Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53

fuqaroviy da’vogar  va fuqaroviy javobgar  ma'lum protsessual huquq 

va burchlarga ega. 

Fuqaroviy  da’vogar  fuqaroviy  da’vo  qo‘zg‘atish,  dalillar  taqdim 

qilish,  iltimosnomalar  kiritish,  sud  muhokamasida  to‘liq  qatnashish, 

fuqaroviy da’voni qo‘llab-quvvatlash va uni qanoatlantirishni talab qilish, 

ish materiallari bilan tanishish hamda ish yuzasidan o‘z fikrlarini bayon 

qilish  huquqiga  ega  hamda  JPKning  57-moddasida  ko‘rsatib  o‘tilgan 

boshqa huquqlarga ham ega.  

 

Fuqaroviy  javobgar  ayblanuvchi  tomonidan  yoki  ijtimoiy  xavfli 

qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun 

qonunga ko‘ra mulkiy javobgar shaxs, korona, muassasa yoki tashkilot 

ishda  fuqaroviy  javobgar  sifatida  ishtirok  etish  uchun  jalb  qilinishi 

mumkin.  

 


106 

 

qonuniy  vakillari,  yaqin  qarindoshlari  yoki  boshqa  shaxslar  jalb  qilinishi 



mumkin. Shuningdek, sudlanuvchining jinoiy harakatlari tufayli keltirilgan 

zarar  uchun  moddiy  javobgar  bo‘lgan  korxona,  tashkilot  va  muassasalar 

ham  fuqaroviy  javobgar  bo‘lishi  mumkin.  Voyaga  yetmaganlar  jinoyat 

ishlari  yuzasidan  ularning  ota-onasi,  o‘quv  yurti,  voyaga  yetmagan  shaxs 

da’volanayotgan  tibbiy  muassasa,  homiy  va  vasiylar  fuqaroviy  javobgar 

sifatida jalb qilinishi mumkin.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Fuqaroviy  javobgar  sudning  chaqiruviga  binoan  hozir  bo‘lish  va 

ularning  talablariga  asosan  fuqaroviy  da’voga  tegishli  bo‘lgan  dalillar 

taqdim  qilish;  haqiqatni  aniqlash,  dalillarni  yo‘q  qilish,  soxtalashtirish, 

guvohlarni  ko‘ndirishga  urinish  va  qonunga  xilof  boshqa  harakatlar  bilan 

to‘sqinlik qilmasligi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.  

Himoyachi  jinoyat  protsessida  qonunda  ko‘rsatilgan  tartibda  gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchining  huquq  va  manfaatlarini 

himoya  qilish  va  ularga  zarur  yuridik  yordam  ko‘rsatish  vakolatiga  ega 

shaxsdir. 

Jinoyat  ishlari  yurituvida  himoyachining  protsessual  maqomini  tahlil 

qilishda  2008-yil  31-dekabrdagi  “Advokatura  instituti  takomillashtirilishi 

munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga 

o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining ahamiyatini 

e’tirof  etib,  mazkur  qonun  bilan  advokatning  protsessual  vakolati  va 

maqomi yanada oshirilganini alohida ta’kidlash lozim.  

Xususan,  hozirgi  kunda  advokatlik  faoliyati  bilan  oliy  yuridik 

ma’lumotga  ega  bo‘lgan  va  advokatlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanish 

huquqini  beruvchi  litsenziyani  belgilangan  tartibda  olgan  O‘zbekiston 

Respublikasining  fuqarosi  O‘zbekiston  Respublikasida  advokat  bo‘lishi 

mumkin.  

Himoya huquqi bilan  ta’minlashning mazmuni quyidagilardan iborat: 



Fuqaroviy  javobgar  ayblov  va  fuqaroviy  da’voning  mazmunini 

bilish;  da’voga  e’tiroz  bildirish;  tushuntirish  berish;  o‘z  manfaatlarini 

himoya  qilish  uchun  vakil  olish;  dalillar  taqdim  qilish;  iltimosnoma 

berish va rad qilish, birinchi instansiya apellyatsiya, kassatsiya va nazorat 

instansiya  sudining  majlislarida  ishtirok  etish,  sudning  harakatlari  va 

qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy 

da’voga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish bo‘yicha keltirilgan 

shikoyat  va  protestlardan  xabardor  bo‘lish  va  ularga  nisbatan  e’tirozlar 

bildirish huquqiga egadir.  

 


107 

 

gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  jinoyat  protsessining 



ishtirokchisi  sifatida  protsessual  huquqlar  doirasiga  ega  bo‘lib,  ularga 

qo‘yilgan  ayblovdan  himoyalanish  uchun  o‘zini-o‘zi,  o‘z  qonuniy 

manfaatlarini himoya etishga imkon beradi; gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, 

sudlanuvchi  himoyachi  yordamidan  foydalanishi,  himoyachining  ishtiroki 

zarur  bo‘lgan  ba'zi  hollarda  bu  yordamni  qonun  asosida  bevosita  olishi 

mumkin;  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi,  sudlanuvchiga  uning  protsessual  huquq  va  majburiyatlarini 

tushuntirishga  majbur  bo‘lib,  ularga  himoyalanish  manfaatlarini,  shaxsiy 

huquq va moddiy huquqini idora qilishi uchun sharoitlar yaratib berishlari 

lozim;  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi  shaxsning  shaxsiy  va 

moddiy  huquqlarini  muhofaza  qilish,  ularni  ta’minlash  borasida 

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud zaruriyat bo‘lmasa, uning shaxsiy 

hayotiga  oid  ma’lumotlarni  ovoza  qilmaslik,  ushbu  shaxslarning  qadr-

qimmati  va  sha’niga  qarshi,  salomatligiga  xavf  tug‘diradigan  harakatlar 

qilmaslik, ularning voyaga yetmagan va yolg‘iz qolgan bolalariga nisbatan 

homiylikni  o‘rnatish  bo‘yicha  tegishli  choralarni  ko‘rish,  ushbu 

shaxslarning mulki va turar joyini saqlash choralarini, ushbu shaxslarning 

qarindoshlari  bilan  dastlabki  tergov  tamom  bo‘lganda  uchrashtirish 

yuklatilgan. 

Odatda  ishda  himoyachi  sifatida  advokatlar  ishtirok  etadilar. 

Advokatning  ishda  ishtirok  etishiga  u  advokat  guvohnomasini 

ko‘rsatganidan  va  muayyan  ishni  yuritishga  vakolatli  ekanligini 

tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.  

Gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining,  sudlanuvchining  yaqin 

qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda 

himoyachi 

sifatida 

ishtirok 

etishiga 

gumon 


qilinuvchining, 

ayblanuvchining, 

sudlanuvchining 

iltimosnomasi 

bo‘yicha 

surishtiruvchining,  tergovchining  qarori  yoki  sud  ajrimiga  binoan  yo‘l 

qo‘yilishi mumkin. 

 

 



 

 

 



 

Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchining  iltimosiga  ko‘ra 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sud  ishda  himoyachining  ishtirok 

etishini ta’minlaydi. 

Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sud  ishning  murakkabligi  va 

Himoyachining  ishda  ishtirok  etishiga  jinoyat  protsessining  har 

qanday  bosqichida,  shaxs  ushlanganida  esa  uning  harakatlanish 

erkinligiga  bo‘lgan  huquqi  amalda  cheklangan  paytdan  boshlab  ruxsat 

etiladi.  

 


108 

 

boshqa  holatlari  tufayli  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchi 



o‘z huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, 

boshqa  ishlar  bo‘yicha  ham  himoyachining  ishtirok  etishini  shart,  deb 

topishga haqlidir.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  53-

moddasiga  binoan  himoyachi  gumonni  yoki  aybini  rad  etadigan  yoxud 

javobgarlikni  yengillashtiradigan  holatlarni  aniqlash  uchun  qonunda 

nazarda  tutilgan  barcha  vosita  va  usullarini  qo‘llashi  hamda  gumon 

qilinuvchiga,  ayblanuvchiga  yoki  sudlanuvchiga  zarur  yuridik  yordam 

ko‘rsatishi;  haqiqatni  aniqlashga,  dalillarni  yo‘q  qilish,  soxtalashtirish, 

guvohlarni  ko‘ndirishga  urinish  va  qonunga  xilof  boshqa  harakatlar  bilan 

to‘sqinlik  qilmasligi;  ishning  tergovi  va  sud  majlisi  vaqtida  tartibga  rioya 

etishi shart.  

Ishda  ishtirok  etish  haqida  shartnoma  tuzilgan  yoki  tayinlangan 

vaqtidan  boshlab  advokat  himoyaga  haqli  hisoblanadi  va  bu  vazifani 

bajarishni rad etishga haqli emas.  

Ayblanuvchining  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish 

himoyachining  asosiy  burchidir.  Ayblanuvchining  qonuniy  manfaatlarini 

himoya  qilish  deganda,  ayblov  asossizligi  munosabati  bilan  jinoyat  ishini 

bekor qilishga erishish; ish holatlariga binoan javobgarlikni yengillashtirish 

maqsadida  jinoyat  ishining  malakalanishi  (kvalifikatsiya)ni  o‘zgartirishga 

erishish;  tegishli  asos  bo‘lgan  holda  ehtiyot  chorasini  bekor  qilish  yoki 

o‘zgartirishga  erishish;  javobgarlikni  yengillashtiruvchi  holatlarni 

aniqlashga  urinish  va  boshqalardan  iborat  turli  protsessual  harakatlar 

tushuniladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ayblanuvchining  qonuniy 

manfaatlarini  himoya  qilish,  aybsiz  shaxsni  sudlash  yoki  javobgarlikka 

tortilishini bartaraf qilish, adolatsiz tarzda og‘ir jazo belgilanishining oldini 

olish,  barcha  yengillashtiruvchi  holatlar  majmuasini  hisobga  olishni  o‘z 

ichiga oladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

Himoyachining  mustaqilligi  u  umuman  himoyasidagi  shaxsning 



ixtiyori va talablari bilan hisoblashmasdan faoliyat ko‘rsatishi lozim, degan 

ma'noni anglatmaydi.  



Himoyachi  ayblanuvchining  har  qanday  manfaatlarini  emas,  balki 

aynan qonuniy manfaatlarini faqat qonuniy usul va vositalar bilan himoya 

qiladi.  Shuning  uchun  himoyachining  qonunda  ko‘rsatilmagan  usul  va 

vositalardan  foydalanishi,  ayblanuvchining  noqonuniy  manfaatlarini 

himoya qilishga urinishi qat'iyan rad etilishi lozim. 

 


109 

 

Himoyachi  ayblanuvchining  noqonuniy  urinishlariga  ergashmasligi 



lozim,  lekin  u  o‘z  himoyasidagi  shaxsning  qonun  bilan  asoslangan 

talablarini hisobga olishi shart va bu  ma'noda himoyachining  mustaqilligi 

nisbiydir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  «Advokatura  to‘g‘risida»gi  Qonuni 

normalari avvalo advokatdan axloqiy soflik, qonunlarga aniq va og‘ishmay 

amal qilishning namunasi bo‘lishni talab etadi.  

Advokatning  kasbiy  burchi  unga  ish  bo‘yicha  barcha  dalillarni 

obyektiv, har tomonlama va sidqidildan tahlil qilish va baho berish, faktlarni 

ataylab  buzib  ko‘rsatmaslik,  sud  va  tergovni  chalg‘itishga  urinmaslik, 

tekshirilayotgan hodisalarga qonuniylik va axloq pozitsiyasidan turib baho 

berish majburiyatini yuklaydi. Himoyachi haqiqiy, o‘ziga ma’lum bo‘lgan 

dalillardan  foydalanishi  yoki  unga  ma’lum  bo‘lgan  faktlarga  zid  keluvchi 

ishdagi ma’lumotlarni qo‘llashi mumkin emas. 

Jinoyat  protsessi  ishtirokchilaridan  yana  biri  bu  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining qonuniy vakilidir. 

 

 



 

 

 



 

 

Ishda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, 



homiylar,  voyaga  yetmaganga  yoki  belgilangan  tartibda  muomalaga 

layoqatsiz deb e’tirof etilgan ishtirokchiga homiylik qiluvchi muassasa va 

tashkilotlarning  vakillari  qatnashishi  mumkin.  Gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi,  sudlanuvchining  qonuniy  vakili  ishda  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan birga, jabrlanuvchining qonuniy vakili esa 

jabrlanuvchi bilan birga, shuningdek uning o‘rnida ham ishtirok etadi.  

Qonuniy  vakilning  ishda  ishtirok  etishiga  yo‘l  qo‘yilganligi  haqida 

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim  chiqaradi. Gumon 

qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining  manfaatlari  o‘zaro 

mos kelmasa-da, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi 

tarafida  ishda  ishtirok  etish  uchun  qaror  yoxud  ajrim  bilan  advokat 

tayinlanadi. 

Qonuniy  vakillik  fuqarolik  va  jinoyat  protsessidagi  vakillik  umumiy 

himoya institutidan farqli o‘laroq, vakillik qilinayotgan huquqiy munosabat 

subyekti  almashtirilishini  anglatmaydi.  Qonuniy  vakil  vakillik  qilayotgan 

shaxs  o‘rniga  emas  (birgalikda  ham  emas),  balki  u  bilan  birga  o‘z 



Qonuniy  vakil  ishda  ishtirok  etishga  voyaga  yetmagan  yoxud 

belgilangan  tartibda  muomalaga  layoqatsiz  deb  e'tirof  etilgan  gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi,  jabrlanuvchining  huquq  va 

majburiyatlarini himoya qilish uchun jalb qilinadi. 

 


110 

 

qaramog‘idagi  shaxsning  huquqlari  himoyasi  va  qonuniy  manfaatlarining 



amalga  oshirilishiga,  u  tomonidan  o‘z  protsessual  majburiyatlarini 

bajarishga yordam beradi. 

O‘z navbatida ishda qonuniy vakilning ishtiroki o‘zi vakillik qilayotgan 

shaxsning  protsessual  huquqlarini  cheklab  qo‘ymaydi,  balki  aksincha 

ularning  to‘la  va  samarali  ravishda  amalga  oshirilishiga  yordam  beradi. 

Ushbu shaxs har xil turdagi ariza va shikoyatlar berish kabi maqsadlarda o‘z 

qonuniy  vakilining  roziligiga  qaram  emas.  U  o‘z  qonuniy  vakilining 

holatidan farqlanadigan holatni egallashi mumkin. 

Qonuniy 

vakilning 

protsessual 

holati 


avvalambor, 

kimning, 

protsessning  qaysi  ishtirokchisining  manfaatlarini  ko‘zlab  vakillik 

qilayotgani  bilan  belgilanadi  va  amaldagi  jinoyat-protsessual  qonuni 

shundan  kelib  chiqib,  qonuniy  vakillarga  juda  keng  vakolat  beradi,  bu 

vakolat  ular  vakillik  qilayotgan  shaxslarning  protsessual  huquq  va 

majburiyatlari majmuiga yaqinlashadi yoxud teng bo‘ladi. 

Qonuniy  vakilning  huquqlari  mazmunan  u  o‘zi  vakillik  qilayotgan 

shaxsning huquqlaridan kelib chiqqanligi sababli, shunga muvofiq ravishda 

u o‘zi vakillik qilayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining 

jinoyat sudlov ishlarini yuritish mobaynida ko‘rsatilgan huquqlaridan kelib 

chiqadi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida 

ko‘rsatilgan  barcha  protsessual  vositalar,  rad  qilish  va  arizalar  berishdan 

shikoyat qilishgacha bo‘lgan vositalarning qo‘llanishiga asoslanadi. 

Qonuniy vakil nafaqat huquqlarga ega, balki uning majburiyatlari ham 

bor. U jumladan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga 

binoan hozir bo‘lishi, ko‘rsatuvlar berishi, tergov harakatlarini o‘tkazishda, 

sud  majlisida  ishtirok  etishi,  unda  tartibga  rioya  qilishi,  o‘zi  vakillik 

qilayotgan shaxsga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik kabi majburiyatlarga ega.

  

 



 

 

 



 

 

 

 

 

3.5. Jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  65-

moddasiga  binoan  jinoyat  ishi  bo‘yicha  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan  biror 

holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs guvoh sifatida ko‘rsatuv 



Qonuniy  vakil  guvoh  sifatida  so‘roq  qilinishi,  shuningdek, 

himoyachi, fuqaroviy da'vogar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda 

ishtirok  etishga  jalb  qilinishi  mumkin.  Bunday  hollarda  qonuniy  vakil 

yuqorida  aytib  o‘tilgan  protsess  ishtirokchilarining  huquqlari  va 

majburiyatlariga ega bo‘ladi. 

 


111 

 

berish uchun chaqirilishi mumkin. Guvoh isbotlovchi axborotning manbai 



sifatida tergov qilinayotgan hodisaning holatlaridan tashkil topadi. 

Guvoh:  advokatning  yuridik  yordamidan  foydalanish;  tergov 

harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; so’roq yuritilayotgan tilni 

bilmasa yoki etarlicha bilmasa, o’z ona tilida ko’rsatuvlar berish va bu holda 

tarjimon xizmatidan foydalanish; uning so’roq qilinishida ishtirok etuvchi 

tarjimonni  rad  qilish;  ko’rsatuvlarini  o’z  qo’li  bilan  yozib  berish;  o’ziga 

qarshi  ko’rsatuv  bermaslik;  so’roq  bayonnomasi  bilan  tanishish,  unga 

qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish; ko’rsatuvlar berishda yozma belgilar 

va  hujjatlardan  foydalanish;  o’z  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun, 

surishtiruvchining,  tergovchining,  prokurorning  va  sudning  harakatlari 

hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega.  

Guvoh sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; ish bo‘yicha o‘ziga 

ma’lum barcha holatlar haqida haqqoniy so‘zlab berishi; berilgan savollarga 

javob  qaytarishi;  ish  bo‘yicha  o‘ziga  ma’lum  bo‘lgan  holatlarni  so‘roq 

qiluvchining  ruxsatisiz  oshkor  etmasligi;  ishning  tergovi  va  sud  majlisi 

vaqtida tartibga rioya etishi shart. 

Guvoh uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan taqdirda majburiy ravishda olib 

kelinishi  mumkin,  ko‘rsatuv  berishdan  bosh  tortganlik,  shuningdek  bila 

turib  yolg‘on  ko‘rsatuv  berganlik  uchun  qonunda  belgilangan  tarzda 

javobgar 

bo‘ladi 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 66-moddasi). 

Shaxs  guvohlik  berish  uchun  faqat  davlat  hokimiyatining  vakolatli 

organlari - surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura hamda sud tomonidan 

chaqirilishi mumkin.  

Aynan chaqirilgan vaqtdan boshlab fuqaro guvohlik maqomini oladi va 

shu  bilan  unga  muayyan  majburiyatlar  yuklanadi.  Aynan  shu  paytdan 

boshlab  huquq  va  majburiyatlar,  shuningdek  mas’uliyat,  shu  bilan  birga 

jinoiy javobgarlik vujudga keladi. 

Amaliyotdan misol:

 

O‘g‘irlik (kissavurlik) yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha tergovchi Valiev va 



Alimovlarni  guvoh  tariqasida  so‘roq  qilish  uchun  chaqirdi.  Ular  birgalikda  kelishgach,  tergovchi 

ularning  har  ikkovlari  bilan  ushbu  o‘g‘irlik  yuzasidan  suhbatlashdi,  keyin  esa  ularga  so‘roq 

bayonnomasini berib, ushbu voqea yuzasidan bilganlarini yozib berishlarini taklif qildi. 

Shundan  so‘ng guvohlar Valiev va Alimovlar so‘roq bayonnomasiga  voqea  tafsilotlarini  o‘z 

qo‘li  bilan  yozib  imzo  chekdilar.  Tergovchi  so‘roq  bayonnomasini  tanishtirib  chiqib  qo‘shimcha 

e'tirozlar bor yo‘qligini so‘rab bayonnomani rasmiylashtirib qo‘ydi.  

Guvoh surishtiruv, tergov, prokuratura organlari va sudning talablariga 

binoan so‘roq qilish belgilangan joyga vaqtida, soat va kunida yetib borishi 



112 

 

va o‘ziga ma’lum bo‘lgan ish to‘g‘risida to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga majbur. 



O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 115-moddasiga 

binoan guvoh sifatida quyidagilar so‘roq qilinmaydi: 

 

hukm  yoki  ajrim  chiqarish  jarayonida  kelib  chiqqan  masalalarni 



maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar to‘g‘risida - sudya va xalq 

maslahatchisi; 

 

jinoyat ishi yuzasidan o‘z vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga 



ma’lum  bo‘lgan  holatlar  to‘g‘risida-himoyachi,  shuningdek  jabrlanuvchi, 

fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgarning vakili; 

 

ruhiy  va  jismoniy  nuqsoni  sababli  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan 



holatni to‘g‘ri idrok etish va bu haqda ko‘rsatuv bera olish layotqatiga ega 

bo‘lmagan shaxs. 

Amaliyotdan misol:

 

Rajapovga 2014-yil 21-mart kuni soat 20-00 larda, o‘zini nomida bo‘lgan 



Nexia rusumli davlat raqami 60E 444 DA avtomashinasini, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan joy, 

ya’ni  Baliqchi  tumani  markazi  hududidan  o‘tgan  4R  156-sonli  Baliqchi-Marxamat  avtomobil 

yo‘lining  12-kilometrida  janubdan  shimol  tomonga  qarab  boshqarib  borayotib,  yo‘l  harakati 

qoidalarini  “Haydovchi  harakatning  serqatnovligi,  shuningdek  harakatlanish  yo‘nalishidagi 

ko‘rinishni hisobga olgan holda, transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan 

boshqarishi, harakatlanishda haydovchi aniqlay olishi imkoniyatida bo‘lgan xavf yoki to‘siq paydo 

bo‘lsa, u transport vositasining tezligini to‘la to‘xtatishini ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki 

to‘siqni  boshqa  harakat  qatnashchilari  uchun  xavfsiz  aylanib  o‘tish  choralarini  ko‘rish  kerak”  – 

deyilgan 12.1-bandini qo‘pol ravishda buzib, shu yo‘ldan o‘tib borayotgan Urinovni avtomashinasini 

old  tomoni  bilan  urib  yuborib,  transport  vositalari  yoki  ulardan  foydalanish  xavfsizligi  qoidalarini 

buzgan. Natijada Urinovni jarohat olishiga sabab bo‘lgan. 

Ushbu  holat  yuzasidan  guvohlar  so‘roq  qilinganda  guvoh  Akmalov  o‘z  ko‘rgazmasida: 

“Jarohat  olgan  shaxs  avtoulov  yo‘liga  kutilmaganda  yugurib  o‘zi  chiqdi,  ushbu  Nexia  mashinasi 

taxminan 40 km/s tezliklarda kelayotgan edi, chorrahada svetofor yashil chirog‘i yonib turgan edi” 

deb bayon qilgan bo‘lsa, guvoh Xamidjonov o‘z ko‘rgazmasida: “Jarohat olgan shaxs odatdagidek 

yurish bilan yo‘ldan o‘tayotgan edi, Nexia avtomashinasi taxminan 100 km/s tezliklarda kelayotgan 

edi, chorrahada svetofor qizil chiroq yonib turgan edi, haydovchi jarohatlangan shaxsda xuddi qasdi 

bordek ataylab uni bosib ketdi” deb bayon qildi.  

Rajapov  o‘zining  bu  harakatlari  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  266-

moddasi  1-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyatni  sodir  qilganligi  aniqlanib,  ish  materiallari  sud 

muhokamasiga taqdim etilgan.  

Guvoh  sifatida  nafaqat  sodir  etilgan  jinoyat  shohidlari,  balki  turli 

majburiyatlarni  bajarish  davomida  ishga  aloqasi  bo‘lgan  shaxslar  ham 

alohida  holatlar  bo‘yicha  guvoh  tariqasida  so‘roq  qilinadi.  Ularga 

quyidagilar kiradi: 

1. Tergov yoki sud harakatlarini o‘tkazishda jalb qilingan shaxslar ish 

qayta  ko‘rilganda  guvoh  sifatida  tergov  va  sud  harakatlarini  o‘tkazilish 

holatlarini  aniqlashtirish  maqsadida,  ushbu  tergov  harakatlarining  alohida 

qismlarini  aniqlashtirish  zarurati  tug‘ilganda  yoki  tergov  bayonnomasida 

qayd  etilgan  holatlar  va  sud  tergovi  davomida  vujudga  kelgan  qarama-

qarshiliklarni  bartaraf  etish  bo‘yicha  so‘roq  qilinishi  mumkin.  Xuddi 


113 

 

shuningdek,  ushbu  tergov  harakatlarni  o‘tkazishda  ayblanuvchilarning 



xulq-atvori  to‘g‘risida  savol  tug‘ilishi  mumkin.  Ushbu  turdagi  shaxslarga 

xolislar  kiradi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

74-moddasi 4-qismiga binoan xolislar o‘zi ishtirok etgan tergov harakatlari 

bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin. 

2.  Moliyaviy-taftish  nazoratchilar,  taftish  yoki  boshqa  tekshirish 

materiallarini  jinoyat  ishiga  dalil  sifatida  tikib  qo‘ygan  shaxslar  ular 

tomonidan  taqdim  etilgan  materiallarda  mavjud  bo‘lgan  qarama-

qarshiliklarni bartaraf etish va faktik ma’lumotlarni to‘ldirish uchun ushbu 

holatlar bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinadi. 

3. Qidiruvdagi shaxslarni ushlash yoki ularni kuzatib yurishda ishtirok 

etuvchi  ichki  ishlar  va  boshqa  organ  xodimlari,  shuningdek  jamoatchilik 

vakillari o‘zlari aniqlagan holatlari bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinishi 

mumkin.  

Guvohni  almashtirib  bo‘lmasligi  guvohlik  ko‘rsatuvlari  tabiatini 

tasvirlashda asosiy o‘rin egallaydi. Ekspert, xolis kasalligi yoki boshqa uzrli 

sabablarga  ko‘ra  almashtirilishi  mumkin,  lekin  guvohni  ish  uchun 

ahamiyatli  holatlarni  bilmaydigan  boshqa  bir  guvoh  bilan  almashtirib 

bo‘lmaydi. Ushbu guvohga ish uchun ahamiyatli holat boshqa shaxs orqali 

ma’lum  bo‘lmasa,  bunday  guvoh  ham  almashtirib  bo‘lmaydigan  guvoh 

hisoblanadi.  Bunday  holatda  tergovchi  yoki  sud  uning  ko‘rsatuvlarini 

boshqa  dalillar  bilan  solishtirib  ko‘rishi  mumkin,  biroq  xabar  qilingan 

ma’lumotni to‘g‘riligini tekshirish, tergov va sud uchun ahamiyatli bo‘lgan 

holatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilgan shaxs tomonidan bu ma’lumotlar 

olingan  holdagina  samaraliroq  bo‘ladi.  O‘sha  holatlar  faqat  ushbu  guvoh 

emas,  balki  boshqa  shaxslar  tomonidan  qabul  qilingan  bo‘lsa,  bunday 

hollarda  ham  guvoh  almashtirilishi  mumkin  emas.  Agar  ish  holatlari 

bo‘yicha bir necha shaxs ko‘rsatuv bergan bo‘lsa, u holda sud yoki dastlabki 

tergov organlarida ularni sinchkovlik bilan va har tomonlama tekshirishga 

imkon beradi. 

 

 



  

 

 



 

Guvohning  sudda  og‘zaki  javob  berishi  sudga  nafaqat  guvoh 

ko‘rsatuvining mazmunini tekshirish, balki dalil manbasini qabul qilish va 

baholash  imkonini  beradi.  Guvoh  o‘zidagi  yozma  belgilardan  faqatgina 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling