Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53

O’zbekiston 

Respubliksi 

Konstitutsiyasining 115-moddasi. 

 

“Har bir kishi unga qo‘yilgan har 

qanday  jinoiy  ayblov  sudda 

ko‘rib 


chiqilishida 

ish 


yuritilayotgan 

tilni 


tushunmaydigan  yoki  bu  tilda 

gapira 


olmaydigan 

bo‘lsa, 


tarjimon 

yordamidan 

bepul 

foydalanishga haqlidir”. 



Fuqarolik 

va 

siyosiy 

huquqlar  to‘g‘risidagi  xalqaro 

paktining  14-moddasi  3-qismi 

“f” bandi. 

 

63 

 

kodeksining  20-moddasida  o‘z  rivojini  topgan.  Ushbu  prinsipga  asosan 



jinoyat ishlarini yuritish ham o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan 

joydagi  ko‘pchilik  aholi  so‘zlashadigan  tilda  olib  boriladi  (O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  115-moddasi,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 20-moddasi). 

Taraflar sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmasligi ularning protsessda 

ishtirok  etishiga  to‘sqinlik  qilmaydi:  protsessda  o‘z  faoliyatini  amalga 

oshirishda taraflarning har biri tarjimon xizmatidan foydalanishi mumkin. 

Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan 

protsess  ishtirokchilariga  o‘z  ona  tilida  yoki  o‘zi  biladigan  boshqa  tilda 

og‘zaki  yoki  yozma  arz  qilish,  ko‘rsatuv  va  tushuntirishlar  berish, 

iltimosnoma  va  shikoyatlar  bilan  murojaat  qilish,  sudda  so‘zlash  huquqi 

ta’minlanadi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

20-moddasi). 

Ko‘rib chiqilayotgan prinsipning amalga oshirilishi ish yuritilayotgan 

tilni  bilmaydigan  protsessda  ishtirok  etuvchi  barcha  shaxslarning 

huquqlarini va milliy manfaatlarini kafolatlaydi. Ushbu huquqlar mazmuni 

tushuntirib  berilishi  va  ularni  amalga  oshirish  imkoniyati  ta’minlanishi 

lozim. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 

20-moddasiga  muvofiq,  ayblanuvchiga,  sudlanuvchiga  yoki  protsessda 

ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan tergov va 

sud  hujjatlari  ularning  ona  tiliga  yoki  ular  biladigan  boshqa  tilga  tarjima 

qilib berilishi lozim. 

Agar  shaxs  sud  ishlari  yuritiladigan  tilni  bilmasa,  ushbu  shaxs 

ishtirokida o‘tkaziladigan barcha protsessual harakatlarga majburiy tartibda 

tarjimon jalb qilinadi. Tarjimonning protsessda ishtirok etishi nafaqat sud 

ishlari  yuritiladigan  tilni  bilmaydigan  shaxsning  huquq  va  qonuniy 

manfaatlarini ta’minlaydi, balki dalillarning qayd etilishiga ko‘maklashadi 

hamda  so‘roq  qilinuvchi  taqdim  etadigan  yoki  yozma  hujjatlarda 

saqlanadigan  ma’lumotlar  tergovchi  va  sud  tomonidan  to‘liq  hajmda 

olinishiga yordam beradi. Ish yuritayotgan shaxs qisqa muddat ichida ham 

tarjimon vazifalarini bajarishga haqli emas. 

Ish 


yuritilayotgan 

tilni 


bilmaydigan 

gumon 


qilinuvchiga, 

ayblanuvchiga,  sudlanuvchiga  tarjimon  yordamida  ham  o‘zining  himoya 

huquqini  amalga  oshirish  qiyin  bo‘lganligini  inobatga  olib,  dastlabki 

tergovda  va  ishni  sudda  ko‘rishda  himoyachi  ishtirok  etishining  zarurati 

qonunda belgilab qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining 51-moddasi 3-bandi). 

Sud  ishlari  yuritiladigan  tilni  bilmaganligi  sababli  gumon  qilinuvchi, 


64 

 

ayblanuvchi,  sudlanuvchi  yoki  himoyachi  huquqlarining  har  qanday 



cheklanishi, shuningdek mazkur shaxslarga protsessning har bir bosqichida 

ona  tilidan  foydalanish  imkoniyati  ta’minlanmaganligi  jinoyat-protsessual 

qonunining jiddiy buzilishi deb e’tirof etiladi va hukm bekor qilinishiga asos 

bo‘ladi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  487-

moddasi).  Sud  ishlari  yuritiladigan  til  prinsipi  jinoyatga  oid  sud  ishlarini 

yuritish  tartibini  fuqarolar  uchun  ochiq  va  tushunarli  qiladi,  protsessda 

ishtirok etuvchi shaxslarning, ularning millatidan qat’i nazar, qonun va sud 

oldidagi  tengligini  kafolatlaydi,  ish  holatlarini  har  tomonlama,  to‘liq  va 

xolis o‘rganish uchun zarur sharoitlarni yaratadi, oshkoralik va protsessning 

boshqa prinsiplari amalga oshirilishini ta’minlaydi, manfaatdor shaxslarga 

o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonun bilan taqdim etilgan 

vositalardan  foydalanishda  yordam  beradi.  Shuning  uchun  sud  ishlari 

yuritiladigan til to‘g‘risidagi qoidalar buzilishi hukm va ish bo‘yicha qabul 

qilinadigan boshqa protsessual qarorlar bekor qilinishiga asos bo‘ladi. 

 

2.12. Jinoyat ishlarini yuritishda 

jamoatchilik ishtiroki prinsipi 

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga ko‘ra, xalq 

davlat  hokimiyatining  birdan  bir  manbaidir.  Konstitutsiyaning  14-

moddasiga  muvofiq,  davlat  o‘z  faoliyatini  inson  va  jamiyat  farovonligini 

ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 

Konstitutsiyaning  32-moddasiga  ko‘ra  esa,  O‘zbekiston  Respublikasining 

fuqarolari  jamiyat  va  davlat  ishlarini  boshqarishda  bevosita  hamda  o‘z 

vakillari  orqali  ishtirok  etish  huquqiga  egadirlar.  Mazkur  konstitutsiyaviy 

normalardan kelib chiqib, jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi 

davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari o‘z faoliyatlarini amalga 

oshirishda  jamoatchilik  yordamiga  tayanadilar.  O‘z  navbatida  fuqarolar 

jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarning sodir etish sabablari va unga 

imkon bergan sharoitlarni aniqlashda yordam ko‘rsatish orqali mamlakatda 

qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashadilar.  

Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilik ishtirokining bir necha shakli, 

chunonchi, jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlashda, aybdorlarni qidirish 

va  fosh  etishda,  adolatli  hukm  chiqarishda,  shuningdek  jinoyatning  sodir 

etilish  sabablari  va  unga  imkon  bergan  sharoitlarni  aniqlashda 

jamoatchilikning ishtiroki nazarda tutilgan.  

Amaldagi  jinoyat  protsessual  qonun  hujjatlarida  jinoyat  ishlarini 

yuritishda jamoatchilik ishtirokining turli shakllari nazarda tutilgan. Unga 


65 

 

muvofiq surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat ishlarini tergov 



qilishda  va  sudda  ko‘rishda  jinoyat  sodir  etilgan  holatlarni  aniqlab  olish, 

aybdorlarni  qidirish  va  fosh  etish,  adolatli  hukm  chiqarish,  shuningdek 

jinoyatning  sabablari  va  unga  imkon  bergan  shart-sharoitlarni  aniqlash 

uchun  o‘z  vakolatlari  doirasida  jamoatchilik  yordamidan  foydalanishga 

haqli. 

Sud  ishlarini  yuritishda,  jumladan  ishni  sudga  qadar  yuritishda  ham 



jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jamoat ayblovchilari hamda 

jamoat  himoyachilari  tariqasida  qatnashishga  haqli  ekanligi  qonunda 

mustahkamlab  qo‘yilgan.  Jamoat  ayblovchilari  va  jamoat  himoyachilarini 

jinoyat  ishlarini  yuritishda  qatnashishining  ahamiyati  shundaki,  ular 

o‘zlariga  berilgan  huquqlarini  amalga  oshira  borib,  sodir  etilgan  jinoyat 

hodisasiga nisbatan jamoatchilikning fikrini ifodalaydilar, ish holatlarini har 

tomonlama  va  to‘liq  tekshirishiga  ko‘maklashadilar,  jinoyatning  sodir 

etilishi  sabablari  va  unga  imkon  bergan  sharoitlarni  batafsil  aniqlashga 

hamda ish yuzasidan adolatli hukm chiqarilishiga yordamlashadilar. 

Qonunda  jamoat  birlashmalari  va  jamoalarning  sud  muhokamasida 

jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi tariqasida ishtirok etish uchun 

o‘z  vakillarini  yuborish  tartibi  belgilab  qo‘yilgan.  Xususan,  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining  42-moddasiga ko‘ra, jamoat 

ayblovchilari  va  jamoat  himoyachilarini  jamoat  birlashmasining  yoki 

korxona,  muassasa,  tashkilot  jamoasining  yig‘ilishi  ko‘rsatadi.  Yig‘ilish 

qarori sudga taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga jamoat ayblovchisi yoki 

jamoat  himoyachisi  uni  ko‘rsatgan  jamoat  birlashmasi  yoki  jamoa 

tomonidan  istalgan  vaqtda  chaqirib  olinishi  yoki  u  boshqa  vakil  bilan 

almashtirilishi mumkin. 

Jinoyat  ishini  yuritishda  qatnashayotgan  har  bir  subyekt  ma’lum  bir 

huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi lozim. Aks holda u o‘ziga yuklatilgan 

vazifalarini  samarali  bajarish  imkoniga  ega  bo‘lmaydi.  Shu  tufayli 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida jamoat ayblovchisi 

va jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.  



 

 

 

 

2.13. Haqiqatni aniqlash prinsipi 

 

Mazkur prinsipning mazmuni shundan iboratki, sodir etilgan jinoyatni 

to‘la  ochish,  uni  sodir  etganlarning  aybdorlik  darajasini  to‘g‘ri  belgilash 


66 

 

hamda aybdorga adolatli jazo tayinlash, jinoyatning sodir etilishi sabablari 



va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish, aybi 

bo‘lmagan hech bir shaxsning javobgarlikka tortilishi va hukm qilinishining 

oldini  olish  maqsadida  jinoyat  ishini  yuritishga  mas’ul  bo‘lgan  davlat 

organlari  va  mansabdor  shaxslar  ishning  barcha  holatlarini  to‘liq  va 

xolisona aniqlashlari shart. 

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksida  nazarda  tutilgan  tartibda  to‘plangan, 

tekshirilgan  va  baholangan  ma’lumotlardan  foydalanish  mumkin.  Gumon 

qilinuvchidan, 

ayblanuvchidan, 

sudlanuvchidan, 

jabrlanuvchidan, 

guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo‘rlash, qo‘rqitish, 

huquqlarini cheklash va o‘zga noqonuniy choralar bilan ko‘rsatuvlar olishga 

harakat qilish man qilinadi.  

Ishning  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  barcha  holatlari  sinchkovlik  bilan 

har  tomonlama,  to‘la  va  xolisona  tekshirib  chiqilishi  kerak.  Ishda  yuzaga 

keladigan  har  qanday  masalalarni  hal  qilishda  ayblanuvchini  yoki 

sudlanuvchini  ham  fosh  qiladigan,  ham  oqlaydigan,  shuningdek  uning 

javobgarligini  ham  yengillashtiradigan,  ham  og‘irlashtiradigan  holatlar 

aniqlanishi  va  o‘rganilishi  lozim.  Bu  holat  ko‘rib  o‘tilayotgan  prinsip 

ishning  barcha  holatlarini  va  dalillarini  tekshirishga  qaratilganligini 

anglatadi.  Ishning  holatlarini  har  tomonlama,  to‘liq  va  xolisona  tadqiq 

etishga oid talablar o‘zaro uzviy bog‘langan, ayni vaqtda ularning har biri 

mustaqil ahamiyatga ega. 

Holatlarni  har  tomonlama  tadqiq  etish  deganda,  isbotlash  faoliyati 

yo‘nalishini  belgilaydigan,  bir  yoqlamalikni  va  subyektivlikni  bartaraf 

etadigan  hamda  isbotlash  to‘g‘ri  borishini  ta’minlaydigan  barcha  ehtimol 

bo‘lgan xolisona taxminlarni o‘z vaqtida tadqiq etish va sinchkovlik bilan 

dalillar to‘plash, tekshirish va baholash tushuniladi. 

Holatlarni to‘liq tadqiq etish deganda, isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha 

holatlarni aniqlash tushuniladi. 

Holatlarni  xolisona  tadqiq  etish  deganda,  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokuror  va  sud  tomonidan  isbotlash  mazmuni  bo‘lgan  barcha  holatlarni 

aniqlash  uchun  zarur  dalillarni  yig‘ishda,  tekshirishda  va  baholashda  har 

qanday  yuzaki,  shubhali  fikr  bo‘lmasligi  tushuniladi.  Dastlabki  tergov  va 

sud tergovining biryoqlama olib borilganligi va to‘liq emasligi apellyatsiya, 

kassatsiya hamda nazorat tartibida hukmni bekor qilish uchun asos bo‘ladi. 



 

2.14. Aybsizlik prezumpsiyasi 

67 

 

 



Aybsizlik  prezumpsiyasi  (lotin  tildagi  “presumption”  –  “taxmin” 

so‘zidan  kelib  chiqqan)  shaxs  huquqlari  himoyasini  ta’minlab  beruvchi, 

asossiz ayblash va jazolashning oldini oluvchi jinoyat protsessining muhim 

demokratik  prinsiplaridan  biri  hisoblanadi.  Ushbu  prinsip  faqat  jinoyatga 

oid  sud  ishlarini  yuritishda  amal  qiladi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  23-moddasi  1-qismida  va  O‘zbekiston 

Respublikasi  “Sudlar  to‘g‘risida”gi  Qonunining  10-moddasi  2-qismida 

batafsil belgilab berilgan. 

Aybsizlik  prezumpsiyasi  prinsipi  inson  huquqlari  sohasida  asosiy 

xalqaro  hujjatlarning  qoidalariga  asoslanadi:  Inson  huquqlari  umumjahon 

Deklaratsiyasi  (11-modda),  Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to‘g‘risidagi 

xalqaro pakt (14-modda), Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya 

qilish  to‘g‘risidagi  Yevropa  Konvensiyasi  (6-modda  2-qism).  Aybsizlik 

prezumpsiyasining  asosida  umumiy,  keng  e’tirof  etilgan  axloq  normasi 

yotadi, unga muvofiq har bir inson aybdorligi isbotlanmaguncha aybsiz deb 

hisoblanishi lozim. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  23-

moddasiga binoan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning 

jinoyat  sodir  etishda  aybdorligi  qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda 

isbotlangunga  va  qonuniy  kuchga  kirgan  sud  hukmi  bilan  aniqlangunga 

qadar aybsiz hisoblanadi. 

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini 

isbotlab berishi shart emas. 

Aybdorlikka  oid  barcha  shubhalar,  basharti  ularni  bartaraf  etish 



 

 

“Jinoyat  sodir  etganlikda 



ayblanayotgan 

har 


bir 

shaxsning  ishi  sudda  qonuniy 

tartibda, 

oshkora 


ko‘rib 

chiqilib, 

uning 

aybi 


aniqlanmaguncha 

aybdor 



hisoblanmaydi. 

Sudda 


ayblanayotgan  shaxsga  o‘zini 

himoya  qilish  uchun  barcha 

sharoitlar ta'minlab beriladi”. 

Konstitutsiyaning  26-moddasi 

1-qismi.  

 

 

Jinoyat 

sodir 


etganlikda 

ayblangan har bir inson himoya 

uchun 

barcha 


imkoniyatlar 

ta'minlangan  holda,  ochiq  sud 

majlisi  yo‘li  bilan  uning  aybi 

qonuniy 


tartibda 

aniqlanmaguncha  aybsiz  deb 

hisoblanishga haqlidir. 

Inson  huquqlari  umumjahon 

Deklaratsiyasining 

11-moddasi  

1-qismi. 

 


68 

 

imkoniyatlari  tugagan  bo‘lsa,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki 



sudlanuvchining  foydasiga  hal  qilinishi  lozim.  Qonun  qo‘llanilayotganda 

kelib  chiqadigan  shubhalar  ham  gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining, 

sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak”. 

Barcha fuqarolar qonunga itoatkor bo‘lishlari taxmin qilinishi va davlat 

tomonidan  jinoyat  sodir  etishda  aybdor  deb  topilishlari  faqat  qonunda 

nazarda  tutilgan  shartlar  mavjudligida  va  qat’iy  taomil  qo‘llanilishi 

natijasida  mumkinligi  mazkur  prinsipning  mazmun-mohiyatini  tashkil 

etadi.  Aybsizlik  prezumpsiyasi  prinsipiga  amal  qilish  shaxsning  asossiz 

hukm qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan kafolat sifatida xizmat qiladi. 

Aybsizlik  prezumpsiyasidan  kelib  chiqadigan,  ushbu  institutning 

huquqiy maqomini shakllantiradigan hamda surishtiruv, dastlabki tergov va 

sud organlarining huquqni qo‘llash bo‘yicha faoliyatida hisobga olinishi va 

rioya qilinishi lozim bo‘lgan bir qator qoidalar amaldagi jinoyat-protsessual 

qonunida mustahkamlangan: 

-  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  (sudlanuvchi)  o‘z  aybsizligini 

isbotlashga  majbur  emas;  ayblovni  isbotlash  hamda  gumon  qilinuvchi  va 

ayblanuvchining  himoyasiga  keltirilgan  dalillarni  rad  etish  vazifasi 

ayblovchining  zimmasiga  yuklatiladi;  jinoiy  ta’qibni  amalga  oshirishda 

prokuror, tergovchi, surishtiruv organi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari 

topilgan har bir holda jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari, jinoiy hodisani, jinoyat 

sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun 

qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishlari shart; 

-  aybdorlikka  oid  barcha  shubhalar,  basharti  ularni  bartaraf  etish 

imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, ayblanuvchi va sudlanuvchining foydasiga hal 

qilinishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 

23-moddasi 3-qismi);  mazkur qoida jinoyat ishi bo‘yicha olib boriladigan 

dastlabki  tergovga  ham  tatbiq  etilgan  bo‘lib,  jinoyat  ishini  tugatish,  sodir 

etilgan  jinoyat  tavsif  qilinishining  o‘zgarishi  tufayli  ayblov  hajmi  yoki 

uning  xususiyati  o‘zgarishi  kabi  protsessual  oqibatlarga  olib  keladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  nazarda  tutilgan 

dalillarni to‘plashning barcha vosita  va usullari tugagan bo‘lsa hamda  ish 

bo‘yicha to‘plangan dalillar orqali hal etilishi mumkin bo‘lmagan shubhalar 

mavjud bo‘lsa, ushbu shubhalar bartaraf etib bo‘lmaydigan shubhalar deb 

e’tirof etilishi lozim; 

-  jinoyat  ishini  yuritishni  amalga  oshiruvchi  davlat  organlari  va  sud 

majlisida  sud  ish  holatlarini  har  tomonlama,  to‘liq  va  xolis  o‘rganishlari 

shart; sud isbotlash majburiyatini sudlanuvchi zimmasiga yuklatishga haqli 

emas;  sud  tomonidan  dalillarni  bevosita  tekshirish  sudlanuvchi, 



69 

 

jabrlanuvchi, guvohlar, ekspertning ko‘rsatuvlarini eshitish, bayonnoma va 



boshqa hujjatlarni o‘qib eshitish, dalillarni o‘rganish bo‘yicha boshqa sud-

tergov harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha sudning majburiyatini ko‘zda 

tutadi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  26-

moddasi); 

-  ayblanuvchining  o‘z  aybiga  iqror  bo‘lishi,  ishda  mavjud  bo‘lgan 

dalillar  majmui  bilan  tasdiqlangan  taqdirdagina,  ayblash  uchun  asos  qilib 

olinishi mumkin; 

-  ayblov  hukmining  taxminlarga  asosan  chiqarilishi  qonun  bilan 

taqiqlanadi;  sudlanuvchi  aybli  ekanligi  sud  muhokamasi  davomida 

o‘rganilgan  ishonchli  dalillarning  yetarli  majmuasi  bilan  isbot  qilingan 

taqdirdagina ayblov hukmi chiqariladi. 

Ko‘rsatilgan  qoidalar  bir  vaqtning  o‘zida  aybsizlik  prezumpsiyasi 

prinsipi amal qilishini ta’minlashda tegishli kafolatlar sifatida xizmat qiladi. 

Qonuniy  kuchga  kirgan  sud  hukmi  yuqorida  ko‘rsatilgan  qoidalarga 

rioya  qilgan  taqdirdagina  haqiqatni,  shu  jumladan,  isbotlashning  asosiy 

masalasi, ya’ni ayblanuvchining aybi bo‘yicha xulosani aks ettiruvchi hujjat 

deb e’tirof etiladi. 

Aybsizlik prezumpsiyasi nafaqat asossiz ayblov va hukm qilishga yo‘l 

qo‘ymaydigan  kafolatdir.  Ayblovning  shubhasiz  isbotlanishi  shartligi 

hamda  bartaraf  etib  bo‘lmaydigan  shubhalarni  ayblanuvchi  foydasiga  hal 

qilinishi  zarurligi  to‘g‘risidagi  mazkur  prezumpsiyaning  talablari  davlat 

organlarini  ish  holatlarini  xolis,  beg‘araz  va  adolatli  tarzda  aniqlashga 

yo‘naltiradi  va  shu  orqali  sud  tomonidan  ishning  adolatli  hal  qilinishini 

ta’minlaydi.  Aybsizlik  prezumpsiyasidan  chetga  chiqish  odil  sudlovda 

qonuniylikning buzilishiga va fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari 

cheklanilishiga olib keladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Gumon 


qilinuvchi, 

ayblanuvchi 

yoki 

sudlanuvchi  uning  jinoyat 



sodir  etishda  aybdorligi 

qonunda  nazarda  tutilgan 

Aybdorlikka  oid  barcha 

shubhalar,  basharti  ularni 

bartaraf etish imkoniyatlari 

tugagan  bo‘lsa,  gumon 

qilinuvchi, 

ayblanuvchi 

yoki 

sudlanuvchining 



foydasiga 

hal 


qilinishi 

Aybsizlik 

prezumpsiyasi 

JPK  


23-modda 

 


70 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

2.15. 

Gumon 

qilinuvchi, 

ayblanuvchi 

va 

sudlanuvchini 

himoyalanish huquqi bilan ta’minlash prinsipi

  

 

Himoyalanish  huquqi  jinoyatga  oid  sud  ishlarini  yuritishda  shaxs 



huquqlarining  kafolatlari  tizimida  markaziy  o‘rin  egallaydi.  Ushbu  huquq 

nafaqat  shaxs  huquq  va  qonuniy  manfaatlarining  kafolatlarini,  balki  odil 

sudlov  manfaatlarini  amalga  oshirishning  yuridik  sharti  sifatida  xizmat 

qiladi. Himoyalanish huquqi mustaqil ijtimoiy-huquqiy ne'matdir. 

Gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi 

yoki 

sudlanuvchi  o‘zining 



aybsizligini 

isbotlab 

berishi shart emas. 

 

“Ayblanuvchi 



himoyalanish 

huquqi 


bilan 

ta'minlanadi. 

Tergov va sud ishini yuritishning 

har  qanday  bosqichida  malakali 

yuridik  yordam  olish  huquqi 

kafolatlanadi. 

Fuqarolarga, 

korxona, 

muassasa 

va 


tashkilotlarga  yuridik  yordam 

berish uchun advokatura faoliyat 

ko‘rsatadi”. 

 

O’zbekiston 

Respubliksi 

Konstitutsiyasining  

116-moddasi. 

 

“Har bir kishining unga qo‘yilgan har 

qanday 

jinoiy 


ishi 

ko‘rib 


chiqilayotganda  to‘liq  tenglik  asosida 

quyidagi  kafolatlarga  ega  bo‘lish 

huquqi  mavjud:  O‘zi  qatnashib  sud 

qilinishi  va  o‘zini  o‘zi  yoki  tanlab 

olingan  oqlovchi  vositasida  himoya 

qilinishi;  agar  oqlovchisi  bo‘lmasa 

unga ega bo‘lish huquqi borligi haqida 

xabardor qilinishi; odil sud manfaatlari 

talab  etgan  har  qanday  hollarda  unga 

tayinlangan  oqlovchiga  ega  bo‘lish, 

ushbu oqlovchiga to‘lash uchun yetarli 

mablag‘i  bo‘lmagan  barcha  hollarda 

uning 

uchun 


oqlovchini 

tekinga 


berish”.  

 Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling