Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Jinoyat-protsessual  normaning  huquqni  tiklovchi  sanksiyasi


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

Jinoyat-protsessual  normaning  huquqni  tiklovchi  sanksiyasi 

gipoteza yoki dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidalardagi buzilishlarni bartaraf 

etishga  qaratilgan  sanksiyalardir.  Ushbu  sanksiyalar  jinoyat-protsessual 

hujjatlarni  bekor  qilishni  ko‘zda  tutadi.  Mazkur  sanksiyalar  protsess 

ishtirokchisining  huquqiy  maqomini  o‘zgarishga  ham  sabab  bo‘lishi 

mumkin (noqonuniy ayblanganda ayb olib tashlanadi, jinoyat ishi tugatiladi, 



37 

 

ehtiyot chorasi bekor qilinadi v.h.). 



Jinoyat-protsessual  normaning  huquqni  rad  etuvchi  sanksiyasi 

deganda  tergov  yoki  sud  hujjatini  yoxud  boshqa  dalilni  nomaqbul  deb 

topishga  qaratilgan  sanksiyalar  tushuniladi.  Jumladan,  dalillarni  to‘plash 

qoidalarini  buzgan  holda  to‘plangan  dalillar  nomaqbul  deb  topiladi  va 

ulardan isbotlash maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.  

Jinoyat-protsessual 

normaning 

jazolovchi 

sanksiyasi 

o‘z 


majburiyatlariga  rioya  etmagan  subyektlar  uchun  noqulay  oqibatlarni 

keltirib  chiqaradi.  Ushbu  sanksiyalar  mulkiy  xususiyat  kasb  etishi  yoki 

huquqni  cheklovchi  tusga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Mazkur  sanksiyalar 

jumladan,  o‘z  majburiyatlarini  bajarmagan  tarjimon,  mutaxassis  va 

ekspertga  yoxud  sud  majlisida  tartibga  rioya  etmagan  protsess 

ishtirokchilariga nisbatan raislik qiluvchi farmoyishiga asosan qo‘llanilishi 

mumkin.  Ushbu  sanksiyalar,  shuningdek  qo‘llanilgan  ehtiyot  chorasi 

talablariga  rioya  etmagan  ayblanuvchiga  nisbatan  ham  tatbiq  etilishi 

mumkin.  Jazolovchi  sanksiya  huquqbuzar  shaxsiga  qaratilgan  bo‘lib,  ular 

qoida tariqasida ogohlantiruvchi xususiyat kasb etadi.  



Jinoyat-protsessual  normaning  ahamiyatsiz  sanksiyasi  jinoyat-

protsessual  norma  gipoteza  yoki  dispozitsiyasi  buzilganda  qo‘llaniladi. 

Bunda  garchand,  protsess  ishtirokchisining  harakatlari  huquqqa  xilof 

bo‘lsada, huquqni tiklovchi, rad etuvchi yoki jazolovchi sanksiyalarni ishga 

tushirmaydigan  darajada  ahamiyatsiz  bo‘ladi.  Masalan,  basharti  prokuror 

protest  taqdim  etish  muddatini  buzadigan  bo‘lsa,  sud  uning  protestini 

ko‘rmay qoldirishi mumkin. Bunda prokuror javobgarlikka yoki boshqacha 

jazolovchi sanksiyasiga tortilmaydi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksida 

mustahkamlangan jinoyat-protsessual normalarda quyidagicha sanksiyalar 

ko‘zda tutilgan: 

a)  protsessual  majburlov  sanksiyalari  -  ular  sirasiga  misol  uchun, 

majburiy 

keltirish 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 30-bobi) tariqasidagi majburlov chorasini kiritish mumkin

b)  protsessual-jarimali  sanksiyalar  -  pul  undirish  va  jarima  solish 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 274-moddasi), shuningdek 

kiritilgan  garov  pulini  davlat  foydasiga  o‘tkazishni  kiritish  mumkin 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 249-moddasi); 

v)  protsessual-tiklovchi  sanksiyalar,  ular  qabul  qilingan  protsessual 

qarorni  bekor  qilishni,  o‘zgartirishni,  jinoyat  ishini  qo‘shimcha  tergovga 

yuborishni  ko‘zda  tutadi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 404, 484, 490-moddalari); 


38 

 

g)  protsessual-ogohlantiruvchi  sanksiyalar  –  o‘zini  o‘zi  rad  etish  va 



rad  etish  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  

76-80-moddalari);  tergov  boshqarmasi,  bo‘limi,  bo‘linmasi,  guruhining 

boshlig‘i  va  uning  o‘rinbosari  tomonidan  ishni  bir  tergovchidan  ikkinchi 

tergovchiga  olib  berish  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  37-moddasi);  prokuror  tomonidan  jinoyat  ishini  surishtiruv 

organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, bir 

dastlabki  tergov  organidan  boshqasiga  o‘tkazishi;  surishtiruvchini  yoki 

tergovchini,  basharti  ular  ishning  tergovi  chog‘ida  qonun  buzilishiga  yo‘l 

qo‘ygan  bo‘lsalar,  surishtiruv  yoxud  dastlabki  tergov  ishlarini  davom 

ettirishdan  chetlatishi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 382-moddasi) v.b. 

 

1.7. Jinoyat-protsessual qonunining vaqt,  



hudud va shaxslar bo‘yicha amal qilishi 

 

Huquq  nazariyasi  va  qonunchilikda  qonunning  vaqt,  hudud  va 



shaxslar bo‘yicha amal qilishi farqlanadi. 

Qonunning  vaqt  bo‘yicha  amal  qilishi  jinoyat  ishi  yurituvida  ishni 

sudga  qadar  yuritish  va  sud  muhokamasi  vaqtida  amal  qilgan  jinoyat-

protsessual qonun qo‘llanilishi bilan belgilanadi.  

Qonunning  hudud  bo‘yicha  amal  qilishi  “tuproq  prinsipi”,  ya’ni 

hududiylik tamoyili asosida belgilanadi. Bu jinoyat sodir etish joyidan qat’i 

nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat-protsessual yuritish uning 

protsessual qonunchiligi asosida yuritilishini anglatadi.  

Qonunning  shaxslar  bo‘yicha  amal  qilishi  jinoyat  ishi  yurituvi 

tartibining 

barcha 

uchun 


yagonaligi 

hamda 


jinoyat-protsessual 

qonunchilikning fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi prinsipi asosida 

amalga  oshirilishini  anglatadi.  Shu  bois  ham  jinoyat-protsessual 

qonunchilikning  amal  qilishi  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  chet  el 

fuqarolari  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarga  nisbatan  tatbiq  etiladi. 

Immunitetga ega bo‘lgan shaxslar ushbu qoidadan mustasno.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  qoidalarini 

qo‘llashda ba'zi istisnolar e’tiborga olinishi lozim. Jumladan: 



Jinoyat-protsessual qonun – davlatning oliy vakillik (qonunchilik) 

organi  tomonidan  qabul  qilingan,  oliy  yuridik  kuchga  ega  bo‘lgan  va 

jinoyat sud ish yurituvi sohasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga 

qaratilgan normativ-huquqiy hujjat. 



 

39 

 

- jinoyat sodir etilgan vaqt va joydan qat’i nazar, surishtiruv, dastlabki 



tergov va sud muhokamasi O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar 

bilan tuzgan shartnoma va bitimlarida o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, 

ana shu shartnoma va bitimda ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq olib boriladi. 

Bu holda O‘zbekiston bilan shartnoma yoki bitim tuzgan davlatning tegishli 

muassasasi yoxud idorasi bilan hamkorlik o‘rnatiladi.  

- shaxs o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan ilgari sodir etgan qilmishi uchun 

ayblansa, u ish yuritish vaqtida voyaga yetgan bo‘lsa-da, jinoyat protsessual 

munosabatlarda  o‘n  sakkiz  yoshga  to‘lmaganga  tegishli  huquq  va 

imtiyozlardan  foydalanadi.  Bu  afzalliklar  amaldagi  qonun  me'yorlarida 

ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, jinoyat sodir etilgan vaqtdagi qonunda nazarda 

tutilgan bo‘lsa, orqaga qaytish kuchiga ega. 

Jinoyat-protsessual  qonunining  vaqt  bo‘yicha  amal  qilishi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  3-moddasiga 

binoan,  jinoyat  ishlarini  yuritish,  jinoyat  sodir  etilgan  joydan  qat’i  nazar, 

basharti  O‘zbekiston  Respublikasining  boshqa  davlatlar  bilan  tuzilgan 

shartnoma  va  bitimlarida  o‘zgacha  qoidalar  belgilanmagan  bo‘lsa,  ish 

yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud  muhokamasi  yuritilayotgan 

paytda  amalda  bo‘lgan  qonun  hujjatlariga  muvofiq  olib  boriladi.  Jinoyat-

protsessual qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.  



Jinoyat-protsessual  qonunining  hudud  bo‘yicha  amal  qilishi. 

Hududiylik  tamoyiliga  ko‘ra,  jinoyat  ishi  yurituvi  qaysi  davlat  hududida 

amalga  oshirilayotgan  bo‘lsa,  usha  davlatning  jinoyat-protsessual  qonun 

hujjatlari  qo‘llanilishini  ifoda  etadi.  O‘zbekiston  hududida  jinoyat  sodir 

etgan  barcha  shaxslarga  nisbatan  jinoyat  ishi  yurituvi  ular  chet  el  davlati 

fuqarosi  yoki  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  bo‘lishidan  qat’i  nazar  faqat 

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi bo‘yicha amalga 

oshiriladi. 

Jinoyat  sodir  etilgan  joy  –  keng  ma'noda  olganda  mamlakatning 

chegarasi bilan belgilangan quruqlik, suv va havo havzasi nazarda tutiladi. 

Jinoyat ishlarini yuritish jinoyat sodir etilgan joydan qat’i nazar ish yurituvi 

amalga  oshirilayotgan  paytda  amalda  bo‘lgan  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

olib boriladi. 

Basharti,  O‘zbekiston  Respublikasining  boshqa  davlatlar  bilan 

tuzilgan  shartnoma  va  bitimlarida  o‘zgacha  qoidalar  belgilangan  bo‘lsa 

yoxud  jinoyat  chet  elda  yoki  boshqa  davlat  manfaatlariga  qarshi  sodir 

etilgan  bo‘lsa,  xalqaro  shartnoma  yoki  o‘zarolik  prinsipiga  asosan 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  jinoyat  ishlari  yurituvi  xalqaro  hujjat 

yoki xorijiy davlat jinoyat-protsessual qonunchiligi talablariga rioya etgan 


40 

 

holda amalga oshirilishi mumkin. 



Jinoyat-protsessual  qonunining  shaxslar  bo‘yicha  amal  qilishi. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasida jinoyat sodir 

etgunga qadar yuridik javobgarlik yoshiga yetgan barcha aqli raso jismoniy 

shaxslarning javobgarlikka tortilishi belgilangan. Ular nafaqat O‘zbekiston 

Respublikasi fuqarolari, balki chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 

shaxslar ham bo‘lishi mumkin. 

Jinoyat protsessida immunitet instituti jinoyat-protsessual qonunining 

shaxslar  bo‘yicha  amal  qilishini  cheklashi  mumkin  bo‘lib,  bu  umumiy 

qoidadan istisno sanaladi. “Immunitet” lot. “immunitatis” – “xalos bo‘lish” 

degan  ma'noni  anglatadi.  Huquq  sohasida  immunitet  faqat  qonun  hujjati 

asosida  beriladi  va  shaxsning  yoki  muassasa,  tashkilotning  muayyan 

vakolatlari  to‘siqsiz  amalga  oshirilishini  ta’minlash  zarurligi  bois  alohida 

huquqlari, huquqiy afzalliklari, imtiyozlari, ustuvorligi borligini yoxud biror 

turdagi  majburiyatdan  xalosligi,  ta’sir  chorasidan  tashqaridaligi  va 

daxlsizligini  anglatadi.  Har  qanday  jismoniy  shaxs,  shuningdek  ajnabiy 

fuqarolar  va  fuqaroligi  bo‘lmaganlar  O‘zbekiston  Respublikasining 

qonunlariga,  shu  jumladan,  Jinoyat  va  Jinoyat-protsessual  kodekslarining 

talablariga  rioya  qilishlari  shart.  Ammo,  ular  bu  majburiyatlarga  nisbatan 

immunitetga  ega,  ya’ni  bunday  majburiyatdan  xalos  etilgan  bo‘lishlari 

mumkin.  

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston hududida quyidagi to‘rt 

toifa chet el fuqarolari immunitet huquqidan foydalanishi mumkin: chet el 

davlatlarining  diplomatik  vakolatxona  xodimlari;  chet  el  davlatlarining 

konsullik  vakolatxona  xodimlari;  xalqaro  hukumatlararo  tashkilotlar 

xodimlari;  chet  el  davlatlarining  boshqa  vakillari,  shuningdek  xalqaro 

shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda ularning oila a’zolari.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlar 

diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar 

vakolatxonalarining 

hamda 

ular 


xodimlarining 

O‘zbekiston 

Respublikasidagi  faoliyati  to‘g‘risida”gi  2001-yil  8-maydagi  207-sonli 

qarori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning  O‘zbekiston 

Respublikasidagi  diplomatik  vakolatxonalari  va  konsullik  muassasalari 

to‘g‘risida”gi  Nizomga  asosan  diplomatik  vakolatxona  boshlig‘i  va 

diplomatik personal a’zolari shaxsiy daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar 

hamda  tintuv  qilinishi  yoki  hibsga  olinishi,  yoki  biron-bir  shaklda  ushlab 

turilishi  mumkin  emas  hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  jinoiy, 

fuqarolik  va  ma’muriy  yurisdiksiyasidan  daxlsizlik  huquqlaridan 

foydalanadilar. Daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar konsullik muassasalariga 


41 

 

nisbatan ham qo‘llanadi. 



Diplomatik vakolatxona xodimlari – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 

ishlar  vazirligining  shunday  maqomga  ega  ekanligini  tasdiqlovchi  hujjat 

berilgan  vakolatxona  boshlig‘i  va  vakolatxona  a’zolaridir.  Vakolatxona 

shaxsiy tarkibi a’zolari – bu avvalo diplomatik xodimlar, vakolatxonaning 

ma’muriy  texnik  va  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlari.  Diplomatik  xodimlar 

qatoriga, shuningdek diplomatik (maqom) rangga ega bo‘lgan vakolatxona 

xodimlari kiradi. 

Immunitetga  ega  bo‘lgan  shaxslarning  huquqiy  maqomi  masalalariga 

“BMTning  imtiyozlar  va  immunitetlar  to‘g‘risida”gi  Konvensiya  

4-moddasi 11-bo‘limining “a”, “b” bandlari, 5-moddasi 18-bo‘limining “a” 

bandi, 6-moddasi 22-bo‘limining “a”-“s” bandlari (1946-yil 13-fevral, Nyu-

York), “Birlashgan Millatlar Tashkiloti va turli ixtisoslashgan muassasalar 

foydalanadigan 

imtiyozlar 

va 

daxlsizlik 



huquqlari 

to‘g‘risida”gi 

Konvensiya 

III 


moddasining 

4-6-bo‘limlari, 

moddasi  



13-bo‘limining  “a”,  “b”  bandlari,  14-bo‘limi,  VI  moddasi  19-bo‘limining 

“a”  bandi  (1947-yil  21  noyabr,  Vashington),  “Shanxay  hamkorlik 

tashkilotining  imtiyoz  va  immunitetlari  to‘g‘risida”gi  Konvensiyaning  

3-moddasi, 

11-moddasining 

1-bandi, 

17-moddasining 

1-bandi,  

18-moddasining  1,  2-bandlari  (2004-yil  17-iyun,  Toshkent)  va  boshqa 

xalqaro hujjatlar bag‘ishlangan. 



MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 

 

Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar jinoyat ishlari yurituviga oid 

qoidalarning  xalqaro  hujjatlarda  va  tarmoq  qonun  hujjatlarida 

mustahkamlanishiga  oid  masalalarni  ko‘rib  chiqishlari;  qiyosiy-huquqiy 

tahlil  o‘tkazib,  jinoyat  ishlarini  yuritishda  protsessual  shaklning  rolini 

aniqlashlari,  hamda  jinoyat  protsessual  qonunining  rivojlanish  tarixi  va 

takomilashtirish istiqbollarini yoritishlari lozim. 

 

MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

 

1.

 

Kodeks  muayyan  huquq  (qonunchilik)  sohasidagi  normativ 

majmuani  ifodalovchi,  jamlovchi  qonun  bo‘lib,  unga  kiritilgan  huquqiy 

normalarning mantiqiy bog‘liqligi hamda mutanosibligi, huquq tarmog‘iga 

va  qonunchilik  sohasiga  monand  tizimli  joylashtirilganligi  bilan  tarmoq 


42 

 

qonunlardan  ustun  turadi.  Jinoyat-protsessual  kodeksida  belgilangan 



usullar  orqali  jinoyat  protsessi  vazifalarini  bajarishning  ahamiyatini 

ochib bering. 

2.

 

Jinoyat  protsessi  bosqichlari  o‘z  boshlanish  va  tamomlanish 

vaqtiga,  vazifa  va  mazmuniga,  ishtirokchilar  doirasiga,  ular  o‘rtasida 

shakllanadigan  jinoyat-protsessual  munosabatlar  kabi  belgilarga  ega 

bo‘lgan  mustaqil  davrlar  sifatida  tavsiflanadi.  Jinoyat  protsessi 

bosqichlarining mantiqiy tadrijiy tahlil qiling. 

 

1-kazus 

Xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasining vakili Nasibov mansabini 

suiste’mol  qilib  chet  el  vizasini  olish  uchun  murojaat  qilgan  Salimovdan 

tovlamachilik qilib, vakolatxonadan tashqarida 300 AQSh dollari miqdorida 

pora  olganligi  fosh  etilgan.  Nasibov  jinoiy  javobgarlikdan  qutulib  qolish 

maqsadida  vakolatxonaga  yashiringan.  Tergovchi  gumon  qilinuvchini  va 

daliliy ashyoni topish maqsadida vakolatxonada tintuv o‘tkazish to‘g‘risida 

qaror chiqargan. 



Tergovchining  harakatlariga  huquqiy  baho  bering.  Uning  qarori 

qonuniymi? Ushbu holatda tergov organlari  tomonidan qaysi qonun va 

normativ hujjatlar asosida qanday harakatlar amalga oshirilishi lozim? 

 

2-kazus 

Jinoyat  sodir  qilganlikda  gumon  qilinib  ushlangan  Erkinov  himoyachi 

bilan  ta’minlash  haqida  iltimosnoma  beradi.  Erkinovning  fikricha,  unga 

nisbatan  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  ayblov  faoliyatini  boshlab 

yuborgan, shuning uchun ham u himoya huquqi bilan ta’minlanishi lozim. 



Uning  iltimosi  qondirilishi  kerakmi?  Jinoyat  protsessida  ayblov  va 

himoya  funksiyasi  qaysi  vaqtdan  boshlab  amal  qiladi?  Jinoyat  qidiruv 

faoliyati  va  ayblov  funksiyasi  boshlanish  vaqti  bo‘yicha  bir-biriga  mos 

keladimi? 

              

 MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 

1.

 



MDH  va  boshqa  xorijiy  davlatlarning  jinoyat-protsessual  qonun 

hujjatlarining  vazifalari  tizimiga  oid  huquqiy  asoslarni  tahlil  qiling.  Ish 

shakli – nazorat ishi (esse). 

2.

 



Xorijiy davlatlarda jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vaqt va 

hudud bo‘yicha amal qilish tartibini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi 

(esse). 


43 

 

3.



 

Jinoyat protsessining funksiyalarini tahlil qiling. Ish shakli – nazorat 

ishi (esse).

 


44 

 

II BOB. JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI 



(Muallif – yuridik fanlar nomzodi, dots. U.A Tuxtasheva

 

Annotatsiya:  Talabalar  uchun  mazkur  mavzu  o‘rganilishi  jinoyat 

protsessi  prinsiplari  tushunchasi  va  ularning  mazmun  mohiyatini  aniqlab 

olishga;  jinoyat  protsessi  prinsiplari  tizimini  ko‘rib  chiqishga;  jinoyat 

protsess 

prinsiplarini 

tasniflashga; 

jinoyat 

protsessi 

prinsiplari 

rivojlanishini tushunib olishga; jinoyat ishlarini yuritishda prinsiplar o‘rni 

va rolini aniqlab olishga imkon beradi. 

 

2.1. Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi va tizimi 

 

Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi. Ma'no jihatidan prinsiplar 

– bu rahbariy g‘oyalar va tegishli faoliyatning asosiy qoidalaridir. “Prinsip” 

so‘zi  lotincha  “principium”  so‘zidan  kelib  chiqib,  uning  ma'nosi  “asos”, 

“asosiy  omil”  kabi  tushunchalarni  anglatadi.  Huquq  aslida  hamma  uchun 

majburiy  bo‘lgan  adolat  talablarini  belgilashi  sababli,  huquqiy  prinsiplar 

huquqda  adolatning  o‘lchovi  sifatida  xizmat  qiladi.  Qonun  huquq 

prinsiplariga javob bergan holdagina qonuniy, ya’ni huquqiy mazmunga ega 

bo‘lgan deb e’tirof etiladi. O‘z navbatida, prinsiplar oddiy yuridik g‘oyalar 

bo‘lmaganligi  hamda  adolat  va  lozimlikning  hamma  uchun  majburiy  va 

obyektiv  jihatdan  zarur  bo‘lgan  mezonlarini  huquqda  belgilashi  ularning 

asosiy  mazmunini  tashkil  etadi.  Huquq  va  huquqiy  ong  rivojlangan  sari 

huquqiy materiyadan muayyan yuridik g‘oyalar sifatida prinsiplar ajratiladi, 

yuridik texnika rivojlanishi bilan esa ular qonunda ayrim normativ-huquqiy 

ko‘rsatmalar  sifatida  mustahkamlanishi  mumkin.  Qonunda  o‘z  ifodasini 

topib, 

prinsiplar 



muayyan 

mustaqillikka 

erishadi 

va 


amaldagi 

qonunchilikning o‘zgarishi jarayonida barometr sifatida, huquqning keyingi 

shakllanishida esa kompas sifatida xizmat qiladi.  

Barcha prinsiplar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ular odil sudlov 

maqsadlariga erishish uchun teng muhim bo‘lgan huquqiy asoslarning yaxlit 

majmuini yaratadilar. Ularning har biri sud ishlarini yuritishning muayyan 

tomonini  belgilaydi,  ushbu  tomon  yo‘qligida  sud  ishlarini  yuritishning 

vazifalarini to‘g‘ri amalga oshirishga imkon bo‘lmaydi. 

 

 

 



 

45 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Prinsiplar  yaxlit  tizim  doirasida  amal  qilib,  bu  tizimda  har  bir 

prinsipning mohiyati nafaqat uning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi, balki butun 

tizimning ishlab turishi bilan aloqador bo‘lib turadi. Tizimda ayrim prinsip 

buzilishi, qoida tariqasida, boshqa prinsiplar va shu bilan birga, ish bo‘yicha 

odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylik buzilishiga olib keladi. 

Prinsiplar umumiy tusdagi normalar bo‘lib, amaliy faoliyat jarayonida 

vujudga keladigan barcha masalalar hal qilinishini ta’minlaydi. Protsessual 

huquqning ayrim normalari o‘rtasida muammolar yoki qarama-qarshiliklar 

vujudga  kelsa,  bu  qiyinchiliklarni  hal  qilish  vositasi  sifatida  prinsiplar 

xizmat qiladi. 

O‘z mazmuniga ko‘ra prinsiplar imperativ, hokimiyat-buyruq tusga ega 

bo‘lib,  bajarilishi  davlat  tomonidan  ta’minlanadigan  umumiy  majburiy 

ko‘rsatmalarini o‘z ichiga qamrab oladilar. 

Mafkuraviy  kategoriya  sifatida  prinsiplar  ijtimoiy-siyosiy  g‘oyalar 

ta’siri  ostida  shakllanadi,  biroq  protsessual  faoliyatni  va  uning  sohasida 

vujudga  kelayotgan  huquqiy  munosabatlarni  tartibga  solish  vazifasini 

g‘oyalar  emas,  balki  ularga  asoslangan  norma-prinsiplar  bajaradi.  G‘oya 

huquq  normalarida  mustahkamlab  qo‘yilmaguncha  odil  sudlov  prinsipi 

bo‘la olmaydi, u huquqiy ong mahsuli va ilmiy xulosa bo‘lib qolaveradi. 

Prinsiplarning  normativligi  davlat  faoliyatining  alohida  turi  bo‘lgan 

odil  sudlov  tabiatidan  ajratib  bo‘lmaydigan  ularning  asosiy  xususiyatidir. 

Ular inson va fuqaro hamda tegishli davlat organlariga qaratilgan bo‘ladi. 

Protsessni  olib  borayotgan  davlat  organlari  belgilangan  prinsiplarga  rioya 

qilgan  holda  faoliyatini  amalga  oshirib,  ularni  buzganlik  uchun  javobgar 

bo‘ladi. 

 

 



 

Jinoyat  protsessi  prinsiplari  –  bu  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi  va  Jinoyat-protsessual  kodeksida  mustahkamlangan, 

jinoyat  ishlarini  yuritishning  eng  muhim  xususiyatlari,  xarakteri  va 

mazmun-mohiyatini  belgilovchi  hamda  jinoyat  ishlarini  qo‘zg‘atish, 

tergov  qilish,  sudda  ko‘rib  chiqish  va  hal  qilish  bilan  bog‘liq  jinoyat-

protsessual  faoliyatida  jinoyat-protsessual  munosabatlari  sohasiga  jalb 

etilgan  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  amalda  ta'minlashga  va 

jinoyat protsessi maqsadlariga erishishga xizmat qiluvchi asosiy huquqiy 

qoidalardir. 

 


46 

 

 



 

 

 



 

Jinoyat  protsessi  prinsiplari  huquqiy  talablarning  oddiy  majmuasi 

bo‘lmasdan  ular  yaxlit  tizimni  tashkil  etadi.  Prinsiplar  tizimi  jinoyat 

protsessi mazmun – mohiyati va maqsadlarini belgilab beradi. 

Prinsiplar  tizimi  qonuniylikni  bir  xilda  tushunish  va  jinoyat  ishini 

yuritishga  mas’ul  bo‘lgan  barcha  davlat  organlari,  mansabdor  shaxslari 

tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksi huquqiy ko‘rsatmalarini amaliyotda 

bir  xilda  qo‘llashlarini  ta’minlaydi,  jinoyat  protsessi  to‘g‘risidagi  qonun 

normalarining  rivojlanishi  va  takomillashtirilishida  uslubiy  asos  bo‘lib 

xizmat qiladi. 

Jinoyat  protsessi  prinsiplari  mazmuni,  tartibga  solish  manbalari  va 

harakat doirasiga qarab bir-biridan farqlanadi. 

Jinoyat protsessi prinsiplarining ayrimlari jinoyat ishlarini yuritishning 

barcha bosqichlarida amal qilsa, ayrimlari esa uning ma’lum bosqichlarida 

amal qiladi. Qonuniylik, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, 

fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarining  muhofaza  qilish,  aybsizlik 

prezumpsiyasi  kabi  prinsiplar  jinoyat  ishlarining  yuritishning  barcha 

bosqichlarida  amal  qiladi.  Sudda  jinoyat  ishlarini  oshkora  ko‘rilishi  va 

sudda  ishlarni  yuritishda  tortishuv  kabi  prinsiplar  jinoyat  ishlari  bo‘yicha 

sudda ish yuritish bosqichidagina amal qiladi. 

Ayrim  prinsiplar  jinoyat  protsessining  ma’lum  bosqichlarida  to‘liq 

amal qilsa, boshqalari qisman amal qiladi. Bunday prinsiplarga misol qilib 

jinoyat  ishlarini  yuritishda  jamoatchilik  ishtiroki,  dalillarni  bevosita  va 

og‘zaqi usulda tekshirish prinsiplarini ko‘rsatish mumkin. 

 

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling