“Ma’muriy sud ish yurituvi”, “Ma’muriy huquq. Ma’muriy sud ish yurituvi” oraliq nazorat kazuslari 1-kazus


Download 22.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1618584
1   2   3
Bog'liq
1974 kw2T-

tayyorlang. 
 
4-KAZUS 
Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi 
tomonidan 2021-yil 13-mart kuni faoliyati natijasida kanalga tashlanadigan 
chiqindilar tabiatga katta zarar yetkazayotganligi sababli Ohangaron tumanida 
faoliyat yurituvchi “LIFE” MCHJ faoliyatini 15 kunga to‘xtatib turish to‘g‘risida 
qaror qabul qilindi. Bundan norozi bo‘lgan “LIFE” MCHJ 2-may kuni Nurafshon 
tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilib viloyat ekologiya va atrof 
muhitni muhofaza qilish boshqarmasining qarorini bekor qilishni so‘radi. Nurafshon 
tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi D.Choriyev arizani qanoatlantirishni rad etdi. 
Bundan norozi bo‘lgan arizachi apellatsiya shikoyati keltirgan. 
Vaziyatga huquqiy baho bering. 
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering. 
Apellatsiya shikoyati berish tartibi hamda, apellatsiya instansiyatining ishni 
ko`rib chiqishidagi o‘ziga xos jihatlarni qonun hujjatlari va shaxsiy fikringiz 
yordamida tahlil qilib bering. 
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini 
tayyorlang
 
5-KAZUS 
Toshkent shahar “PUREWATER” DUK Olmazor tumani filiali 2022-yil
23-oktabrda fuqaro B.Kanalov foydalanilgan ichimlik suvi uchun ichimlik suvidan 
2 381 000 so‘m qarzi borligi to‘g‘risida ogohlantirib, qarzdorlikni to‘lab berishni 
so‘ragan. Ammo B.Kanalov hisoblangan qarzdorlikdan norozi ekanligini bildirgan. 
Unga tegishli Olmazor tumani Oqsaroy ko‘chasi 4 /2, 30-xonadon manzilidagi uyda 
3 kishi ro‘yxatdan o‘tib yashab kelayotgan bo‘lsada, foydalanilgan ichimlik suvini 


hisob-kitob qilishda 16 nafar kishi hisobiga olingan holda qo‘shib yozilgan. Natijada 
“PUREWATER” DUK tuman filiali tomonidan 2021-2022 yillar davomida 
B.Kanalovga nisbatan 2 381 000 so‘m ortiqcha to‘lov hisoblangan. 
Shu sababli, fuqaro B.Kanalov Olmazor tumani “PUREWATER” mansabdor 
shaxslarning ustidan Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilgan. Sud 
arizachining talabini qanoatlantirishni rad etgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. 
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering. 
Ma’muriy organ mansabdor shaxslarining xattati-harakatlari yuzasidan 
ma’muriy sudda ish yuritishning o‘ziga xos jihatlarini qonun hujjatlari va shaxsiy 
fikringiz yordamida yoritib bering. 
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini 
tayyorlang 

Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling