Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalil ishonchliligi
- Dalillar yig‘indisi deganda, hodisalar va faktlarning haqiqiy bog‘liqligini to‘g‘ri aks ettiradigan, o‘zaro kelishgan va ichki
- Dalillarni baholash
- Ichki ishonch
- 6.4. Dalillarni bayonnomalarda qayd etish
Dalillar maqbulligi deganda, dalilni qonunda belgilangan manbadan, faqat vakolatli shaxslar tomonidan olish usullari hamda qayd etish nuqtayi nazaridan tavsiflovchi sifat tushuniladi. 176
Jinoyat ishlari yurituvida qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dalillarni maqbul deb e’tirof etish shartlari quyidagilardir: 1)
bo‘lgan protsessual harakatni o‘tkazishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan olingan bo‘lishi; 2)
protsessual kodeksi 81-moddasining ikkinchi qismida qayd etilgan manbalardan olingan bo‘lishi; 3)
qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan bo‘lishi; 4)
dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan bo‘lishi shart. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonunni aniq bajarishdan va unga rioya qilishdan har qanday chekinish, u qanday sababga ko‘ra yuz berganligidan qat’i nazar, shu yo‘l bilan olingan dalillarning nomaqbul (yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi. Nomaqbul dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmay, ulardan Jinoyat- protsessual kodeksining 82-84-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qo‘yish mumkin emas.
Shuningdek, ish bo‘yicha har qanday qaror qabul qilishda, shu jumladan ayblov xulosasi va hukmda nomaqbul dalillarga asoslanish mumkin emas 16 . Dalillar, jumladan, quyidagi hollarda nomaqbul deb topiladi, agar: 1)
so‘ng, tergovchi, prokurorning yozma topshirig‘isiz o‘tkazilgan tergov harakati davomida olingan bo‘lsa, tergov harakati belgilangan tartibda ishni o‘z yurituviga olmagan yoki tergov guruhi tarkibiga kiritilmagan tergovchi tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, tergov harakati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 76-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra rad etilishi shart bo‘lgan shaxs tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa; 2)
16 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2004-yil 24-sentyabrdagi 12-sonli Qarori //O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –T.: 2007. –B.190. 177
nazarda tutilmagan manbadan, masalan, jinoyat-protsessual qonunida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezkor-qidiruv tadbirlari vaqtida olingan bo‘lsa; 3)
nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinmagan holda olingan bo‘lsa, jumladan: a) prokurorning sanksiyasi olinishi shart bo‘lgan hollarda tergov harakatining sanksiya olinmasdan o‘tkazilishi (kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno); b) tergov harakatida xolis sifatida ish bo‘yicha manfaatdor shaxsning, shu jumladan, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari yoki ularga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki; v) ko‘rsatmalarning, shu jumladan, aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlarning qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish hamda insonga nisbatan boshqa shafqatsiz yoki uning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shuningdek aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar orqali olinishi; g)
ekspert xulosasining ekspertiza tayinlash vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari buzilgan holda, shuningdek ekspert rad etilishi shart bo‘lgan holda olinishi; d)
himoyachining, ishtiroki shart bo‘lgan hollarda uning ishtirokisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ko‘rsatma olinishi; e)
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yaqin qarindoshlarining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 116-moddasi talablariga xilof ravishda o‘z roziligisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi. sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi; 4) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan bo‘lsa: 5) tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga oid ma’lumotlar yo‘qligi; 6) tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga huquq va majburiyatlarining tushuntirilmaganligi; 7)
tergov va
sud boshlangan va tugallangan vaqtning ko‘rsatilmaganligi; 8) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 90-93- moddalarida nazarda tutilgan boshqa talablarning bajarilmaganligi. Jinoyat-protsessual qonuni talablari buzilgan tarzda olingan boshqa
178
hollarda ham dalillar nomaqbul deb topilishi mumkin 17 . Bu borada xorijiy tajribaga murojaat qiladigan bo‘lsak, masalan, Gollandiya Jinoyat protsessual kodeksiga binoan, dalillarni dalillar ro‘yhatidan chiqarib tashlash yoxud uni nomaqbul deb topishga quyidagi holatlardagina yo‘l qo‘yiladi: 1.
Dalillarni to‘plash jarayonida Jinoyat-protsessual qonunchilik bilan belgilangan qoidalarning qo‘pol buzilishi; 2.
qonunchilik normalarida belgilangan principlarning qo‘pol buzilishi dalilni nomaqbul deb topishga asos bo‘ladi 18 .
ruhsatnoma”si bo‘lib, u orqali dalillarni jinoyat ishiga qo‘shish va ulardan jinoyat ishida foydalanishga berilgan ruhsatdir deb ta’rif berishadi 19 .
To‘g‘ri protsessual qaror chiqarishning zaruriy sharti - ishonchli dalillarning mavjudligidir.
Dalilning ishonchliligini aniqlash uchun nafaqat uning tashqi alomatlarini bilish va baholash kerak, balki har bir muayyan holda uning mohiyatini chuqur anglash, uning eng muhim va jiddiy alomatlarini, xususiyatlarini va ish uchun ahamiyatini bilish zarur. Dalilning mohiyati shundan iboratki, anglashda hodisa va mohiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yotadi. Dalilning ishonchliligi haqidagi savolga haqiqiy ma’lumotlar manbaini hamda dalilni shakllantirishning uyg‘un ravishda sinchkovlik bilan va har tomonlama o‘rganish natijasida javob berish mumkin (so‘roq qilinganning axborotni qabul qilish, eslab qolish, qayta aks ettirishga qodirligi, bu jarayonlarga ta’sir etuvchi, sodir etilgan hodisaning haqiqiy manzarasini uni idrok etgan shaxs ko‘z oldida o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan
17 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2004-yil 24-sentyabrdagi 12-sonli Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –T.: 2007. –B.189. 18 M.J. Borgers & L. Stevens. The Use of Illegally Gathered Evidence in the Dutch Criminal Trial. 2005. 19 Alex Stein. Criminal procedure-a criminal defendant is entitled to a specific jury instruction when supporting evidence exists: Foundations of evidence law. 2005.
voqelikka muvofiqligi) to‘liq, so‘zsiz ishonchga egaligi e'tirof etilgan taqdirda u ishonchli hisoblanadi.
179
faktlar, guvohning ayblanuvchi va jabrlanuvchi bilan o‘zaro munosabatlari, moddiy izlar paydo bo‘lishi va saqlanishi sharoitlari va hokazo). Alohida dalilning ishonchliligi haqidagi yakuniy qaror uning mazmunini boshqa protsessual manbalardan olingan axborot bilan solishtirish natijasida qabul qilinishi lozim. Bu qoida barcha dalillarga taalluqlidir. Ayrim dalilning ishonchliligi ishdagi barcha dalillarni emas, balki aynan bitta omilga taalluqli bo‘lganlarni baholash orqali batafsil aniqlanadi. Masalan, trassologik ekspertizaning gumon qilinuvchidan olib qo‘yilgan poyabzal izlari voqea joyida qoldirilgan iz bilan bir xilligi haqidagi xulosasi bir tomondan va guvohning gumon qilinuvchini jinoyat sodir etilganidan oldin shu joyda ko‘rganligi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari ikkinchi tomondan, bir-birining ishonchliligini o‘zaro mustahkamlaydi. Lekin bular sirasiga, misol uchun, jinoyat tufayli yetkazilgan zarar xususiyati va miqdorini belgilaydigan dalillar kirmaydi. Dalillarga baho berish va ularning ishonchliligini aniqlash jarayonining muhim tarkibiy qismi haqiqiy ma’lumotlar manbalarini ularning sifati jihatidan baholashdir. Protsessual manbalarni baholash tergov va sud organlarining jinoyat hodisasiga taalluqli holatlarni isbotlash bo‘yicha butun faoliyatida o‘ta muhim ahamiyatga ega, chunki ish bo‘yicha isbotlash predmetini tashkil qiladigan barcha faktlar, barcha holatlar qonunda nazarda tutilgan protsessual manbalar yordamida aniqlanadi. Shu boisdan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan u yoki bu faktni aniqlash uchun avvalambor, haqiqiy ma’lumotlar manbaini tadqiq etish va to‘g‘ri baholash, uning sifatliligiga, qidirilayotgan fakt haqida u xabar berayotgan ma’lumotlarning ishonchliligiga: unda noto‘g‘ri, xolisona bo‘lmagan yoki xato bo‘lgan yoki yolg‘on ma’lumotlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.
Lekin protsessual manbaning sifatliligi o‘z-o‘zidan undan olingan fakt to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini anglatmaydi. Bu ma’lumotlar jinoyat sodir etganlik to‘g‘risidagi obyektiv holatlarga mos bo‘lishi yoki mos bo‘lmasligi mumkin. Masalan, guvoh unga ish bo‘yicha ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida haqiqatni so‘zlab bergan taqdirda u xato qilishi, yanglishishi, u yoki bu muhim jihatlarni noaniq aytishi mumkin. Demak, fakt to‘g‘risida u yoki bu dalillar manbasi xabar beradigan ma’lumotlar ishonchliligiga ishonch hosil qilish uchun bu ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o‘rganish, ularning haqiqiy mazmunini tahlil qilish, ularni boshqa dalillar bilan solishtirish, ularning o‘zaro bog‘liqligini va bir-biriga to‘g‘riligini aniqlash, ular bir-biriga to‘g‘ri kelmagan taqdirda ziddiyat sababini aniqlash kerak. Har bir protsessual manbani aynan ana shunday 180
baholash tergov organlari va sudga isbotlanayotgan fakt yuzasidan olingan ma’lumotlarning ishonchli yoki ishonchsiz ekanligi haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini beradi. Shu o‘rinda amaliyotdan misol: Mahkum Sanjarovning himoyachisi shikoyat bilan apellyatsiya tartibida ish qo‘zg‘atib, uning himoyasi ostidagi shaxsning jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov bir tomonlama olib borilganligini, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97- moddasi 1-qismi bilan noto‘g‘ri ayblanganligini bayon qiladi. Himoyachi o‘z shikoyatida ish bo‘yicha bir necha shaxs guvoh sifatida ko‘rsatma bergan bo‘lsa ham voqeani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvohning yo‘qligi, ekspertiza xulosasida o‘limning sababi aniq aytilmaganligi ya’ni, jabrlanuvchi yetkazilgan jarohat natijasida o‘lganmi yoki yetarli darajada malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligidan vafot etganligini ekspertiza xulosasining mazmunidan anglab bo‘lmaydi. Apellyatsiya instansiyasi himoyachining shikoyati asosida ushbu jinoyat ishini ko‘rib shikoyatda nomlari ko‘rsatilgan guvohlarni chaqirib so‘raydi. Ekspertiza xulosasining qanchalik haqiqatga to‘g‘riligi xususida fikr olish uchun 1-shahar klinik kasalxonasining jarrohlik bo‘limi mudiri Inoyatov chaqirilib, undan og‘zaki ijobiy fikr olinadi. Jabrlanuvchining xotini himoyachining shikoyatiga qarshi mahkumning salbiy jihatlarini ko‘rsatib yozma arizani taqdim qilib, mahalladoshlari uning axloqsizligi, bezoriligi, doimiy ravishda spirtli ichimlik iste'mol qilib, yoshlarni tarbiyasiga yomon ta’sir qilganligi xususidagi jamoatchilik fikrini bayon qiladi. Natijada yuqori instansiya sudi qo‘shimcha taqdim qilingan materiallarini o‘rganib chiqib, hukmni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalarini noto‘g‘ri qo‘llanilganligi munosabati bilan o‘zgartirdi va jinoyat kvalifikatsiyasini yengilrog‘iga almashtirdi.
Jinoyat ishi bo‘yicha egri (bilvosita) dalillarga baho berish jinoyat hodisasiga taalluqli barcha holatlarni, barcha xususiyat va jihatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama tadqiq etishni va aniqlashni, har bir dalil mohiyatini chuqur anglash va tahlil qilishni, uning boshqa dalillar bilan uzviy bog‘liqligini aniqlashni jiddiy talab etadi. Ayblov to‘g‘ri dalillarga asoslangan hollarda so‘roq qilinayotganning shaxsini o‘rganish, ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Guvoh, jabrlanuvchi va ayblanuvchining shaxsini o‘rganish uchun ularning aqliy rivojlanishi umumiy darajasini va ma’naviy qiyofasini nafaqat aniqlash kerak, balki so‘roq qilinayotganning ruhiy holatini, uning xotirasi xususiyatlarini, ya’ni faktlar va holatlarni qabul qilish hamda eslab qolishga qodirligini, fantaziyaga berilish, mubolag‘aga moyilligi va boshqa muhim holatlarni har tomonlama tadqiq etish zarur.
Ish bo‘yicha protsessual qaror qabul qilish uchun dalillar yetarliligini belgilash dalillarni baholashning mustaqil vazifasi hisoblanadi. Isbotlanishi kerak bo‘lgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini so‘zsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalillar to‘plangan bo‘lsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi 5-qismi). 181
Ish bo‘yicha to‘plangan dalillar o‘z mazmuniga ko‘ra ishga aloqador, maqbul va ishonchli bo‘lishi mumkin, ammo isbotlash yakunida aniqlanganligini e’tirof etish uchun ular yetarli bo‘lmasligi ham mumkin. Shunday holat ham yuzaga kelishi mumkinki, dalillar isbotlash predmetini tashkil etadigan ayrim holatlarga nisbatangina yetarli bo‘lib, boshqa aniqlanayotgan faktlarning mavjudligi borasida ishonchli bo‘lishi uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Jinoyat ishi bo‘yicha boshqa faktlar bilan bog‘liqlikdan ajratib olingan dalil shaxs aybdorligi haqida xulosa chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. Shu munosabat bilan ayblanuvchining o‘z aybini tan olishi faqat mavjud dalillar yig‘indisi bilan tasdiqlangandagina ayblov asosiga olinishi mumkinligi aynan to‘g‘ridir (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 112-moddasi). Dalillar yetarliligi tushunchasi ish bo‘yicha dalillar yig‘indisini nazarda tutadi.
Xususan, dalillarni baholash quyidagilarni aniqlash uchun amalga oshiriladi: 1) mazkur faktdan ish bo‘yicha sudda dalil sifatida foydalanish mumkinmi, bu protsessual qonunga, isbotlash prinsiplariga zid emasmi; 2) mazkur dalil yoki dalillar yig‘indisi ishga taalluqlimi; 3) mazkur dalil ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan qanday bog‘liqlikda, bu bog‘liqlikning xususiyati va ahamiyati qanday; 4) mazkur dalilning va dalillar yig‘indisining haqiqatni aniqlash uchun ahamiyati qanday, dalillar yig‘indisi ish taqdirini belgilash u yoki bu protsessual qaror qabul qilish uchun yetarli asos hisoblanadimi; 5) mazkur dalildan kelgusi sud jarayonidagi isbotlashda qanday foydalanish mumkin.
Dalillarni baholash jinoyat-protsessual isbotlashning tuzilmaviy elementlaridan biridir. Jinoyat-protsessual isbotlash esa, o‘z navbatida,
belgilanganligini, jinoyat hodisasi va boshqa dalillar bilan qanday o‘zaro bog‘liqlikda ekanligini, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan aynan qaysi faktni aniqlayotganligini yoki rad etayotganligini hamda ish bo‘yicha to‘plangan barcha dalillar nimadan dalolat berayotganini aniqlash demakdir.
182
jinoyat-protsessual faoliyatning o‘ziga xos shakllaridan biridir. Demak, dalillarni baholash jinoyat protsessining barcha prinsiplariga tayanadi. Dalillarni baholash isbot qilish jarayonining boshidan to oxirigacha kuzatiladigan faoliyatdir. Dalillarni to‘plash va tekshirish bosqichida ham dalillarga shartli ravishda baho berib boriladi, yakuniy baholash ish yuzasidan yaxlit xulosaga kelib uni protsessual qarorda aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Qonunga binoan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga hamda huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha dalillarga baho beradilar. Ichki ishonch baholash natijasi, yakuni sifatida – kishining shunday holatiki, u mavjud dalillar yig‘indisidan, tizimidan kelib chiqadigan yagona xulosa mavjudligini bildiradi.
Baholash jarayonida hech bir dalil oldindan o‘rnatilgan qonuniy kuchga va imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin emas. Ichki ishonch bo‘yicha dalillarni baholash prinsipi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95-modda 1-qism) dalillarni baholashda ularning jami yig‘indisi bo‘lishi, ishning barcha holatlari har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rilishi haqidagi qonun talabi bilan mustahkamlangan. Xususan, dalillarni baholash prinsiplari quyidagilar: -
-
jami dalillarni har tomonlama, to‘la va xolisona baholanishi; -
moddiy va protsessual qonun talablariga amal qilish; -
huquqiy ongga amal qilish. Huquqiy ongga amal qilish prinsipi borasida aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual qonunida aynan ana
shu kategoriyaning qo‘llanilishi optimal
holatdir. Masalan, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 17-moddasida dalillarga erkin baho berish prinsipi mustahkamlangan bo‘lib unga binoan, isbotlash subyekti ish bo‘yicha to‘plangan dalillarga tayangan Ichki ishonch bo‘yicha hal qilish ta'kidlanayotgan yoki rad etilayotgan dalillarning birdan-bir to‘g‘riligini anglash, o‘z fikrlari haqiqiyligiga qat'iy asoslangan ishonchga ega bo‘lish demakdir.
183
ichki ishonchi, qonun va vijdoniga asoslanib dalillarga baho beradi 20 . Lekin
dalilga baho berish prinsipi sifatida vijdon kategoriyasini belgilash to‘g‘ri emas. Zero vijdon nihoyatda ma’naviy kategoriya, uni huquqiy me'yorlar doirasi bilan chegaralashning imkoni bo‘lmay, etik tasavvurlar va qoidalar foydasiga qonundan jiddiy chekinishga sabab bo‘lishi mumkin. Vijdon kategoriyasiga nisbatan huquqiy ongning ustunligi uni isbotlash subyektining aynan huquq normalarini bilishi va ularga bo‘lgan munosabati asosida shakllanishidadir.
Isbotlash jarayonining asosiy sharti – bu albatta, protsessual shaklga rioya qilishdir.
Jinoyat-protsessual qonuni jinoyat ishi bo‘yicha to‘planayotgan ma’lumotlarni tasdiqlash va qayd etishning umumiy usullarini o‘rnatadi: bayonnomalar tuzish, dalillarni mustahkamlash va hokazo. Aynan protsessual shaklga rioya qilish isbotlash jarayonining markaziy sharti hisoblanadi. Mazkur shakldan har qanday chekinish ish yuzasidan to‘plangan ma’lumotning nomaqbulligiga va natijada uning yaroqsizligiga olib keladi. Xususan, ma’lumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina, dalil sifatida foydalanish mumkin. Bayonnomalar yuritish uchun mas’uliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90-moddasi). Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining o‘tkazilish joyi va vaqti, shart-
20 Комментарий к Уголовно-процессуальному кодексу Российской Федерации (постатейный) / Коллектив авторов; отв.ред. И.Л. Петрухин, И.Б. Михайловская. – 7-е изд., перераб. И доп. – М.: Проспект, 2010. С.44. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling