Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Jinoyat protsessi va sud psixiatriyasi


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

Jinoyat protsessi va sud psixiatriyasi. Jinoyat ishini tergov qilish va 

ko‘rib chiqish chog‘ida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ruhiy 

holati  to‘g‘risidagi  masala  hamda,  binobarin,  uning  jinoiy  javobgarligi 

mumkinligi  to‘g‘risidagi,  jabrlanuvchining,  guvohning  ruhiy  va  jismoniy 

ahvoli  to‘g‘risidagi  masala,  shuningdek  ularning  ish  bo‘yicha  ahamiyatga 

ega bo‘lgan holatlarni to‘g‘ri qabul qilish va qayta aks ettirishga qodirligi 

to‘g‘risidagi  masala  va  boshqa  masalalar  kelib  chiqishi  mumkin.  Jinoyat 

ishlarini 

sudda 

ko‘rishda 



sud-psixiatriya, 

shuningdek 

sud-tibbiy 

xususiyatdagi  masalalarning  kelib  chiqishi  ekspert  yoki  mutaxassislar 

yordamidan foydalanish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.  

Jinoyat  protsessi  va  sud  psixologiyasi.  Umumiy  psixologiyaning 

tarkibiy qismi sifatida sud psixologiyasining predmeti jinoyatchilikka qarshi 

kurash  sohasida  inson  ruhiyati  qonuniyatlarini  o‘rganish  hisoblanadi.  Sud 

psixologiyasi  bilimlaridan  jinoyatlarni  ochish  uchun  ayrim  tergov  va  sud 

harakatlarini  o‘tkazish  bo‘yicha  taktik  tavsiyanomalarni  ishlab  chiqishda 


28 

 

foydalaniladi. Psixologiya sohasidagi maxsus bilimlardan sud-psixologiya 



ekspertizasini  o‘tkazishda,  xususan,  shaxsning  individual  xususiyatlari  va 

ahvolini aniqlash uchun foydalaniladi.  



Jinoyat  protsessi  va  sud  statistikasi.  Sud  statistikasi  –  statistika 

fanining  sohasi  bo‘lib,  uning  predmeti  jinoyatchilik  holati  to‘g‘risidagi 

miqdoriy  ma’lumotlarni,  uning  dinamikasi  hamda  unga  qarshi  kurash 

choralarini  o‘rganish  va  umumlashtirishdir.  Bunday  ma’lumotlarsiz 

jinoyatchilik  sabablarini,  unga  qarshi  kurash  maqbul  chora-tadbirlarini, 

tegishli  jinoiy  jazolarning  samaradorligini,  shuningdek  jinoyat  ishlarini 

sudda ko‘rishning qonun hujjatlari va sudlov organlari faoliyatining yanada 

takomillashtirilishini  ta’minlash  mumkin  emas.  Shu  boisdan  ham 

surishtiruv,  tergov,  prokuratura  va  sud  organlarida  ishlarni  qo‘zg‘atish, 

tergov qilish va ko‘rib chiqishning, ularning sudda ko‘rilishi natijalarining, 

qo‘llanilayotgan  jazo  choralarining  hisobi  yuritiladi  va  shu  kabi  boshqa 

ma’lumotlar  hisobga  olinadi.  Sud  statistikasining  mazmuni  fanning  bu 

sohasi nomlanishiga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat sud faoliyatini, 

balki  jinoyat  ishlarini  sudda  ko‘rish  boshqa  organlarining  –  surishtiruv, 

tergov va prokuraturaning ham statistik faoliyatini qamrab oladi

3



 

1.5. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari va uning vazifalari 

 

Jinoyat ishlarini yuritish tartibi faqatgina O‘zbekiston Respublikasining 

Jinoyat-protsessual  kodeksi  bilan  belgilangan  bo‘lib,  O‘zbekiston 

Respublikasi  hududida  jinoyat  ishlarini  yuritish  tartibini  belgilovchi 

muqobil qonun hujjatlari mavjud emas.  

Jinoyat-protsessual  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  asosiy  qonun 

hujjati  jinoyat-protsessual  kodeksdir.  Bu  kodeksning  normativ-huquqiy 

hujjat  turi  sifatidagi  o‘ziga  xos  jihatlarga  ega  bo‘lib,  kodeks  –  bugungi 

kunda  joriy  qonunlarning  asosiy  va  muhim  turlaridan  biri  hisoblanadi, 

qonunchilik  tarmoqlarida  integratsiya  funksiyasini  bajaradi,  qonunchilik 

tarmoqlari  o‘rtasidagi  tizimli  aloqalar  manbai  sifatida  xizmat  qiladi. 

Kodeksning  davlat  uchun  ahamiyati  unda  o‘zaro  ichki  muvofiqlashgan 

huquqiy normalar tizimi mujassam bo‘lishi bilan belgilanadi.  

                                                           

3

 Jinoyat protsessi. Mualliflar jamoasi. Umumiy qism. Darslik / prof. Z.F.Inog‘omjonovaning umumiy tahriri ostida. – 



Toshkent: Yangi asr avlodi, 2002. – B. 32-34. 

29 

 

Jinoyat ishlari yurituvi tartibining ham kodifikatsiyalashgan normativ-



huquqiy hujjat bilan tartibga solinishi ushbu munosabatlarda tezkorlik, 

aniqlik va tizimlilikni ta’minlaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  yangi  tahrirdagi  “Normativ-huquqiy 

hujjatlar  to‘g‘risida”gi  Qonunining  8-moddasi  uchinchi  qismiga  muvofiq, 

kodekslar  O‘zbekiston  Respublikasining  qonunlari  bilan  tasdiqlanadi. 

Shunga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasining  Jinoyat-protsessual 

kodeksi ham O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi 2013-

XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  belgilangan 

barcha  qoidalar  normativ  xususiyatga  hamda  qonun  kuchiga  ega  bo‘lib, 

O‘zbekiston Respublikasining butun hududi doirasida bir xilda qo‘llaniladi. 

Shuningdek,  unda  belgilangan  jinoyat  ishlarini  yuritish  tartibi  barcha 

huquqni  muhofaza  qiluvchi  idoralar  hamda  fuqarolar  uchun  yagona  va 

majburiy xususiyatga egadir. 

Jinoyat-protsessual  qonun  hujjatlarining  vazifalari  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  2-moddasida  belgilab 

berilgan.  Unda  jinoyat-protsessual  qonun  hujjatlarining  to‘rtta  asosiy 

vazifalari  belgilab  berilgan.  Ushbu  vazifalar  qonunda  nihoyatda  aniq  va 

tizimli ifodalangan bo‘lib, quyidagilardan iborat: 



1)  jinoyatlarni  tez  va  to‘la  ochishni  ta’minlash  –  bu  jinoyat  ishini 

yurituvchi va jinoiy ta’qibni amalga oshiruvchi surishtiruv, dastlabki tergov 

va prokuratura organlari, shuningdek sudning sodir etilgan jinoyat holatiga 

oid  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  belgilangan 

holatlarni  aniqlashga  qaratilgan  asosiy  vazifalaridan  biri  hisoblanadi. 

Jinoyatlarni  tez  va  to‘la  ochishni  ta’minlashda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasiga muvofiq, ayblash va hukm 

qilish uchun asoslar – jinoyat obyekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning 

xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; sodir 

etilgan  jinoyatning  vaqti,  joyi,  usuli,  shuningdek  Jinoyat  kodeksida 

ko‘rsatib  o‘tilgan  boshqa  holatlari;  qilmish  va  ro‘y  bergan  ijtimoiy  xavfli 

oqibatlar  o‘rtasidagi  sababiy  bog‘lanish;  jinoyatning  ushbu  shaxs 

tomonidan  sodir  etilganligi;  jinoyat  to‘g‘ri  yoki  egri  qasd  bilan  yoxud 

Qonun  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilinib,  Senat 

tomonidan ma'qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 

imzolangach  va  qonunda  belgilangan  tartibda  rasmiy  nashrlarda  e'lon 

qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. 



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi. 

 


30 

 

beparvolik yoki o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning 



sabablari  va  maqsadlari;  ayblanuvchining,  sudlanuvchining  shaxsini 

tavsiflovchi holatlar aniqlanadi. 

Har bir jinoyat u qanchalik yashirin sodir etilgan bo‘lmasin, tez va to‘la 

ochilishi  lozim.  Jinoyat-protsessual  qonuniga  ko‘ra,  huquqni  muhofaza 

qiluvchi  davlat  organlari  doimo  ziyraklik  bilan  jinoyat  voqeasi  holatlarni 

aniqlashi, ularni “izlar sovimay” ochishi, jinoyatning barcha ishtirokchilari, 

ayniqsa  tashkilotchilari,  dalolatchilari,  bevosita  ijrochilarini  fosh  etishi, 

jinoyat  sodir  etishga  imkon  bergan  sabab,  shart-sharoitlarni  aniqlashi 

muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyat qanchalik tez va to‘la ochilsa, inson, 

jamiyat  va  davlat  manfaatlarini  himoyalash  vazifasi  shunchalik  samarali 

bajariladi. 

Ishning  barcha  holatlarini  aniqlash  yuz  bergan  voqeani,  haqiqatni 

aniqlashdan iborat. Bo‘lib o‘tgan holatlarga to‘g‘ri baho berish haqiqatning 

tub mazmunini bilishga imkon beradi. Haqiqatni bilmay jinoyat-protsessual 

qonun  hujjatlarini  tatbiq  etish  va  uning  vazifalarini  bajarishga  erishib 

bo‘lmaydi.  Shu  bilan  birgalikda  jinoyat  hodisasi  bo‘yicha  haqiqatni 

aniqlashda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  22-

moddasiga binoan, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar 

sinchkovlik  bilan,  har  tomonlama,  to‘la  va  xolisona  tekshirib  chiqilishi 

kerak.  


2)  jinoyat  sodir  etgan  har  bir  shaxsga  adolatli  jazo  berilishini 

ta’minlash  –  ya’ni,  ayblanuvchi  tomonidan  sodir  etilgan  qilmishning 

hamda jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib bo‘lgan 

jazo chorasini tayinlanishini ta’minlaydi, ya’ni ishda yuzaga keladigan har 

qanday  masalani  hal  qilishda  ayblanuvchini  yoki  sudlanuvchini  ham  fosh 

qiladigan,  ham  oqlaydigan,  shuningdek  uning  javobgarligini  ham 

yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga 

olinishi lozim.  

3) aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va 

hukm  qilinmasligi  uchun  aybdorlarni  fosh  etishni  ta’minlash  –  ya’ni, 

jinoyatni  sodir  etishda  haqiqatdan  aybdor  bo‘lgan  barcha  shaxslarni,  shu 

jumladan,  jinoyatning  barcha  ishtirokchilarini  va  unga  daxldor  shaxslarni 

aniqlashga  qaratilgan.  Jinoyat  sodir  etgan  shaxslarni  fosh  etish  va  jinoiy 

javobgarlikka tortish jinoiy ta’qibni amalga oshiruvchi organlar (surishtiruv 

organi, tergov, prokuratura)ning aybni isbot qilish maqsadida ishni qonuniy, 

asoslangan  va  adolatli  hal  qilish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  holatlar 

to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va 

baholash  bo‘yicha  ham  vazifasi,  ham  majburiyatidir.  Ya’ni  bu  vazifani 


31 

 

amalga oshirishda jinoiy ta’qib subyektlariga qonun doirasida ish yuritishi, 



xususan,  ish  bo‘yicha  haqiqatni  aniqlash  uchun  faqat  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  nazarda  tutilgan  tartibda 

topilgan,  tekshirilgan  va  baholangan  ma’lumotlardan  foydalanish 

mumkinligi,  gumon  qilinuvchidan,  ayblanuvchidan,  sudlanuvchidan, 

jabrlanuvchidan,  guvohdan  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslardan 

zo‘rlash,  qo‘rqitish,  huquqlarini  cheklash  va  qonunga  xilof  bo‘lgan 

o‘zgacha choralar bilan ko‘rsatuvlar olishga harakat qilish man etilganligi 

to‘g‘risidagi qoidaga qat’iy rioya etishlari shart. 



4)  qonunning  to‘g‘ri  tatbiq  etilishini  ta’minlash  –  ya’ni,  jinoyat-

protsessual  qonun  hujjatlarining  sud-tergov  organlari  faoliyatiga  to‘g‘ri  – 

qonunga  mos,  mazmunini  buzmagan,  biryoqlama  yondashuvlarsiz, 

belgilangan  protsessual  tartibda  qo‘llanilishini  anglatadi.  Qonunni  to‘g‘ri 

tatbiq  etish,  jumladan,  qonunbuzarlik  hamda  qonunga  rioya  qilmaslik 

hollarini  aniqlash,  har  qanday  qonunbuzarning  javobgarlikka  tortilishi 

muqarrarligini  ta’minlashga  qaratilgan.  Jinoyat  ishlari  yurituvi  jarayonida 

huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar 

va amalga oshiriladigan protsessual harakatlarning qonuniyligi va asosliligi 

jinoyatlarni  to‘g‘ri  tasniflash  bilan  ham  bog‘liq.  Jinoyat  qonunchiligini 

to‘g‘ri  qo‘llanilishi  sud  tomonidan  sodir  qilingan  jinoyatning  og‘irligi  va 

sudlanuvchining  shaxsiga  mutanosib  ravishda  jinoiy  jazo  tayinlanishini 

ta’minlaydi.  Jinoiy  ta’qibni  amalga  oshiruvchi  organlar  tomonidan  sodir 

qilingan  jinoyatning  protsessual  qonun  normalariga  qat’iy  rioya  qilingan 

holda fosh etilishi adolatli sud muhokamasining garovidir. 

Jinoyat-protsessual  kodeksda  belgilangan  usullar  orqali  jinoyat 

protsessi  vazifalarini  bajarilishi  ish  yurituvning  qonuniy  va  asosliligini, 

uning  maqsadlariga  erishishni  ta’minlaydi.  Xususan,  jinoyat  ishlarini 

yuritishning jinoyat-protsessual qonunda belgilangan tartibi uch maqsadga 

xizmat qiladi:  



Birinchidan, qonuniylikni mustahkamlashga – ya’ni, jinoyat ishlarini 

yuritishda  Konstitutsiya  va  qonunlarning  ustunligini  e’tirof  etishga, 

shuningdek jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshirayotgan  mansabdor 

shaxslar  –  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sudya  faoliyatida 

qonunlarga 

og‘ishmay 

va 

qat’iy  rioya  etilishini  ta’minlashga 



qaratilganligini,  xususan  jinoyat-huquqiy  va  protsessual  normalarni 

qo‘llashda  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokurorning  shaxsni  gumon  qilish, 

ayblashda, sudyaning esa hukm chiqarishda o‘z ixtiyoriga qarab ish ko‘rish 

chegarasi qonun bilan aniq tartibga solinganligini anglatadi; 



Ikkinchidan,  jinoyatlarning  oldini  olishga  –  ya’ni,  sudlanuvchi  va 

32 

 

boshqa shaxslarga axloqiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatib, ular tomonidan kelgusida 



jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi

Uchinchidan, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga – 

jinoyat-protsessual qonun hujjatlari jinoyat tufayli zarar yoki ziyon yetgan 

alohida  shaxslar,  davlat  yoki  jamiyat  manfaatlarini  himoya  etishga,  shu 

jumladan,  yetkazilgan  moddiy  va  ma’naviy  ziyonni  qoplashga  xizmat 

qiladi. 

Jinoyat protsessining  muhim vazifasi yangi jinoyatlarni oldini olish, 

profilaktika  qilish,  aholini  qonun  va  huquq-tartibotga  nisbatan  hurmat 

ruhida  tarbiyalashdan  iborat.  Jinoyat  ishlarini  yuritishda  surishtiruvchi, 

tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga 

imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi, ularni bartaraf etishga qaratilgan 

samarali 

choralarni 

ko‘rishlari 

shart. 


Jinoyat-protsessual 

qonun 


hujjatlarining  talablarini  bajarish  bevosita  huquqni  muhofaza  qiluvchi 

organlar va sudning zimmasidadir. Bu talablarni amalga oshirishdan davlat, 

jamiyat  va  har  bir  inson  manfaatdor  ekani  bois  unga  erishish  barchaning 

umumiy vazifasidir. 



 

1.6. Jinoyat protsessual huquqi normalari 

Jinoyat-protsessual huquqining tashqi shaklini uning manbalari, ichki 

shaklini  esa  huquq  normalari  tashkil  qiladi.  Jinoyat-protsessual 

normalarning  mazmuni  jinoyat-protsessual  huquq  subyektlarining  xulq-

atvor  qoidalaridan  iborat.  Jinoyat-protsessual  huquqi  subyekti  huquq 

normasida o‘z aksini topgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirar ekan 

jinoyat-protsessual munosabatlarga kirishadi va shu orqali muayyan jinoyat 

ishi bo‘yicha huquqiy munosabatlar subyektiga (ishtirokchisiga) aylanadi. 

Jinoyat-protsessual huquqi o‘zida jinoyat-protsessual qonunda ifodalangan 

normalar majmuini ifodalaydi.  

 

 

Jinoyat-protsessual normalarning belgilari quyidagilardan iborat: 



1) davlat tomonidan o‘rnatilgan, ya’ni davlatning qonun chiqaruvchi 

Jinoyat-protsessual  norma  –  jinoyat-protsessual  huquq  va 

majburiyatlar subyektlarining davlat tomonidan o‘rnatilgan hamda davlat 

va  jamoat  ta’siri  tizimi  orqali  ta'minlangan  hamda  jinoyat  ishlari 

yurituvini  samarali  amalga  oshirishga  qaratilgan  umummajburiy  xulq-

atvor qoidalari. 

 


33 

 

hokimiyatni  amalga  oshiruvchi  oliy  vakillik  organi  tomonidan  tegishli 



normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan;  

2)  jinoyat-protsessual  huquq  va  majburiyatlar  subyektlarining 

umumiy  xulq-atvor  qoidalari  bo‘lib,  muntazam  ravishda  takrorlanadigan 

muayyan harakatlarni ko‘zda tutadi;  

3) jinoyat protsessi ishtirokchilari uchun majburiy hisoblanadi; norma 

o‘zining umummajburiy ta’siri orqali protsessning barcha ishtirokchilarini 

emas, balki u bevosita taalluqli bo‘lgan ishtirokchilarni qamrab oladi; 

4) normalar davlat majburlov kuchi orqali ta’minlanadi;  

5)  jinoyat-protsessual  qonun  hujjatlari  vazifalarini  samarali  tarzda 

amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi v.b.  

Jinoyat-protsessual  huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilarining  huquq 

va  majburiyatlarini,  jinoyat  ish  yurituvi  bosqichlarini  va  boshqa  ko‘plab 

tushunchalarni  belgilab  beruvchi  jinoyat-protsessual  normalar  jinoyat-

protsessual  huquq  tizimini  tashkil  qiladi.  Jinoyat-protsessual  huquqning 

barcha  normalari  qat’iy  tizim  va  mantiqiy  izchillikka  ega  bo‘lib,  ular 

tizimlashtirilgan  va  kodifikatsiyalashganligi  bilan  tavsiflanadi.  Chunki, 

Jinoyat-protsessual  kodeksida  jinoyat  protsessiga  taalluqli  asosiy  qoidalar 

batafsil bayon etilgan.  

Jinoyat-protsessual 

normalar 

tizimida 

jinoyat-protsessual 

munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvor qoidalarini qat’iy qilib belgilab 

beruvchi  normalar  muhim  o‘rin  tutadi.  Mazkur  normalarning  salmog‘i 

jinoyat protsessining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqadi. Zero, jinoyat 

protsessi vazifalarini bajarish uchun eng maqbul va oqilona yo‘l tanlanishi 

lozim  bo‘lib,  bu  mazkur  munosabatlar  ishtirokchilarining  xulq-atvorini 

qat’iy tartibga solishni taqozo etadi. Biroq, jinoyat protsessiga xos bo‘lgan 

tortishuv  jinoyat  protsessida  muayyan  dispozitiv  normalar  ham  amal 

qilishini  ko‘zda  tutadi.  Dispozitiv  normalar  subyektlarga  muayyan 

harakatlarni  sodir  etish  yoki  ulardan  tiyib  turish  to‘g‘risida  ko‘rsatma 

bermaydi. 

Ularning 

maqsadi 


shaxsning 

subyektiv 

manfaatini 

qanoatlantirish 

hisoblanadi. 

Dispozitiv 

normalarga 

asoslangan 

munosabatlarning  vujudga  kelishi,  o‘zgarishi  va  tugatilishi  manfaatdor 

shaxsning tashabbusiga bog‘liqdir.  

Huquqiy  tartibga  solish  usullariga  (ruxsat  berish,  ko‘rsatma  berish, 

taqiqlash)  ko‘ra,  jinoyat-protsessual  huquq  normalari  vakolat  beruvchi, 



majburiyat  yuklovchi  va  taqiqlovchiga  bo‘linadi.  Vakolat  beruvchi 

normalar – protsess ishtirokchilariga ularning ixtiyoriga ko‘ra foydalanishni 

ko‘zda tutuvchi huquq beruvchi normalar. Majburiyat yuklovchi normalar 

– muayyan shart-sharoitlarda xulq-atvorning ma’lum turini ko‘zda tutuvchi 



34 

 

normalar.  Taqiqlovchi  normalar  –  muayyan  harakatlarni  sodir  etishdan 



tiyilishni  talab  qiluvchi  normalar.  Jinoyat-protsessual  qonunchilikda 

taqiqlovchi  normalar  ko‘plab  uchraydi.  Ular  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega 

bo‘lib,  turlicha  shaklda  namoyon  bo‘ladi.  Aksariyat  hollarda  ularda 

imperativ  tusdagi  hokimiyat  irodasi  namoyon  bo‘lib,  ular  muayyan 

harakatlarni  amalga  oshirishni  yoxud  ularni  amalga  oshirishdan  bo‘yin 

tovlashni ta’qiqlaydi.  

Jinoyat-protsessual normalar qo‘llanilish sohasiga ko‘ra quyidagicha 

tasniflanadi:  

a)  umumiy  normalar  –  barcha  jinoyat-protsessual  munosabatlar 

ishtirokchilariga  nisbatan  barcha  jinoyat-protsessual  faoliyat  jarayonida 

qo‘llaniladi;  

b)  maxsus  normalar  –  jinoyat  protsessining  alohida  bosqichlarida 

yoki alohida protsessual harakatlarni o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladi; 

v) istisno normalar – umumiy yoki maxsus normalarga qo‘shimcha 

qiladigan  yoki  ulardan  muayyan  bir  mustasnolarni  ko‘zda  tutadigan 

normalar.  

Huquqiy  tartibga  solish  predmetiga  ko‘ra,  jinoyat-protsessual 

normalar quyidagilarga bo‘linadi: 

a) vakolat yuklovchi, ya’ni jinoyat protsessi ishtirokchilariga muayyan 

huquqlar taqdim etuvchi normalar; 

b)  majburiyat  yuklovchi,  ya’ni  jinoyat  protsessi  ishtirokchilaridan 

muayyan xulq-atvorda bo‘lishni talab qiluvchi normalar

v)  ta’qiqlovchi,  ya’ni  jinoyat  protsessi  ishtirokchilariga  u  yoki  bu 

harakatni sodir etishdan tiyilishni talab qiluvchi normalar. 

Majburiylik darajasiga ko‘ra, normalar quyidagilarga bo‘linadi:  

a)  qat’iy  (imperativ),  ya’ni  unda  ko‘zda  tutilgan  xulq-atvor 

qoidalaridan hech qanday chekinishga yo‘l qo‘ymaydigan normalar; 

b)  dispozitiv  –  jinoyat  protsessi  ishtirokchilarida  ushbu  normada 

belgilangan  doirada  xulq-atvorni  tanlash  huquqini  saqlab  qoladigan 

normalar. 

Jinoyat-protsessual  huquq  normalari  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksida moddalar ko‘rinishida ifodalangan. Jinoyat-

protsessual normalar va ular ifodalangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksi  moddalari  gipoteza,  dispozitsiya  va  sanksiyadan 

tashkil  topgan.  Jinoyat-protsessual  normalarning  gipotezasi  uning 

ifodalanishining  aniqlik  darajasiga  qarab  mutlaq-muayyan  va  nisbiy-

muayyan  bo‘lishi  mumkin.  Ushbu  gipoteza  turlarining  tartibga  soluvchi 

ahamiyati bir xilda emas. Mutlaq muayyan gipotezalar jinoyat-protsessual 



35 

 

normaning dispozitsiya va sanksiyasini amalga oshirishning aniq shartlarini 



ko‘rsatadi.  Bunday  gipotezaga  ega  normani  qo‘llash  uchun  gipotezada 

ko‘zda tutilgan tegishli shartlarni aniq amaliy holatga mos kelishini aniqlash 

yetarli hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  321-moddasiga  asosan,  jinoyat  sodir  etilganligi  to‘g‘risida 

sabab  va  yetarli  asoslar  aniqlanganda,  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilishi  shart. 

Mazkur  holatda  “jinoyat  sodir  etilganligi  to‘g‘risida  sabab  va  yetarli 

asoslarning  aniqlanishi”  (gipoteza)  jinoyat  ishining  qo‘zg‘atilishiga 

(dispozitsiya)  olib  keladi.  Nisbiy-muayyan  gipotezalarda  ularning  tegishli 

shartlari  qanoatlantirilganda,  jinoyat-protsessual  norma  dispozitsiya  yoki 

sanksiyasini  qo‘llash  jinoyat  ishini  yuritayotgan  vakolatli  organ  yoki 

mansabdor  shaxslar  ixtiyoriga  topshiriladi.  Bunday  normalar  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  “ixtiyoriga  binoan”,  “ixtiyori 

bilan”  kabi  atamalar  yordamida  ifodalanadi  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  161,  497

10

-moddalari).  Demak,  jinoyat-



protsessual normaning gipotezasi uning dispozitsiya va sanksiyasini amalda 

tatbiq etish uchun sharoit yaratadi.  

Jinoyat-protsessual  normaning  gipotezasi  ijobiy  yoki  salbiy  bo‘lishi 

mumkin – basharti, huquq normasining dispozitsiya yoki sanksiya qismini 

amalga  oshirish  uchun  muayyan  shart-sharoitlar,  holatlarning  mavjud 

bo‘lishi  talab  qilinsa,  bu  ijobiy  yoki  mavjud  bo‘lmasligi  talab  qilinsa,  bu 

salbiy  gipoteza  hisoblanadi.  Shuningdek,  basharti  gipotezada  bir  holat 

ko‘rsatilib,  huquq  normasining  amal  qilishi  uning  mavjud  yoki  mavjud 

emasligi  bilan  bog‘lansa,  bunday  gipoteza  oddiy  hisoblanadi.  Agarda 

gipoteza huquq normasining harakatini ikki yoki undan  ortiq holatlarning 

bor yoki yo‘qligi bilan bog‘lasa, u murakkab gipoteza hisoblanadi. Basharti, 

huquq normasining harakati bir necha holatlardan birining bor yoki yo‘qligi 

bilan bog‘lansa, bunday gipoteza muqobil gipoteza hisoblanadi.  

Jinoyat-protsessual  normaning  dispozitsiyasi  jinoyat-protsessual 

faoliyatni qamrab oladi. Jinoyat-protsessual faoliyat o‘z navbatida maqsadi 

va  vositalariga  ega  bo‘lgan  jinoyat-protsessual  harakatlar  tizimidan 

iboratdir. 

Jinoyat-protsessual 

normaning 

dispozitsiyasida 

jinoyat-

protsessual  munosabatlar  ishtirokchilari  xulq-atvori  modelini  tanlashda 

qonun  yoki  faoliyat  yo‘nalishiga  oid  umumiy  ko‘rsatma  bilan  cheklanadi 

yoxud xulq-atvorni mufassallashtiradi. Bunda dispozitsiyani qanday bayon 

etish tartibga solinadigan faoliyatning  muhimligi, uni amalga oshirishning 

tez-tez  takrorlanishi,  jinoyat  siyosatining  yo‘nalishi,  jamiyatdagi  huquqiy 

madaniyat darajasi kabi bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.  

Jinoyat  protsessida  dispozitsiya  protsessual  normaning  qismi  bo‘lib, 



36 

 

unda jinoyat protsessi sohasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining 



munosib  xulq-atvorining  modeli  tavsiflanadi.  Protsessual  adabiyotlarda 

ko‘p  hollarda  protsessual  normalarning  barcha  ko‘rsatmalari  tartib-taomil 

xususiyati  kasb  etishiga,  ular  qoida  tariqasida  moddiy  huquq  normalarini 

qo‘llash bo‘yicha hokimiyat vakolatlariga ega subyektlarga yo‘naltirilishiga 

e’tibor qaratiladi.  

Jinoyat-protsessual  normalar  dispozitsiyasining  tartib-taomillarni 

belgilovchi  xususiyati  shundaki,  ular  nafaqat  protsess  ishtirokchilari 

harakatlarini tavsiflaydi, balki ularni sodir etish usuli, tartibi, ketma-ketligi, 

mazkur harakatlar natijalarini qayd etish shakllarini ham mustahkamlaydi.  

Jinoyat-protsessual  normalar  dispozitsiyasining  murakkab  tuzilishi 

ular  bilan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy  munosabatlarning  murakkabligi 

bilan 


ham 

belgilanadi. 

Zero, 

birinchidan, 



protsessual 

faoliyat 

ishtirokchilarining  ko‘p  sonligi bois ular  o‘rtasida  o‘ziga  xos  aloqadorlik, 

o‘zaro  bog‘liqlik  mavjud  bo‘ladi;  ikkinchidan,  protsessual  faoliyat 

jarayonida  isbotlash  amalga  oshiriladiki,  u  huquqni  qo‘llash  jarayonida 

bilishning o‘ziga xos shakli hisoblanadi.  

Jinoyat  protsessual  normalarning  sanksiyasi  uning  dispozitsiyasiga 

rioya etmagan holda vujudga keladigan oqibatlarni ko‘rsatadigan huquqiy 

normaning  elementi.  U  protsessual  munosabatlar  ishtirokchilarining 

jinoyat-protsessual  normalar  talablari  bajarilmaganda  kelib  chiqadigan 

huquqiy oqibatlar va davlat majburlovi bilan bog‘liq. Sanksiyalar jinoyat-

protsessual  normalarning  zarur  qismi  hisoblanadi.  Biroq  ular  jinoyat-

protsessual  normalar  tuzilishida  yetakchi  o‘ringa  egalik  qila  olmaydilar, 

chunki  davlat  majburlovini  qo‘llash  bilan  ta’sir  ko‘rsatish  protsess 

ishtirokchilariga  davlat  tomonidan  ta’sir  ko‘rsatishning  asosiy  shakli 

hisoblanmaydi.  

O‘z  tuzilishi  va  tabiatiga  ko‘ra,  jinoyat-protsessual  normalar 

sanksiyasi  turlicha  mazmun  va  maqsadga  ega.  Ularni  o‘zaro  farqlashning 

bosh  mezoni  bu  ular  huquqni  muhofaza  qilishga  xizmat  qilishi  uchun 

qaratilgan vosita hisoblanadi. Ushbu asosga ko‘ra ularni huquqni tiklovchi, 

huquqni  rad  etuvchi,  jazolovchi  va  ahamiyatsiz  sanksiyalarga  ajratish 

mumkin.  



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling