Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


xohishiga ko‘ra so‘roq qilinadi


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53

xohishiga ko‘ra so‘roq qilinadi. Bular quyidagicha: 

1. Har qanday “o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik” huquqiga ega shaxs 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  66-moddasi  

1-qismi); 

2. 

Gumon 


qilinuvchi, 

ayblanuvchi, 

sudlanuvchining 

yaqin 


qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli bo‘lgan holatlar 

213 

 

haqida  guvoh  yoki  jabrlanuvchi  sifatida  faqat  o‘zlarining  roziliklari  bilan 



so‘roq  qilinishlari  mumkin  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksi 116-modda); 

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yaqin qarindoshlari deganda, 

uning  ota-onasi,  aka-ukasi  va  opa-singillari,  eri  (xotini),  farzandlari 

(farzandlikka olinganlar), nevaralari, shuningdek er (xotin)ining ota-onasi, 

aka-ukasi va opa-singillari nazarda tutiladi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy 

sudi  Plenumining  2003  yil  19  dekabrdagi  “Gumon  qilinuvchi  va 

ayblanuvchini  himoya  huquqi  bilan  ta’minlashga  oid  qonunlarni  qo‘llash 

bo‘yicha  sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  17-sonli  qarorining

27

  11-bandi 



to‘rtinchi xatboshisi);

 

3. Diplomatik daxlsizlik huquqiga ega shaxslar toifasi mavjudki, ular 



ixtiyoriy  guvohlik  beradilar  (Diplomatik  aloqalar  to‘g‘risidagi  Vena 

konvensiyasi,  1963  yilgi  Konsullik  aloqalari  to‘g‘risidagi  Vena 

konvensiyasi); 

Yana bir toifadagi shaxslar bo‘lib, ularni surishtiruv, tergov va sudda 

ishtirok  etish  uchun  chaqirtirish  va  ularning  tergov  harakatlariga  ishtiroki 

jumladan, ko‘rsatuv berishlari ixtiyoriylik kasb etadi. Bu toifadagi shaxslar 

fuqaroligidan  qat’i  nazar,  xorijda  bo‘lgan  guvoh,  jabrlanuvchi,  ekspert, 

fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari hisoblanadi (bu 

masala “Jinoyat sudlov ishlarini yuritishda xalqaro hamkorlik” mavzusida 

batafsil yoritiladi). 

 

Yuridik  adabiyotlarda  shaxslarning  ko‘rsatuv  berish  majburiyatidan 



to‘liq  yoki  qisman  ozod  qilinishi  “guvohlik  immuniteti”  deb  ham 

yuritiladi. 

O‘n  olti  yoshga  to‘lgan  guvoh  yoki  jabrlanuvchini  so‘roq  qilishda 

ularning  shaxsi  aniqlangandan  va  unga  protsessual  huquq  hamda 

majburiyatlari  tushuntirilgandan  keyin  u  ko‘rsatuv  berishdan  bosh 

tortganlik  va  bila  turib  yolg‘on  ko‘rsatuv  berganlik  uchun  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan javobgarlik 

haqida ogohlantiriladilar. Bunday ogohlantiruv haqida so‘roq bayonnomasi 

yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. 

Gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining,  sudlanuvchining  yaqin 

qarindoshlari  ko‘rsatuv  berishdan  bosh  tortganlik  uchun  javobgarlik 

to‘g‘risida ogohlantirilmaydilar. 

                                                           

27

  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchini  himoya  huquqi  bilan 



ta'minlashga  oid  qonunlarni  qo‘llashning  ayrim  masalalari  to‘g‘risida”gi  2003-yil  19-dekabrdagi  17-sonli 

Qarori//O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.1. –T.: 2007. – B.147. 



214 

 

O‘n olti yoshga to‘lmagan guvoh yoki jabrlanuvchilar  esa, ko‘rsatuv 



berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun 

javobgarlik haqida ogohlantirilmaydilar va sudda ham guvohlik qasamyod 

qilmaydilar.  Ulardan  ko‘rsatuv  berishda  mas’uliyatlarini  anglatish  va 

oshirish  maqsadida  jinoyatni  ochish  maqsadida  haqqoniy  ko‘rsatuv 

berishlari ularning ma’naviy burchlari ekanligini tushuntiriladi. 

Guvoh  va  jabrlanuvchi  guvohlik  immunitetiga  ega  bo‘lmasa, 

surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan aniqlanayotgan holatlar o‘zida 

davlat  sirlarini  yoki  kasb  sirini  yoxud  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi, 

sudlanuvchi  yoxud  boshqa  shaxslar  hayotining  sir  tutiladigan  tomonlarini 

aks  ettirganligini  bahona  qilib,  ko‘rsatuv  berishdan  bosh  tortishga  haqli 

emas, ish uchun ahamiyatli holatlar xususida bilganlarini ma’lum qilishlari 

shart. 


Aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar o‘zida davlat sirini yoki kasb sirini 

aks  ettiradi  yoxud  shaxslar  hayotining  sir  tutiladigan  tomonlariga  tegishli 

deb hisoblash uchun asos bo‘lganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh 

yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish chog‘ida bu holatlarning oshkor etilishiga 

yo‘l  qo‘ymaslik  chora-tadbirlarini  (ya’ni  tergovning  sir  tutilishi,  ayrim 

ishtirokchilardan  oshkor  qilmaslik  haqida  tilxat  olinishi,  xolislarga 

qo‘yilgan  talablarga  rioya  qilish,  sudning  yopiq  yuritilishi  v.h.)  ko‘rishi 

shart. 


Guvoh va jabrlanuvchi ko‘rsatuvlarni to‘g‘ri baholash uchun ularning 

boshqa ishtirokchilar bilan munosabatlari (aloqalari) haqida so‘raladi. Shu 

maqsadda,  protsessual  majburiyatlarni  buzganlik  uchun  javobgarlik 

to‘g‘risida  ogohlantirilganidan  keyin  jabrlanuvchi  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi,  sudlanuvchi,  fuqaroviy  da’vogar,  fuqaroviy  javobgar  bilan 

o‘zaro munosabatlari, guvoh to‘g‘risidagi savollarga javob beradi. Guvoh 

ham  shunday  savollar  bilan  birgalikda  jabrlanuvchi  bilan  o‘zaro 

munosabatlari to‘g‘risidagi savollarga javob beradi. 

Ba'zida  guvoh  va  jabrlanuvchini  kechiktirmasdan  so‘roq  qilish  talab 

qilinadi. Shuningdek, tergov harakatida ishtirok etish uchun chaqirtirilgan 

shaxsning 

ortiqcha 

vaqtini 

olmaslik 

uchun 

jinoyat–protsessual 



qonunchiligiga  ko‘ra,  tergov  olib  borilayotgan  joyda  yoki  sudda  bo‘lgan 

guvoh  yoki  jabrlanuvchi  ko‘rsatuv  berishga  xohish  bildirsa,  ular  qoida 

tariqasida  o‘sha kunning  o‘zida yoki keyingi kundan kechiktirmay so‘roq 

qilinishi kerak. 

Guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuv berishga xohishi  to‘g‘risidagi 

xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelsa, unga so‘roq o‘tkaziladigan 

joy  va  vaqt  to‘g‘risida  darhol  xabar  qilinadi  va  u  kelishi  bilanoq  so‘roq 


215 

 

o‘tkaziladi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  120-



modda). 

 

7.4. YUZLASHTIRISH 



(muallif –A.R.Matmurotov) 

 

Yuzlashtirish  bu  -  dalil  to‘plash  usullaridan  biri  bo‘lib,  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

122-moddasida 

belgilanganidek,  ilgari  so‘roq  qilingan  ikki  shaxs  ko‘rsatuvlari  o‘rtasida 

jiddiy  qarama-qarshiliklar  bo‘lganda,  ushbu  qarama-qarshiliklarning 

sababini aniqlash va bartaraf etish uchun o‘tkaziladi. 

 

 

 



 

Bu qarama-qarshiliklarning sabablarini aniqlash uchun yuzlashtirishda 

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh so‘roq 

qilinishi  mumkin.  Yuzlashtirish  tergov  harakati  ko‘rsatuvlarni,  ya’ni 

dalillarni tekshirishga qaratilgan tergov harakati hisoblanadi. 

 

 



 

 

 

Yuzlashtirish  tergov  harakatini  o‘tkazish  uchun  asoslari  va  tartibi 



O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  96-108,  122-

124-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan. 

Jinoyat-protsessual qonunchiligi faqat ikki shaxs o‘rtasida yuzlashtirish 

tergov harakatini o‘tkazib, so‘roq qilishga ruxsat beradi. 

Yuzlashtirish  tergov  harakati  faqatgina  so‘roq  qilingan  shaxslar 

o‘rtasida o‘tkaziladi.  

Surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud  yuzlashtirish  tergov  harakatini 

boshlamasdan oldin gumon qilinuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual  kodeksining  48-moddasida,  ayblanuvchiga  esa  46-moddasida 

belgilangan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. 

Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  va  sudlanuvchi  ko‘rsatuv  berishdan 

bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun O‘zbekiston 



Yuzlashtirish  tergov  harakatini  o‘tkazish  ilgari  so‘roq  qilingan 

shaxslarning  ko‘rsatuvlarni  yana  takrorlash  emas,  balki  surishtiruvchi,  

tergovchi,  sud  tomonidan  shaxslar  tomonidan  berilgan  ko‘rsatuvlardagi 

jiddiy qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun o‘tkazilishi lozim. 



Jiddiy  qarama-qarshiliklar  bu  -  isbot  qilish  predmetiga  kiruvchi 

holatlar 

mazmuni 

yuzasidan 

ko‘rsatuvlarda 

mavjud  bo‘ladigan 

nomutanosiblik, ma’lumotlarning bir-birini rad etishi hisoblanadi. 


216 

 

Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan jinoiy javob-



garlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilmaydi. 

Yuzlashtirish  o‘tkazayotgan  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud 

tomonidan  yuzlashtirilayotgan  guvoh  va  jabrlanuvchi  yolg‘on  ko‘rsatuv 

bersa,  shuningdek  ko‘rsatuv  berishdan  bo‘yin  tovlasa,  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan jinoiy javob-

garlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi. 

Yuzlashtirib  so‘roq  qilish  oldidan  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sud 

majlisida raislik qiluvchi har bir so‘roq qilinuvchidan navbat bilan ularning 

o‘zaro  tanishligi  yoki  tanish  emasligini,  o‘zaro  munosabatlari  qanday 

ekanligini  so‘raydi  va  javoblarini  tinglaydi.  Shundan  so‘ng  har  bir  so‘roq 

qilinuvchiga  navbat  bilan  qarama-qarshilik  kelib  chiqqan  holatlar 

to‘g‘risidagi  savollarga  javob  berish  taklif  qilinadi.  Agarda  qarama-

qarshilik bir nechta masalaga yoki holatga taalluqli bo‘lsa, yuzlashtirishda 

har  ikki  so‘roq  qilinuvchi  bir  holat  bo‘yicha  ko‘rsatuv  bergach,  ularga 

keyingi masala yoki keyingi holat to‘g‘risidagi savollar berilishi mumkin. 

Yuzlashtirish  chog‘ida  so‘roq  qilinayotgan  shaxs  surishtiruvchi, 

tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa so‘roq 

qilinuvchiga savol berishi mumkin. Sud majlisida so‘roq qilinuvchilarning 

har  ikkalasiga  xalq  maslahatchilari,  shuningdek  taraflar  savol  berishlari 

mumkin.  Surishtiruvchi,  tergovchi  va  sud  majlisida  raislik  qiluvchi  ish 

uchun 

jiddiy 


ahamiyatga 

ega 


bo‘lmagan 

yoki 


yuzlashtirishda 

aniqlashtirilayotgan  qarama-qarshilikka  taalluqli  bo‘lmagan  savollarni 

chetlatishga haqlidir. 

Amaliyotdan misol:

 

Tilla buyumlarini uydan olib chiqib ketganlik holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 



jinoyat  ishi  yuzasidan  ayblanuvchi  tariqasida  ishga  jalb  qilingan    A.Qodirov  va  ishga  jabrlanuvch  sifatida 

e’tirof etilgan O.Jumayevning ko‘rsatmalarida jiddiy qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Ushbu holat bo‘yicha 

tergovchi ayblanuvchi A.Qodirovni o‘z xonasiga taklif qilib, ko‘rsatmalaridagi qarama-qarshiliklarni bartaraf 

etish maqsadida uni so‘roq qildi. Shundan so‘ng tergovchi jabrlanuvchi O.Jumayev bilan munozarali masalalar 

bo‘yicha telefon orqali suhbatlashdi va suhbat so‘ngida O.Jumayevga IIBga kelib so‘roq bayonnomasiga imzo 

chekib  ketishini  so‘radi.  O.Jumayev  bilan  bo‘lgan  suhbat  mazmunini  A.Qodirovga  so‘zlab  berdi.  Suhbat 

mazmunini eshitgan ayblanuvchi A.Qodirov jinoyat sodir etganligiga iqror bo‘lib uni tan oldi. Ayblanuvchi 

A.Qodirov va jabrlanuvchi O.Jumayevning ko‘rsatmalari yuzlashtirish bayonnomasida rasmiylashtirildi.

 

Yuzlashtirish  bayonnoma  bilan  rasmiylashtiriladi.  Bayonnomada 



yuzlashtirish  qachon,  qayerda,  kim  tomonidan,  kimlar  o‘rtasida,  soat 

nechadan boshlab, soat nechagacha davom ettirilganligi qayd etilishi shart. 

Shuningdek, 

yuzlashtirilayotgan 

shaxslarning 

kimlar 


ekanligi 

aniqlashtirilishi, ya’ni familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq yozilishi kerak. 

Shuningdek, taraflarning o‘zaro munosabatlari haqidagi ularning javoblari, 

ko‘rsatuv berishdan avval ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilishi, 

tegishli  tartibda  ogohlantirilishi  lozim  bo‘lgan  shaxslar  yolg‘on  ko‘rsatuv 


217 

 

berganligi  yoki  ko‘rsatuv  berishdan  bo‘yin  tovlaganligi  uchun  jinoiy 



javobgarlikka 

tortilishi 

mumkinligi 

haqida 


ogohlantirilganligi 

bayonnomada qayd etilishi lozim.

 

 

7.5. Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati 

(Muallif - A.R.Matmurotov) 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tergov  harakatini  o‘tkazish  asoslari. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 125-moddasiga 

ko‘ra  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tergov  harakati  guvoh,  jabrlanuvchi, 

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa 

to‘g‘risidagi  ko‘rsatuvini  tekshirib  ko‘rish  maqsadida  bu  ko‘rsatuv 

muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur 

bo‘lganda  yoxud  surishtiruvchi,  tergovchi  yoki  sudga  ma’lum  bo‘lgan 

ko‘plab  shaxs  yoki  narsalar  orasidan  ko‘rsatuvda  tasvirlab  berilgan  shaxs 

yoki narsani topish zarur bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tergov  harakatida  tanib  oluvchi  sifatida 

guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ishtirok 

etishi  mumkin.  O‘z  navbatida  yuqorida  ko‘rsatilgan  shaxslar  tanib 

olinuvchilar sifatida ham ishtirok etishlari mumkin. 

Guvoh  va  jabrlanuvchi  tanib  olishdan  oldin  yolg‘on  ko‘rsatuv  bersa, 

shuningdek  ko‘rsatuv  berishdan  bo‘yin  tovlasa,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat  kodeksining  238  va  240-moddalari  bilan  jinoiy  javobgarlikka 

tortilishi 

mumkinligi 

haqida 

ogohlantiriladi. 



Gumon 

qilinuvchi, 

ayblanuvchi  va  sudlanuvchilar  esa  tanib  olishdan  oldin  yolg‘on  ko‘rsatuv 

bersa,  shuningdek  ko‘rsatuv  berishdan  bo‘yin  tovlasa,  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari bilan jinoiy javob-

garlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilmaydi.  

Amaliyotdan  misol: 

Fuqaro  B.Fatxullayev,  N.Giyosov  va  K.Latipovlar  tomonidan 

Toshkent  shahar  chilonzor  tumanida  joylashgan  “BUDUR”  nomli  kafeda  bo‘la  turib  fuqaro 

T.Bo‘riyevga tegishli bo‘lgan “iPhone 5” rusumli uyali aloqa telefonini o‘g‘irlashadi. Ushbu holat 

yuzasidan T.Bo‘riyev Chilonzor IIBga shikoyat bilan murojaat qildi. 

Chilonzor IIB TB tergovchisi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishini qo‘zg‘atib, gumon qilinuvchi 

B.Fatxullayev, N.Giyosov va K.Latipovlardan olingan “iPhone 5” rusumli uyali aloqa telefonini tanib 

olish uchun ko‘rsatish tergov harakatini o‘tkazish lozim degan xulosaga  keldi. 

Oq rangli 3 ta “iPhone 5” rusumli uyali aloqa telefonini jabrlanuvchi T.Bo‘riyevga tanib olish 

uchun  ko‘rsatildi.  Chilonzor  IIB  TB  tergovchisi  xolislar  ishtirokida  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish 

bayonnomasini tuzib, tanib olinuvchilarning orasidan o‘ziga tegishli “iPhone 5” rusumli uyali aloqa 

telefonini ko‘rsatganligini qayd etiladi. 

Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi,  guvoh,  shunindek, 

jinoyat qurollari, jasadlar va ularning qismlari, hayvonlar, binolar va boshqa 

ko‘chmas obyektlar tanib olish uchun taqdim etilishi, ya’ni bular tanib olish 


218 

 

obyektlari  bo‘lishi  mumkin.  Tanib  olishning  subyekti  bo‘lib  esa,  tanib 



olishni amalga oshirayotgan shaxs, ayni paytda guvoh, jabrlanuvchi, gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi  va  sudlanuvchi  ham  ishtirok  etadi.  Shuni  ham 

unutmaslik lozimki, tanib olish jarayonidan oldin tanib oluvchi shaxs ushbu 

obyekt,  uning  belgilari  bo‘yicha  to‘la  ravishda,  batafsil  so‘roq  qilinishi 

lozim. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tergov  harakatini  o‘tkazish  tartibi  va 

turlari.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  126-

moddasiga  ko‘ra  tanib  oluvchi  tanib  olish  lozim  bo‘lgan  shaxs  yoki 

narsaning  belgilari,  alomatlari,  xususiyatlari  to‘g‘risida  oldindan  so‘roq 

qilinishi lozimligi belgilangan. 

Tanib oluvchi shaxs tergovchi tomonidan tanib olinishi lozim bo‘lgan 

shaxs yoki predmet haqida batafsil so‘roq qilingan bo‘lishi, ularning alohida 

belgilari  haqida  ko‘rsatuvlari  olingan  bo‘lishi  kerak.  Obyekt  aynan  ilgari 

bergan  ko‘rsatuvlarida  qayd  etgan  belgilari  orqali  tanib  olinadi.  Tanib 

oluvchi  shaxs  tanib  olinishi  kerak  bo‘lgan  shaxsning  o‘ziga  xos  alohida 

belgilarini aniq ko‘rsatib berishi kerak.  

Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati tanib olish obyektiga ko‘ra 

quyidagi turlarga bo‘linadi: 



1.  Shaxsni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish.  Shaxsni  tanib  olish  uchun 

ko‘rsatish  tergov  harakati  obyekti  faqat  tirik  odam  hisoblanadi.  Shaxsni 

tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  127-moddasida  belgilangan.  Shaxsni  tanib  olish 

uchun  tergov  olib  borilayotgan  ishga  aloqasi  bo‘lmagan,  tashqi  belgilari 

bilan  o‘ziga  o‘xshaydigan  shaxslar  guruhi  orasida  xolislar  huzurida 

ko‘rsatiladi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni 

uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak. Jinoyat protsessi nazariyasida shaxsni 

tanib olish uchun ko‘rsatishda tanib olinuvchilar statistlar deb yuritiladi. 

Tanib  olinuvchi  kiyimi,  soch  qirqtirishi  yoki  tarashi  yoxud  boshqa 

belgilari  bilan  tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan  o‘zga  shaxslar  orasida 

yaqqol ajralib turmasligi lozim. 

Tanib  olinuvchiga  tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan  shaxslar  guruhi 

orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi. 

Shundan  so‘ng  tanib  oluvchi  chaqirtiriladi.  Tanib  oluvchi  avval  kim 

to‘g‘risida ko‘rsatuv bergan bo‘lsa o‘sha shaxsni ko‘rsatishi, tanib olingan  

shaxsni qaysi belgilar orqali taniganligini ham tushuntirib o‘tishi lozim. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  127-

moddasiga  asosan  shaxsni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatishning  iloji 

bo‘lmaganda yoxud xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning fotosuratidan 



219 

 

foydalanish mumkin. 



Tanib olish uchun jadval qog‘ozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan 

va  raqamlangan,  lekin  suratga  olingan  shaxslarning  ismi  va  familiyalari 

ko‘rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko‘rsatiladi. 

2. Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish. Ko‘char narsalarni 

tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 128-moddasida belgilangan. 

Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi 

mumkin bo‘lgan narsalar, narsalarning bo‘lagi va hayvonlar jinoyat ishiga 

aloqasi  bo‘lmagan  boshqa  turdosh  narsalar  orasida  tanib  olish  uchun 

ko‘rsatiladi. 

 

 



 

 

Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati kamida 



ikki nafar xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatilayotgan  turdosh  narsalarni  joylashtirish 

tartibi  surishtiruvchi,  tergovchi  tomonidan  xolislar  huzurida  belgilanadi.  

Narsalarga tartib raqamlari qo‘yib chiqiladi. Ko‘char narsalarni tanib olish 

tergov harakati xolislarga va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning 

qonunda  belgilangan  huquq  va  majburiyatlarini  tushuntirish  bilan 

boshlanadi. 

Tanib  oluvchi  tanib  olishi  lozim  bo‘lgan  narsa  to‘g‘risida  tanib  olish 

tergov harakatidan avval batafsil so‘roq qilingan bo‘lishi va tanib olinishi 

lozim  bo‘lgan  narsaning  belgilari,  alomatlari,  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 

bayon qilgan bo‘lishi lozim. 

Turdosh  obyektlar  orasidan  tanib  olish  to‘g‘risidagi  qoida  murdani 

tanib  olishda  qo‘llanilmaydi.  Murdani  tanib  olishda  statistlar  ishtirok 

etmaydi. Bu holda faqat murdaning o‘zigina taqdim etiladi. 



3.  Ko‘chmas  obyektni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish.  Ko‘chmas 

obyektni  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 129-moddasida belgilangan. 

Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi 

joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa ko‘chmas obyekt nomini aytib 

va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan o‘rnini aniq aytib bera olmasa, 

biror aniq joydan obyektga borish  yo‘lini ko‘rsatishga istak bildirsa, unga 

shu obyektni ko‘rsatishiga imkon beriladi. 



Turdosh  narsalar  bu  -  tanib  oluvchi  so‘roq  qilinganda 

tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari bo‘yicha jiddiy 

farq qilmaydigan narsalar tushuniladi.     

 

o‘tkazish  uchun  asos  -  bu  isbotlash  uchun  zaruriyat  bo‘lib,  unda 

ilgari taassurot qoldirgan obyektni tanib olishga taqdim qilingan obyekt 

taqqoslanadi.  Agar  obyekt  isbotlashning  boshqa  uslub  yoki  vositalar 

orqali aniqlanadigan bo‘lsa, tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazishning 

zarurati yo‘q. 



220 

 

Ko‘chmas obyektni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati xolislar 



ishtirokida o‘tkaziladi. 

Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar 

tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun 

ko‘rsatish  ishtirokchilari  shu  joydan  boshlab  tanib  oluvchining  ko‘rsatuvi 

bo‘yicha  yura  boshlaydilar.  Bunda  tanib  oluvchiga  tanib  olish  uchun 

ko‘rsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yo‘nalish 

aytib qo‘yilishining oldini olish choralari ko‘rilishi lozim. 

Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  chog‘ida  tanib  oluvchining 

ko‘rsatuvini  qayd  qilish.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 130-moddasiga ko‘ra, tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki 

bir nechta narsani ko‘rsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan 

shaxs yoki narsani ko‘rsatish taklif etiladi. 

Tanib  oluvchi  ko‘rsatilgan  shaxslardan  yoki  narsalardan  birini 

ko‘rsatsa,  unga  ko‘rsatilgan  boshqa  shaxslar  yoki  narsalar  orasidan  bu 

shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga ko‘ra taniganligini 

tushuntirib berish taklif qilinadi. 

Tanib  oluvchi  tanib  olish  uchun  unga  ko‘rsatilgan  shaxslar  yoki 

narsalarni  ilgari  ko‘rmaganligini  aytsa,  unga  qidirilayotgan  shaxs  yoki 

qidirilayotgan  narsa  ulardan  nimasi  bilan  farq  qilishini  tushuntirib  berish 

taklif qilinadi. 



Tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  holatini  mustahkamlash.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  131-moddasiga  asosan 

surishtiruv  yoki  dastlabki  tergov  vaqtida  o‘tkazilgan  tanib  olish  uchun 

ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida  o‘tkazilgan 

tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  sud  majlisi  bayonnomasida  qayd  qilinadi. 

Bayonnomada  tanib  oluvchining  shaxsi  haqidagi  ma’lumotlar,  tanib  olish 

uchun  ko‘rsatilgan  obyektlar  haqidagi  qisqacha  ma’lumotlar  va  imkon 

darajasida tanib oluvchining ko‘rsatuvlari so‘zma-so‘z bayon qilinadi. 

Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida o‘tkazilgan tanib olish uchun 

ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomada va sud majlisi bayonnomasida: tanib 

oluvchi,  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  sharoiti,  jarayoni  va  natijalari,  tanib 

olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo‘yi, millati, turar joyi, 

ko‘zga  tashlanuvchi  belgilari,  kiyimlari;  tanib  olish  uchun  ko‘rsatilgan 

narsalar  tavsifi;  tanib  olish  uchun  ko‘chmas  obyektlar  ko‘rsatilganda  esa, 

shuningdek tanib oluvchi ko‘rsatgan yo‘nalishlar va izlanayotgan obyektga 

biror aniq joydan borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim. 

Tanib  olish  uchun  fotosuratlar  ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  bayonnomaga 

fotojadval ilova qilinishi lozim. 



221 

 

Tanib  oluvchining  ko‘rsatuvlari,  shuningdek  unga  surishtiruvchi, 



tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va 

qaytarilgan  javoblar  so‘roq  qilishning  umumiy  qoidalariga  rioya  qilingan 

holda bayonnomaga yozib boriladi. 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling