“Ma’muriy sud ish yurituvi”, “Ma’muriy huquq. Ma’muriy sud ish yurituvi” oraliq nazorat kazuslari 1-kazus
Download 22.8 Kb. Pdf ko'rish
|
1974 kw2T-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga huquqiy baho bering(Oliy sud plenumi qarorlarini qo‘llagan holda tahlil qiling).
“Ma’muriy sud ish yurituvi”, “Ma’muriy huquq.Ma’muriy sud ish yurituvi” oraliq nazorat kazuslari 1-KAZUS Arizachi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi “NUMBER ONE” MCHJ manfaatini ko‘zlab Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat ariza bilan murojaat qilib, javobgar “O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limining 2022-yil 25- noyabrdagi №18-41/1-son dalolatnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Sudya mazkur arizani o‘rganib chiqib, ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmagan ariza deb hisoblab, arizani ko‘rmasdan qoldirish haqida ajrim chiqardi. Ajrimdan norozi bo‘lgan tomon shikoyat arizasi bilan yuqori turuvchi sudga murojaat qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering(Oliy sud plenumi qarorlarini qo‘llagan holda tahlil qiling). Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering. Ariza(shikoyat)ni ko‘rmasdan qoldirish asoslari va tartibini shaxsiy fikr va amaliy misollar bilan tushuntirib bering. Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang. 2-KAZUS Arizachi “DONA” MCHJ Ma’muriy sudga murojaat qilib, Davlat xizmatlari markazi mansabdor shaxsining qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Arizada tadbirkorlik subyektini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilingan. Davlat xizmatlari markazi mas’ul hodimi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar o‘rganib chiqilganida, avvaldan mavjud bo‘lgan “DONA”, ATLAS” hamda “MINOR” MCHJ lar birlashtirilib, “DONA” MCHJ sifatida qayta tashkil etilayotganligi ko‘rsatilgan. Davlat xizmatlari markazi tomonidan “DONA” MCHJ ni qayta tashkil etishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan. Mazkur rad etishni qonunga xilof deb topishni hamda davlat xizmatlari markaziga ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklashni so‘rab, Ma’muriy sudga murojaat qilgan. Ma’muriy sud hujjatlarni o‘rganib chiqib, ta’sischilar o‘rtasida MCHJ ni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishilmaganligi asosi bilan arizani ish yurutishga qabul qilishni rad etdi. Download 22.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling