Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

2.2. Qonuniylik prinsipi 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining 

15-moddasida 

mustahkamlab  qo‘yilganidek:  “O‘zbekiston  Respublikasida  O‘zbekiston 

Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlarining  ustunligi  so‘zsiz  tan 

olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, 

fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq  ish  ko‘radilar”.  Jinoyat 

protsessida  ham  qonuniylikka  rioya  etish  to‘g‘risidagi  Konstitutsiya 

ko‘rsatmalari  tatbiq  etiladi  va  u  Jinoyat-protsessual  kodeksida  qonuniylik 

prinsipi sifatida o‘z ifodasini topgan. 

 

Jinoyat protsess prinsiplari tizimi – bu jinoyat protsessining o‘zaro 

uzviy  bog‘liq  tizimi  elementlari  sifatida  namoyon  bo‘luvchi  asosiy 

huquqiy asoslarini majmuidir. 

 


47 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Jinoyat  ishlarini  yuritish  maqsadlariga  erishish  uchun  ijtimoiy 

munosabatlar protsessual qonunlar bilan aniq tartibga solinishi lozim, shu 

tufayli  jinoyat  sud  ishlarini  yuritish  ushbu  protsessual  qonunlariga 

asoslanadi.  Qonuniylik  to‘g‘risidagi  normalar  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 11-moddasida o‘z ifodasini topgan. 

Mazkur  prinsip  ishdagi  barcha  holatlar  to‘la,  har  tomonlama  va 

xolisona ko‘rib chiqilishini, har bir ish qonunga asosan ko‘rib chiqilishi va 

hal  qilinishini,  sud  ishlarini  yuritish  barcha  ishtirokchilarining  huquq  va 

qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, fuqarolar qonunlarga rioya qilish va 

ularni  hurmat  qilish  ruhida  tarbiyalanishini  ta’minlashga  qaratilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumi  o‘zining  1997-yil  

22-avgustdagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida 



Jinoyat protsessining prinsiplari 

(JPK 11-27-moddalari) 

 

Konstitutsiyaviy 

prinsiplar: 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 12, 

14, 16, 17, 18, 20, 

24-moddalari; 

 

Barcha huquqiy 



fanlarga oid 

prinsiplar: 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 12, 16- 

moddalari; 

 

Jinoyat 

protsessining 

barcha 

bosqichlariga 

taalluqli 

prinsiplar: 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 7, 18, 

20, 21, 22, 23, 24 

moddalari; 

 25, 26, 27- 

моддалари

 

Jinoyat 



protsessining 

ayrim 

bosqichlariga 

taalluqli 

prinsiplar: 

Jinoyat-


protsessual 

kodeksining

 12, 

13, 15, 19-



 

moddalari; 

 

Qonuniylik prinsipi – bu davlatning jinoyat ishlarini yuritishda 

jinoyat  protsessida  ishtirok  etuvchi  barcha  subyektlardan  jinoyat 

ishlarini  tergov  qilish,  sudda  qo‘rib  chiqish,  jinoyat  protsessining 

sudga  qadar  va  sudda  ish  yuritish  bosqichlarida  tergov  organlari  va 

sudlar faoliyati ustidan tegishincha prokuror va sud nazoratini amalga 

oshirishda jinoyat protsessual qonun-hujjatlari normalariga aniq rioya 

etish va ularning talablarini og‘ishmay bajarish

 

haqidagi talabidir. 



 

48 

 

muhokama  etish  jarayonida  protsessual  qonunchilikka  rioya  qilinishi 



to‘g‘risida”gi  12-son  qarorida:  “Sudlarning  e’tibori  jinoyat  ishlarini  sud 

muhokamasi  jarayonida  protsessual  qonunchilikka  qat’iy  amal  qilishning 

zarurligiga  qaratilsin,  faqat  unga  aniq  va  og‘ishmay  amal  qilish  ishning 

holatini har tomonlama to‘liq va xolisona tekshirishni, jinoyatlarning sodir 

etilishiga  imkon  yaratuvchi  sharoit  va  sabablarni  aniqlashni  va  sud 

jarayonining  tarbiyaviy  ta’sirini  ta’minlashini  e’tiborga  olinsin”  deb  qayd 

etilgan.  Sudlar  faoliyatida  mavjud  bo‘lgan  kamchiliklarni  bartaraf  etishga 

apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari e’tiborini qaratib, Plenum 

o‘z  qarorida  “ishlarni  apellyatsiya,  kassatsiya  va  nazorat  tartibida 

ko‘rayotganda  birinchi  bosqich  sudlari  tomonidan  jinoyat-protsessual 

qonunchiligiga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratish, jinoyat ishlarining 

sud  muhokamasida  jinoyat-protsessual  qonunchiligini  qo‘llashda  yo‘l 

qo‘yilgan  xatolarni,  birorta  qonun  buzilish  holatini  e’tibordan  chetda 

qoldirmasdan, muntazam tahlil qilib borish”

4

ni tavsiya etgan.



 

Moddiy va protsessual qonunlarning barcha talablariga, shu jumladan, 

protsessual  faoliyatning  prinsiplarini  belgilovchi  normalarga  rioya  etish 

bo‘yicha  protsessual  faoliyatining  har  bir  ishtirokchisi  zimmasiga 

yuklatilgan majburiyat qonuniylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi. 

Qonunda yo‘l qo‘yiladigan barcha protsessual harakatlar o‘tkazilishi va 

protsessual qarorlar qabul qilinishi protsessual normalar bilan aniq tartibga 

solingan.  Jinoyat  ishlarini  yuritish  jarayonida  qonuniylik  protsessual 

qonunchilikda belgilangan kafolatlar tizimi orqali ta’minlanadi. 

Qonuniylik  protsessual  huquqning  barcha  prinsip  va  normalarida  o‘z 

ifodasini  topgan  hamda  sud  ishlarini  yuritishning  barcha  tomonlarini 

ta’riflaydigan  hamma  sohani  qamrab  oladigan,  universal  prinsip 

hisoblanadi. 

 

2.3. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi 



 

O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 19-moddasiga  muvofiq 

fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq 

va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni 

cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Sudlar  to‘g‘risida”gi  Qonuniga 

muvofiq O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan 

                                                           

4

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Sudlar  tomonidan  jinoyat  ishlarining  birinchi  bosqich  sudida 



muhokama  etish  jarayonida  protsessual  qonunchilikka  rioya  qilinishi  to‘g‘risida”gi  1997-yil  22-avgustdagi  12-sonli 

Qarori//O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.1. –T.: 2007. –B.105. 



49 

 

amalga oshiriladi (3-modda). 

Odil  sudlov  –  sud  hokimiyatini  amalga  oshirishning  yetakchi  shakli. 

Shuning  uchun  odil  sudlovning  faqat  sud  tomonidan  amalga  oshirilishi 

prinsipining  e’lon  qilinishi  jinoyat-protsessual  qonunchiligida  ham  o‘z 

aksini topgan. 

Jinoyatga  oid  sud  ishlarini  yuritishda  odil  sudlov  –  bu  jinoyat-

protsessual  qonunida  belgilangan  va  sud  qarorlarining  qonuniyligini, 

asosliligini  va  adolatliligini  ta’minlaydigan  tartibga  qat’iy  rioya  qilgan 

holda sud tomonidan, uning vakolati doirasida, jinoyat ishlarini ko‘rish va 

hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan faoliyatdir. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

12-moddasida aks ettirilgan ushbu prinsip odil sudlovning tub mazmunini 

ochib  beradi:  shaxsni  jinoyat  sodir  etishda  aybdor  deb  topishga  hamda 

ushbu shaxsga jazo tayinlashga faqat sud o‘z hukmi bilan vakolatli. Shaxsga 

nisbatan  tibbiy  yo‘sindagi  majburlov  choralarini,  qamoqqa  olish  va  uy 

qamog‘i  tarzidagi  ehtiyot  choralarini  qo‘llash,  shaxsni  tibbiy  muassasaga 

joylashtirish,  ayblanuvchini,  sudlanuvchini  lavozimdan  chetlashtirish 

to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga ham faqat sud haqlidir. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

28-moddasida ko‘rsatilganidek: “O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari 

bo‘yicha 

odil 

sudlovni 



O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi, 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  Oliy  sudi,  jinoyat 

ishlari  bo‘yicha  viloyatlar,  Toshkent  shahar,  tuman  (shahar)  sudlari  va 

harbiy sudlar amalga oshiradi”. 

Sud majlisida jinoyat ishini ko‘rish va natijalariga ko‘ra jinoyat sodir 

etishda  aybdor  deb  topilgan  shaxsga  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

kodeksida  belgilangan  jazoni  tayinlash  yoki  ushbu  shaxsni  oqlash  yoxud 

jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish jinoyat ishlari bo‘yicha odil 

sudlovni amalga oshirish usuli sifatida xizmat qiladi. 

Shunday qilib,  O‘zbekiston Respublikasida  O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudi

jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va  Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari 

bo‘yicha  tuman  (shahar)  sudlari,  harbiy  sudlar  odil  sudlovni  amalga 

oshiradilar. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 



 

 

 

 

50 

 

2.4. Jinoyat ishlarini hay’atda va yakka  



tartibda ko‘rib chiqish prinsipi 

 

Jinoyat  ishlari  bo‘yicha  sudlari  tizimida  odil  sudlovni  birinchi 



instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudlari amalga 

oshiradilar. Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar tarkibi turli bo‘lishi 

mumkin. 

Jinoyat  ishlarini  ko‘rishda  qonunda  quyidagi  sud  tarkibi  nazarda 

tutilgan  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  

13-moddasi): 



Birinchi instansiya bo‘yicha – hay’atda va yakka tartibda: 

-  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudidan  tashqari,  barcha  sudlarda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  15-moddasining  ikkinchi  va 

uchinchi  qismlarida  nazarda  tutilgan  jinoyatlar  (ijtimoiy  xavfi  katta 

bo‘lmagan

5

 va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar



6

) to‘g‘risidagi ishlar sudya 

tomonidan  yakka  tartibda  ko‘riladi;  qolgan  ishlar  hay’atda  (sudya  va  ikki 

nafar xalq maslahatchisi) ko‘riladi; 

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ishlar uch nafar sudyadan iborat 

tarkibda ko‘riladi. 



Apellyatsiya va kassatsiya tartibida

-  tegishli  sud  hay’atlarida  jinoyat  ishlari  uch  nafar  sudyadan  iborat 

tarkibda ko‘riladi; 

-  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudining  hukmlariga  apellyatsiya  va 

kassatsiya shikoyatlari (protestlari) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 

tegishli  sudlov  hay’atlarida  besh  nafar  sudyadan  iborat  tarkibda  ko‘rib 

chiqiladi. 

Nazorat tartibida jinoyat ishlari: 

- tegishli sud hay’atlarida – uch nafar sudyadan iborat tarkibda; 

-  sud  rayosatida  –  rayosat  a’zolarining  ko‘pchiligi  hozir  bo‘lgan 

taqdirda; 

-  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumida  –  tarkibidagilardan 

kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda ko‘riladi.

  

 

 

                                                           

5

 Ularga qasddan sodir etilib, qonunda uch  yildan ko’p bo’lmagan  muddatga ozodlikdan  mahrum qilish tarzidagi jazo 



nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga 

ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 

6

 Ularga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum 



qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq 

muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 



51 

 

2.5. Sudyalarning mustaqilligi va ularning  



faqat qonunga bo‘ysunishi prinsipi 

 

 

Sudyalarning  mustaqilligi  konstitutsiyaviy  prinsip  bo‘lib,  demokratik 



huquqiy davlat barpo etilishini ta’minlash uchun zarur shart sifatida xizmat 

qiluvchi 

sudyalarning 

erkinligi 

va 

mustaqilligining 



kafolatlarini 

mustahkamlab 

qo‘ygan 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

“Sudlar 


to‘g‘risida”gi  Qonunida  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksida (14-modda) o‘z rivojini topgan. 

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro 

etuvchi 


hokimiyatlardan, 

siyosiy 


partiyalardan, 

boshqa 


jamoat 

birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 

Mazkur  qoida  O‘zbekiston  Respublikasida  to‘laqonli  sud  hokimiyati 

o‘z faoliyatini amalga oshirishining asosiy shartlaridan va kafolatlaridan biri 

bo‘lib, ko‘rib chiqilayotgan prinsipning asosiy mazmunini tashkil etadi. 

Sudyaga  nisbatan  jinoyat  ishi  faqat  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 

prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya tegishincha O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

xo‘jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga 

olinishi mumkin emas. 

Sudya  sudyalarning  tegishli  malaka  hay’atining  roziligisiz  ma’muriy 

javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 

Sudyaning  turar  joyiga  yoki  xizmat  xonasiga,  foydalanadigan 

“Har  bir  inson  huquq  va 

burchlarini  belgilash  va  unga 

qo‘yilgan 

jinoiy 

aybning 


qanchalik 

darajada 

asosli 

ekanligini 



aniqlashi 

uchun 


to‘liq tenglik asosida uning ishi 

oshkora  va  adolat  talablariga 

rioya  qilingan  holda  mustaqil 

va  xolis  sud  tomonidan  ko‘rib 

chiqilishi huquqiga ega”

Inson huquqlari umumjahon 

Deklaratsiyasining  

10-moddasi. 

 

“Sudyalar  mustaqildirlar, 

faqat  qonunga  bo‘ysunadilar. 

Sudyalarning 

odil 

sudlovni 



amalga 

oshirish 

borasidagi 

faoliyatiga 

biron-bir 

tarzda 


aralashishga  yo‘l  qo‘yilmaydi 

va  bunday  aralashish  qonunga 

muvofiq  javobgarlikka  sabab 

bo‘ladi”. 



O’zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining  

112-moddasi.

  

 


52 

 

transportiga  kirish,  ularni  ko‘zdan  kechirish,  ularda  tintuv  o‘tkazish  yoki 



ulardan ashyoni olish, telefondagi so‘zlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan 

ko‘zdan  kechirish  va  uni  shaxsiy  tintuv  qilish,  shuningdek  uning  xat-

xabarlarini,  unga  tegishli  ashyolar  va  hujjatlarni  ko‘zdan  kechirish,  olib 

qo‘yish  yoki  olishga  faqat  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokurorining, 

viloyat,  Toshkent  shahar  prokurorining,  O‘zbekiston  Respublikasi  Harbiy 

prokurorining ruxsati yoki sudning qarori bilan yo‘l qo‘yiladi. 

Tuman (shahar) sudi, okrug va hududiy harbiy sud sudyasiga nisbatan 

jinoyat  ishi  yuqori  turuvchi  sud  sudloviga,  boshqa  sudlar  sudyalariga 

nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir. 

Mustaqillik  prinsipi  sudda  o‘z  vazifalarini  bajarayotgan  davrda  xalq 

maslahatchilariga ham tatbiq etiladi. Xalq maslahatchilarining mustaqilligi 

odil  sudlovni  amalga  oshirishning  qonunda  nazarda  tutilgan  taomili,  odil 

sudlovni  amalga  oshirish  bo‘yicha  faoliyatga  biron-bir  tarzda  aralashish 

uchun  aybdor  shaxs  qonunga  muvofiq  javobgarlikka  tortilishi,  shunigdek 

xalq  maslahatchisining  daxlsizligi  orqali  ta’minlanadi.  Sudda  o‘z 

vazifalarini  bajarayotgan  davrda  xalq  maslahatchilariga  sudyalar 

daxlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi. 

O‘z faoliyatida sud dastlabki tergov organlari va yuqori turuvchi sud 

instansiyalari  xulosalari  bilan  bog‘lanmagan.  Sud  tizimining  turli  bo‘g‘in 

sudlari  o‘zaro  munosabatlari  sudyalarning  mustaqilligi  va  ularning  faqat 

qonunga bo‘ysunishi prinsipiga qat’iy rioya qilgan holda shakllanadi. 

Sud  odil  sudlovning  ifodasi,  uning  beg‘araz  va  xolis  xizmatchisidir. 

Sudning 

faoliyati 

mustaqillik, 

faqat 


O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasiga  va  unga  asosan  qabul  qilingan  qonunlarga  bo‘ysunish, 

oshkoralik  va  taraflarning  tortishuvi,  aybsizlik  prezumpsiyasi  va  sud 

ishlarini yuritishning boshqa demokratik prinsiplariga asoslanadi.  

O‘zbekiston Respublikasi sud tizimining zamonaviy tuzilmasi bevosita 

sud  tizimining  doirasida  sudyalarning  mustaqilligini  ta’minlashga  imkon 

yaratadi. Yuqori turuvchi sudlar quyi sudlarning faoliyatini boshqarishga, 

ular tomonidan sud ishlarini ko‘rish jarayoniga aralashishga haqli emas, sud 

ishini ko‘rish paytida har bir sudya to‘liq darajada erkin va mustaqil bo‘ladi. 

Yuqori  turuvchi  sud  instansiyalari,  apellyatsiya,  kassatsiya  yoki  nazorat 

tartibida ishlarni ko‘rib chiqib, quyi sudlarining faoliyati ustidan nazoratni 

faqat protsessual jihatdan amalga oshiradi. 

Sudyalarning mustaqilligi nafaqat ularni qonunda belgilangan tartibda 

sudyalikka  saylash,  tayinlash  va  sudyalikdan  ozod  qilish,  ularning 

daxlsizligi, qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va 

uni  oshkor  qilishni  talab  etishning  taqiqlanishi  (O‘zbekiston  Respublikasi 



53 

 

“Sudlar  to‘g‘risida”gi  Qonunining  67-moddasi,  O‘zbekiston  Respublikasi 



Jinoyat-protsessual  kodeksining  456-moddasi)  va  boshqa  protsessual 

kafolatlar orqali, balki umuman jamiyatimizning ijtimoiy va davlat tuzilishi 

orqali ta’minlanadi. 

 

 

2.6. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsipi 

Prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir 

holda,  o‘z  vakolatlari  doirasida  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atishlari,  jinoiy 

hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni 

jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishlari shart. 

Mazkur prinsip mazmuniga ko‘ra, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi 

jinoyat alomatlari aniqlangan hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun sabab va 

yetarli  asoslar  mavjud  bo‘lgan  barcha  hollarda  o‘z  vakolatlari  doirasida 

jinoyat  ishini  qo‘zg‘atishlari,  biror-bir  muassasa,  tashkilot,  fuqarolarning 

xohish-irodasidan  qat’i  nazar  jinoyat  sodir  etishda  aybdor  bo‘lgan 

shaxslarni  aniqlash  va  ularni  fosh  etish  uchun  qonunda  nazarda  tutilgan 

barcha zarur choralarni ko‘rishlari shart.  

Shuni  nazarda  tutish  kerakki,  Jinoyat-protsessual  kodeksining  325-

moddasida  nazarda  tutilgan  hollarda  jinoyat  ishi  aybdorni  javobgarlikka 

tortishni  so‘rab  jabrlanuvchi  bergan  shikoyat  arizasi  asosidagina 

qo‘zg‘atiladi. 

Ammo 

jabrlanuvchi 



nochor 

ahvolda 


bo‘lganligi 

ayblanuvchiga qaram bo‘lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z 

huquqini  va  qonuniy  manfaatlarini  o‘zi  himoya  qila  olmaydigan  alohida 

hollarda  prokuror  jabrlanuvchining  shikoyatisiz  ham  jinoyat  ishini 

qo‘zg‘atishi shart. 

Keyingi  paytlarda  jinoyat  protsessida  dispozitiv  asoslar  kengayishi 

tufayli, ayrim hollarda jinoyat hodisasi aniqlangan taqdirda ham prokuror, 

tergovchi  va  surishtiruvchi  jinoyat  ishini  faqatgina  tegishli  shaxslarning 

arizasi  bo‘lgan  taqdirdagina  qo‘zg‘atishi  mumkin.  Xususan,  o‘zganing 

mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish, aldash 

yoki ishonchni suiste'mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish, mulkni 

qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish, mulkni qasddan nobud qilish 

yoki unga zarar yetkazish jinoyatlari ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan 

yuridik  shaxsga  nisbatan  uning  xodimi  tomonidan  sodir  etilgan  bo‘lsa, 

jinoyat  ishi  faqat  mazkur  yuridik  shaxs  rahbarining,  mulkdorining  yoki 

vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atiladi. 

Jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish  sabablari  va  asoslari  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 322-moddasida nazarda tutilgan. 



54 

 

Jinoyat ishlari jabrlanuvchining va ish natijasidan manfaatdor bo‘lgan 



boshqa  shaxslarning  yoki  prokuror,  tergovchi  hamda  surishtiruvchining 

subyektiv fikri bilan qo‘zg‘atilishi mumkin emas. Ular o‘zlarining jinoyat 

ishi  qo‘zg‘atish  haqidagi  hujjatlarida  har  tomonlama  va  xolisona  tadqiq 

qilingan dalillarga asoslanishlari kerak. 



 

2.7. Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida 

 tengligi asosida amalga oshirish prinsipi 

 

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  18,  46-moddalari, 

O‘zbekiston  Respublikasi  “Sudlar  to‘g‘risida”gi  Qonunining  6-moddasi, 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 16-moddasi odil 

sudlovni barcha shaxslarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga 

oshirish  prinsipining  huquqiy  asosi  sifatida  xizmat  qiladi.  Mazkur  prinsip 

Inson  huquqlari  umumjahon  Deklaratsiyasining  7-moddasiga  ham 

asoslanadi.  Xalqaro  huquqning  ushbu  normasiga  binoan  barcha  odamlar 

qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish 

huquqiga egadir. 

O‘zbekiston  Respublikasida  barcha  fuqarolar  jinsi,  irqi,  millati,  tili, 

dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e'tiqodi,  shaxsi  va  ijtimoiy  mavqeidan  qat’i 

nazar,  qonun  va  sud  oldida  tengligi  ko‘rib  chiqilayotgan  prinsipning 

mazmunini tashkil etadi. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ham qonun 

va sud oldida tengdirlar. 

Mazkur prinsipning mazmunini quyidagicha belgilash mumkin: sudga 

O‘zbekiston 



Respublikasida 

barcha  fuqarolar  bir  xil  huquq  va 

erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, 

millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib 

chiqishi, 

e'tiqodi, 

shaxsi 

va 


ijtimoiy  mavqeidan  qat’i  nazar, 

qonun oldida tengdirlar”. 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling