Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53

2-kazus 

2014-yilning  22-aprel  kuni  kech  tungi  soat  04:15  larda  fuqaro 

Sarvarov  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan  “Matiz”  rusumli  davlat  raqami  01A  586 

AA  bo‘lgan  avtomashinasida  Toshkent  shahar  Mirobod  tumanida 

joylashgan  Mustaqillik  va  Shaxrisabz  ko‘chalari  kesishgan  chorrahadan 

svetoforning  qizil  chirog‘ida  harakatlanib,  chorrahani  kesib  o‘tayotgan 

vaqtida,  uning  o‘ng  tomonidan  svetoforning  yashil  chirog‘ida  chorrahani 

kesib  o‘tayotgan  fuqaro  Ayubov  boshqaruvidagi  “Lasetti”  rusumli  davlat 

raqami 01 I 252 VA bo‘lgan avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan va 

to‘qnashuv  natijasida  har  ikkala  avtomashina  haydovchilari  o‘rtacha 

og‘irlikda  tan  jarohatlari  olib,  gospitalizatsiya  qilinganlar.  Ushbu  hodisa 

tungi vaqtda sodir bo‘lganligi sababli, hodisa shohidlari bo‘lmagan. Tergov 

jarayonida har ikkala haydovchi ham o‘zini chorrahaga yashil chiroqda kirib 

kelganligini ma’lum qilishgan. Lekin dastlabki berilgan tushuntirish xatiga 

va  tayinlangan  sudga  oid  avtotexnika  ekspertizasiga  asosan  tergovchi 

Sarvarovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-

qismi  bilan  ayb  e’lon  qilib,  jinoyat  ishini  ayblov  xulosasi  bilan  sudga 

yuborgan. Ushbu jinoyat ishi sud majlisida mazmunan ko‘rib chiqilayotgan 

vaqtda  sudlanuvchi  Sarvarovning  himoyachisi  iltimosnoma  bilan  bir  SD 

diskni  taqdim  qilgan.  Ushbu  SD  diskda  chorraha  burchagida  joylashgan 

“Asaka  Bank”  amaliyot  boshqarmasi  binosida  o‘rnatilgan  video  kuzatuv 

kamerasidan yozib olingan videolavhalar mavjudligi va sodir bo‘lgan yo‘l 



159 

 

transport  hodisasi  suratga  olinganligi  aniqlangan.  Ushbu  videolavhaga 



ko‘ra,  chorrahaga  qizil  chiroqqa  Sarvarov  emas,  balki  Ayubov  kirib 

kelganligi aniqlangan.  



Tergovchi yuqoridagi holat bo‘yicha dalillarni to‘plashda qanday 

tergov  harakatlarini  amalga  oshirish  mumkin?  Sud  tomonidan 

dastlabki  tergovda  olingan  dalillarni  sud  tomonidan  baholash 

mezonlarini tahlil qiling.  

               



 MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 

 

1. MDH davlatlarida va boshqa xorijiy davlatlarda isbotlash huquqini 

ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

2.  Xorijiy  davlatlarda  dalil  turlari  va  manbalarini  ochib  bering.  Ish 

shakli – nazorat ishi (esse). 

3.  Turli  davlatlarda  dalillarga  qo‘yilgan  talablarni  tahlil  qiling.  Ish 

shakli – nazorat ishi (esse). 


160 

 

VI BOB. ISBOT QILISHNING UMUMIY SHARTLARI 



(Muallif – yuridik fanlar nomzodi, dots. S.M.Raxmonova

 

Annotatsiya:  Talabalar  tomonidan  mazkur  mavzuning  o‘rganilishi 

jinoyat  protsessida  isbot  qilish  jarayonining  mazmun  va  mohiyati,  isbot 

qilishning  umumiy  shartlari,  isbotlash  subyektlari,  isbotlash  majburiyati, 

dallilarni  to‘plash,  tekshirish  va  baholash  elementlari  to‘g‘risida  zaruriy 

bilim va ko‘nikmalar shakllantirishga xizmat qiladi. 

 

6.1. Isbotlash va uning elementlari 

 

Isbotlash  -  ishni  qonuniy,  asoslangan  va  adolatli  hal  qilish  uchun 



ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida 

dalillarni  to‘plash,  tekshirish  va  baholashdan  iboratdir  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 85-moddasi). 

Jinoyat  ishlari  yurituvida  amalga  oshirilayotgan  bilish  isbot  qilish 

shaklida olib boriladi, u o‘zida murakkab jarayonni mujassam etib, alohida 

elementlardan tashkil topgan. Ular esa o‘z navbatida jinoyat protsessining 

har bir bosqichida isbot qilishning tartibi, usullari, vositalari  va shartlarini 

belgilab beradi. 

 

 

 



 

 

 



Isbotlash  haqiqatni  aniqlashga  xizmat  qiladi.  Jinoyat  ishlarini  sudda 

yuritishdagi  haqiqat  –  tergov  va  sud  xulosalarining  xolisona  voqelikka 

muvofiqligini amalda tekshirilgan fikridir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  protsessual  kodeksining  2-

moddasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun har bir muayyan 

holda tergov qilinadigan yoki hal qilinadigan jinoyat ishi bo‘yicha isbotlash 

predmetiga  kiradigan  barcha  holatlarni  voqelikka  to‘la  muvofiq  holda 

aniqlash lozim. 

Ishning haqiqiy holatlarini isbotlash muammolari jinoyat protsessual 

nazariyaning  hamda  jinoyat  protsessida  jinoyatlarning  tergov  qilinishi  va 

ochilishini  amalga  oshiradigan  vakolatli  davlat  organlari  va  mansabdor 

shaxslarning  protsessual  faoliyati  negizini  tashkil  etadi.  Shu  munosabat 



Isbot  qilish  –  jinoyat  ishi  bo‘yicha  dalillarni  olishga  qaratilgan 

harakatlar  tizimidir.  U  jinoyat  protsessini  harakatlantiruvchi  kuch 

bo‘lib, u protsessning bir bosqichidan ikkinchisiga tadrijiy o‘tishini to 

jinoyat ishi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar ta'minlaydi.

 


161 

 

bilan isbotlash maqsadi, vositalari, usullari va elementlari, uning mohiyati, 



predmeti va chegarasi kategoriyalari doimo jinoyat protsessual huquqi fani 

e’tibor markazida bo‘lib keladi. 

 

 

 



 

 

 



Isbot qilish jarayonini faktik ma’lumotlarni mexanik tarzda to‘plash 

deb,  tushunmaslik  lozim,  zero  isbot  qilish  –  bu  har  qanday  emas,  balki 

aynan muayyan jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan faktlarni 

maqsadli qidirish, ularni oqilona anglash va protsessual qayd etishdir. 

Bu kategoriyani tadqiq etishda ta’kidlash zarurki, isbot qilish faqat 

tafakkur  faoliyatigagina  emas,  balki  ish  uchun  ahamiyatli  holatlarni 

aniqlashga qaratilgan amaliy harakatlardan tashkil topgan bo‘lib, jinoyat 

ishi bo‘yicha yakuniy qarorni asoslash bilan tugallanadi. 

Isbot qilish jarayoni elementlarini yoritmay, bu ish uchun ahamiyatli 

holatlarni  aniqlash  bo‘yicha  vakolatli  shaxslarning  qonunda  ko‘zda 

tutilgan faoliyati ekanligi bayon etgan soddalashgan ta’riflar ham mavjud. 

Isbotlash  jarayoni  murakkab  ichki  tuzilmaga  ega  bo‘lib,  u  

3 darajada namoyon bo‘ladi: axborot, mantiqiy va yuridik.  

Axborot darajasida isbot qilish muayyan dalillarni to‘plash tekshirish 

va  baholashdan  iborat.  Isbot  qilishning  bu  kabi  ko‘rinishida  isbot  qilish 

subyekti daliliy ma’lumot manbasi bilan bevosita munosabatga kirishadi 

va  buning  natijasida  jinoyat  ishi  bo‘yicha  dalillar  majmui  shakllanadi. 



Mantiqiy  isbotlash  -  bu  ish  bo‘yicha  to‘plangan  dalillar  majmuiga  baho 

berish  orqali  aniqlanayotgan  faktlar  yuzasidan  xulosalarni  asoslantirish 

demakdir.  Mantiqiy  isbotlashga  misol  qilib,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasi 1-qismini keltirish mumkin, unga 

binoan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat 

sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga 

va  qonuniy  kuchga  kirgan  sud  hukmi  bilan  aniqlangunga  qadar  aybsiz 

hisoblanadi”.  Mantiqiy  darajada  isbot  qilish  protsessual  hujjatlarda 

(ayblov  xulosasi,  hukm),  iltimosnomalar  va  raddiyalarda  asoslantirish 

orqali  namoyon  bo‘ladi.  Isbot  qilishning  yuridik  darajasida  axborot  va 

mantiqiy isbot qilishning samarsiz natijalarini inobatga olgan holda isbot 

qilish  subyekti  tomonidan  prezumpsiya  va  preyuditsiyalar  qo‘llaniladi. 

Xususan,  aybsizlik  prezumpsiyasiga  binoan  isbotlanmagan  ayb 

Isbotlash jarayoni – jinoyat protsessual qonun asosida haqiqatni 

aniqlash va jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilish uchun obyektiv voqelikning 

faktlarini  dalillar  yordamida  isbotlash,  bilish  va  hujjatli  qayd  etish 

bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatdir.

 


162 

 

isbotlangan aybsizlikka tenglashtiriladi.  



Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror,  sudya,  sud  o‘z  vakolatlari 

doirasida isbotlashni amalga oshiradilar. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, 

sudlanuvchi,  himoyachi,  jamoat  ayblovchisi  va  jamoat  himoyachisi, 

shuningdek  jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar  va  fuqaroviy  javobgar 

hamda ularning vakillari isbotlashda ishtirok etish huquqiga ega. 

Dalillarni  to‘plash  va  tekshirishda  ishtirok  etishga  ekspertlar, 

mutaxassislar,  xolislar  va  boshqa  shaxslar  jalb  etilib,  ular  qonunda 

belgilangan  muayyan  protsessual  majburiyatlarni  bajaradilar.  Dalillarni 

to‘plash  va  tekshirish:  so‘roq  qilish,  yuzlashtirish,  tanib  olish  uchun 

ko‘rsatish,  olib  qo‘yish,  tintuv,  ko‘zdan  kechirish,  eksperimentlar, 

ekspertizalar  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksida  nazarda  tutilgan  boshqa  tergov  va  sud  harakatlarini  o‘tkazish 

yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

Jinoyat protsessida isbotlash – surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, 

sud  tomonidan  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi,  himoyachi  va  tegishli 

huquqlarga ega hamda zimmasida ma’lum majburiyatlar bo‘lgan boshqa 

shaxslar ishtirokida amalga oshiriladigan jinoyat ishi holatlarini bilishning 

protsessual shaklidir. 

Albatta, jinoyat ishlari yurituvi uchun mas’ul organlar va mansabdor 

shaxslar  isbot  qilishda  muhim  rol  o‘ynaydi,  zero  aynan  isbotlash 

majburiyati  yuklatilgan  subyektlar  tomonidan  dalillarga  baho  berish  ish 

uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.  

Isbotlash  subyektlari  o‘tmishda  sodir  bo‘lgan  hodisani  u  haqidagi 

dalillar beradigan axborot orqali bilishi mumkin bo‘lib, dalillar isbotlash 

majburiyati yuklatilgan shaxs ongi hamda aniqlanayotgan jinoyat hodisasi 

o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘inga aylanadi. 

Jinoyat  hodisasini  tashkil  qilgan  faktlar  tizimi  jinoyat  ishi  yurituvi 

paytiga kelib o‘tmishga aylanadi shu boisdan ham uni tergovchi, prokuror, 

sudya bevosita idrok eta olmaydi. Jinoyat hodisasini shartli ravishda yaxlit 

bir  “zanjir”  deb  tasavvur  etsak,  u  bir  qancha  qismlarga  -  faktlarga 

«parchalanib»  uzuq-yuluq  holatda  bo‘ladiki,  ularning  ayrimlari  mavjud 

bo‘lmaydi, ayrimlari esa birlamchi sifat xususiyatlarini yo‘qotgan bo‘ladi, 

mavjud bo‘lganlari esa jinoyat hodisasining to‘liq manzarasini bermaydi. 

Jinoyat  hodisasini  faqat  mavjud  faktlar  asosida  idrok  etish  va  aniqlash 

isbotlash subyektidan ko‘p mehnat, kasbiy mahorat, xolislik va  qat’iylik 

talab etadi. 

Sodir etilgan jinoyat holatlarini bilish, pirovardida esa ish bo‘yicha 

xolisona  haqiqatni  aniqlash  jinoyat  protsessual  isbotlash  yo‘li  bilan 


163 

 

amalga  oshiriladi.  Albatta,  bu  narsa  tadqiq  etish  asosida  yuzaga  keladi. 



Uning zamirida obyektiv voqelikni bilish yotadi. 

Jinoyat  protsessual  isbotlashda  bilish  jarayonining  ikki  tomoni: 

o‘ziga mantiqiy va ruhiy xususiyatlarga monand fikrlash hamda qonunda 

nazarda  tutilgan  protsessual  harakatlarga  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  87-moddasi.)  asoslangan  amaliy  tomon 

hamohangdir. 

Jinoyat  protsessual  isbotlash  jarayoni  quyidagi  tarkibiy  qismlarga 

ajratiladi: dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash. Bunda ular, odatda, 

protsessual  isbotlash  bosqichlari  deb  ataladi.  Lekin  etimologik  jihatdan 

«bosqich»  so‘zi  biror-bir  jarayonning  rivojlanishida  ma’lum  bir  davrni 

anglatadi.  Jinoyat  protsessiga  nisbatan  biz  uning  har  bir  bosqichida  – 

jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida, u bo‘yicha dastlabki tergov yuritish 

bosqichida,  sud  muhokamasi  bosqichida  va  hokazolarda  protsessual 

isbotlash haqida fikr yuritishimiz mumkin. 

«Isbotlash  bosqichi»  tushunchasi  isbotlashning  tashqi  yo‘nalishini 

ta’riflash, uning ish bo‘yicha xolisona haqiqatni aniqlashda eng salmoqli 

chegaralarini ajratish bilan bog‘liqdir. Lekin har qanday bunday bosqichda 

protsessual  faoliyat  va  tegishli  protsessual  munosabatlar  mavjud  bo‘lib, 

ular  jinoyat  protsessual  isbotlashning  ichki  tuzilishini  tashkil  qiladigan 

dalillarni  to‘plash,  tekshirish  va  baholash  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bunday 

tuzilishi  jinoyat  ishi  harakatlanishining  barcha  bosqichlarida  yagonadir 

(dalillar jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki bosqichda, misol 

uchun,  sud  muhokamasida  ham  to‘planadi,  tekshiriladi  va  baholanadi). 

Shu  bilan  birga  u  barcha  jinoyat  ishlari  uchun  ham  yagonadir,  chunki 

bunday faoliyat ijtimoiy xavflilik darajasi hamda boshqa tavsiflardan qat’i 

nazar  odam  o‘ldirish  va  nomusga  tegish,  o‘g‘irlash  va  talonchilik, 

bezorilik  va  boshqa  jinoyatlar  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha  amalga 

oshiriladi.  Lekin  yuqorida  ta’kidlanganlar  bilan  jinoyat  protsessual 

isbotlashning mazmuni chegaralanib qolmaydi. 

Ish  bo‘yicha  qarorlarni  asoslash  jinoyat  protsessual  isbotlashning 

mustaqil  elementi  bo‘lmasada,  tuzilmaviy  nuqtayi  nazaridan  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

Chunki protsessual isbot qilish pirovardida to‘plangan, tekshirilgan 

va  baholangan  dalillar  (ular  yig‘indisi)  asosida  qabul  qilinadigan 

protsessual  mazmundagi  xulosa  va  qarorlardir.  Masalan,  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga binoan tergovchi tergov 

qilinayotgan  jinoyat  jinoiy  javobgarlik  vujudga  keladigan  yoshga 

to‘lmagan  shaxs  tomonidan  sodir  etilganini  ishdagi  dalillar  asosida 



164 

 

aniqlasa, jinoyat ishi yuritilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga 



majbur.  To‘plangan  dalillar  majmui  qilmishda  muayyan  jinoyat 

tarkibining  barcha  konstruktiv  elementlari,  shu  jumladan,  uni  sodir 

etganlikda  ma’lum  bir  shaxsning  aybliligini  tasdiqlasa,  tergovchi  bu 

shaxsni jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish haqida qaror qabul qiladi 

va  hokazo.  Mazkur  qoida  jinoyat  ishlari  yurituvini  amalga  oshirish 

yuzasidan  sud  faoliyatiga  ham  taalluqlidir.  Shunday  qilib,  xulosa  qilish 

mumkinki, tergov (sud) taxminlarining tuzilishi va dinamik rivojlanishi, 

har  bir  taxmin  bo‘yicha  dalillar  hamda  ularning  manbalarini  to‘plash, 

to‘plangan  dalillar  va  ularning  manbalarini  tadqiq  etish  (tekshirish), 

mavjudlarini  (dalillarni  va  ularning  manbalarini)  baholash,  ish  bo‘yicha 

boshqa  xulosa  va  qarorlarni  shakllantirish  jinoyat  protsessual 

isbotlashning ehtimoliy elementlari sifatida xizmat qiladi. 

Demak, 

jinoyat 


protsessual 

isbotlash 

tuzilishida 

muhim 


elementlardan  biri  –  haqiqiy  ma’lumotlarni  baholash  hisoblanib,  ular 

asosida  surishtiruvchi,  tergovchi,  sud  qonunda  belgilangan  tartibda 

ijtimoiy  xavfli  qilmishning  mavjud  yoki  yo‘qligini,  bu  qilmishni  sodir 

etgan shaxsning aybdorligini, ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega 

bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlaydi. Ularsiz biror-bir protsessual qarorni 

qabul qilish, shu qatorda, sud hukmini chiqarish mumkin emas. 

 

 

 



 

 

 



 

Shu maqsadda isbotlash majburiyati yuklatilgan vakolatli organlar va 

mansabdor  shaxslar  qonunda  ro‘yxati  hamda  yuritilish  tartibi  ko‘zda 

tutilgan  tergov  va  sud  harakatlarini  amalga  oshirishga  haqli  (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  87,  96-202-moddalari). 

Dalillarni  to‘plash  nafaqat  ularni  topishni,  balki  qonunda  belgilangan 

tartibda ularni qayd etishni ham nazarda tutadi (O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 90-92, 106, 131, 134, 141, 147, 156, 163, 

171-moddalari  va  boshqalar).  Bayonnomalar  yuritish  uchun  mas’uliyat 

sudga  qadar  bosqichda  surishtiruvchi  va  tergovchiga  sudda  esa,  raislik 

qiluvchi  va  sud  majlisi  kotibi  zimmasiga  yuklatiladi  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90-moddasi 2-qismi). 

 

 

Dalillarni  to‘plash  –  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror,  sud 



tomonidan daliliy axborotni topish, talab qilib olish, qabul qilib olish va 

protsessual  qayd  etishga  hamda  qonunda  nazarda  tutilgan  protsessual 

harakatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. 


165 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Dalillar tergov va sud harakatlari o‘tkazishdan tashqari talab qilib olish 

orqali  ham  to‘planadi.  Jumladan,  surishtiruvchi,  tergovchi  prokuror 

tomonidan davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, 

muassasalar  va  tashkilotlarga  topshiriq  va  so‘rovlar  yuborish  yo‘li  bilan 

jinoyat  ishi  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  ma’lumotlar  olinadi.  Lekin  mazkur 

turdagi  dalil  to‘plash  natijasi  tergov  va  sud  harakatlari  kabi 

kafolatlanmagan. Chunki mazkur protsessual  talabning barcha tashkilotlar 

uchun  majburiyligi  belgilangan  bo‘lsa-da,  uning  bajarilmaganligi  uchun 

javobgarlik  jinoyat  protsessiga  jalb  qilingan  shaxslarga  nisbatangina 

qo‘llaniladi. 

Jinoyat-protsessual  kodeksiga  2008-yil  31-dekabrda  kiritilgan 

o‘zgartirish  va  qo‘shimchalarga  binoan  hozirda  himoyachi  ham  dalil 



DALILLAR TO‘PLASH  

(JPKning 87-moddasi) 

 

Dalillar  tergov  va  sud  harakatlarini 

yuritish: 

gumon 


qilinuvchini, 

ayblanuvchini,  sudlanuvchini,  guvohni, 

jabrlanuvchini,  ekspertni  so‘roq  qilish; 

yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish; 

ko‘rsatuvni  hodisa  ro‘y  bergan  joyda 

tekshirish;  olib  qo‘yish;  tintuv;  ko‘zdan 

kechirish; 

guvohlantirish; 

murdani 

eksgumatsiya qilish; eksperiment o‘tkazish; 

ekspertiza  tadqiqotlarini  o‘tkazish  uchun 

namunalar  olish;  ekspertiza  va  taftish 

tayinlash;  taqdim  etilgan  ashyolar  va 

hujjatlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa 

so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  borilgan 

so‘zlashuvlarni eshitish, shuningdek tezkor 

qidiruv  tadbirlarini  o’tkazish  yo‘li  bilan 

to‘planadi.

 

Himoyachi 



dalillar 

sifatida 

foydalanilishi 

mumkin 


bo‘lgan 

ma’lumotlarni: ishga taalluqli axborotga 

ega  bo‘lgan  shaxslarni  so‘rovdan 

o‘tkazish  hamda  ularning  roziligi  bilan 

yozma  tushuntirishlar  olish;  davlat 

organlariga  va  boshqa  organlarga, 

shuningdek  korxonalar,  muassasalar  va 

tashkilotlarga  so‘rov  yuborish  hamda 

ulardan 

ma'lumotnomalar, 

tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa 

hujjatlarni olish orqali to‘plashga haqli. 

 

Himoyachining qonunga muvofiq to‘plangan 



materiallarni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi 

iltimosnomasi 

surishtiruvchi, 

tergovchi, 

prokuror  tomonidan  albatta  qanoatlantirilishi 

kerak. 


 

 


166 

 

to‘plash subyekti sifatida faoliyat yurita oladi. Jumladan, himoyachi dalillar 



sifatida  foydalanilishi  mumkin  bo‘lgan  ma’lumotlarni:  ishga  taalluqli 

axborotga  ega  bo‘lgan  shaxslarni  so‘rovdan  o‘tkazish  hamda  ularning 

roziligi  bilan  yozma  tushuntirishlar  olish;  davlat  organlariga  va  boshqa 

organlarga,  shuningdek  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarga  so‘rov 

yuborish  hamda  ulardan  ma’lumotnomalar,  tavsifnomalar,  tushuntirishlar 

va  boshqa  hujjatlarni  olish  orqali  to‘plashga  haqli.  Himoyachining 

to‘plangan materiallarni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomasi 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  tomonidan  albatta  qanoatlantirilishi 

kerak  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  87-

moddasi 2-3 qismi). 

Demak, 

himoyachi 



himoya 

pozitsiyasini 

shakllantirish 

va 


mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan daliliy ma’lumotlarni to‘plash va ularni 

jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishini talab qilish kabi protsessual 

imkoniyatlarga  ega.  Bu  esa  ish  materiallarida  nafaqat  ayblovchi,  balki 

oqlovchi dalillar qayd qilinishini, natijada esa sudga qadar ayblov va himoya 

tarafining  dastlabki  tortishuvni  ta’minlaydi.  Shu  bilan  birgalikda 

tergovchiga  alohida  mas’uliyat  yuklaydiki,  u  dalillar  bazasini  himoya 

taqdim  etgan  versiya  nuqtayi  nazaridan  tadqiq  etishi  zarur.  Bu  qoidaning 

protsessual  tasdig‘ini  ayblov  xulosasiga  qo‘yilgan  talablarda  kuzatish 

mumkin.  Ya’ni,  ayblov  xulosasining  tavsif  qismida  dastlabki  tergovda 

aniqlangan  holatlar:  jabrlanuvchi,  shuningdek  ayblanuvchi  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar; 

ayblanuvchining 

aybdorligini 

tasdiqlovchi 

dalillar, 

ayblanuvchining  o‘zini  himoya  qilish  uchun  keltirgan  vajlari  va  ularni 

tekshirish  natijalari  bayon  qilinadi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksi 379-moddasi 2-qismi). 

 

 

 



 

 

 



 

Tekshiruv  qo‘shimcha  dalillarni  to‘plashdan  iborat  bo‘lib,  ular 

tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  94-moddasi).  Dalillarni 

tekshirish  qo‘shimcha  so‘roq,  yuzlashtirish,  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish, 

ekspertiza  tayinlash  kabi  tergov  harakatlari  orqali  amalga  oshirilishi 

mumkin. 

Dalillarni  tekshirishning  quyidagi  belgilarini  alohida  ta’kidlash 



Dalillarni  tekshirish  –  jinoyat  ishi  holatlarini  to‘g‘ri  aniqlash 

uchun  haqiqiy  ma'lumotlarning  ishonchliligini  hamda  ular  olingan 

manbalarning  sifatini  sinchkovlik  bilan,  har  tomonlama  va  xolisona 

aniqlash  bo‘yicha  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sudning 

faoliyatidir. 

 


167 

 

mumkin: 



-

 

dalil to‘plash natijasida olingan ma’lumotlar turini aniqlash: shaxslar 



bergan xabarlar (shaxsiy) yoki ma’lumot manbasi narsa va buyumlar 

(ashyoviy); 

-

 

olingan dalilni to‘plash usuli va uslubini aniqlash; 



-

 

mazkur usul va uslublarni qo‘llash vaqti va joyi; 



-

 

ularning maqbulligi shartlariga rioya qilinganligini aniqlash  



-  isbotlash  ishtirokchilarning  shaxsiy  manfaatlari  doirasiga  asossiz 

aralashishga va ularning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlari buzilishiga 

yo‘l qo‘ymaslik choralari; 

- isbot qilish ishtirokchilari doirasini belgilash. 

Dalillarni  tekshirish  protsessning  barcha  bosqichlarida  amalga 

oshiriladi.  Haqiqiy  ma’lumotlar  ham,  ular  olingan  manbalar  ham,  har  bir 

dalil alohida ham, shuningdek boshqa mavjud dalillar bilan birgalikda ham 

tekshirilishi lozim. Dalillarni tekshirishni  protsessual qarorlar qabul qilish 

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslar  amalga 

oshiradi.  Protsessning  boshqa  subyektlari  dalillarni  tekshirishda  faqat 

ishtirok etadilar. Dalillar protsessual harakatlar yuritish yo‘li hamda mantiq 

yo‘li  (dalillar  mazmunini  tahlil  qilish,  tekshirilayotgan  dalilni  ishdagi 

boshqa dalil bilan taqqoslash, yangi dalillar olish) bilan tekshiriladi. 

Har  bir  dalil  ishga  aloqadorligi,  maqbulligi  va  ishonchliligi  nuqtayi 

nazaridan baholanishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining 95-moddasi).  



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling