Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin


Download 188.96 Kb.
bet1/12
Sana20.12.2022
Hajmi188.96 Kb.
#1034006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Falsafiy dunyoqarashning o\'z o\'zini anglashdagi ro\'li



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR YO‘NALISHI

_______________________________________” fanidan




MUSTAQIL ISH
Bajardi: Anorbayev Azam
Qabul qildi: ________________
Toshkent-2021

Mavzu: Falsafiy dunyoqarashning o‘z-o‘zini anglashdagi ro‘li
Reja:



  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1. Falsafiy dunyoqarash tushunchasi
2. Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo‘nalishlari
3. Falsafiy dunyoqarashning o‘z-o‘zini anglash
4. Falsafa dunyoqarash va nazariy tafakkur sifatida
5. Falsafa tarixiy davrning o‘z-o‘zini idrok qilish sifatida
6. Falsafa aksiologiya,tanqid,bashoratlash va loyihalash sifatida

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.
Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta`sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg’u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo’lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy hususiyati, madaniy saviyasi, shahsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o’z ifodasini topadi.Masalan, bugungi o’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta`sir ko’rsatmoqda.
Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning hususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi.

Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me`yor, diniy qadriyat, huquqiy hujjat va siyosiy mehanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o’zicha nisbatan mustaqil bo’lgan har bir yo’nalishi o’ziga hos boshqarish usuliga ega bo’ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo’naltirish uchun ahloq uning aql-zakovatiga; din — iymon-e`tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga tayanadi va o’ziga hos ta`sir yo’nalishlariga ega bo’ladi.





Download 188.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling