Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53

Guvoh  erkin  va  majburlovsiz  ko‘rsatuv  berish  huquqiga  ega. 

Qonun  guvoh  tariqasida  o‘z  funksiyasini  bajarayotgan  shaxslarga 

tashqaridan bo‘layotgan har qanday shaxslarning tazyiqlaridan himoya 

qilishni kafolatlaydi

 


114 

 

xotirada saqlash qiyin bo‘lgan raqamlar va boshqa ma’lumotlarga taalluqli 



bo‘lgan  hollarda  foydalaniladi.  Surishtiruvchi,  tergovchi  va  sud  so‘roq 

qilinuvchidan  so‘roq  qilish  jarayonida  u  foydalanayotgan  hujjatlar  va 

boshqa  yozuvlarni  talab  qilishi,  ularni  keyin  qaytarib  berishi  yoki  ishga 

qo‘shib  qo‘yishi  mumkin  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksi 103-modda). 

Guvohning  erkin  so‘zlab  berish  huquqi  tergov  yoki  sudga  ish  uchun 

ahamiyatli  bo‘lgan  va  o‘z  ko‘rsatuvlarini  tasdiqlaydigan  zaruriy  dalillarni 

olish  imkonini  beradi.  Sudning  ajrimiga  binoan  guvohlik  ko‘rsatuvlariga 

tegishli bo‘lgan hujjatlar jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yilishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  66

1

-

moddasi guvohning advokati protsessual maqomiga bag‘ishlangan bo‘lib, 

unga binoan guvohning advokati - belgilangan tartibda guvohning huquqlari 

va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam 

ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir. Jinoyat ishida taraflar manfaatini 

himoya qilayotgan shaxs mazkur ish bo‘yicha guvohning advokati bo‘lishi 

mumkin emas.  

 

 

 

 

 

Guvohning  advokati:  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya 

qilayotgan  shaxsning  qaysi  jinoyat  ishi  bo‘yicha  chaqirilganligini  bilish; 

guvohning so‘roq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan o‘tkazilayotgan 

boshqa  tergov  harakatlarida  ishtirok  etish,  unga  qisqa  maslahatlar  berish; 

so‘roq qilayotgan shaxsning ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni 

so‘roq  qilishda  ishtirok  etayotgan  tarjimonni  rad  qilish  haqida  qonunda 

belgilangan  tartibda  arz  qilish;  so‘roq  tugaganidan  so‘ng  guvohning 

huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari  buzilganligi  to‘g‘risidagi,  so‘roq 

bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlarini bayon etish huquqiga ega.  

Guvohning  advokati:  guvohga  zarur  yuridik  yordam  ko‘rsatishi; 

dalillarni  yo‘q  qilish,  soxtalashtirish,  guvohlarni  ko‘ndirishga  urinish  va 

boshqa  qonunga  xilof  harakatlar  orqali  haqiqatni  aniqlashga  to‘sqinlik 

qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi 

shart.  

Jinoyat  protsessida  himoyachining  faol  va  sidqidildan  ishtirok  etishi, 

o‘z  himoyasi  ostidagi  shaxsning  manfaatidan  kelib  chiqib,  qonunda 

ko‘rsatilgan barcha usul va vositalarni qo‘llashi ishni ayblanuvchi foydasiga 



Guvohning  advokati  ishda  ishtirok  etishga  u  advokatlik 

guvohnomasini ko‘rsatganidan va orderni taqdim etganidan so‘ng, guvoh 

chaqirilgan paytdan e'tiboran qo‘yiladi. 

 


115 

 

adolatli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.  



 

 

 

 

 

Ekspert  chaqirish,  ekspertiza  tayinlash  va  o‘tkazish  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  172  —  187-moddalarida 

nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 

Jinoyat ishi yuzasidan ekspert sifatida qatnashayotgan shaxs: ekspertiza 

qilish  uchun  tegishli  ish  materiallari  bilan  tanishish  va  undan  kerakli 

ma’lumotlarni  yozib  olish;  o‘ziga  qo‘shimcha  materiallar  taqdim  etilishi 

haqida  iltimosnoma  berish;  basharti  hal  qilinishi  lozim  bo‘lgan  masalalar 

uning mutaxassisligiga oid bo‘lmasa yoki xulosa berish uchun unga taqdim 

etilgan materiallar yetarli bo‘lmasa, xulosa berishning iloji yo‘qligi haqida 

hujjat  tuzish;  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorning  ruxsati  bilan  tergov 

harakatlari yuritilishida ishtirok etish va tergov harakatida ishtirok etuvchi 

shaxslarga  ekspertizaga  oid  dalillarni  tekshirishda  sud  muhokamasida 

ishtirok  etish  va  sudning  ruxsati  bilan  so‘roq  qilinayotgan  shaxslarga 

savollar  berish;  ashyoviy  dalillarni  va  hujjatlarni  ko‘zdan  kechirish;  o‘z 

xulosalarida  faqat  uning  oldiga  qo‘yilgan  masalalar  haqida  emas,  balki 

ekspertizaga oid boshqa masalalar bo‘yicha ham fikr bildirish; basharti ish 

yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa va 

ko‘rsatuv  berish  hamda  bu  holda  tarjimon  xizmatidan  foydalanish; 

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari 

ustidan shikoyatlar berish huquqiga egadir. 

Ayni vaqtda ekspert sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; oldiga 

qo‘yilgan  savollar  bo‘yicha  yozma  xulosalar  berishi;  o‘zi  tomonidan 

o‘tkazilgan  ekspertiza  bo‘yicha  ko‘rsatuvlar  berishi  va  bu  xulosalarni 

tushuntirish uchun qo‘yilgan qo‘shimcha savollarga javob berishi; dastlabki 

tergov  materiallarini  oshkor  etmasligi;  sud  majlisi  vaqtida  tartibga  rioya 

etishi  shart.  Ekspert  uzrsiz  sababga  ko‘ra  kelmagan  taqdirda  qonunda 

nazarda 


tutilgan 

javobgarlikka 

tortilishi 

mumkin. 


(O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 68-moddasi). 



Mutaxassis. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  69-moddasida  sud  muhokamasida  mutaxassisning  ishtiroki 

to‘g‘risida  to‘xtalib  o‘tilgan  bo‘lib,  shunga  ko‘ra  mutaxassis  sudning 

chaqiruviga  ko‘ra  sud  muhokamasiga  kelishi,  sudga  dalillar  topish, 

o‘rganish  va  mustahkamlashda  o‘zining  maxsus  bilimi  bilan  yordam 

Jinoyat  ishi  yurituvida  xulosa  berish  uchun  zarur  fan,  texnika, 

san'at  yoki  hunar sohasida  maxsus  bilimlarga  ega  bo‘lgan  har  qanday 

jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin. 

 


116 

 

berishi,  sudning  diqqatini  ish  yuzasidan  ma’lum  bir  holatlarni  aniqlashga 



jalb  etishi,  alohida  savollarga  tushuntirish  berishi  kerak.  Shuningdek, 

mutaxassislar  raislik  qiluvchining  ruxsati  bilan  dalillarni  tekshirish 

maqsadida ishtirokchilarga savollar berish huquqiga ega.  

Mutaxassisga  to‘g‘ri  va  aniq  tushuntirish  berish  majburiyati 

yuklatilgan. Mutaxassis o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan yoki 

bo‘yin  tovlagan  taqdirda  unga  nisbatan  jamoat  ta’siri  choralari  yoki  sud 

tomonidan jarima solinishi mumkin. Sud muhokamasida voyaga yetmagan 

shaxslarni so‘roq qilish vaqtida pedagog taklif qilinishi mumkin.  

Sud  muhokamasida  mutaxassislarning  bergan  bayonotlari  dalillarga 

baho berishda katta ahamiyatga ega.  



Tarjimon. Jinoyat ishi yurituvi jarayonida tarjimondan foydalanish 

jinoyat protsessining konstitutsiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi. 

 

 

 



 

Bunday  hollarda,  shuningdek  ish  materiallari  bilan  tanishish  vaqtida 

protsess  ishtirokchilari  qonunda  belgilangan  tartibda  tarjimon  xizmatidan 

foydalanishlari mumkin. Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi: 

  Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  yoki  jabrlanuvchi, 

fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy  javobgar  yoxud  ularning  vakillari,  guvoh, 

ekspert,  mutaxassis  ish  yuritilayotgan  tilni  bilmasa  yoki  yetarli  darajada 

bilmasa yoinki kar yoki soqov bo‘lsa; 

 biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lsa (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 71-moddasi). 

Tarjimonga  tegishli  qoidalar  ish  yuritishda  ishtirok  etish  uchun  taklif 

qilingan,  kar  yoki  soqovning  imo-ishoralarini  tushunadigan  shaxsga 

nisbatan ham qo‘llaniladi. 

Tarjimon tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga 

savollar  berish;  o‘zi  qatnashgan  tergov  harakatlari  bayonnomasi, 

shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga 

kiritilishi lozim bo‘lgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun 

zarur bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz 

kechish;  sudning  harakatlari  hamda  qarorlari  ustidan  shikoyat  keltirish 

huquqiga egadir. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 20-moddasiga 

binoan,  ish  yuritilayotgan  tilni  bilmaydigan  yoki  yetarli  darajada 



tushunmaydigan  protsess  ishtirokchilariga  o‘z  ona  tilida  yoki  o‘zi 

biladigan  boshqa  tilda  og‘zaki  yoki  yozma  arz  qilish,  ko‘rsatuv  va 

tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda 

so‘zlash huquqi ta’minlanadi. 

 


117 

 

Ayni vaqtda tarjimon sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; o‘ziga 



topshirilgan  tarjimani  aniq  va  to‘liq  bajarishi;  tarjimaning  to‘g‘riligini 

o‘zining  ishtirokida  o‘tkazilgan  tergov  harakati  bayonnomasi  va  sud 

majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning 

ona  tiliga  yoki  ular  biladigan  boshqa  tilga  tarjima  qilib  topshiriladigan 

protsessual  hujjatlarga  imzo  chekish  bilan  tasdiqlashi;  dastlabki  tergov 

materiallarini  oshkor  qilmasligi;  sud  majlisi  vaqtida  tartibga  rioya  etishi 

shart. 

Tarjimon  bila  turib  noto‘g‘ri  tarjima  qilgan  taqdirda  qonunda 



belgilangan  javobgarlikka  tortiladi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 72-moddasi). 

 

 

 



 

 

Dastlabki  tergov  bosqichida  olib  qo‘yish,  tintuv,  ko‘zdan  kechirish, 



guvohlantirish,  eksperiment,  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish,  ko‘rsatuvni 

hodisa  yuz  bergan  joyda  tekshirish,  ekspert  tekshiruvi  uchun  namunalar 

olish,  murdani  eksgumatsiya  qilish  kabi  tergov  harakatlarini  o‘tkazishda 

kamida  ikki  nafar  xolisning  ishtirok  etishi  talab  etiladi.  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 352-moddasi). 

Fuqaro  tergovchining  qonuniy  talab  va  takliflarini  bajarishdan  bosh 

tortayotganligi  yoki  tergovchiga  qarshilik  ko‘rsatayotganligi  yoxud 

dastlabki tergov yuritish tartibiga mos kelmaydigan boshqa huquqqa xilof 

xatti-harakatlar  qilayotganini  tasdiqlash  uchun  ham  xolislar  taklif 

qilinadilar.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  93-

moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 

Ichki  ishlar  organlari,  Milliy  xavfsizlik  xizmati,  prokuratura,  adliya 

yoki  sud  xodimlari  xolislar  sifatida  taklif  etilishi  mumkin  emas 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 78-moddasi). 

Tergov  harakatini  boshlashdan  oldin  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki 

prokuror xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. 

Xolis:  tergov  harakatida  ishtirok  etish;  tergov  harakati  bo‘yicha 

bayonnomaga  kiritilishi  lozim  bo‘lgan  arz  va  mulohazalar  berish;  o‘zi 

ishtirok  etgan  tergov  harakatining  bayonnomasi  bilan  tanishish; 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorning  harakatlari  va  qarorlari  ustidan 

shikoyat keltirish huquqlariga ega. 

Qonunda 


xolisning: 

surishtiruvchi, 

tergovchi, 

prokurorning 

Tergov  harakatlarini  yuritishda  xolis  sifatida  ishtirok  etish  uchun 

ishning  oqibatidan  manfaatdor  bo‘lmagan,  kamida  ikki  nafar  voyaga 

yetgan fuqaro chaqirilishi lozim. 

 


118 

 

chaqiruviga binoan hozir bo‘lish; tergov harakatini yuritishda ishtirok etish; 



tergov  harakati  o‘tkazilgani,  uni  o‘tkazish  jarayoni  va  natijalarini  tergov 

harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlash; surishtiruvchi, tergovchi, 

prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor 

qilmaslik kabi majburiyatlari mavjud. 

Xolis uzrsiz sababga ko‘ra o‘z vazifasini bajarishdan bosh tortganligi 

uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. Xolis o‘zi ishtirok etgan 

tergov harakatini yuritish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh tariqasida 

so‘roq  qilinishi  mumkin.  U  bunday  hollarda  guvoh  huquqlaridan 

foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual kodeksining 74-moddasi). 

Jabrlanuvchi  yoki  uning  vakili,  guvoh,  ekspert,  mutaxassis,  tarjimon 

yoki xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi o‘rtacha oylik maoshi 

uning  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  huzuriga  chaqirilishi 

munosabati  bilan  ketgan  hamma  vaqt  uchun  saqlanadi.  Ishlamaydigan 

shaxslarga  ular  kundalik  mashg‘ulotlari  bilan  shug‘ullana  olmaganliklari 

uchun  haq  to‘lanadi.  Bundan  tashqari,  ko‘rsatilgan  hamma  shaxslar 

chaqirilgani  munosabati  bilan  qilgan  sarf-xarajatlarini  undirish  huquqiga 

egadirlar. 



Sud  majlisi  kotibi.  Sud  majlisining  kotibi  raislik  etuvchining 

topshirig‘iga  ko‘ra,  jinoyat  ishini  sud  majlisida  ko‘rilishi  uchun  ushbu 

moddada  ko‘rsatilgan  vazifalardan  tashqari  xalq  maslahatchilarini  taklif 

etadi, shuningdek jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, tarjimonlarni 

chaqiradi,  prokuror  va  advokatlarga  xabarnoma  yuboradi.  Sud  majlisi 

kotibining eng asosiy va muhim vazifalaridan biri sud majlisini to‘liq va har 

bir  sud  harakatini  xolis  va  aniq  ifoda  etuvchi  bayonnomani  yuritish 

hisoblanadi. Bayonnomaning o‘z vaqtida va sifatli yuritilishi uchun raislik 

etuvchi  bilan  birga  sud  majlisining  kotibi  ham  mas’uldir.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  426-moddasi  beshinchi 

qismiga  binoan  bayonnomaning  mazmuni  bo‘yicha  raislik  qiluvchi  bilan 

o‘rtalarida  kelishmovchilik  bo‘lgan  taqdirda,  kotib  o‘z  mulohazalarini 

yozma tarzda bayonnomaga ilova qilishi shart. Bu mulohazalar sud tarkibi 

tomonidan  ko‘rib  chiqiladi.  Mazkur  masala  yuzasidan  ajrim  chiqarilib, 

bayonnomaga ilova qilinadi. Agarda sud majlisi jarayonida bir nechta kotib 

qatnashgan  bo‘lsa,  har  qaysi  kotib  o‘zi  yuritgan  bayonnoma  qismini 

imzolashi  shart.  Sud  majlisi  kotibining  o‘z  protsessual  majburiyatini 

bajarishi,  basharti  ushbu  ish  sudda  yangidan  ko‘rish  uchun  yuborilgan 

bo‘lsa,  u  tomonidan  sud  majlisi  bayonnomasini  yana  tuzishiga  monelik 

qilmaydi. Sud majlisi kotibini rad qilish haqidagi masala sud tomonidan hal 



119 

 

qilinadi. 



 

MAVZU DOIRASIDA MUAMMOLI 

 SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

 

1.  Jinoyat  protsessining  ishtirokchilari  -  jinoyat  protsessual  qonun 

hujjatlarining  vazifalari  nazarda  tutgan  maqsadlarni  ro‘yobga  chiqarish 

uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  nazarda 

tutilgan  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo‘lgan  shaxslardir.  Jinoyat 

protsessual  kodeksida  nazarda  tutilgan  ishtirokchilarning  huquq  va 

majburiyatlarini tahlil qiling? 

2. Jinoyat protsessining har bir ishtirokchisi o‘ziga xos funksiya, ya’ni 

o‘z  faoliyat  yo‘nalishini  ifoda  etuvchi  xizmat  burchini  o‘taydi.  Ushbu 

funksiyalarning xususiyati protsessning mazkur ishtirokchilari bajaradigan 

vazifalarga va ularning muhofaza qilinadigan manfaatlariga bog‘liq holda 

belgilanadi.  Jinoyat  protsessual  kodeksiga  ishtirokchilar  borasida 



kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlarni tahlil qiling.

  

1-kazus 

Voyaga  yetmagan  Rashidov,  Tojiyev,  Sohibov  o‘g‘irlik  jinoyatini 

sodir  etganliklari  uchun  ayblanuvchi  tariqasida  ishda  ishtirok  etishga  jalb 

qilinadilar.  Sud  majlisiga  tayyorgarlik  ko‘rish  davomida  sudlanuvchi 

Tojiyevning  himoyachisi  himoyadan,  Sohibov  esa  himoyachidan  voz 

kechadi  va  boshqa  himoyachi  xizmatidan  foydalanishini  bildiradi.  Sudya 

sudlanuvchi Sohibovni talabini qondirish va sudlanuvchi Tojiyevni talabini 

rad  etish  to‘g‘risida  ajrim  chiqaradi.  Himoyadan  voz  kechish  va 



himoyachidan voz kechish o‘rtasida qanday farqlar bor? 

2-kazus 

Mansurov  o‘g‘irlik  jinoyatini  sodir  etganligi  uchun  jinoiy 

javobgarlikka  tortiladi.  Uni  yashash  joyida  tintuv  o‘tkazilganda, 

o‘g‘irlangan buyumlardan ayrimlari topiladi. Mansurov so‘roq qilinganda, 

buyumlardan  ayrimlarini  tanishi  orqali  bozorda  sottirganligini,  tilla 

buyumlarni  esa  lombardga  topshirganligini  ma’lum  qiladi.  Tekshirish 

natijasida tilla buyumlarni lombarddan Ravshanov sotib olganligi ma’lum 

bo‘ladi.  Tergovchi  tilla  buyumlarni  Ravshanovdan  olib,  ashyoviy  dalil 

sifatida  ishga  qo‘shib  qo‘yadi.  Ravshanov  esa  tergovchidan  fuqaroviy 

da’vogar deb topishni talab qiladi.  



Tergovchi  qanday  harakat  qilishi  kerak?  Fuqaroviy  da’vogar 

kim?  

120 

 

 MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 



 

1.  MDH  davlatlarida  va  boshqa  xorijiy  davlatlarda  jinoyat  protsessi 

ishtirokchilarining huquqlarini tahlil qiling. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

2. 


Xorijiy 

davlatlarda 

jinoyat 

protsessi 

ishtirokchilarini 

klassifikatsiyasini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 



121 

 

IV BOB. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETISHGA 



MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILISHLAR 

(mualliflar yu.f.n. S.M.Sahaddinov, M.Niyazov) 



Annotatsiya:  Ushbu  mavzuning  talabalar  tomonidan  o‘zlashtirilishi 

jinoyat protsessining muhim institutlaridan biri bo‘lgan rad qilishni amalga 

oshirishning protsessual tartibi, jinoyat protsessida ishtirok etishga monelik 

qiladigan holatlarni aniqlash va bu vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish

jinoyat protsessining ayrim toifa ishtirokchilarining ishda ishtirok etishiga 

monelik qiladigan holatlar to‘g‘risida bilim olishga imkon beradi.  

 

4.1. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining 



 va sud majlisi kotibining ishda ishtirok  

etishiga monelik qiladigan holatlar 

Jinoyat  protsessida  ishtirok  etishga  monelik  qiladigan  holatlar  va  rad 

qilish  institutining  protsessual  asoslari  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 7-bobida belgilab berilgan.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  76-moddasida 

jinoyat ishi yurituvida xolislikni ta’minlash maqsadida jinoyat ishi yurituvi 

uchun  mas’ul  bo‘lgan  mansabdor  shaxslar  –  sudyaning,  prokurorning, 

tergovchining,  surishtiruvchining  va  sud  majlisi  kotibining  ishda  ishtirok 

etishiga monelik qiladigan holatlar ro‘yxati belgilab berilgan. O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  jinoyat  ishi  yurituvi  uchun 

mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning barchasining ishda ishtirok etishiga 

monelik qiladigan 3 ta (ya’ni, umumiy) hamda faqatgina  sudyaga tegishli 

bo‘lgan 6 ta (ya’ni, xususiy) holat belgilangan.  

 

 



 

 

 



 

 

 



Demak, dastlab jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor 

shaxslarning  barchasiga  taalluqli  bo‘lgan  ishda  ishtirok  etishiga  monelik 

qiladigan uch umumiy holatni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.  

1)  sudya,  shuningdek  xalq  maslahatchisi,  prokuror,  tergovchi, 

surishtiruvchi,  sud  majlisining  kotibi  shu  ish  bo‘yicha  jabrlanuvchi, 

fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy  javobgar,  ekspert,  mutaxassis,  tarjimon, 



Ishda  ishtirok  etishiga  monelik  qiladigan  holatlar  –  jinoyat 

protsessi  ishtirokchilarining  xolisligi,  beg‘arazligiga  va  ish  bo‘yicha 

qonuniy hamda adolatli qaror qabul qilish yoxud protsessual harakatlarni 

amalga  oshirishiga  nisbatan  shubha  tug‘diradigan  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan  obyektiv va 

subyektiv holatlar. 

 


122 

 

xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, 



sudlanuvchining  qonuniy  vakili  yoki  jabrlanuvchining,  fuqaroviy 

da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki 

ilgari  ishtirok  etgan  bo‘lsa,  jinoyat  ishini  yuritishda  ishtirok  etishga  haqli 

emas va uni rad qilish lozim.  

Ushbu  ta’qiqning  umumiy  mohiyati  shunga  borib  taqaladiki,  jinoyat 

ishi  yurituvi  uchun  mas’ul  bo‘lgan  mansabdor  shaxslar,  ya’ni  sudya, 

prokuror,  tergovchi,  surishtiruvchi  va  sud  majlisi  kotibi  ular  ayni  vaqtda 

yoxud  ilgari  ushbu  jinoyat  ishi  bo‘yicha  boshqacha  huquqiy  maqomda 

ishtirok etayotgan yoki etgan bo‘lsalar ushbu shaxslarning xolisligiga jiddiy 

shubha tug‘iladi.  

Jinoyat  ishi  yurituvi  uchun  mas’ul  bo‘lgan  mansabdor  shaxslarning 

jinoyat ishi yurituvi natijalaridan  manfaatdor emasligi ularning xolisligini 

ta’minlashning muhimi omili hisoblanadi. Shu bois, ushbu shaxslarning ish 

bo‘yicha  jabrlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy  javobgar,  ekspert, 

mutaxassis,  tarjimon,  xolis,  guvoh,  himoyachi  sifatida,  gumon 

qilinuvchining,  ayblanuvchining,  sudlanuvchining  qonuniy  vakili  yoki 

jabrlanuvchining,  fuqaroviy  da’vogarning,  fuqaroviy  javobgarning  vakili 

sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa, uning xolisligiga 

shubha  tug‘iladi  va  uning  haqiqatni  aniqlashga  emas,  balki  ko‘rsatilgan 

shaxslar manfaatidan kelib chiqib harakat qilishi ehtimoli vujudga keladi.  

Qonun chiqaruvchi yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda mazkur 

vaziyatda  sudya,  shuningdek  xalq  maslahatchisi,  prokuror,  tergovchi, 

surishtiruvchi, sud majlisining kotibi rad etilishi lozimligini belgilaydi.  

2)  sudya,  shuningdek  xalq  maslahatchisi,  prokuror,  tergovchi, 

surishtiruvchi,  sud  majlisining  kotibi  ushbu  ishni  yuritish  uchun  mas’ul 

bo‘lgan  biror  mansabdor  shaxsning  yoki  shu  ish  bo‘yicha  jabrlanuvchi, 

fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy  javobgar,  ekspert,  mutaxassis,  tarjimon, 

xolis,  guvoh,  himoyachi,  gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining, 

sudlanuvchining  qonuniy  vakili  yoki  jabrlanuvchining,  fuqaroviy 

da’vogarning,  fuqaroviy  javobgarning  vakilining  qarindoshi  bo‘lsa  ham 

jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim.  

Bu ham yuqorida qayd etilganidek, sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, 

tergovchi, surishtiruvchi va sud majlisining kotibining jinoyat ishi bo‘yicha 

xolisona  harakat  qilishini  shubha  ostiga  qo‘yadi,  o‘z  qarindoshining 

manfaatidan kelib chiqib harakat qilishi ehtimolini tug‘diradi. Ayni damda 

ushbu normalar axloqiy qadriyatlarga asoslangan bo‘lib, shaxs hamda uning 

qarindoshlari o‘rtasidagi munosabatlarni saqlab qolishga xizmat qiladi.  

Zero,  jinoyat  ishi  yurituvi  uchun  mas’ul  bo‘lgan  shaxs  o‘zining 



123 

 

qarindoshiga  nisbatan  jinoyat  ishini  yuritish  natijasida  qonun  doirasida 



uning huquqlarini cheklashi oqibatida kelgusida ushbu shaxslar o‘rtasidagi 

qarindoshlik rishtalari uzilishi yoki aksincha, o‘z yaqinini turli yo‘llar bilan 

himoyalash  maqsadida  noxolislikka  yo‘l  qo‘yishi  mumkin.  Qonun 

chiqaruvchi  insonparvarlik  hamda  ma’naviy-axloqiy  mezonlarga  rioya 

etgan  holda,  jinoyat  ishi  yurituvi  uchun  mas’ul  bo‘lgan  shaxsni  bunday 

majburiyatdan ozod etadi.  

3)  sudya,  shuningdek  xalq  maslahatchisi,  prokuror,  tergovchi, 

surishtiruvchi,  sud  majlisining  kotibining  xolisligiga  va  beg‘arazligiga 

shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa ham ular jinoyat ishini 

yuritishda  ishtirok  etishga  haqli  emas  va  uni  rad  qilish  lozim.  Sud-tergov 

amaliyotida  bunday  holatlar  sifatida  jinoyat  ishi  yurituvi  uchun  mas’ul 

shaxslarning  jinoyat  protsessi  ishtirokchilari  bilan  yaqin  do‘st  ekanligi 

yoxud aksincha bir-biri bilan xusumat munosabatlarida ekanligi, birgalikda 

hordiq chiqarishi, dam olishi, ularning bir-biridan qarzdor ekanligi, xizmat 

yuzasidan  qaramligi,  hisobdorligi,  nazorat  ostida  ekanligi  yoki  boshqa 

mazkur  shaxslarning  xolisligi  va  beg‘arazligini  shubha  ostiga  qo‘yadigan 

holatlar  tan  olinadi.  Ushbu  holatda  mazkur  shaxslar  ish  yakunlaridan 

manfaatdor bo‘lgani bois, ular rad etilishi lozim.  

Jinoyat  ishi  yurituvi  uchun  mas’ul  bo‘lgan  mansabdor  shaxslarning 

ishda  ishtirok  etishiga  monelik  qiladigan  har  qanday  holat  ham  aniq  va 

ishonchli  tarzda  aniqlangan  bo‘lishi  lozim,  ushbu  holatlar  taxminlarga, 

mish-mishlarga yoki tuhmatga asoslangan bo‘lishi mumkin emas.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sud  Plenumining  2004-yil  24-

sentabrdagi  “Dalillar  maqbulligiga  oid  jinoyat-protsessual  qonuni 

normalarini  qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  12-son  Qarori  3-

bandining  1-bandiga  ko‘ra,  “....dalillar,  agar  tergov  harakati  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  76-moddasida  belgilangan 

asoslarga  ko‘ra  rad  etilishi  shart  bo‘lgan  shaxs  tomonidan  o‘tkazilgan 

bo‘lsa, nomaqbul deb topiladi”

12



Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2008-yil 

15-maydagi  “Sudlar  tomonidan  jinoyat  ishlarini  nazorat  tartibida  ko‘rish 

amaliyoti  to‘g‘risida”gi  12-son  Qarori  7-bandining  birinchi  xatboshisiga 

ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  76  va  516-

moddalariga muvofiq, chaqirtirilgan yoki protest bilan kelib tushgan jinoyat 

ishi  ushbu  ishning  ko‘rilishida  muqaddam  ishtirok  etmagan  sudya 

                                                           

12

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Dalillar  maqbulligiga  oid  jinoyat-protsessual  qonuni  normalarini 



qo‘llashning ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi 2004 yil 24 sentyabrdagi 12-sonli Qarori.//O‘zbekiston  Respublikasi Oliy 

sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –T.: 2007. –B.188. 



124 

 

tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim. Qonun mazmuniga ko‘ra bunday qoida 



iltimosnomani  ko‘rib  chiqishga  nisbatan  ham  qo‘llanilishi  kerak. 

Iltimosnoma  yoki  jinoyat  ishi  mazkur  ishning  ko‘rilishida  muqaddam 

ishtirok  etgan  sudyaga  tayinlangan  hollarda,  u  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksi  80-moddasiga  muvofiq  o‘zini  o‘zi  rad  etishi 

shart.

 

Jinoyat  ishi  bo‘yicha  qonuniy,  adolatli  va  asoslangan  qaror  qabul 



qilishning eng muhim sharti bu jinoyat ishining qonuniy tarkibdagi sudlar 

tomonidan  ko‘rib  chiqilishidir.  Bu  esa,  jinoyat  ishida  sudya  va  xalq 

maslahatchilari  ishtirok  etishiga  monelik  qiladigan,  ularning  aniq  jinoyat 

ishini ko‘rib chiqish va hal qilishida xolislik va beg‘arazligini shubha ostiga 

qo‘yadigan holatlar bo‘lmasligini ham talab qiladi. 

Endi esa, faqatgina sudyaning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan 

6 ta xususiy holatlarga to‘xtalib o‘tamiz. Xususan, ularga ko‘ra, sudya ilgari 

shu  ishni  yuritishda  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror,  sud  majlisining 

kotibi  sifatida  ishtirok  etgan  bo‘lsa;  birinchi  instansiya,  apellyatsiya  yoki 

kassatsiya  instansiyasi  sudida  yoxud  nazorat  tartibida  ishni  ko‘rishda 

ishtirok etgan sudya uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) bekor 

qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.  

Shuningdek, jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok 

etgan  sudya  shu  jinoyat  ishini  apellyatsiya  yoki  kassatsiya  instansiyasida 

yoxud  nazorat  tartibida  ko‘rishda;  jinoyat  ishini  apellyatsiya  (kassatsiya) 

instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi 

instansiya yoki kassatsiya (apellyatsiya) instansiyasi sudida yoxud nazorat 

tartibida ko‘rishda; jinoyat ishini nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok etgan 

sudya  shu  jinoyat  ishini  birinchi  instansiya,  apellyatsiya  yoki  kassatsiya 

instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. 

Bunday  ta’qiqlovchi  normalarning  belgilanishidan  maqsad  sudyaning 

xolis  va  beg‘arazligini  ta’minlash  bo‘lib,  aks  holda  sudya  o‘zi  ilgari 

chiqargan  hukmni  asoslashga  va  o‘zi  tomonidan  yo‘l  qo‘yilgan  xatolarni 

xaspo‘shlashga harakat qilishi mumkin. Boshqacha aytganda, sudya mazkur 

vaziyatda  o‘zi  ilgari  qabul  qilgan  qaror  bilan  bog‘liq  bo‘ladi  hamda  bu 

sudyada bir tomonlama yondashuvni shakllantiradi. Shu bois ham, haqiqatni 

aniqlash, protsessda xolislik va beg‘arazlikni ta’minlash maqsadida qonun 

chiqaruvchi tomonidan yuqoridagi singari cheklovchi norma o‘rnatilgan.  

Shuningdek,  ish  qo‘shimcha  tergov  yuritish  yoki  sudda  yangidan 

ko‘rish uchun yuborilganligi surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek 

sud  majlisi  kotibining  o‘z  protsessual  majburiyatini  bajarishiga  monelik 

qilmasligi 

belgilangan. 

Ish 


qo‘shimcha 

tergovga 

qaytarilganda, 


125 

 

surishtiruvchi,  tergovchi  o‘z  protsessual  majburiyatini  bajarishda  davom 



etadi.  Bu  shu  bilan  izohlanadiki,  qo‘shimcha  tergovda  aynan  ushbu  ishni 

yuritgan surishtiruvchi, tergovchiga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf 

etish  topshiriladi  va  surishtiruvchi,  tergovchi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksi 419-moddasida ko‘zda tutilgan kamchiliklarni 

bartaraf  etishga  kirishadi.  Bunda  aynan  muqaddam  ushbu  jinoyat  ishi 

bo‘yicha 

surishtiruv, 

dastlabki 

tergovni 

yuritgan 

surishtiruvchi, 

tergovchining  jinoyat  ishi  yurituviga  jalb  qilinishi  maqsadga  muvofiq 

bo‘lib, bu sud tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida va sifatli 

bartaraf etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Sud majlisi kotibiga kelsak, u 

asosan,  sudda  texnik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  vazifalarni  bajarishi  hamda 

jinoyat  ishi  taqdirini  hal  qiluvchi  muayyan  protsessual  vakolatlarga  ega 

bo‘lmagani  bois,  uning  yangitdan  ko‘rilayotgan  sud  majlisida  ishtirok 

etishini cheklovchi holat yo‘q. 

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling