Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Surishtiruvning  vazifalari


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53

Surishtiruvning  vazifalari  jinoyatning  oldini  olish  yoki  yo‘l 

qo‘ymaslik, dalillarni to‘plash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon 

qilinuvchilarni  ushlash  va  yashiringan  gumon  qilinuvchilarni  hamda 

ayblanuvchilarni  qidirib  topish,  jinoyat  tufayli  yetkazilgan  moddiy 

ziyon  qoplanishini  ta’minlash  uchun  kechiktirib  bo‘lmaydigan  tergov 

harakatlarini yuritishdan iborat. 

 


97 

 

natijalaridan jinoyat ishi bo‘yicha isbot qilishda foydalanish uchun ularning 



o‘z  navbatida  surishtiruv  organlari,  tergovchi,  sudga  taqdim  etilishini 

nazarda  tutadi.  Ya’ni,  tezkor-qidiruv  faoliyat  natijalari  muayyan  jinoyat 

ishini  tergov  qilishga  vakolatli  bo‘lgan  prokurorga  yoki  tegishli  dastlabki 

tergov organlariga taqdim etiladi. Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida 

tergovchi  tezkor  yo‘l  bilan  olingan  ma’lumotlarga  ega  bo‘lar  ekan,  bu 

ma’lumotlar mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmay, faqat tergovni yo‘naltirish 

uchun xizmat qiladi.  Bunda ushbu ma’lumotlardan ularni yashirish tarzda 

olinganligini oshkor etmasdan foydalanish muammosi tug‘iladi. Jumladan, 

“Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasiga muvofiq, 

tezkor-qidiruv  tadbirlarining  natijalari  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual

 

kodeksiga  muvofiq  tekshirilganidan  va  baholanganidan 



so‘nggina dalillar sifatida e’tirof etilishi mumkin. 

Tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish jarayonida qo‘lga kiritilgan 

jinoyat sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar jinoyat ishi 

bo‘yicha  dalillarni  to‘plash  va  tekshirishga  qaratilgan  kelgusi  tergov 

harakatlarini  to‘g‘ri  tanlashga  yordam  beruvchi  yo‘naltiruvchi  vazifani 

bajaradi.  Barcha  kechiktirib  bo‘lmaydigan  tergov  harakatlari  surishtiruv 

jarayonida, qonun talablariga to‘la mos bo‘lgan holda o‘tkaziladi.  

 

3.3. Jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi 

jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari 

 

Jinoyat-protsessual 

kodeksida 

jinoyat 


protsessida 

jamoat 

birlashmalari  va  jamoa  vakillari  ishtirok  etishining  bir  nechta  shakli 

nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 

40-moddasiga  binoan  jamoat  birlashmalari  va  jamoalar,  ularning  rahbar 

organlari  hamda  vakillari  sodir  etilgan  yoki  tayyorlanayotgan  jinoyat 

to‘g‘risidagi xabar bilan surishtiruv organiga, tergovchiga, prokurorga yoki 

sudga murojaat etishlari mumkin. Ular ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga 

nisbatan ehtiyot chorasi sifatida jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligiga 

berishni  tanlash  haqida;  mahkumni  muddatidan  ilgari  shartli  ravishda 

jazodan  ozod  qilish  yoki  jazoni  yengilrog‘i  bilan  almashtirish  haqida; 

ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning jazoni o‘tash sharoitlarini 

o‘zgartirish haqida; sudlanganlikni olib tashlash haqida va boshqa masalalar 

bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  nazarda 

tutilgan  hollar  hamda  tartibda  iltimos  qilishga  haqlidirlar.  O‘z  navbatida 

surishtiruvchi  va  tergovchi  fuqaroning  og‘ir  va  o‘ta  og‘ir  jinoyatlar 



98 

 

to‘g‘risidagi  ishda  ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilingani 



haqida uning ish, o‘qish yoki yashash joyidagi jamoaga, sud esa ularga shu 

ish bo‘yicha sud muhokamasi qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida xabar 

beradi.  Jinoyat  protsessida  jamoatchilik  ishtiroki  jamoat  ayblovchilari  va 

jamoat  himoyachilari  institutida  ko‘proq  namoyon  bo‘ladi.  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 42-moddasiga binoan jamoat 

birlashmalari  va  jamoalar  sud  muhokamasida  jamoat  ayblovchisi  yoki 

jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etish uchun o‘z vakillarini yuborishlari 

mumkin.  Jamoat  ayblovchilari  va  jamoat  himoyachilarini  jamoat 

birlashmasining  yoki  korxona,  muassasa,  tashkilot  jamoasining,  shu 

jumladan,  tijorat  tuzilmasining,  shuningdek  yashash  joyi  bo‘yicha 

jamoaning yig‘ilishi ko‘rsatadi. Yig‘ilish qarori sudga taqdim etilishi lozim. 

Lekin  jamoat  birlashmasi,  jamoa  o‘zi  yo‘llagan  jamoat  ayblovchisi  yoki 

jamoat  himoyachisini  xohlagan  vaqtda  chaqirib  olishga  yoki  uni  boshqa 

vakil bilan almashtirishga haqlidir. 

 

 

 



 

 

 



 

Sud  muhokamasida  ishtirok  etayotgan  jamoat  ayblovchisi:  ish 

materiallari bilan tanishishga; dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda 

ishtirok  etishga;  iltimosnoma  berishga;  taraflar  muzokaralarida  so‘zga 

chiqib,  ayblovning  isbotlangani  haqida  sudga  fikr  bildirishga  haqlidir. 

Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli. Shu bilan birga jamoat 

ayblovchisi:  sud  muhokamasida  ishtirok  etishi;  jamoat  birlashmasi  yoki 

jamoaning  fikrini  sudda  bayon  qilishi  va  ish  holatlarini  aniqlashga 

ko‘maklashishi  shart  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 43-moddasi). 

Jamoat  himoyachisi  ham  xuddi  shunday  huquq  va  majburiyatlarga 

egadir. Xususan, sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: 

ish  materiallari  bilan  tanishishga,  dalillar  taqdim  etishga  va  ularni 

tekshirishda 

ishtirok 

etishga; 

iltimosnoma 

berishga; 

taraflarning 

muzokaralarida  so‘zga  chiqib,  sudlanuvchini  oqlaydigan  yoki  uning 

javobgarligini  yengillashtiradigan  holatlar  xususida  sudga  fikr  bildirishga 

haqlidir. 

Jamoat  himoyachisi:  sud  muhokamasida  ishtirok  etishi;  jamoat 

birlashmasi  yoki  jamoaning  fikrini  sudda  bayon  qilishi  va  ishning 



Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi o‘z vazifalarini davlat 

ayblovchisi  va  himoyachisi  qanday  nuqtayi  nazarda  bo‘lishidan  qat'iy 

nazar amalga oshiradigan sud muhokamasining mustaqil va teng huquqli 

ishtirokchilaridir. 

 


99 

 

sudlanuvchining 



ahvolini 

yengillashtiruvchi 

holatlarini 

aniqlashga 

ko‘maklashishi  shart  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 44-moddasi). 

«Sud  muhokamasida  jinoyat  ishi  yuzasidan  sudlanuvchi  va 

jabrlanuvchining  ish  joyidan,  yashash  joyidan  va  boshqa  jamoat 

tashkilotlaridan vakillar qatnashishi mumkin. Ular sud muhokamasida  o‘z 

manfaatini  himoya  qiluvchi  shaxslardan  farq  qilib,  mehnat  jamoasi  yoki 

jamoat tashkiloti manfaatlarini himoya qiladilar. Albatta, bu manfaatlar sud 

muhokamasida bo‘lgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda amalga 

oshiriladi. Bu vakillar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat 

himoyachisi  sifatida  ishtirok  etadilar.  Ular  korxona,  muassasa,  va 

tashkilotlarning umumiy yig‘ilishlari qarori bilan saylanadilar, shu yig‘ilish 

bayonnomalarining  nusxasi  sudga  taqdim  etilgan  taqdirda  sudning  ajrimi 

asosida sud  muhokamasida qatnashadilar». Jamoat ayblovchisi  va jamoat 

himoyachisi  sud  muhokamasida  qonunda  belgilangan  huquq  va 

majburiyatlarga  ega  bo‘ladilar.  Jamoat  ayblovchisiga  sudlanuvchiga 

qo‘yilgan aybni isbotlash majburiyati yuklatilmaydi. Ular faqat guruh yoki 

jamoatchilik  fikrini  bayon  qiladilar.  Jamoat  himoyachisi  dalillarni 

tekshirishda  ishtirok  etadi,  iltimoslar  qiladi,  sud  muzokaralarida  ishtirok 

etadi,  sudlanuvchining  aybini  yengillashtiruvchi,  uni  oqlovchi  holatlar 

to‘g‘risida,  sudlanuvchiga  beriladigan  jazoni  yengillashtirish,  uni  jazodan 

ozod qilish, uni mehnat jamoasi kafilligiga berishni suddan iltimos qilishi 

mumkin.  Jamoat  himoyachisining  sud  muhokamasida  tutgan  pozitsiyasi 

sudlanuvchining  va  uning  himoyachisining  pozitsiyasiga  bog‘liq  emas.  U 

jamoa yoki jamoat tashkilotining fikrini bayon etadi. Jamoat ayblovchisi va 

jamoat  himoyachisi  sud  muhokamasida  mustaqil  bo‘lib,  boshqa 

ishtirokchilar  kabi  ish  yuzasidan  dalillarni  tekshirish,  dalillar  keltirish, 

iltimoslar qilishda teng huquqlardan foydalanadilar. 

Bitta  sudlanuvchiga  nisbatan  bir  jamoat  tashkiloti  yoki  mehnat 

jamoasidan  ham  jamoat  ayblovchisi,  ham  jamoat  himoyachisi  qatnashishi 

mumkin emas. 

Chunki  bunda  tashkilot  yoki  mehnat  jamoasining  fikri  ifoda  etilmay 

qoladi.  Turli  jamoat  tashkiloti  yoki  mehnat  jamoalaridan  bitta 

sudlanuvchiga nisbatan ham jamoat  ayblovchisi, ham jamoat himoyachisi 

sud muhokamasida qatnashishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksi  412-moddasining  talabiga  ko‘ra,  jamoat  ayblovchisi 

yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud 

ishni  ular  ishtirokisiz  ko‘rish  mumkinligi  yoki  muhokamani  keyingi 

qoldirish  masalasini  hal  etadi.  Ularni  kelmaganligi  to‘g‘risida  ularni 



100 

 

yuborgan tashkilot yoki mehnat jamoasiga xabar beriladi. 



Sud 

muhokamasida 

voyaga 

yetmaganlarning 



jinoyat 

ishlari 


ko‘rilayotganida jamoat vakillari sifatida sud tomonidan uni ish, o‘qish joyi 

yoki  yashash  joyidan  vakillar,  shuningdek  voyaga  yetmaganlar  bilan 

shug‘ullanuvchi komissiya xodimlari, ota-onalari, qonuniy vakillari, yaqin 

qarindoshlari hamda homiy va vasiylari chaqirilishi mumkin. Zarur hollarda 

bu vakillar guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  43-44-

moddalarida  jamoat  ayblovchisi  va  jamoat  himoyachisining  huquq  va 

majburiyatlari  bayon  etilgan.  Unga  ko‘ra,  sud  muhokamasida  ishtirok 

etayotgan jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi ish materiallari bilan 

tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga, 

iltimosnomalar berishga, taraflarning muzokaralarida so‘zga chiqib, jamoat 

ayblovchisi  ayblovning  isbotlanganligi  haqida,  jamoat  himoyachisi 

sudlanuvchini  oqlaydigan  yoki  uning  javobgarligini  yengillashtiradigan 

holatlar  xususida  sudga  fikr  bildirishga  haqlidir.  Jamoat  ayblovchisi 

ayblovdan voz kechishga haqli. Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi 

sud muhokamasida ishtirok etish, jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini 

sudda  bayon  qilish  va  ishda  sudlanuvchining  ahvolini  yengillashtiruvchi 

holatlarni aniqlashga ko‘maklashishi shart.  



 

3.4. Jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar. 

Himoyachilar va vakillar. 

 

 

 



 

 

 



So‘nggi  yillarda  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchining  protsessual 

holatiga  oid  jinoyat-protsessual  normalarga  jiddiy  o‘zgartish  va 

qo‘shimchalar  kiritildi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 46, 48, 361, 379, 397, 467-moddalarida nazarda tutilgan gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchining  o‘zining  nimada  gumon  qilinayotganligini 

(ayblanayotganligini)  bilish  huquqi  davlat  organlarining  shaxsni 

ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarorida, 

ayblov  xulosasida  shaxsni  nimada  ayblanayotganligini  ko‘rsatishi,  ayblov 

hukmida esa shaxs qanday qilmishni sodir etishda aybli deb topilganligi va 

Jinoyat protsessida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi 

ayblovdan  himoyalanish  nuqtayi  nazaridan  o‘z  manfaatlarini  himoya 

qilish huquqiga ega bo‘lgan asosiy ishtirokchilar hisoblanadi. 

 


101 

 

u  jinoyat  qonunining  qaysi  moddalarida  belgilangan  jinoyatga  to‘g‘ri 



kelishini 

ko‘rsatish 

majburiyati 

bilan 


ta’minlanadi.  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 362-moddasiga muvofiq esa, 

tergov  jarayonida  ayblov  o‘zgartirilsa,  to‘ldirilsa  yoki  tugatilsa,  u  haqda 

ayblanuvchi xabardor etiladi. Ayblanuvchining ushbu huquqi unga isbotlash 

jarayonida faol ishtirok etishi uchun zamin hozirlaydi. 

Gumon  qilinuvchining  qaysi  jinoyatni  sodir  etishda  gumon 

qilinayotganini  bilish  huquqi  shu  bilan  kafolatlanadiki,  ushlab  turish 

to‘g‘risidagi  bayonnomada  uning  asoslari  va  sabablari  ko‘rsatiladi, 

ushlanganning  tushuntirishlari  yoziladi,  bayonnomaga  ushlangan  shaxs 

imzo chekadi; ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorda mazkur shaxs 

sodir etgan deb gumon qilingan jinoyat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; so‘roq 

oldidan  gumon  qilinuvchiga  u  qanday  jinoyatni  sodir  etishda  gumon 

qilinayotgani  e’lon  qilingani  haqida  so‘roq  qilish  bayonnomasiga  qayd 

etiladi.  

Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  va  sudlanuvchi  o‘zining  nimada 

ayblanayotganligini  yoki  gumon  qilinayotganligini  bilganlaridan  so‘ng, 

ushbu  gumon  yoxud  ayblovni  rad  etish  yoki  mohiyatini  ochish  uchun 

maqsadga yo‘naltirilgan tarzda harakat qilishlari, gumon (ayblov)ni keltirib 

chiqargan  ma’lumotlarning  noo‘rinligini  asoslashlari,  jinoyat  ishi 

qo‘zg‘atilishiga 

sabab 

bo‘lgan 


hodisadagi 

o‘z 


harakatlarini 

oydinlashtirishlari hamda tushuntirishlari mumkin bo‘ladi.  

Mazkur  huquq  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  e’tiboriga  qaysi 

jinoyatni  sodir  qilishda  aybdor  deb  taxmin  qilinayotganligi  to‘g‘risidagi 

axborotni havola etish vositasida amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  225-

moddasining  birinchi  qismiga  ko‘ra,  ushlab  turish  bayonnomasida 

ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi aks 

ettiriladi. Shu moddaning beshinchi

 

qismiga binoan, ushlab turish, jinoyat 



ishini  qo‘zg‘atish,  ishda  gumon  qilinuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb 

qilish  to‘g‘risidagi  qarorlar  darhol  gumon  qilinuvchiga  e’lon  qilinadi. 

Jinoyat-protsessual  qonunning  bir  necha  moddalari  orqali  gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchining  nimada  gumon  qilinayotganligi 

yoki  ayblanayotganligini  bilish  huquqi  amalga  oshadi.  Demak,  tergovchi, 

prokuror  va  sud  shaxslarga  nimada  gumon  qilinayotganligi  yoki 

ayblanayotganligini  tushuntirishda  ularning  individual  xususiyatlarini 

(yoshi,  ma’lumoti,  hayotiy  tajribasi)  e’tiborga  olishlari,  ayblov  yoki 

gumonning  mohiyati,  jinoyatning  malakalanishi  hamda  taxminiy 

oqibatlarini tushunarli, ravon tarzda bayon etishlari muhim bo‘lib, gumon 



102 

 

qilinuvchi,  ayblanuvchi  va  sudlanuvchi  huquqlarini  kafolatlashda  katta 



ahamiyatga ega. 

Ayblanuvchi, gumon qilinuvchining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksining  46,  48-moddalaridagi  o‘ziga  qo‘yilgan  ayblov 

yuzasidan  (gumon  xususida)  hamda  ishning  boshqa  har  qanday  holatlari 

bo‘yicha  ko‘rsatuv  va  tushuntirish  berish  huquqi  ham  jinoyat  sudlov 

ishlarini  yuritishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Mazkur  huquqni  amalga 

oshirish  uchun  tergovni  olib  boruvchi  shaxs  va  sud  ayblanuvchiga 

ayblovning  mohiyatini  tushuntirishi  va  uni  qonunda  belgilangan  tartibda 

hamda muddatlarda so‘roq qilishi lozim.  

Ko‘rsatuv  berish  ayblanuvchi,  gumon  qilinuvchining  huquqi,  lekin 

majburiyati  emas.  Biroq,  bu  ayblanuvchining  rost  yoki  yolg‘on  javob 

berishiga  qonun  befarq  qarashini  bildirmaydi.  Sodir  etilgan  jinoyat 

to‘g‘risida  haqqoniy  ko‘rsatuv  berish,  qilmishdan  pushaymon  bo‘lish 

javobgarlikni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi.  

Ayblanuvchining  iltimosnomalar  berish  huquqi  –  uning  isbotlash 

jarayonidagi  ishtirokining  shakllaridan  biri  hisoblanadi.  Ayblanuvchining 

iltimosnomalar  berish  huquqi  deganda,  uning  mazkur  ishni  yuritayotgan 

organlarga ko‘rib chiqilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan rasmiy iltimoslar 

bilan qilgan murojaati tushuniladi. Iltimosnomalarni asossiz qondirilmasligi 

nafaqat  ayblanuvchi  manfaatlariga,  balki  jinoyat  ishlari  yurituvi 

manfaatlariga ham jiddiy putur yetkazadi.  

Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sudning  harakatlari  hamda 

qarorlari  ustidan  shikoyatlar  berish  huquqi  ayblanuvchi,  gumon 

qilinuvchining  kafolatlangan  subyektiv  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini 

himoya  qilish  usullaridan  biridir.  O‘z  navbatida,  ushbu  huquq 

ishtirokchilarga  boshqa  protsessual  huquqlarini  amalga  oshirishni 

ta’minlaydi, chunki fuqarolarning huquq va erkinliklarining buzilishi yoki 

noqonuniy  cheklanishi  holatlari  uni  amalga  oshirilishiga  asos  bo‘ladi. 

Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchining  shikoyati  deganda,  unga  nisbatan 

tergov organi yoki prokuror tomonidan yo‘l qo‘yilgan nohaqlikni bartaraf 

etishni iltimos qilib berilgan rasmiy ariza tushuniladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



Sudlanuvchi quyidagi huquqlarga ega: birinchi instansiya va yuqori 

instansiya sudi  majlislarida ishtirok  etish, rad qilish, sud harakatlari va 

qarorlari ustidan shikoyat qilish, iltimosnomalar qilish va dalillar taqdim 

etish,  sud  majlisi  bayonnomasi  bilan  tanishish,  ish  bo‘yicha  keltirilgan 

protestlar,  apellyatsiya,  kassatsiya  shikoyatlaridan  xabardor  bo‘lish  va 

ularga nisbatan e'tirozlar bildirish, oxirgi so‘z bilan chiqish huquqiga ega. 

 


103 

 

 



 

Sudlanuvchining  majburiyatlari  quyidagicha:  sud  chaqiruviga  binoan 

hozir  bo‘lish;  sud  muhokamasida  ishtirok  etishdan  bosh  tortmaslik; 

haqiqatni  aniqlashga  to‘sqinlik  qilmaslik;  tanlangan  ehtiyot  choralari 

talablarini bajarish; sud ajrimlarining ijro etilishiga to‘sqinlik qilmaslik; sud 

majlisida  tartibga  rioya  etishi  shart.  Agar  sudlanuvchi  uzrsiz  sabablarga 

ko‘ra sud majlisiga kelmasa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  262-264  moddalarda  nazarda  tutilgan  asoslarda  va  tartibda 

majburiy ravishda keltirilishi mumkin. 

Sudlanuvchining protsessual maqomi Jinoyat-protsessual kodeksining 

birinchi  instansiya  sudida  ish  yuritish  tartibi  belgilangan  10-bo‘limida 

belgilangan.  

Sudlanuvchining ta’minlanishi lozim bo‘lgan eng muhim huquqlaridan 

biri sud muzokarasida ishtirok etish va oxirgi so‘z bilan chiqish huquqidir. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi 

va  ayblanuvchini  himoya  huquqi  bilan  ta’minlashga  oid  qonunlarni 

qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  2003-yil  19-dekabrdagi  17-

sonli  Qarori  21-bandiga  muvofiq,  sudlanuvchining  advokati  bo‘lmagan 

holda  uni  sud  muzokarasida  ishtirok  etishiga  imkoniyat  yaratmaslik, 

shuningdek oxirgi so‘zdan mahrum etish jinoyat-protsessual qonunni jiddiy 

buzish hisoblanadi

11

.



 

 

 



 

 

 



 

Ishning barcha holatlarini to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirishda 

jabrlanuvchining  ishtirokini  inkor  etish  jinoyat  sudlov  ishlarining 

demokratiya va tortishuv prinsiplariga zid yuritilayotgani to‘g‘risida xulosa 

chiqarishga va ularning isbotlashda ishtirok etish huquqi cheklanishiga olib 

kelgan  bo‘lar  edi.  Lekin  bu  ishtirokchilar  isbotlashni  amalga  oshirish 

imkoniyatiga  ega  emaslar,  chunki  ular  zimmasiga  o‘z  shaxsiy 

manfaatdorligini  hisobga  olgan  holda  ishning  barcha  holatlarini  to‘la  va 

xolisona tekshirish vazifasi yuklatilmagan, yuklatilishi ham mumkin emas. 

Jabrlanuvchi deb e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror 

                                                           

11

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchini  himoya  huquqi  bilan 



ta'minlashga  oid  qonunlarni  qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  2003-yil  19-dekabrdagi  17-sonli 

Qarori//O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.1. –T.: 2007. – B.144. 

Jinoyat,  shuningdek  aqli  noraso  shaxsning  ijtimoiy  xavfli  qilmishi 

shaxsga ma'naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash 

uchun dalillar bo‘lgan taqdirda, bunday shaxs  jabrlanuvchi deb e'tirof 

etiladi.  

 

 


104 

 

qaror,  sud  esa  ajrim  chiqaradi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-



protsessual kodeksining 54-moddasi). 

Jabrlanuvchi deb e’tirof etish shaxsning arizasiga ko‘ra yoki jinoyat ishi 

yurituviga  mas’ul  bo‘lgan  mansabdor  shaxs  tomonidan  amalga  oshiriladi. 

Bunda  jinoyatning  kim  tomonidan  sodir  etilganligi  aniqlangan  yoki 

aniqlanmaganligi, uning ushlangan yoki ushlanmaganligi, jabrlanuvchi va 

jinoyatchining o‘zaro munosabatlari hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. 

Shaxsni jabrlanuvchi deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror uning qonunda 

nazarda tutilgan harakat (yoki harakatsizlik) haqidagi fakt ayon bo‘lganidan 

va  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilganidan  keyin  chiqarilishi  lozim.  Shaxsni 

jabrlanuvchi  deb  e’tirof  etish  to‘g‘risidagi  qarorning  asossiz  ravishda 

kechiktirilishi  uni  jinoiy  jarayonda  faol  ishtirok  etishiga  to‘siq  bo‘ladi. 

Jabrlanuvchi  deb  e’tirof  etish  yakka  tartibda  amalga  oshirilib,  har  bir 

jabrlanuvchi uchun alohida qaror chiqariladi. 

Jinoyat  protsessual  qonunchiligiga  ko‘ra  jabrlanuvchi  voyaga 

yetmagan shaxs bo‘lsa, yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb 

tan olingan bo‘lsa, ushbu ish bo‘yicha u bilan birga uning qonuniy vakili 

qatnashadi. 

Jabrlanuvchining  huquq  va  majburiyatlari  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 55-moddasida batafsil bayon etilgan.  

Iltimosnoma  va  shikoyatlar  jabrlanuvchi  tomonidan  yozma  yoki 

og‘zaki  holda  berilishi  mumkin,  yozma  holda  berilgan  murojaatlar  ish 

jildiga tikib qo‘yiladi, og‘zaki  murojaatlar esa bayonnomada qayd etilishi 

lozim.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksida 

jabrlanuvchining jinoyat ishidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni yozib olishi 

huquqi ham belgilangan. 

Jabrlanuvchining  sud  muhokamasida  ayblovni  quvvatlashi  asosiy 

huquqlaridan  biri  hisoblanadi.  Jabrlanuvchi  o‘zining  sudda  ayblovni 

quvvatlash huquqini qonuniy vakiliga berishi ham mumkin. 

Jabrlanuvchiga  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sudning 

chaqiruviga binoan hozir bo‘lish majburiyati yuklangan.  

Jabrlanuvchi uzrli sabablarsiz kelmaganda, u O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  261-264  moddalariga  muvofiq  ravishda 

majburiy keltirilishi mumkin. 

Shu maqsadda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchini 

majburiy  keltirish  to‘g‘risida  tegishli  tartibda  asoslangan  qaror  chiqaradi. 

Ammo  bu  qarorni  chiqarishdan  avval  jabrlanuvchining  ixtiyoriy  tarzda 

kelmaganligining  sabablari  atroflicha  o‘rganib  chiqilishi,  ma’lum 


105 

 

shaxslardan  kerakli  tushuntirishlar  olinishi,  jabrlanuvchi  taqdim  etgan 



tegishli  hujjatlar  tekshirilishi  lozim.  Jabrlanuvchi  faqat  haqqoniy 

ko‘rsatuvlar  berishi  shart.  Yolg‘on  ko‘rsatuv  berganligi  uchun  qonunda 

belgilangan tarzda javobgar bo‘ladi. 

Fuqaroviy da’vogar sud majlisiga kelmasa, da’vo ko‘rilmay qoldiriladi. 

Agar  da’voni  uning  ishtirokisiz  ko‘rish  haqida  fuqaroviy  da’vogarning 

iltimosi bo‘lsa, prokuror fuqarolik da’vosini qo‘llab-quvvatlasa yoki sud o‘z 

tashabbusi bilan da’voni ko‘rib hal qilishni lozim deb topsa, fuqaroviy da’vo 

ko‘rib  chiqiladi.  Agar  fuqaroviy  da’vo  sud  muhokamasida  ko‘rilmasa, 

manfaatdor  shaxs  sudga  fuqarolik  tartibida  murojaat  qilib,  da’voni 

qo‘zg‘atish huquqi saqlanib qoladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Fuqaroviy da’vogar sud majlisiga kelmasa, da’vo ko‘rilmay qoldiriladi. 

Agar  da’voni  uning  ishtirokisiz  ko‘rish  haqida  fuqaroviy  da’vogarning 

iltimosi bo‘lsa, prokuror fuqaroviy da’voni qo‘llab-quvvatlasa yoki sud o‘z 

tashabbusi bilan da’voni ko‘rib hal qilishni lozim deb topsa, fuqaroviy da’vo 

ko‘rib  chiqiladi.  Agar  fuqaroviy  da’vo  sud  muhokamasida  ko‘rilmasa, 

manfaatdor  shaxs  sudga  fuqarolik  tartibida  murojaat  qilib,  da’voni 

qo‘zg‘atish huquqi saqlanib qoladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ko‘pgina  hollarda  fuqaroviy  javobgar  sudlanuvchi  shaxs  bo‘ladi. 

Jabrlanuvchini  moddiy  manfaatini  yaxshiroq  ta’minlash  maqsadida 

fuqaroviy javobgar sifatida sud muhokamasiga sudlanuvchining ota-onasi, 

Sud muhokamasining mustaqil va teng huquqli ishtirokchisi bo‘lgan 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling