Nazorat kazuslari kazus


Download 10.28 Kb.
Sana27.08.2023
Hajmi10.28 Kb.
#1670477
Bog'liq
Mehnat huquqi


Masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kursi (2022-yilning iyun- dekabr oylarida) tinglovchilari uchun Mehnat huquqi modulidan oraliq nazorat kazuslari

  1. kazus

Sud majlisida da’vogar N.Nodirovning tushuntirishida, u Paxtachi viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelganligini, 2016-yil 3-avgust kuni MXX xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilib, u pora olganlikda gumon qilinib, ushlanganligini, 05 avgust kuni extiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. O‘sha yil 6-avgust kuni viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kelib, undan ishdan bushash haqida ariza yozib berishini, shunda unga yengillik bo‘lishini aytib, undan o‘z xoxishi bilan ishdan bushatish haqida ariza yozdirib olganligini, usha vaqtlarda kuchli ruxiy bosim ostida bo‘lganligini sababli uylab utirmasdan ariza yozib berganligini, biroq arizani o‘z xoxishiga ko‘ra yozmaganligini aytdi.
Jinoyat sudining 2017-yil 9-yanvardagi hukmiga ko‘ra, JK ning 210-moddasi 1- qismi bilan N.Nodirov aybli deb topilib, 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Biroq Oliy Majlis Senatining 2016-yil 12-oktabrdagi Amnistiya to‘g‘risidagi Qarorining 2-bandiga asosan tayinlangan jazodan ozod etilgan. Keyinchalik 2017-yil 20-martda birinchi instansiya sudining 2017-yil 9-yanvardagi hukmi bekor qilinib, u aybsiz deb topilgan va oqlangan. N.Nodirov 2020-yil 23-noyabr kuni oqlanganligi munosabati bilan tuman fuqarolik sudiga murojaat qilib, oldin ishlagan lavozimiga yoki avvalgisiga teng boshqa lavozimga ishga tiklashni so‘radi.
Qonun normalari asosida sudning hal qiluv qarori qanday mazmunda chiqishi kerakligini ko‘rsatib bering.

  1. kazus

“Barakali non” xususiy do‘koni sotuvchisi pensoner 54 yoshli D.Safarova mart oyida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak edi. Birok ish beruvchi tomonidan bir necha marotaba ogoxlantirilishiga qaramasdan, u tibbiy ko‘rikdan o‘tmadi. Buning natijasida D.Safarova 2020-yil 14-mart kuni rahbar tomonidan ishdan chetlashtirildi. Shu bilan birga u uch kun ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tmasa O‘zR MKning 100- moddasi ikkinchi qismi, 7- bandiga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilinishini aytdi. Malikova, bunga javoban o‘zing kasaba uyushmasi rahbari ekanligi, pensioner ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchini tashabbusiga ko‘ra bekor qilish prezident qarorlariga zid ekanligini aytib, ish beruvchidan korxonada jamoa

shartnomasida ko‘rsatilgan tartibda mehnat nizolari komissiyasini tuzishni talab qildi.
Ish beruvchi jamoa shartnomasi bir parcha qog‘oz ekanligini, mehnat nizolari komissiyasi amalda ishlamasligini aytib, Safarovaning talablarini bajarmasdan u tuzilgan mehnat shartnomasini 2020-yil 16-mart kuni O‘zR MKning 100-moddasi ikkinchi qismi, 7- bandi bilan bekor qildi. Safarova ishdan bo‘shaganlik to‘g‘risidagi buyruq nusxasini 2020-yil 20-aprelda oldi va o‘sha kuni sudga da’vo arizasi kiritdi. Biroq sud 1 oylik da’vo muddati o‘tganlini aytib arizani qabul qilishni rad etdi.
Qonun normalari asosida taraflarning harakatlariga baho bering.

  1. kazus

“Inter Enginering.” Kompaniyasi Buxoro mintaqaviy boshqarmasida 5-razryadli elekrtogaz payvandchi vazifasida ish o‘rni qisqarayotganligi munosabati bilan 20 nafar xodim ishdan bo‘shatildi. Barcha 20 nafar da’vogar ommaviy ishdan bo‘shatish ustidan sudga murojaat qilib, ish beruvchi tomonidan 25.12.2015-yildagi mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ogohlantirish xati rasmiylashtirilganligini, ammo ushbu ogohlantirish xati 13.01.2016-yilda pochta orqali jo‘natilganligini, ammo shu ogohlantirish xatidan so‘ng qonunda belgilangan muddat o‘tishini kutmasdan ish beruvchining 01.02.2016-yildagi buyrug‘i bilan barcha 20 nafar xodimning mehnat shartnomasini MKning 100-moddasi 2-qismi 1- bandiga ko‘ra bekor qilinganligini bayon qildi. Shu bilan birga o‘zining oilaviy ahvoli hisobga olinmaganligini, o‘tgan ikki yillik ta’tilni olmaganligini va ishdan bo‘shayotgan paytda kompensatsiya ham to‘lab berilmaganligini aytdi. “Inter Enginering.” kompaniyasi vakili N.Bahodirova har bir xodim ommaviy ishdan bo‘shatish haqida bir necha marta xabardor qilinganligiga qaramasdan ogohlantirish xatiga qo‘l qo‘ymaganligini, shu sababli shartnoma bekor qilinganligini aytib da’voga munosabat bildirdi.
Qonun normalari asosida taraflarning harakatlariga baho bering.
Download 10.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling