ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat 

himoyachisi, jabrlanuvchi, fuqaroviy 

da'vogar, fuqaroviy javobgar 

 

Isbotlashda ham huquq ham majburiyatga 

ega bo‘lgan shaxslar: guvoh, ekspert, 

mutaxassis, tarjimon, xolis fuqarolar, 

mansabdor shaxslar. 

Isbotlash  majburiyati  deganda  tegishli  shaxslarning  dalillarni 

to‘plash, tekshirish va baholash bo‘yicha zarur xulq-atvorining nazarda 

tutilgan hajmi tushuniladi. 

 


170 

 

keladigan  har  qanday  masalani  hal  qilishda  ayblanuvchini  yoki 



sudlanuvchini  ham  fosh  qiladigan,  ham  oqlaydigan,  shuningdek  uning 

javobgarligini  ham  yengillashtiradigan,  ham  og‘irlashtiradigan  holatlar 

aniqlanishi  va  hisobga  olinishi  lozim  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 22-moddasi).   

Isbot  qilishda  sudning  roli  qanday,  degan  o‘rinli  savol  tug‘iladi. 

Shunday  yondashuv  mavjudki,  unga  ko‘ra  sud  odil  sudlov  funksiyasini 

bajarib,  isbotlash  subyekti  hisoblanmaydi.  Sudning  faoliyati  dalillarni 

to‘plash  tekshirish  va  baholash  bilan  bevosita  bog‘liq.  Xususan,  sud 

muhokamasi  mobaynida  sudlanuvchi,  jabrlanuvchi,  guvohlar  va  ekspert 

so‘roq  qilinadi,  hujjatlar  ko‘zdan  kechiriladi  va  qonunda  ko‘zda  tutilgan 

boshqa  sud  harakatlari  o‘tkaziladi.  Shuningdek,  sudning  mustaqilligi 

nuqtayi  nazaridan  sud  jarayonida  jinoyat  hodisasi  yuzasidan  umuman 

boshqa  versiya  (hatto  sudlanuvchining  aybsizligini  ko‘rsatuvchi)  o‘z 

tasdig‘ini  topishi  mumkin.  Sud  muhokamasida  taraflar  tortishuvi  shart-

sharoitini  ta’minlab,  xolislikni  saqlagan  holda  sud  faol  isbotlash  subyekti 

sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Ya’ni  haqiqatni  aniqlash  maqsadida  adolatli 

hukm  chiqarish  uchun  zarur  bo‘lgan  dalillar  bazasini  shakllantirishda 

bevosita  ishtirok  etadi.  Jumladan,  taqdim  etilgan  dalillarni  maqbulligi  va 

ishonchliligini tekshirib, yakuniy qaror qabul qilish uchun yetarliligiga baho 

beradi.  Demak,  sud  isbot  qilishning  faol  subyektidir.  Bu  borada  bahsga 

sabab  bo‘luvchi  asosiy  omil  bu  isbot  qilishda  tushunchalarni  turli  talqin 

etilishidir. Sud sudlanuvchining aybdorligini isbotlashga emas, balki jinoyat 

hodisasi  bo‘yicha  haqiqatni  aniqlashga  qaratilgan  faoliyatni  olib  boradi. 

Mazkur  faoliyatida  sud  ish  bo‘yicha  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  barcha 

holatlar  sinchkovlik  bilan,  har  tomonlama,  to‘la  va  xolisona  tekshirib 

chiqishi,  ishda  yuzaga  keladigan  har  qanday  masalani  hal  qilishda 

sudlanuvchini  ham  fosh  qiladigan,  ham  oqlaydigan,  shuningdek  uning 

javobgarligini  ham  yengillashtiradigan,  ham  og‘irlashtiradigan  holatlar 

aniqlanishi  va  hisobga  olishi  lozim  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 22-moddasi).    



Ikkinchi guruhni gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning 

qonuniy  vakili,  himoyachi,  jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy 

javobgar  va  ularning  vakillari,  jamoat  ayblovchisi  va  jamoat  himoyachisi 

tashkil qiladilar (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 

86-moddasi  2-qismi).  Ular  uchun  isbotlashda  ishtirok  etish  majburiyat 

emas,  balki  huquqdir.  Ular  ishdan  manfaatdor  shaxslar  sifatida  tergov 

qilinayotgan  va  ko‘rilayotgan  ishga  taalluqli  narsalar,  hujjatlar  taqdim 

etishlari,  dalillarni  talab  qilib  olish  va  ishga  ilova  qilish  to‘g‘risida 



171 

 

iltimosnomalar  berishlari,  dalillarning  u  yoki  bu  manbaini  baholash 



bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishlari mumkin va hokazo.  

Bular  jumlasidagi  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  isbot 

qilish  jarayonida  o‘ziga  xos  alohida  protsessual  maqom  va  kafolatlarga 

egaki, bunga ko‘ra jinoiy ta’qib ostidagi shaxs o‘zining aybsizligini isbotlab 

berishi  shart  emas  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  23-moddasi  2-qismi).  Bu  yuqorida  aytib  o‘tilgan  isbot  qilish 

majburiyati  yuklatilgan  shaxslarning  bevosita  vazifasidir.  Aybsizlik 

prezumpsiyasining  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  mazkur  kafolatni  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

qator 


normalarida 

mustahkamlanganligini  kuzatish  mumkin.  Xususan,  jinoiy  ta’qib  ostidagi 

shaxsning  ko‘rsatma  berishdan  bosh  tortish  va  yolg‘on  ko‘rsatma  berish 

uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilmasligi va uning 

sukut  saqlash  huquqi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  46,  48-moddalari),  himoyachidan  voz  kechish  huquqi 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  52-moddasi), 

aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz, aybiga iqrorlik ko‘rsatmalari boshqa 

dalillar  bilan  isbotlanishi  shartligi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  112,113-moddalari),  yaqin  qarindoshlarining 

guvohlik  immuniteti  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 116-moddasi).  

Isbot  qilish  jarayonida  jinoiy  ta’qib  ostidagi  shaxsga  nisbatan  amal 

qiladigan  yana  bir  muhim  kafolat  bu  aybdorlikka  oid  barcha  shubhalar, 

basharti  ularni  bartaraf  etish  imkoniyatlari  tugagan  bo‘lsa,  gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchining  foydasiga  hal  qilinishi 

lozimligi to‘g‘risidagi qoidadir. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan 

shubhalar  ham  gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining,  sudlanuvchining 

foydasiga hal qilinishi kerak (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  23-moddasi  3-qismi).  Aybsizlik  prezumpsiyasining  mazkur 

protsessual kafolati qonunning qator muhim normalarida o‘z aksini topgan. 

Jumladan,  jinoyat  ishi  bo‘yicha  ayblov  hukmi  taxminlarga  asoslangan 

bo‘lishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli 

ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. 

Ayblov  hukmiga  jinoyat  sodir  etilishining  ish  bo‘yicha  barcha  mumkin 

bo‘lgan  holatlarini  tekshirish,  ish  materiallarida  ma’lum  bo‘lib  qolgan 

barcha  kam-ko‘stni  to‘ldirish,  yuzaga  kelgan  hamma  shubha  va  qarama-

qarshiliklarga barham berish natijasida yig‘ilgan ishonchli dalillargina asos 

qilib  olinishi  lozim  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 463-moddasi  1-qismi).  Shuningdek,  oqlov  hukmini  chiqarish 



172 

 

asosi sifatida ko‘rsatilishicha, sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov ish holatlari 



batafsil  tekshirilgandan  keyin  ishonarli  tarzda  o‘z  tasdig‘ini  topmasa,  sud 

jinoyat  sodir  etilishiga  sudlanuvchi  daxldor  emas  deb  baho  berib  uni 

oqlaydi.  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  464-

moddasi 2-qismi). 



Uchinchi guruhni isbotlashda ishtirok etishga jalb etiladigan guvohlar, 

ekspertlar,  mutaxassislar,  tarjimonlar,  xolislar,  shuningdek  fuqarolar  va 

mansabdor  shaxslar  tashkil  etadi.  Ular  Jinoyat-protsessual  kodeksida 

belgilangan  tartibda  isbot  qilish  jarayonida  muayyan  huquqlardan 

foydalanadilar.  

Mazkur  shaxslarni  isbot  qilish  jarayonida  ishtirok  etishi  samarasi 

nuqtayi nazaridan shartli ravishda 2 toifaga ajratish mumkin: 

1.  Daliliy  ahamiyatga  ega  ma’lumotlar  manbalari  bo‘lgan  shaxslar 

(guvoh va ekspert).  Ya’ni bu shaxslar isbot qilish jarayonida faol ishtirok 

etib,  aynan  ular  tomonidan  beriladigan  daliliy  ahamiyatga  molik 

ma’lumotlar  ishning  hal  qilinishiga  jiddiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin. 

(masalan, jinoyat shohidi bo‘lgan asosiy guvohning ko‘rsatmalari, jinoyat 

ishi  bo‘yicha  ekspertiza  tayinlanishi  shart  bo‘lgan  holatlarda  –ekspert 

xulosasi). 

2.  Dalillarni  qayd  qilish  va  mustahkamlashda  ko‘maklashuvchi 

shaxslar  (mutaxassis,  tarjimon,  xolis).  Bu  toifadagi  shaxslar  esa  jinoyat 

hodisasi  bo‘yicha  obyektiv  faktik  ma’lumotlar  manbalari  bo‘lmasalarda, 

isbot  qilish  jarayonida  texnik-tashkiliy  yordam  ko‘rsatadilar.  Masalan, 

dalillarni  mustahkamlashdagi  mutaxassisning  oqilona  ko‘magi  kelgusida 

mazkur dalillarning yaroqliligi va ulardan foydalanish samarasini belgilaydi 

(masalan, voqea joyini ko‘zdan kechirish, ekspertiza uchun namuna olish, 

eksperiment,  guvohlantirish  va  boshqa  tergov  harakatlari  o‘tkazishda). 

Tarjimon  tomonidan  ko‘rsatilgan  xizmatning  ahamiyati  ham  muhim 

hisoblanib, obyektiv va to‘g‘ri tarjima talablaridan biroz chetga chiqish ham 

isbot  qilish  jarayonida  ish  mohiyatiga  jiddiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin 

(masalan, yetkazilgan zararning miqdori, jinoyat sodir etgan shaxslar soni 

borasida tarjimadagi chalkashliklar). Xolislar isbot qilish jarayonining qay 

darajada  protsessual  shaklga  muvofiq  olib  borilganligi  tasdiqlash  uchun 

ishda ishtirok etib, bir tarafdan tergov va protsessual harakatlarning qonuniy 

o‘tkazilishini  ta’minlasa,  ikkinchi  tarafdan  mazkur  haraklarning  qonuniy 

o‘tkazilganligi yuzasidan kelgusida hech bir shubhalar kelib chiqmasligini 

ta’minlaydi.  Ya’ni,  masalan,  xolisning  tergov  harakatida  ishtiroki 

ayblanuvchi  uchun  unga  nisbatan  qonunni  to‘g‘ri  tatbiq  etilishi  uchun 

kafolat  bo‘lsa,  tergovchi  uchun  esa  mazkur  tergov  harakatini  noqonuniy 



173 

 

o‘tkazilmagan  kabi  mazmundagi  turli  e'tirozlardan  kafolat  hisoblanadi. 



Jinoyat ishi bo‘yicha jalb qilinadigan yuqoridagi shaxslarning ishtirokining 

optimal samarasini ta’minlash maqsadida ularga qonunda nazarda tutilgan 

qator protsessual majburiyatlar yuklatilgan. 

Jinoyat  protsessual  qonunning  yana  bir  qat’iy  talabi  -  dalillarni 

to‘plash,  tekshirish  va  baholashda  fuqarolarning,  shuningdek  korxonalar, 

muassasalar  va  tashkilotlarning  huquqlari  hamda  qonuniy  manfaatlarini 

qo‘riqlash ta’minlashdir. Shundan kelib chiqqan holda isbotlashda quyidagi 

harakatlar taqiqlanadi: 

1) shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan yoki ularning 

sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etish; 

2) zo‘rlik, po‘pisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar bilan 

ko‘rsatma,  tushuntirish,  xulosalar  olishga,  eksperimental  harakatlarni 

bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish

3)  tungi  vaqtda,  ya’ni  kech  soat  22.00  dan  ertalab  soat  6.00  gacha 

tergov  harakatlari  olib  borish.  Tayyorlanayotgan  yoki  sodir  etilayotgan 

jinoyatning  oldini  olish,  jinoyat  izining  yo‘qolishiga  yoki  gumon 

qilinuvchining  qochib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  eksperiment  jarayonida 

tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati bo‘lgan hollar 

bundan 

mustasno 



(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  88-moddasi).  Tergov  yoki  sud  harakatlari  bilan  bog‘liq 

faoliyatni amalga oshirayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya 

va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan shifokorlardan 

tashqari  boshqa  shaxslarning  o‘zga  jinsdagi  shaxsni  yalang‘och  qilib 

yechintirish chog‘ida hozir bo‘lishlari taqiqlanadi. 

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya tergov va sud muhokamasi 

jarayonida  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi,  jabrlanuvchi  va 

boshqalarning  shaxsiy  hayotiga  doir  aniqlangan  ma’lumotlarni  oshkor 

qilmaslik  chora-tadbirlarini  ko‘rishi  shart.  Buning  uchun  shunday 

ma’lumotlar  aniqlanishi  mumkin  bo‘lgan  tergov  yoki  sud  harakatlari  olib 

borilayotganda ishtirok etadigan shaxslar doirasi cheklanadi, ishtirokchilar 

esa  ularni  oshkor  qilganlik  uchun  javobgarlik  belgilanganligi  to‘g‘risida 

ogohlantiriladilar.Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yiladigan 

narsalar va hujjatlar tegishli bayonnomalarda aniq ko‘rsatilishi kerak. Shu 

bilan  birga  narsa  yoki  hujjat  egasiga  bayonnoma  nusxasi  yoki  uning 

ko‘chirmasi  topshirilib,  tilxat  olinadi.  Ishga  aloqasi  bo‘lmagan  narsa  va 

hujjatlar  egasiga  darhol  qaytarilishi  kerak.

 

Fuqarolar  saqlashi  taqiqlangan 



narsa va hujjatlar yo‘q qilinishi yoxud ularni saqlashga vakolati bo‘lgan va 

ularni tasarruf etadigan muassasalar yoki tashkilotlarga berilishi lozim.  



174 

 

6.3. Dalillarni baholash 

 

Isbotlash  jarayonining  eng  muhim  elementi  –  dalillarni  baholashdir. 



Albatta,  jinoyat  protsessual  isbotlashning  barcha  tuzilmaviy  elementlari 

o‘rtasida  qandaydir  u  yoki  bu  darajada  aniq  chegaralar  o‘tkazish  qiyin, 

ko‘pincha  esa  mumkin  ham  emas,  chunki  ularning  barchasi  o‘zaro 

murakkab  va  yaqin  o‘zaro  bog‘liqlikda  bo‘ladi  hamda  yagona  isbotlash 

jarayonining u yoki bu tomonlarini ifoda etadi. 

Dalillarni baholash esa ularning ishonchliligini, kuchini, ish bo‘yicha 

xulosalar uchun asos bo‘lib xizmat qilishga loyiqligini aniqlash demakdir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  95-

moddasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha 

holatlarni  sinchkovlik  bilan,  to‘la,  har  tomonlama  va  xolisona  ko‘rib 

chiqishga  asoslangan  holda  qonunga  va  huquqiy  ongga  amal  qilib 

o‘zlarining  ichki  ishonchlari  bo‘yicha  dalillarga  baho  beradilar.  Jinoyat 

protsessual adabiyotda dalillarga baho berish mazmuni turlicha belgilanadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  qonuni  matnida 

protsessual ma'nodagi qarorni qabul qilish uchun, shuningdek jinoyat ishini 

hal  qilish  uchun  baholanishi  lozim  bo‘lgan  dalillarga  qo‘yilgan  talablar: 

aloqadorlik,  maqbullik,  ishonchlilik  va  yetarlilik  tushunchalari  bevosita 

bayon qilingan. 

Dalil  jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  mavjud  holatlar  haqidagi 

xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki 

narsalar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  aks  ettirgan  taqdirdagina  ishga 

aloqador deb e’tirof etiladi. 

Dalillarning  ishga  aloqadorligi  xususiyati  ularning  jinoyat  ishi 

bo‘yicha tadqiq etilayotgan holatlar bilan obyektiv bog‘liqligidan iboratdir. 

Lekin bu bog‘liqlik ish yuritish boshlanganida o‘tmishda bo‘lganligi sababli 



Dalillarni 

baholash 

– 

sudya, 



prokuror, 

tergovchi, 

surishtiruvchining  fikrlash,  mantiq  bilan  bog‘liq  faoliyati  bo‘lib,  u 

shundan iboratki, ular ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, 

har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga 

va  huquqiy  ongga  amal  qilib  o‘zlarining  ichki  ishonchlari  negizida 

isbotlash predmetiga kiradigan holatlarni aniqlash uchun har bir dalilning 

ishga  aloqadorligi,  maqbulligi  va  ishonchliligi  hamda  ular  yig‘indisi 

yetarliligi haqida ishonch hosil qilishidir. 


175 

 

isbotlash  vazifasi  ularni  qayta  tiklash,  yaratishdan  iborat  bo‘ladi. 



To‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar haqidagi 

ma’lumotlarning  ishga  aloqadorligi  har  vaqt  ayondir,  shu  boisdan  ham 

masalaning bu qismda hal etilishi jiddiy qiyinchiliklarga sabab bo‘lmaydi. 

Shuningdek, bevosita dalillarning ishga aloqadorligi ham oson aniqlanadi, 

ularning  mazmuni  tergov  qilinayotgan  hodisaga  va  ayblanuvchining 

aybdorligiga (aybsizligiga) to‘g‘ri keladi (yoki uni istisno etadi). 

Dalillar o‘z mazmuniga ko‘ra shundayki, ularning tadqiq etilayotgan 

ish holatlari bilan aloqalari mavjudligi va xususiyati doim ham aniq emas. 

Ko‘pincha  bu  aloqa  shunday  murakkabki,  tergov  va  sud  organlarining  u 

yoki  bu  protsessual  manbada  bo‘lgan  aniq  ma’lumotlarning  hamda 

aniqlanayotgan isbotlash fakti bilan bog‘liqligini, alohida isbotlash faktlari 

o‘rtasidagi aloqani aniqlashiga, gohida esa maxsus asoslab berishiga to‘g‘ri 

keladi. Dalil va ishning moddiy-huquqiy holatlari o‘rtasida aloqa mavjudligi 

xolisona tasdiqlangan hollarda bu haqiqiy ma’lumotlar ishga aloqador deb 

e’tirof  etiladi,  mohiyatiga  ko‘ra  baholanadi  hamda  ish  bo‘yicha  tegishli 

protsessual xulosalar va qarorlar asosini tashkil etadi. 

Dalillarning  ishga  aloqadorligi  to‘g‘risidagi  qoidaning  mohiyati 

isbotlash  chegarasi  ishni  hal  qilish  uchun  jiddiy  holatlar  doirasi  bilan 

cheklanganidadir. Jinoyat-protsessual qonuni bu masalani hal qilish uchun 

asosni  yaratib,  u  umumiy  ko‘rinishda  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  isbotlash 

predmetini  belgilaydi.  Ishga  taalluqli  bo‘lgan  barcha  dalillar  doirasidan, 

birinchi navbatda, tergov qilinayotgan hodisa bor yoki yo‘qligini, uni sodir 

etganlikda  ayblanayotgan  shaxsning  aybdorligi  yoki  aybsizligini 

ko‘rsatadigan haqiqiy ma’lumotlarni ajratish lozim. 

Bu  dalillar  shaxs  tomonidan  muayyan  harakatlar  qasddan, 

ehtiyotsizlik  tufayli  yoki  tasodifan  sodir  etilganligi  to‘g‘risida  jinoyat 

protsessual isbotlashning markaziy savoliga javob berishga imkon beradi: 

bu harakatlar jinoiy xususiyatga yoki jinoiy bo‘lmagan xususiyatga egami? 

Bu harakatlarning, shuningdek ayblanuvchilarning javobgarlik darajasi va 

xususiyatiga ta’sir etuvchi qator holatlarning mazmuni jinoyat  protsessual 

normalar orqali ochib beriladi.  

Dalillar belgilangan tartibda to‘plangan va O‘zbekiston Respublikasi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  88,  90,  92-94-

moddalarida  nazarda  tutilgan  shartlarga  muvofiq  bo‘lsagina,  ular  maqbul 

deb  e’tirof  etiladi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 95-moddasi 3-qismi). 

 

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling