Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


 Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53

4.2. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining  

ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar 

 

Jamoat  birlashmasi  yoki  jamoa  vakilining  ishda  ishtirok  etishiga 



monelik  qiladigan  holatlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksi 77-moddasida belgilangan. 

U  havolaki  norma  bo‘lib,  unga  ko‘ra,  jamoat  ayblovchisi,  jamoat 

himoyachisi  va  jamoat  birlashmasi  yoki  jamoaning  boshqa  vakillari 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  76-moddasida 

nazarda tutilgan sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining 

va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar 

mavjud  bo‘lgan  taqdirda  ishda  ishtirok  etishga  haqli  emaslar  va  rad 

qilinishlari lozim. 

Demak, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi va jamoat birlashmasi 

yoki  jamoaning  boshqa  vakillari  shu  ish  bo‘yicha  jabrlanuvchi,  fuqaroviy 

da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, 

himoyachi 

sifatida, 

gumon 

qilinuvchining, 



ayblanuvchining, 

sudlanuvchining  qonuniy  vakili  yoki  jabrlanuvchining,  fuqaroviy 

da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki 

ilgari  ishtirok  etgan  bo‘lsa;  u  ushbu  ishni  yuritish  uchun  mas’ul  bo‘lgan 

biror  mansabdor  shaxsning  yoki  yuqorida  ko‘rsatilgan  shaxslarning 

qarindoshi bo‘lsa; uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan 

boshqa  holatlar  mavjud  bo‘lsa  ishda  ishtirok  etishga  haqli  emaslar  va  rad 


126 

 

qilinishlari lozim. 



 

4.3. Ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolisning ishda ishtirok etishiga 

monelik qiladigan holatlar 

 

Ekspert,  mutaxassis,  tarjimon  va  xolisning  ishda  ishtirok  etishiga 



monelik  qiladigan  holatlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 78-moddasida belgilangan. 

Unga  muvofiq, ekspert,  mutaxassis,  tarjimon, xolis quyidagi hollarda 

jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim:  

1)  shu  ish  bo‘yicha  jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy 

javobgar, 

guvoh, 

himoyachi 



sifatida, 

gumon 


qilinuvchining, 

ayblanuvchining,  sudlanuvchining  qonuniy  vakili  yoki  jabrlanuvchining, 

fuqaroviy  da’vogarning,  fuqaroviy  javobgarning  vakili  sifatida  ishtirok 

etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa;  

2)  ushbu  ishni  yuritish  uchun  mas’ul  bo‘lgan  biror  mansabdor 

shaxsning yoki yuqorida ko‘rsatilgan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;  

3)  uning  xolisligiga  va  beg‘arazligiga  shubha  tug‘diradigan  boshqa 

holatlar mavjud bo‘lsa;  

4)  ishda  ishtirok  etayotgan  shaxslardan  birortasiga  xizmat  yuzasidan 

yoki  boshqa  jihatdan  tobe  bo‘lsa.  Xizmat  yuzasidan  tobelik  deganda, 

ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolisning jinoyat ishini yuritayotgan  mas’ul 

mansabdor shaxsga xizmat nuqtayi nazaridan qaramligi, u bilan bo‘ysunuv 

munosabatida  ekanligi,  mehnat  shartnomasiga  asosan,  xizmat  vazifasiga 

ushbu  shaxsning  xizmat  yuzasidan  beradigan  topshiriqlarini  bajarishi 

tushuniladi.  Xizmat  yuzasidan  tobelik  tabiiyki,  ekspert,  mutaxassis, 

tarjimon,  xolisning  mustaqilligiga  hamda  xolisligiga  shubha  tug‘diradi. 

Boshqa jihatdan tobelik deganda, qarzdorligi, fuqaroviy shartnoma asosida 

topshiriq  bajarayotganligi  yoki  shu  kabi  mazkur  shaxs  bilan  bo‘ysunuv 

aloqalarida bo‘lishini ta’minlovchi munosabatda bo‘lishi tushuniladi; 

5) ekspert, mutaxassis, tarjimonning o‘z kasbiga noloyiqligi ayon bo‘lib 

qolsa, xolislar esa, ichki ishlar organi, milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, 

adliya yoki sud xodimi bo‘lsalar. O‘z kasbiga noloyiqligi deganda, ekspert, 

mutaxassis,  tarjimonning  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sudya 

tomonidan  qo‘yilayotgan  savollarga  fikr  yoki  xulosa  berishga,  taqdim 

etilayotgan matnni yoki tarjima qilinishi lozim bo‘lgan tilni to‘g‘ri va aniq 

tarjima  qilishga  qobiliyatsizligi  tushuniladi.  Bunga  ekspert,  mutaxassis, 

tarjimonning  aynan  ushbu  tor  soha  bo‘yicha  malakasizligi  yoki 


127 

 

qo‘yilayotgan  masala  bo‘yicha  fikr,  xulosa  berishga  ojizligi  kabi  omillar 



sabab bo‘lishi mumkin;  

6) materiallari ishning qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan taftish yoki o‘zga 

idoraviy  tekshiruv  o‘tkazgan  shaxs  ushbu  ishda  ekspert  yoki  mutaxassis 

sifatida  ishtirok  etishga  haqli  emas.  Ma’lumki,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  321-moddasiga  muvofiq,  surishtiruvchi, 

tergovchi,  prokuror  o‘z  vakolatlari  doirasida  jinoyat  sodir  etilganligi 

to‘g‘risida sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda jinoyat 

ishini  qo‘zg‘atishi  shartdir.  Bunda  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar, 

jamoat  birlashmalari  va  mansabdor  shaxslar  bergan  xabarlar  ham 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga 

muvofiq,  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish  uchun  sabab  bo‘ladi.  O‘z  navbatida 

jinoyat  belgilari  mavjudligini  ko‘rsatuvchi  ma’lumotlar  jinoyat  ishini 

qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi. Bunda materiallari ishning qo‘zg‘atilishiga 

asos bo‘lgan taftish yoki o‘zga idoraviy tekshiruv o‘tkazgan shaxs tabiiyki 

o‘z  tekshiruvining  to‘g‘riligiga  amin  bo‘ladi  hamda  ayrim  hollarda  yo‘l 

qo‘ygan xatosini ko‘ra olmaydi yoki yopishga harakat qiladi. Shu bois, ham 

qonun  chiqaruvchi  ushbu  shaxslarning    mazkur  ish  bo‘yicha  ekspert  yoki 

mutaxassis sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi.  

Ishda  mutaxassis  sifatida  ishtirok  etgan  shaxs  kelgusida  ushbu  ish 

bo‘yicha ekspert qilib tayinlanishi ham mumkin hisoblanadi. Mutaxassis ish 

bo‘yicha fikr beradi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya zarur 

hollarda, ish bo‘yicha qo‘yilgan topshiriqni yanada chuqurroq va to‘liqroq 

o‘rganish zaruriyati tug‘ilsa, mutaxassisni ekspert sifatida jalb etish va o‘z 

tadqiqotini  yanada  to‘ldirib,  ekspertlik  xulosasini  berishni  taklif  qilishi 

mumkin hisoblanadi. 

 

4.4. Himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy 

javobgar vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar 

 

Himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar 



vakilining  ishda  ishtirok  etishiga  monelik  qiladigan  holatlar  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 79-moddasida belgilangan. 

Advokat  ishda  ishtirok  etish  haqida  bitim  tuzilgan  yoki  tayinlangan 

vaqtdan boshlab, o‘z vazifalarini bajarishni rad etishga haqli emas, ushbu 

qoidadan  istisno  tariqasida  faqatgina  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  79-moddasida  belgilangan  hollar  ko‘zda  tutilgan. 

Unda  himoyachi,  shuningdek  jabrlanuvchining,  fuqaroviy  da’vogarning 


128 

 

yoki fuqaroviy javobgarning vakili jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga 



haqli bo‘lmagan to‘rtta holat belgilab berilgan.  

1. Himoyachi va vakil ilgari shu ish bo‘yicha sudya, xalq maslahatchisi, 

prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, guvoh, ekspert, 

mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, jinoyat ishini 

yuritishda  ishtirok  etishga  haqli  emas.  Bu  ushbu  shaxslarning  xolisligi va 

beg‘arazligini shubha ostiga qo‘yadi hamda odil sudlov manfaatlariga zid 

keladi, shu bois ham qonun chiqaruvchi shu kabi taqiqni belgilab bergan. 



2. Himoyachi va vakil ushbu ishning tergovida yoki sudda ko‘rilishida 

ishtirok  etgan  yoxud  ishtirok  etayotgan  sudya,  prokuror,  tergovchi, 

surishtiruvchi yoki sud majlisining kotibi bilan qarindoshlik munosabatida 

bo‘lsa,  yoxud  yuridik  yordam  ko‘rsatish  to‘g‘risida  u  bilan  bitim  tuzgan 

protsess  ishtirokchisining  manfaatlariga  manfaati  qarama-qarshi  bo‘lgan 

shaxs  bilan  qarindoshlik  munosabatida  bo‘lsa,  u  jinoyat  ishini  yuritishda 

ishtirok etishga haqli emas. Bunda himoyachi va vakilning ushbu ishning 

tergovida  yoki  sudda  ko‘rilishida  ishtirok  etgan  yoxud  etayotgan  sudya, 

prokuror,  tergovchi,  surishtiruvchi  yoki  sud  majlisining  kotibi  bilan 

qarindoshlik munosabatida bo‘lishi uning o‘z himoyasi ostidagi shaxsning 

manfaati bilan qarindoshlarining manfaati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan 

hollarda  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilish  layoqatini  shubha  ostiga  qo‘yadi.  Yoki 

himoyachi  va  vakil  yuridik  yordam  ko‘rsatish  to‘g‘risida  u  bilan  bitim 

tuzgan  protsess  ishtirokchisining  manfaatlariga  manfaati  qarama-qarshi 

bo‘lgan shaxs bilan qarindoshlik munosabatida bo‘lsa ham yuqoridagi kabi 

vaziyat yuzaga keladi hamda ushbu shaxslarda kimning manfaatini ko‘zlab 

harakat  qilish  borasida  tanlash  imkoniyati  vujudga  keladiki,  bu  o‘z 

navbatida  himoya  ostidagi  shaxs  yoki  vakilga  ishonch  bildirgan  shaxs 

manfaatlariga  zid  keladi.  Shu  bois  ham  qonunchilikda  shunday  ta’qiq 

belgilab qo‘yilgan; 



3.  Himoyachi  va  vakil  sudya,  prokuror,  tergovchi,  surishtiruvchi 

lavozimida bo‘lsa ham jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas. 

Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, himoyachi bir vaqtning o‘zida sudya, 

prokuror,  tergovchi,  surishtiruvchi  lavozimida  faoliyat  yurita  olmaydi. 

Ushbu  ta’qiq  ko‘proq  vakilga  taalluqli  bo‘lib,  basharti  u  sudya,  prokuror, 

tergovchi, surishtiruvchi lavozimida ishlasa, u vakil sifatida sudda ishtirok 

eta olmaydi. Biroq, ushbu normadan mazkur cheklovdan istisno belgilangan 

bo‘lib, unga ko‘ra, u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili bo‘lsa yoki 

o‘zi ishlaydigan va fuqaroviy  da’vogar deb  e’tirof  etilgan yoki fuqaroviy 

javobgar  tariqasida  ishga  jalb  qilingan  muassasaning  vakili  sifatida 

qatnashsa, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha vakil sifatida o‘z faoliyatini davom 


129 

 

ettirish huquqini saqlab qoladi; 



4. Himoyachi va vakil o‘z himoyasidagi yoki o‘zi vakillik qilayotgan 

shaxsning  manfaatlariga  manfaati  qarama-qarshi  bo‘lgan  shaxsga  yuridik 

yordam ko‘rsatayotgan yoki muqaddam shunday yordam ko‘rsatgan bo‘lsa 

ham  jinoyat  ishini  yuritishda  ishtirok  etishga  haqli  emas.  Ushbu  holat 

himoyachi  va  vakil  tomonidan  o‘z  zimmasiga  yuklangan  protsessual 

vazifalarni lozim darajada va to‘g‘ri amalga oshirishi mumkinligini shubha 

ostiga qo‘yadi. Chunki, mazkur hollarda ikki qarama-qarshi tomon manfaati 

bo‘yicha  bir  vaqtda  himoya  qilish  yoki  vakillik  qilishning  imkoniyati 

yo‘qligi bois, qonun chiqaruvchi ham tegishli ta’qiqni ko‘zda tutgan. 

Ushbu  hollarda  himoyachi  va  vakil  ruhiy-psixologik  jihatdan  erkin 

bo‘lmaydi,  jinoyat  ishi  bo‘yicha  o‘z  yondashuvini  to‘liq  himoya  qilishga 

qodir bo‘lmaydi v.h. Shu bois, ko‘rsatilgan hollarda qonun talablariga zid 

ravishda himoyachi yoki vakil ishtirok etsa, himoyachi tomonidan gumon 

qilinuvchi  yoki  ayblanuvchiga  yuridik  yordam  ko‘rsatilsa,  kelgusida  bu 

gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchining  himoyaga  bo‘lgan  huquqining 

buzilishi,  bu  esa,  o‘z  navbatida  jinoyat-protsessual  qonunining  jiddiy 

ravishda buzilishi sifatida tan olinib, hukmning bekor qilinishi uchun asos 

bo‘lib xizmat qilishi mumkin.  

 

4.5. Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish  

hamda ularni hal qilish tartibi 

 

Odil  sudlovning  asosiy  talabi  sifatida  xolislik  va  beg‘arazlikni 



ta’minlash  maqsadida  qonun  chiqaruvchi  tomonidan  qator  normalar 

o‘rnatilgan  bo‘lib,  ular  jinoyat  ishini  ko‘rib  chiqishda  ishga  nisbatan 

adolatsiz qarori, yondashuvi yoxud fikri natijasida jinoyat ishi noto‘g‘ri hal 

qilinishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  shaxslar  ishtirokining  oldini 

olishga hamda jinoyat ishini to‘liq, har tomonlama va xolisona tekshirish va 

tergov qilishga qaratilgan. 

Ushbu institut jinoyat ishi bo‘yicha yurituvda xolislik va beg‘arazlikni 

ta’minlash,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organ  va  sudning  mansabdor 

shaxslari,  shuningdek  jinoyat  protsessining  ayrim  ishtirokchilarining  o‘z 

kasb  vazifalarini  suiste'mol  qilishlarining  oldini  olish  maqsadiga  xizmat 

qiladi. 

 

 



 

130 

 

 



 

 

 



 

Shu  tariqa  rad  qilish  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  jinoyat  protsessi 

ishtirokchisi protsessual qonun talabini bajarmagan, ya’ni, qonun talabiga 

zid ravishda protsessda ishtirok etishni davom ettirgan holda qo‘llaniladi.  

Shunga muvofiq, rad qilish protsessual sanksiya, ya’ni, huquq normasi 

dispozitsiyasini 

buzganlik, 

bajarmaganlik 

yoki 

lozim 


darajada 

bajarmaganlik  natijasida  kelib  chiqadigan  oqibat  sifatida  ham  ko‘rilishi 

mumkin.  Rad  qilish  majburiy  ahamiyat  kasb  etadi  va  qonunda  ko‘zda 

tutilgan hollarda uni qabul qilish shart hisoblanadi.  



Jinoyat protsessida rad qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasi 

aniq  belgilab  berilgan,  ya’ni:  sudya,  prokuror,  tergovchi, 

surishtiruvchi, sud majlisi kotibi, jamoat birlashmasi yoki jamoa vakili, 

ekspert,  mutaxassis,  tarjimon,  xolis,  himoyachi,  jabrlanuvchi, 

fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar vakili. 

Ko‘rsatilgan  shaxslardan  birini  rad  qilish  uchun  qonunda  ko‘zda 

tutilgan umumiy asoslardan birining mavjudligi yetarli hisoblanadi.  

Rad qilishni ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin: 1) o‘zini o‘zi rad etish; 

2)  jinoyat  protsessi  ishtirokchilari  tomonidan  rad  qilish.  Ayni  damda 

ta’kidlash  lozimki,  jinoyat  protsessining  barcha  ishtirokchilari  ham  rad 

qilish  to‘g‘risidagi  tashabbus  bilan  chiqa  olmaydilar.  Rad  qilish 

to‘g‘risidagi masala bilan protsessning jinoyat ishi yakunlaridan manfaatdor 

bo‘lgan  ishtirokchilari,  ya’ni  ayblov  tarafi  yoki  himoya  tomoni  chiqishi 

mumkin. Guvoh, tarjimon, ekspert, xolis va mutaxassis, ya’ni jinoyat ishi 

bo‘yicha shaxsiy manfaati bo‘lmagan protsess ishtirokchilari rad qilishdan 

foydalanmaydi, bu yuridik jihatdan to‘g‘ri va mantiqiy hamdir. O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  ham  ushbu  ishtirokchilarning 

huquqlariga  bag‘ishlangan  moddalarda  ularni  rad  qilish  bilan  bog‘liq 

huquqlari ko‘zda tutilmagan. 

Sudyani  rad  qilish  to‘g‘risidagi  masala  imkon  qadar  sud 

muhokamasining  boshlang‘ich  bosqichlarida  ko‘tarilishi  maqsadga 

muvofiq  bo‘lib,  bu  rad  qilingan  sudya  deyarli  yakunlangan  sud 

muhokamasining  chetlatilishi  munosabati  bilan  sud  muhokamasini  yana 

yangi  tarkibdagi  sudda  boshlash,  sud  tergovini  takroran  o‘tkazish  va 

boshqacha tarzda sud muhokamasining asossiz uzayishining oldini olishga 

xizmat qiladi. 



Rad  qilish  –  qonunda  ko‘zda  tutilgan  qonuniy  asoslar  bo‘lgan 

taqdirda  jinoyat  protsessi  ishtirokchisini  ish  yuritishdan  chetlashtirish 

bo‘lib,  uning  natijasida  shaxs  jinoyat  ish  yurituvida  ishtirok  etish 

imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va o‘z protsessual maqomini yo‘qotadi. 

 


131 

 

Basharti,  sudyani  rad  etish  uchun  asos  bo‘lgan  holatlar  vakolatli 



protsess  ishtirokchisiga  keyinroq,  ya’ni  sud  tergovi  boshlangandan  so‘ng 

ma’lum  bo‘lgan  bo‘lsa  hamda  u  o‘z  tasdig‘ini  topsa,  sudya  protsessdan 

chetlashtirilishi  hamda  zaruriyat  tug‘ilganda,  sud  muhokamasi  yangitdan 

o‘tkazilishi lozim.  



Rad  qilish  va  o‘zini  o‘zi  rad  etish  hamda  ularni  hal  qilish  tartibi 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

80-moddasida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  76-79-moddalarida  ko‘rsatilgan  holatlar  mavjud  bo‘lgan 

taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud 

majlisining  kotibi,  jamoat  birlashmasining  yoki  jamoaning  vakili, 

himoyachi,  jabrlanuvchining,  fuqaroviy  da’vogarning  yoki  fuqaroviy 

javobgarning  vakili,  ekspert,  mutaxassis,  tarjimon,  xolis  o‘zini  o‘zi  rad 

etishi shart.  

Agar ko‘rsatilgan shaxslar o‘zlarini  o‘zlari rad etmasalar, unda ularni 

shu asosga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek 

jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, 

himoyachi  tomonidan,  sud  majlisida  esa,  bundan  tashqari  davlat 

ayblovchisi,  jamoat  birlashmasi  yoki  jamoaning  vakili  tomonidan  rad 

qilinishi mumkin. 

Rad  qilish  to‘g‘risidagi  masala  qoida  tariqasida  sud  tomonidan 

maslahatxonada hal qilinadi. Ta’kidlash lozimki, rad qilish instituti jinoyat 

protsessida 

xolislik, 

beg‘arazlik 

va 

odillikni 



ta’minlaydi,  bir 

tomonlamalikni inkor etadi. Shu bois ham jinoyat protsessida ikki taraf (bir 

tomondan,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi,  fuqaroviy 

javobgar,  ularning  himoyachilari  va  vakillari  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan, 

jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar  va  ularning  vakillari)  manfaati  to‘qnash 

kelar  ekan,  ushbu  ishtirokchilar  sudya,  xalq  maslahatchisi,  prokuror, 

tergovchi,  surishtiruvchi,  sud  majlisining  kotibi,  jamoat  birlashmasining 

yoki 


jamoaning 

vakili, 


himoyachi, 

jabrlanuvchining, 

fuqaroviy 

da’vogarning  yoki  fuqaroviy  javobgarning  vakili,  ekspert,  mutaxassis, 

tarjimon, 

xolisning 

qarama-qarshi 

tomon 


manfaatlariga 

yon 


bosayotganliklarining guvohi bo‘lsalar, darhol tegishli asosga ko‘ra, ushbu 

shaxslarni  rad  qilish  to‘g‘risida  arz  qilishlari  lozim  bo‘lib,  bu  ularning 

manfaatlari uchun ham xizmat qiladi.  

Shuningdek,  Oliy  sud  Plenumining  2008-yil  15-maydagi  “Sudlar 

tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 

12-son  Qarori  7-bandining  ikkinchi  xatboshisiga  ko‘ra,  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 76 va 516-moddalariga muvofiq, 


132 

 

chaqirtirilgan  yoki  protest  bilan  kelib  tushgan  jinoyat  ishi  ushbu  ishning 



ko‘rilishida  muqaddam  ishtirok  etmagan  sudya  tomonidan  o‘rganib 

chiqilishi  lozim

13

.

 



Qonun  mazmuniga  ko‘ra  bunday  qoida  iltimosnomani 

ko‘rib chiqishga nisbatan ham qo‘llanilishi kerak. Iltimosnoma yoki jinoyat 

ishi  mazkur  ishning  ko‘rilishida  muqaddam  ishtirok  etgan  sudyaga 

tayinlangan  hollarda,  u  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksi 80-moddasiga muvofiq o‘zini o‘zi rad etishi shart.

 

Ishni  tergov  qilish  chog‘ida  rad  etish  masalasi  prokuror,  tergovchi, 



surishtiruvchi tomonidan, sud majlisida esa, sud tomonidan ham qo‘yilishi 

mumkin. Bunda prokuror, tergovchi, surishtiruvchi va sudya ish yuritishni 

boshlashdan oldin rad etish uchun asoslar bor yoki yo‘qligini aniqlash, bu 

borada protsess ishtirokchilarining fikrini bilish hamda bu haqda ish yuritish 

to‘g‘risidagi  bayonnomada  tegishli  qaydni  kiritib  qo‘yish  maqsadga 

muvofiq. Ta’kidlash lozimki, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi va sudya 

boshqa  protsess  ishtirokchilarini  rad  etish  bo‘yicha  tegishli  asoslar 

mavjudligini aniqlash uchun mas’uldirlar.  

Rad  qilish  haqidagi  arz  asoslantirilgan  bo‘lishi  kerak.  Ya’ni,  arzda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  76-79-

moddalarida ko‘zda tutilgan asoslarga havolalar bo‘lishi, ular o‘z navbatida 

ushbu vaziyatda nimalarda namoyon bo‘lishi ko‘rsatilishi hamda bu haqda 

tegishli  dalillar  (qarindoshligini  tasdiqlovchi  ma’lumotlar,  birga  tushgan 

suratlar, qarz shartnomasi yoki mehnat shartnomasidan ko‘chirmalar v.h.) 

ilova qilinishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, rad qilish haqidagi arz turli 

xil  mish-mishlarga,  xohish-istaklarga  yoki  bo‘lmasa,  ko‘rsatilgan 

shaxslarning  shaxsiy  fazilatlari  yoki  tabiatiga  bog‘liq  holda  berilishi 

mumkin emas.  



Rad qilingan shaxs rad etish haqidagi masala  ko‘rilguniga qadar 

tushuntirish berishga haqli bo‘lib, bu rad qilingan shaxsning motivi va 

maqsadi  to‘g‘risida  xulosa  qilish  imkonini  beradi.  Ya’ni,  rad  qilingan 

shaxs  rad  etish  haqidagi  masala  ko‘rilguniga  qadar  ushbu  ishni  ko‘rishda 

qatnashishni  davom  ettirishini  asoslovchi  dalillarni  ko‘rsatishi,  uni  rad 

etishni  asoslovchi  dalillarga  nisbatan  o‘z  vajlarini  bayon  etishga  haqli. 

Bunda  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sudya  rad  etishga  asos 

bo‘luvchi  holatlar  mavjudligini  aniqlagan  bo‘lsa,  rad  etishni  amalga 

oshirishi shart hisoblanadi. 

Sudyani  rad  qilish  tartibi  jinoyat  ishi  hay’atda  yoki  yakka  tartibda 

                                                           

13

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti 



to‘g‘risidagi” 2008-yil 15-maydagi №11 sonli Qarori.// O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi, 2008. -№3. 

– B.10. 


133 

 

ko‘rib  chiqilayotganligiga  qarab  farqlanadi.  Ya’ni,  jinoyat  ishi  hay’atda 



ko‘rib  chiqilayotganida,  sudyani  rad  qilish  masalasi  qolgan  sudyalar 

tomonidan  rad  qilingan  shaxsning  ishtirokisiz  ko‘rib  chiqiladi  hamda 

ovozlar  teng  bo‘linganda  sudya  rad  qilingan  hisoblansa,  ishni  yakka  o‘zi 

ko‘rayotgan sudyani rad qilish masalasini uning o‘zi hal qiladi. Ayni damda 

ko‘pchilik sudyalarni yoki sudning butkul tarkibini yoxud sud majlisining 

kotibini  rad  qilish  haqidagi  masala  to‘la  tarkibdagi  sud  tomonidan  oddiy 

ko‘pchilik ovoz bilan hal etilishi belgilangan. Sud amaliyotida sudyani rad 

etish  tartibining  aniq  belgilanganligi  ishni  xolis  va  beg‘araz  sudya 

tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.  

Prokurorni, jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilini, surishtiruvchi yoki 

tergovchini, 

ekspertni, 

mutaxassisni, 

tarjimonni, 

himoyachini, 

jabrlanuvchining,  fuqaroviy  da’vogarning,  fuqaroviy  javobgarning 

vakillarini,  xolisni  rad  qilish  tartibi  ish  jinoyat  protsessining  qaysi 

bosqichida ekanligiga qarab o‘zgarishi mumkin.  

Ya’ni, sud bosqichida, shu jumladan, sud majlisida prokurorni, jamoat 

birlashmasi  yoki  jamoa  vakilini,  ekspertni,  mutaxassisni,  tarjimonni, 

himoyachini,  jabrlanuvchining,  fuqaroviy  da’vogarning  va  fuqaroviy 

javobgarning vakillarini rad qilish masalasi sud tomonidan hal etiladi. 

Sudga  qadar  bo‘lgan  bosqichda,  shu  jumladan,  ishni  tergov  qilish 

chog‘ida  esa,  prokurorni  rad  qilish  masalasi  yuqori  turuvchi  prokuror, 

surishtiruvchi  yoki  tergovchini  rad  qilish  surishtiruv  va  dastlabki  tergov 

ustidan nazorat olib boruvchi prokuror tomonidan, ekspertni, mutaxassisni, 

tarjimonni,  himoyachini,  jabrlanuvchining,  fuqaroviy  da’vogarning, 

fuqaroviy javobgarning vakillarini, shuningdek xolisni rad qilish masalasi 

ishni  tergov  qilish  chog‘ida  surishtiruvchi  yoki  tergovchi  tomonidan  hal 

etiladi. 

Rad  qilish  muddati  hamda  uni  rasmiylashtirish  tartibida  rad  qilishga 

nisbatan  u  jinoyat  protsessining  qaysi  bosqichida  amalga  oshirilganligiga 

qarab  ikki  xil  muddat  belgilangan.  Xususan,  tergov  qilish  chog‘ida 

qo‘yilgan rad qilish masalasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan 

yigirma  to‘rt  soat  ichida  hal  etilsa,  sud  majlisida  rad  qilish  shu  majlisda 

darhol  hal  etilishi  lozim.  Ayni  damda  rad  qilishni  qanoatlantirish  yoki 

qanoatlantirmaslik haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa 

ajrim chiqaradi. Bu haqdagi qaror yoki ajrimda rad qilishni qanoatlantirish 

yoki  qanoatlantirmaslik  haqidagi  to‘xtam  asoslantirilgan,  har  qanday 

holatda ham bu boradagi vajlarga baho berilgan bo‘lishi lozim. 



134 

 

                   



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling