Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53

 

20 

 

ularning  qonuniy  vakillari,  himoyachi  va  jamoat  himoyachisi.  Himoya 



funksiyasi  quyidagilarda  namoyon  bo‘ladi:  gumon  va  ayblov  mohiyatiga 

nisbatan  to‘liq  e'tiroz  bildirish;  gumon  va  ayblovning  alohida  bandlariga 

nisbatan e'tiroz bildirish; qilmish malakasini (kvalifikatsiyasini) rad qilish; 

himoya  ostida  bo‘lgan  shaxsning  qilmishiga  boshqacha  huquqiy  baho 

berish; javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarga e’tibor qaratish; ayblovni 

asoslantiruvchi  dalillarning  yetarli  emasligini  asoslash  v.b.  Himoya 

funksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  bilan  bir 

qatorda, 

1996-yil 

27-dekabrdagi 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

“Advokatura  to‘g‘risida”gi  Qonuni  hamda  1998-yil  25-dekabrdagi 

“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi 

to‘g‘risida”gi qonunlar bilan ham tartibga solinadi.  

Ta’kidlash  lozimki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksida  so‘nggi  yillarda  himoya  funksiyasini  kuchaytirish  borasida 

tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1999-yil 15-apreldagi Qonun 

bilan  himoyachining  huquqlari  doirasi  kengaytirilib,  himoyachi  endilikda 

ishni  nazorat  tartibida  ko‘rish  chog‘ida  ham  ishtirok  etishga  haqli  bo‘ldi. 

2003-yil 12-dekabrdagi Qonun bilan himoyachi jazodan muddatidan ilgari 

shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tartibini qo‘llash 

bo‘yicha iltimosnoma bilan murojaat etish huquqiga ega bo‘ldi. 2008-yil 15-

sentabrdagi  Qonun  bilan  advokatning  ishda  ishtirok  etishiga  u  advokatlik 

guvohnomasini  ko‘rsatganidan  va  muayyan  ishni  yuritishga  vakolatli 

ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yilishi tartibi 

joriy etildi. 2008-yil 31-dekabrdagi Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksi  “Guvohning  advokati”  deb  nomlangan  66

1

-

modda 



bilan 

to‘ldirildi, 

himoyachining 

iltimosnomasiga 

ko‘ra 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  va  sud  tomonidan  mutaxassis 



tushuntirish  berish  uchun  chaqirilishi  mumkinligi  belgilandi  (69-modda), 

himoyachi vakolatlari kengaytirilib, u dalillar to‘plash huquqiga ega bo‘ldi. 



3.  Odil  sudlov  funksiyasi  –  bu  sudning  ish  bo‘yicha  to‘plangan 

barcha  dalillarni  tekshirish  hamda  aniq  shaxsning  aybdor  yoki  aybsizligi 

to‘g‘risida,  shuningdek  unga  tayinlanadigan  jazo  to‘g‘risida  qaror  qabul 

qilishga qaratilgan faoliyati (jinoyat ishini mazmunan hal qilish funksiyasi). 

O‘zbekiston  Respublikasida  odil  sudlov  funksiyasini  amalga  oshirishi 

mumkin bo‘lgan yagona organ bu sud hisoblanadi. Odil sudlov funksiyasini 

amalga  oshirish  tartibi  ham  kuchaymoqda.  Xususan,  “Mamlakatimizda 

demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasi”ning sud-huquq sohasini isloh etish yo‘nalishida 

ko‘zda 


tutilgan 

o‘zgartirishlar 

asosida 

2012-yil  



21 

 

18-  sentabrdagi  Qonun  bilan  sud  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish  huquqiga  ega 



subyektlar  doirasidan  chiqarildi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 15-moddasi); Xabeas korpus instituti kengaytirildi; 

ayblov  xulosasini  sud  emas,  prokuror  tomonidan  o‘qib  eshittirilishi 

belgilandi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 439-

moddasi).  Odil  sudlov  funksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual 

kodeksi 

bilan 


bir 

qatorda, 

2000-yil  

14-dekabrdagi “Sudlar to‘g‘risida” (yangi tahriri), 2010-yil 1-iyundagi “Sud 

ekspertizasi  to‘g‘risida”  va  boshqa  qonun  hujjatlari  bilan  ham  tartibga 

solinadi. 



4.  Nazorat  funksiyasi  –  bu  prokuror  va  sud  tomonidan  jinoyat 

protsessi bosqichlarida qonuniylikka, protsess ishtirokchilarining huquq va 

manfaatlariga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat yuzasidan 

faoliyat  yo‘nalishidir.  Hozirgi  kunga  kelib  “Xabeas  korpus”  instituti 

rivojlanishi  munosabati  bilan  ehtiyot  chorasi  sifatida  qamoqqa  olishga 

(2008-yil) va uy qamog‘iga (2014-yil), lavozimdan chetlashtirish va shaxsni 

tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini 

qo‘llashga (2012-yil) sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi 

insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya 

qilishda prinsipial qadam bo‘ldi.  

Jinoyat  protsessida  asosiy  bo‘lgan  ayblov,  himoya  va  odil  sudlov 

funksiyalardan  tashqari  dastlabki  tergov  va  yordamchi  funksiyalar  amal 

qiladi. 

Dastlabki tergov funksiyasi – tergovchi, surishtiruvchi – o‘z vakolat 

doirasida  (ayblov  e’lon  qilish  va  ayblanuvchi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

protsessual va tergov harakatlarini o‘tkazish bundan mustasno) tomonidan 

jinoyat  ishi  bo‘yicha  dalil  to‘plash  va  ularni  protsessual  qayd  qilish, 

to‘plangan dalillarni tekshirish va baholash orqali ayblovni shakllantirish, 

shaxsni ayblanuvchi sifatida jinoyat ishiga jalb qilish va dastlabki tergovni 

tamomlash bilan bog‘liq protsessual qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Shu 

bilan  birgalikda,  dastlabki  tergov  funksiyasining  ayblov  funksiyasidan 

asosiy farqi shundaki, uning ustuvor vazifasi ayblovni shakllantirish emas, 

balki jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashdir. Ya’ni, haqiqatni aniqlash 

uchun  dastlabki  tergov  funksiyasini  amalga  oshiruvchi  subyektlar  ish 

bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har 

tomonlama,  to‘la  va  xolisona  tekshirib  chiqishi  kerak.  Ishda  yuzaga 

keladigan  har  qanday  masalani  hal  qilishda  ayblanuvchini  yoki 

sudlanuvchini  ham  fosh  qiladigan,  ham  oqlaydigan,  shuningdek  uning 

javobgarligini  ham  yengillashtiradigan,  ham  og‘irlashtiradigan  holatlar 



22 

 

aniqlanishi  va  hisobga  olinishi  lozim  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-



protsessual kodeksining 22-moddasi).  

Yordamchi funksiya – jinoyat ishlari yurituvida haqiqatni aniqlashga 

ko‘maklashuvchi  ishtirokchilarning  faoliyatidan  iborat  bo‘lib,  ular  ikki 

guruhga bo‘linadi: 1) daliliy ahamiyatga ega ma’lumotlar manbalari bo‘lgan 

shaxslar (guvoh va ekspert). Bu shaxslar isbot qilish jarayonida faol ishtirok 

etib,  aynan  ular  tomonidan  beriladigan  daliliy  ahamiyatga  molik 

ma’lumotlar  ishning  hal  qilinishiga  jiddiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  2) 

dalillarni  qayd  qilish  va  mustahkamlashda  ko‘maklashuvchi  shaxslar 

(mutaxassis,  tarjimon,  xolis).  Bu  toifadagi  shaxslar  esa  jinoyat  hodisasi 

bo‘yicha  obyektiv  faktik  ma’lumotlar  manbalari  bo‘lmasalar-da,  jinoyat 

protsessida texnik-tashkiliy yordam ko‘rsatadilar. 

 

 

1.3. Jinoyat protsessual shakl va jinoyat protsessual kafolatlar 



 

Jinoyat  protsessual  huquqi  jinoyat  protsessual  shakl  va  jinoyat 

protsessual kafolatlar tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir.  

 

 



Jinoyat 

protsessual 

shaklning 

ahamiyati 

jinoyat 


ishini 

qo‘zg‘atishdan boshlab to jinoyat ishi yurituvini tamomlashgacha bo‘lgan 

barcha protsessual hujjatlar shakli qonun bilan mustahkamlanganligida ham 

namoyon  bo‘ladi.  Masalan,  hukm  -  uni  tuzish  va  bayon  qilish  shakli 

yuzasidan qonun bilan batafsil tartibga solingan odil sudlov aktidir. 

Protsessual  shakl  –  nihoyatda  katta  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‘lib, 

adolatli jinoyat ish yurituvining muhim kafolati hisoblanadi. 

Jinoyat  protsessual  shakl  o‘ziga  xos  belgilarga  ega  bo‘lib,  ular 

quyidagilardan iborat: 

1.

 

Yaxlitlik  –  jinoyat  protsessning  bosqichlarida  harakatlanishida 

barcha  jinoyat  ishlari  uchun  majburiy  bo‘lgan  yagona  protsessual  tartibi 

mavjud bo‘lib (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari),  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  1-moddasiga  muvofiq, 



Jinoyat  protsessual  shakl  –  jinoyat-protsessual  harakatlarni 

amalga  oshirish  shartlari,  ketma-ketligi  va  izchilligi,  ularni 

rasmiylashtirish  tartibini  aniq  va  batafsil  tartibga  soluvchi,  ya'ni 

muayyan  jinoyat  protsessual  munosabatlarni  yuzaga  keltirish, 

o‘zgartirish yoki tugatishning qat'iy shartlaridan iborat.  

 


23 

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-



protsessual kodeksi bilan belgilanadi.  

2.

 

Jinoyat ishi yurituvining detallashgan tartibga solinishi - har bir 

alohida protsessual harakatlar va ularning majmuini amalga oshirish tartibi 

va shartlari hamda qonunan o‘rnatilgan tartibda ularni olib borish jarayoni 

va natijalarini rasmiy qayd qilinishidir.  



3.

 

Amalga  oshiriladigan  protsessual  harakatlar  va  qabul 

qilinadigan qarorlar izchilligi - jinoyat protsessining bosqichlardan o‘tish 

jarayonining  o‘zi  ham  muayyan  bosqichlarning  umumiy  shartlari,  har 

qanday tergov yoki sud harakatining amalga oshirish tadrijiy izchilligi va 

tartibi qonun bilan o‘rnatilgan muayyan protsessual shaklga muvofiqdir. 



4.

 

 Imperativlik  –  jinoyat  protsessual  munosabatlarni  tartibga 

solishning  jinoyat  protsessi  subyektlariga  qat’iy  talablar  o‘rnatishda 

namoyon  bo‘lib,  ularga  protsessual  majburiyatlar  yuklatiladiki,  mazkur 

majburiyatlarni  bajarmaslik  protsessual  majburlov  choralarini  qo‘llashga, 

jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarga yuklatilgan vazifalarni 

bajarmaslik esa tegishli huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 



5.

 

 Protsessual  shaklning  differensiativligi  –  jinoyat  protsessual 

qonunida  jinoyat  ishlari  yurituvining  differensiatsiyalashgan  shakllarini 

ham  mustahkamlanganligida  ko‘rinadi.  Masalan,  yarashuv  tartibida  ish 

yuritish,  tibbiy  yo‘sindagi  majburlov  choralarini  qo‘llash,  voyaga 

yetmaganlarning  jinoyatlari  haqidagi  ishlarni  yuritish,  amnistiya  aktini 

qo‘llash  kabi  institutlarning  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksi doirasida amal qilishi. 

 

Jinoyat 



ishlari 

yurituvining 

qonuniyligi 

va 


asoslanganligini 

ta’minlashda muhim rolni protsessual kafolatlar bajaradi.  

 

 

Protsessual  kafolatlarning  muhim  qismini  jinoyat  protsessida  ishtirok 



etuvchi shaxs huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashning protsessual 

qonun bilan tartibga solingan vosita va usullari tashkil etadi. 

Jinoyat  protsessining  ahamiyati  shundan  iboratki,  qonun  bilan 

 

Protsessual  kafolatlar  –  bu  jinoyat  protsessining  vazifalarini 

amalga  oshirishga  yo‘naltirilgan  qonun  bilan  tartibga  solingan 

vositalardir. Umuman olganda, butun protsessual tartibning o‘zi: jinoyat 

protsessi  prinsiplaridan  to  alohida  tergov  va  sud  harakatlari  tartibga 

solinishining  detali  har  bir  jinoyat  ishining  qonuniyligi  va 

asoslanganligini kafolatlaydi. 

 


24 

 

o‘rnatilgan  jinoyat  ishini  yuritish  tartibi  jinoyat  protsessining  vazifalarini 



ta’minlashga,  jinoyat  protsessining  barcha  ishtirokchilarining  huquq  va 

qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishga, obyektiv haqiqatni aniqlashga va 

ish  yuzasidan  qonuniy  va  asoslantirilgan  qarorlar  qabul  qilishga  xizmat 

qiladi. 


 

 

1.4. Jinoyat-protsessual huquqi huquq sohasi sifatida va uning boshqa 



huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi 

 

Jinoyat-protsessual  huquqi  surishtiruv,  dastlabki  tergov,  prokuratura 

va sud organlarining jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish va hal qilish 

bo‘yicha  faoliyatini  tartibga  soluvchi  huquq  sohasi  hisoblanadi.  Jinoyat-

protsessual  huquqi  nafaqat  turdosh  huquqiy  fanlar  bilan,  balki  jinoyat 

ishlarining  sud  muhokamasi  vazifalarini  amalga  oshirish  manfaatlarida 

muvaffaqiyatli  foydalaniladigan  bilimlarning  boshqa  sohalari  bilan 

chambarchas bog‘langan.  

Jinoyat-protsessual  huquqi  yuridik  fanlar  bilan  uzviy  bog‘liqdir. 

Ma’lumki, yuridik fanlar tarixiy-huquqiy (davlat va huquq tarixi, siyosiy-

huquqiy  ta’limotlar  tarixi  v.b.),  tarmoq-yuridik  (konstitutsiyaviy  huquq, 

ma’muriy  huquq,  jinoyat  huquqi,  fuqarolik  huquqi,  fuqarolik  protsessi, 

mehnat  huquqi,  moliya  huquqi  v.b.),  maxsus-yuridik  (kriminologiya, 

huquqni muhofaza qilish organlari v.b.) va amaliy-yuridik (kriminalistika, 

sud  tibbiyoti,  sud  psixiatriyasi,  sud  buxgalteriyasi,  sud  statistikasi  v.b.) 

fanlarga bo‘linadi. Jinoyat-protsessual huquqi ko‘proq tarmoq, maxsus va 

amaliy fanlar bilan bog‘liq.  

Jinoyat-protsessual 

huquqi 

konstitutsiyaviy 

huquq 

bilan 


chambarchas bog‘liq. Xususan, Konstitutsiya davlat hokimiyati va jinoyat 

sud ishlari yurituvining asosiy prinsiplarini shakllantirgan; mamlakatda sud 

tizimini  belgilab  bergan.  Shuningdek,  Konstitutsiyada  inson  va 

fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda Konstitutsiya va qonunlar 

ustuvorligi  masalalari  ham  belgilangan.  Xususan,  unda  O‘zbekiston 

Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, inson, 

uning  hayoti,  erkinligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa  daxlsiz  huquqlari 

oliy  qadriyat  ekanligi;  demokratik  huquq  va  erkinliklar  Konstitutsiya  va 

qonunlar  bilan  himoya  qilinishi  (13-modda);  O‘zbekiston  Respublikasida 

O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlarining  ustunligi 

so‘zsiz tan olinishi (15-modda); inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va 

erkinliklari (7-9-boblar); inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari (10-



25 

 

bob),  O‘zbekiston  Respublikasining  sud  hokimiyati  (22-bob);  sud 



hokimiyati  va  sudyaning  mustaqilligi  (106,  112-moddalar);  O‘zbekiston 

Respublikasida sud tizimi  (107, 110-moddalar); sudning vakolatlari (108-

109,  111-moddalar);  sudyalar  daxlsizligi  (112-modda);  sud  ishlari 

yurituvida  oshkoralik  (113-modda);  sud  hujjatlarining  majburiyligi  (114-

modda);  sudda  jinoyat  ishlari  yurituvida  til  (115-modda);  himoyalanish 

huquqi  (116-modda);  prokuratura  organlari  faoliyatining  prinsiplari  (24-

bob) kabi muhim qoidalar mustahkamlangan. 

Jinoyat-protsessual  huquqi,  shuningdek  jinoyat  huquqi  bilan  ham 

bog‘liq.  Jinoyat-huquqiy  munosabatlarni  o‘rnatish  va  jinoiy  javobgarlik 

choralarini qo‘llashni faqatgina jinoyat-protsessual munosabatlar doirasida 

amalga oshirish mumkin. Jinoyat huquqi normalari, birinchidan, faqatgina 

jinoyat-protsessual  huquq  normalari  orqali  qo‘llanilishi  mumkin  bo‘lsa, 

ikkinchidan,  jinoyat-huquqiy  normalarni  qo‘llashga  faqatgina  jinoyat-

protsessual  munosabatlar  subyektlari  haqli  hisoblanadi.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  13,  82,  84,  236,  242,  265, 

271,  325,  331,  379,  389  va  boshqa  qator  moddalarida  Jinoyat  kodeksiga 

havolalar mavjudligi ham ushbu ikki huquq sohasining o‘zaro chambarchas 

bog‘liqligi, bir-birini taqozo etishini ko‘zda tutadi.  

Jinoyat-protsessual  huquqi  jinoyat-ijroiya  huquqi  bilan  ham  uzviy 

bog‘liq.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  normalari 

sud  tomonidan  mahkumni  saqlash  tartibini  o‘zgartirish,  hukmni  ijroga 

qaratish, jazoni o‘tash sharoitlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq munosabatlarni 

ham tartibga soladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  o‘n  ikkinchi  bo‘limi  hukm,  ajrim,  qarorlarni  ijro  etishga 

bag‘ishlangan bo‘lib, u hukm, ajrim, qarorlarni ijro etilishi (58-bob) hamda 

hukm,  ajrim,  qarorlarni  ijro  etishda  yuzaga  kelgan  masalalarni  hal  qilish 

(59-bob) 

masalalari 

tartibga 

solingan. 

Shuningdek, 

O‘zbekiston 

Respublikasining  1997-yil  25-aprelda  qabul  qilingan  Jinoyat-ijroiya 

kodeksining  19,  61,  104,  129,  160,  164,  166-moddalarida  aynan 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga havolalar mavjud 

bo‘lib,  bu  ham  ikki  huquq  sohasining  o‘zaro  aloqasini  yuridik  jihatdan 

ta’minlaydi.  

Jinoyat-protsessual  huquqi  kriminologiya  fani  bilan  ham  uzviy 

bog‘liq. 

Jinoyatchilikni, 

uning 

sabablari 



va 

shart-sharoitlarini, 

jinoyatchining  shaxsini  o‘rganadigan,  jinoyatchilikning  oldini  olishga 

qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqadigan kriminologiya jinoyat 

protsessi nazariyasi va amaliyoti bilan chambarchas bog‘langan. Bu narsa 

jinoyat-protsessual  qonunning  har  bir  muayyan  ish  bo‘yicha  jinoyatning 



26 

 

sabablari  hamda  uning  sodir  etilishiga  ko‘mak  bergan  shart-sharoitlarni 



aniqlash,  ularni  bartaraf  etish  uchun  choralar  ko‘rish,  ayblanuvchi, 

sudlanuvchining  shaxsini  to‘liq  va  har  tomonlama  o‘rganish  talabida  o‘z 

aksini  topadi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

296-300-moddalari).  Boshqa  tomondan,  kriminologiya  fanidan  jinoyat 

ishlarini  sudda  ko‘rishning  tegishli  ma’lumotlaridan  jinoyatchilikning 

oldini  olishning  yanada  samarali  choralarini  ishlab  chiqish  maqsadida 

foydalaniladi.  

Fuqarolik huquqi ham o‘z o‘rnida jinoyat-protsessual huquqi bilan 

bog‘liqdir. Jinoyat tufayli yetkazilgan zarar o‘z navbatida jabrlanuvchining 

yetkazilgan  mulkiy  ziyonni  va  ma’naviy  zararni  qoplatishga  bo‘lgan 

huquqini  vujudga  keltiradi.  Bunda  qonun  jinoyat  protsessida  fuqaroviy 

da’vo  qo‘zg‘atish  yoxud  yetkazilgan  zararni  fuqarolik  sud  ish  yurituvi 

tartibida  undirishni  ko‘zda  tutadi.  Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  beshinchi  bo‘limida  jinoyat  natijasida 

yetkazilgan  mulkiy  ziyonni  qoplash  masalalari  tartibga  solingan  bo‘lib, 

unda  jinoyat  protsessida  fuqaroviy  da’vo  boshqa  mulkiy  undirishlar  

(33-bob),  mol-mulkni  jabrlanuvchi  yoki  fuqaroviy  da’vogarga  qaytarish 

(34-bob),  hukmning  mulkiy  undirishlar  to‘g‘risidagi  qismi  ijrosini 

ta’minlash (35-bob) masalalari o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, bevosita 

jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida 

fuqarolarga  va  yuridik  shaxslarga  yetkazilgan  mulkiy  ziyonni  qoplash, 

shuningdek  jabrlanuvchini  dafn  etish  yoki  uning  statsionarda  davolanish 

xarajatlarini  hamda  sug‘urta  tariqasida  unga  to‘langan  pul,  nafaqa  yoki 

pensiya pulini undirish to‘g‘risidagi fuqaroviy da’volar jinoyat protsessida 

ko‘riladi. Fuqaroviy da’voning sudlovga tegishliligi bu da’vo qo‘zg‘atilgan 

jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi (275-modda). 

Jinoyat protsessi va kriminalistika. Jinoyat ishlarini sudda ko‘rishni 

amalga oshirish ko‘pincha jinoyatlarni ochish, ularni tergov qilish va sudda 

ko‘rib  chiqish  ilmiy  uslublari  va  vositalari  tizimidan,  ya’ni  kriminalistika 

sohasidagi 

bilimlardan 

foydalanmasdan 

mumkin 

bo‘lmaydi. 



Kriminalistika  jinoyatlarni  ochish  va  ularning  oldini  olish  maqsadida 

dalillarni  topish,  to‘plash,  qayd  qilish  va  tadqiq  qilish  bo‘yicha  jinoyat 

protsessual  qonunda  nazarda  tutilgan  harakatlarni  bajarish  uchun 

qo‘llaniladigan  texnik  vositalar,  taktik  uslublar  va  usullar  to‘g‘risidagi 

fandir. 

Kriminalistika jinoyatlarni fosh etish va ochishga qaratilgan faoliyat 

bo‘lib,  jinoyat  protsessining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Kriminalistik 

vositalari  va  usullari  jinoyat  protsessual  qonuni  asosida  maqsadlariga 



27 

 

erishish  uchun  qo‘llaniladi.  Kriminalistika  jinoyat  protsessiga  nisbatan 



amaliy fan hisoblanadi.  

Jinoyat protsessi fanining predmeti rioya etilishi lozim bo‘lgan huquq 

normalarini o‘rganishdan iborat bo‘lsa, kriminalistika uslublari va usullarini 

bevosita huquqiy jihatdan mustahkamlashning ahamiyati qanchalik yuqori 

bo‘lmasin,  bu  fanda  majburiy  bo‘lmagan,  har  bir  alohida  holda 

qo‘llanilishining  maqsadga  muvofiqligi  vakolatli  davlat  organlari 

(surishtiruv,  tergov,  prokuratura,  sud)  tomonidan  belgilanadigan,  tavsiya 

tusidagi qoidalardan iborat. 



Jinoyat  protsessi  va  sud  tibbiyoti.  Mazmuni  huquqiy  amaliyotda 

vujudga keladigan tibbiy va biologik tusdagi masalalarni o‘rganish hamda 

ishlab  chiqishni  tashkil  etadigan  tibbiyot  sohasi  sud  tibbiyoti  deb  ataladi. 

Jinoyat ishlarini yuritish amaliyotida hal qilinishi sud tibbiyotining maxsus 

bilimlarini  talab  etadigan  masalalarga  ko‘p  uchraydi.  Masalan,  o‘limning 

sababini,  yetkazilgan  tan  jarohatlarining  xususiyati  va  og‘irlik  darajasini 

aniqlash zarurati yuzaga keladi.  

Bu  hamda  boshqa  shunga  o‘xshash  ko‘pgina  savollarga  faqat  sud 

tibbiyoti  sohasida  bilimga  ega  shifokor  malakali  javob  berishi  mumkin 

bo‘lib, u jinoyat ishlarini sudda ko‘rishda ishtirok etish uchun ekspert, ayrim 

hollarda esa mutaxassis sifatida jalb etiladi.  

Ekspert  yoki  mutaxassis  sifatida  shifokorni  chaqirish  zarurati 

to‘g‘risidagi  masalani  malakali  hal  qilish,  shuningdek  tegishli  xulosani 

(yoki  tushuntirishni)  to‘g‘ri  baholashni  o‘rganish  yuridik  kadrlarni 

tayyorlash hajmiga kiradigan sud tibbiyoti asoslarini bilishni nazarda tutadi.  


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling