Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

186 
 
kasb etadi (12-modda). Kontinuitet prinsipi tan olingan. Bunda manfaatdor 
davlatlarning shartnomalariga alohida e’tibor qaratilgan (34,35- moddalar). 
Shu  bilan  birga  huquqiy  vorislik  muammolarining  murakkabligini 
hisobga olish to’g’ri bo’ladi. Huquqiy vorislikning har bir holati o’ziga xos 
xususiyatlarga  ega.  Davlatlar  amaliyoti  mutassil  bo’lmagan.  Huquqiy 
vorislik  to’g’risidagi  masalalar  bo’yicha  davlatlar  tomonidan  tuzilgan 
kelishuvlar  turlicha  bo’lgan.  Shartnomalarga  nisbatan  huquqiy  vorislik 
to’g’risidagi  Konvensiya  qabul  qilingandan  so’ng  hali  o’z  yechimini 
topmagan  savollar  anchagina.  Shartnomalarga  nisbatan  huquqiy  vorislik 
to’g’risidagi  Konvensiyani  tayyorlagan  Vena  konferensiyasining  raisi 
professor  K.T.Semanekaning  Konvensiya  “davlatlar  amaliyoti  uchun 
foydali model” hisoblanadi degan fikri e’tiborga loyiqdir
1

 
MAVZU BO’YICHA XULOSALAR 
 
Mazkur  bobda  xalqaro  shartnomalarga  nisbatan  davlatlarning  huquqiy 
vorisligi  umumiy  masalalarini  hamda  vorislikning  kelib  chiqish  sabablarini 
o’rganish  jarayonida  xalqaro  huquqiy  munosabatlarda  ularning  rolini  aniqlashlari 
lozim. 
 
NAZORAT UCHUN
 
SAVOLLAR VA KAZUSLAR 
 
1.
 
Xalqaro  shartnomalarga  nisbatan  huquqiy  vorislikda  chegara  va  hudud 
rejimi nimani anglatadi? 
2.
 
Ikki  tomonlama  va  ko’p  tomonlama  shartnomalarga  nisbatan  huquqiy 
vorislik qanday tartibga solinadi? 
3.
 
Xalqaro  shartnomaviy  vorislik  bilan  bir  qatorda  xalqaro  shartnomaviy 
vasiyatga yo’l qo’yiladimi? 
4.
 
Xalqaro 
shartnomlarda 
vorislik 
doirasi 
qanday 
(huquq 
va 
majburiyatlarga nisbatan)? 
 
1 KAZUS.  
Sobiq Sovet Ittifoqi parchalangach uning hududida 15 ta mustaqil davlat tashkil 
topdi.  SSSRning  harbiy  jihatdan  imkoniyatlari  va  zaxirasi  juda  katta  hisoblangan. 
Davlatda  yadroviy  va  vodorod  qurollari  mavjud  bo’lgan.  Yadro  qurollarini 
tarqatmaslik va sinovdan o’tkazmaslik bo’yicha AQSH va boshqa Yevropa davlatlari 
bilan o’zaro shartnomalri tuzilgan (1973, 1976, 1979 yillarda). Ittifoq parchalangach 
mustaqil  davlatlarning  SSSRning  vorisligi  borasida  nizolar  kelib  chiqdi.  Yadroviy 
qurollar  faqatgina  Rossiya  Federatsiyasi  ixtiyoriga,  boshqa  harbiy  zaxiralar  va 
iqtisodiy  resurslar,  hududiy  taqsimotda  ajratilganlardan  tashqari,  uch  davlat  – 
                                                 
1
 Qarang: Zemanek K. The Legal Foundations of the International System  // RdC. 1997-I.P. 85 
 

187 
 
Ukraina, Belorus va Rossiya Federatsiyasi ixtiyoriga o’tdi. Ular bu haqida 1991 yilda 
Minsk kelishuvida qoidalar belgilashdi. 
1.
 
Yadro qurolini tarqatmaslik va sinovdan o’tkazmaslik bo’yicha shartnomalar 
bo’yicha  qaysi  postsotsialistik  davlatlar  voris  hisoblanadi?  Bunda  yadro  quroliga 
nisbatan faqatgina Rossiya Federatsiyasi voris ekanligining o’rni qanday? 
2.
 
Xalqaro  shartnomadagi  huquqiy  vorislik  doirasi  qanday?  Vaziyatda 
keltirilgan  faqatgina  uch  davlatning  vorisligini  e’tirof  etuvchi  shartnoma  xalqaro 
huquq qoidalariga to’g’ri keladimi? 
3.
 
Xalqaro  shartnomaviy  vorislikda  huquqlar  bilan  birga  majburiyatlarga 
nisbatan ham vorislik mavjudmi? Bu haqida qanday xalqaro huquqiy hujjatlar qabul 
qilingan? 
 
2 KAZUS. 
XX  asrning  40-yillarida  Britaniya  mustamlakasi  bo’lgan  Hindiston  davlati 
Hindiston  va  Pokiston  kabi  ikki  davlatga  bo’linishi  natijasida  davlatlarning  huquqiy 
vorisligi  masalasi  yuzaga  keladi.  Britaniya  mustamlakasi  bo’lgan  Hindiston 
BMTning  Ustavini  qabul  qilishda  ishtirok  etgan  ta’sischi-a’zolardan  biri  edi. 
Mamlakatni  ikkiga  bo’linishida  yangi  dominion  –  Hindiston  avvalgi  xalqaro  huquq 
sub’ekti  Britaniya  mustamlakasi  bo’lgan  Hindiston  ekanligini  va  u  xali  ham  BMT 
a’zosi  ekanligini  da’vo  qildi.  Pokistonning  fikriga  ko’ra,  Britaniya  mustamlakasi 
bo’lgan Hindistonining xalqaro huquq sub’ektliligi bo’linganligi sababli ularning har 
ikkalasi ham BMTga a’zolik jihatidan voris hisoblanishadi. 
1.  Hindiston  va  Pokiston  tomonidan  bildirilgan  fikrlarning  qaysi  biri  xalqaro 
shartnomalar  huquqiga  mos  keladi?  Xalqaro  shartnomaning  vorisi  bo’lish  uchun 
qanday talalablar qo’yiladi? 
2.  Qanday  hollarda  davlatlarning  huquqiy  vorisligi  kelib  chiqadi?  Qaysi  davlat 
BMTga a’zolik haqidagi xalqaro shartnomaga nisbatan voris hisoblanadi? 
3.  Davlatlarning  huquqiy  vorisligi  natijasida  kelib  chiqadigan  huquqiy 
oqibatlariga yuridik baho bering? 
 
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
 
1.
 
Istalgan  xalqaro  shartnomani  tahlil  qilish,  ya’ni  shartnomadan  kelib 
chiqqan  holda  qanday  vaziyatlarda  davlatlarning  huquqiy  vorisligi  kelib  chiqadi  va 
tartibga solinishi haqida o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

188 
 
XII. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO 
SHARTNOMALARGA OID QONUNCHILIGI 
 
 (yuridik fanlar nomzodi Azimov Mirvohid Mirilyasivich) 
 
Annotatsiya. Mazkur bob O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning mustaqil 
sub’ekti sifatida, O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida qonun 
hujjatlari,  O’zbekiston  Respublikasida  xalqaro  shartnomalar  ijrosini  ta’minlash 
choralariga,  bundan  tashqari,  O’zbekistonning  xalqaro  shartnomaviy  tashabbuslari 
to’g’risidagi masalalarga bag’ishlanadi. 
 
12.1. O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida 
qonun hujjatlari 
 
O’zbekiston istiqlolga erishgach davlatni halqaro maydonda xalqaro 
munosabatlarning  teng  va  to’la  huquqli  a’zosi  sifatida  horijiy  sheriklar 
bilan  o’zaro  manfaatli  hamkorlikning  huquqiy  asosini  yaratadigan 
shartnomaviy-huquqiy bazani shakillantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Bir 
so’z  bilan  aytganda,  ko’plab  davlatlar  bilan  qator  xalqaro  ikkitomonlama 
shartnomalarni  imzolash  va  ko’p  tomonlama  universal  konvensiyalarga 
qo’shilish amaliyoti keng tus oldi. 
O’z-o’zidan bunday jarayonni milliy huquq doirasida tartibga solish 
va  umuman  xalqaro  xuquq  normalariga  milliy  qonunchilik  darajasida 
munosabat bildirish ehtiyoji tug’ildi. 
Xususan,  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  muqaddimasida 
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinishi va 
uning  17-moddasida  respublika  tashqi  siyosati  davlatlarning  suveren 
tengligi,  kuch  ishlatmaslik  yoki  kuch  bilan  tahdid  qilmaslik, 
chegaralarning  daxlsizligi,  nizolarni  tinch  yo’l  bilan  hal  etish,  boshqa 
davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  qoidalariga  va  xalqaro 
huquqning  umum  e’tirof  etilgan  boshqa  qoidalari  va  normalariga 
asoslanishi ta’kidlandi.
1
  
Har qanday istiqlolga erishgan davlat birinchi navbatda xalq xo’jaligi 
va  iqtisodiyotni  rivojlantirishga,  aholini  ish  bilan  ta’minlash  va  uning 
turmush tarzini oshirishga asosiy e’tiborini qaratadi. Bu esa, o’z navbatida 
respublikaga  chet  el  sarmoyalarini  jalb  qilishni  taqazo  etadi.  Shu 
munosabat  bilan  O’zbekistonda  shartnomalar  sohasini  tartibga  soluvchi 
birinchi  normativ-huquqiy  hujjat  1993  yil  7  mayda  qabul  qilingan 
                                                 
1
 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. – 1993. - №1. – 4-modda 

189 
 
“O’zbekiston  Respublikasi  bilan  xalqaro  moliya  institutlari  o’rtasidagi 
xalqaro  zayom  va  kafolatli  shartnomalar  hamda  bitimlarni  tuzish  va 
denonsatsiya  qilish  tartibi  to’g’risida”gi  Qonun  bo’ldi.
1
  Mazkur  Qonun  2 
moddadan  iborat  bo’lib,  chet  el  sarmoyalarini  jalb  etish  jarayonining 
tezlashtirilishini  ta’minlovchi  zarur  huquqiy  sharoitlarni  yaratish 
maqsadida qabul qilingan edi. Unga ko’ra, xalqaro moliya institutlari bilan 
zayom  va  kafolat  shartnomalari  hamda  bitimlarini  imzolash  va 
denonsatsiya 
qilish 
huquqi 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  Raisiga  va  u  vakolat  bergan  idoralarga  tegishliligi 
belgilandi hamda bunday shartnomalar tuzilgach, ratifikatsiya qilinmasdan 
O’zbekiston  uchun  imzolangan  paytdan  boshlab  kuchga  kirishi 
mustahkamlab qo’yildi. 
Keyinchalik,  ya’ni  1995  yilning  22  dekabrida  “O’zbekiston 
Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  to’g’risida”gi  Qonuni  qabul 
qilindi.
2
 
Ushbu  Qonun  O’zbekiston  xalqaro  shartnomalarini  to  uni  tuzishdan 
tortib, ijro etish, to’xtatib turish va tugatish jarayonigacha bo’lgan tartibni 
belgiladi.  Unda  shartnoma  tushunchasi,  nomlanishi,  turlari,  shakli  va  u 
tuziladigan til aniq bayon qilib berildi.  
Qonunda  shartnomalarga  nisbatan  xalqaro  huquqdagi,  ya’ni  1969 
yildagi  Xalqaro  shartnomalar  huquqi  to’g’risida  Vena  Konvensiyasi 
qoidalaridagi  umumiy  yondashuv  saqlanib  qolinib,  shartnomani  davlat 
ichki  protseduralariga  taaluqli  jihatlari  keng  yoritildi.  Jumladan,  xalqaro 
shartnomalarni  tuzish  to’g’risidagi  takliflarni  ilgari  surish  va  ko’rib 
chiqishda  davlat  boshqaruvi  idoralari  vakolatlari  (8-10-moddalar), 
muzokaralar  olib  borish  va  shartnomalarini  imzolash  to’g’risida  qarorlar 
qabul  qilish  (11-modda),  bunday  xarakatlar  uchun  vakolatlar  masalalari 
(12-13-moddalar),  xalqaro  shartnomalarni  ratifikatsiya  qilish  yoki 
tasdiqlash (14-20-moddalar) hamda unga qo’shilish (21-modda) masalalari 
batafsil ifoda etildi.    
Lekin  mazkur  Qonun  qoidalarini  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  unda 
halqaro  shartnomalarni  huquqiy  va  boshqa  ekspertizadan  o’tkazishning 
predmeti belgilanmagan, xalqaro shartnomalarning bajarilishini ta’minlash 
va  bu  jarayon  ustidan  kuzatuv  olib  borish  mexanizmi  yetarli 
shakillantirilmagan  hamda  halqaro  hamkorlikning  shartnomaviy-huquqiy 
bazasini inventarizatsiya qilish masalasiga e’tibor qaratilmagan. 
                                                 
1
 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. – 1993. - №5. – 234-modda.  
2
 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 1995. - №12. – 262-modda.  

190 
 
Hozirgi  kunda  O’zbekiston  Respublikasining  xorijiy  davlatlar  va 
xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorligining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi 
yetarli  shakillanganligini  inobatga  olib
1
,  yuqorida  tilgan  olingan  qonunni 
amaldagi  shartnomalarni  bajarish  va  hayotga  tatbiq  etish  qoidalari  va 
ularni  doimiy  tarzda  inventarizatsiya  qilib  borish  institutini  joriy  qilish 
hisobiga boyitish maqsadga muvofiqdir. 
 
12.2. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga oid 
qonunosti hujjatlari 
 
“O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  to’g’risida”gi 
qonuni  shartnomalar  sohasida  asosiy  masalalarni  o’zida  mustahkamlab, 
qolgan ba’zi masalalarni qonunosti hujjatlariga havola qildi (8-moddaning 
beshinchi  va  sakkizinchi  xatboshilari;  11,  12,  20  va  21-moddalarning  3 
bandlari;  25-moddaning  birinchi  xatboshi;  28-moddaning  ikkinchi, 
uchinchi va to’rtinchi xatboshlari). 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  1998  yil  12  yanvarda  o’zining  15-sonli  Qarori  bilan 
O’zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini 
tuzish,  bajarish,  to’xtatib  turish,  to’xtatish  va  bekor  qilish  Tartibini
2
 
tasdiqladi. 
Ushbu  Tartib  idoralararo  tusdagi  xalqaro  shartnomalarining 
loyihalarini  tayyorlash,  idoraviy  tusdagi  xalqaro  shartnomalarni  tuzish, 
bajarish,  to’xtatib  turish,  to’xtatish  va  bekor  qilish,  shuningdek  xalqaro 
shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni, bajarish masalalarini tartibga soldi. 
Unda  shuningdek,  idoralararo  tusdagi  xalqaro  shartnomalarini  tuzish 
to’g’risidagi  takliflar  va  ularning  loyihalari  kelishilishi  lozim  bo’lgan 
manfaatdor vazirlik va idoralar ro’yxati sohasiga qarab belgilandi. Bunday 
tusdagi  shartnomalarni  tuzish  yuzasidan  qaror  O’zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinishi, tabiatni muhofaza qilish va 
tabiiy  resurslardan  foydalanish  bilan  bog’liq  bo’lgan  idoralararo  xalqaro 
shartnomalarni  tuzish  bo’yicha  qaror  esa  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi tomonidan qabul qilinishi ta’kidlandi.  
Oradan  ko’p  o’tmay,  ya’ni  2000  yil  12  dekabrda  O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’zining 473-sonli Qarori bilan Xalqaro 
shartnomalar  loyihalarini  tayyorlash  va  O’zbekiston  Respublikasining 
                                                 
1
 http://www.lex.uz/  
2
 O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – 1998. - №1. – 3-modda. 

191 
 
xalqaro  shartnomalar  bo’yicha  majburiyatlarini  bajarish  Tartibini
1
 
tasdiqladi.  
Mazkur Tartib “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari 
to’g’risida”gi  qonunga  muvofiq  xalqaro  shartnomalar  loyihalarini  tuzish 
to’g’risida  takliflar  kiritilgunga  qadar  tayyorlash,  shuningdek  tuzilgan 
xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni bajarish masalasini tartibga 
soldi. 
473-sonli  Qarorga  muvofiq  xorijiy  davlatning  yoki  xalqaro 
tashkilotning  xalqaro  shartnoma  tuzish  to’g’risidagi  tashabbus  taklifi 
shartnomaning  tegishli  loyihasi  bilan  birga  Tashqi  ishlar  vazirligi 
tomonidan  Vazirlar  Mahkamasiga  kiritilishi  (2-band)  va  Hukumat 
tomonidan  xalqaro  (ikkitomonlama)  shartnoma  loyihasini  ekspertlar 
darajasida  ishlab  chiqish  to’g’risida  yoki  ko’p  tomonlama  xalqaro 
shartnoma  (konvensiya)ni  O’zbekiston  tomonidan  imzolash,  ratifikatsiya 
qilish,  unga  qo’shilish  yoki  uni  ma’qullashning  maqsadga  muvofiqligi 
haqidagi  masala  yuzasidan  tegishli  qaror  (topshiriq)  qabul  qilishi 
belgilandi (3-band).   
Barcha  takliflarni  umumlashtirish  va  xalqaro  shartnoma  loyihasini 
yoki  ko’p  tomonlama  xalqaro  shartnoma  (konvensiya)ni  O’zbekiston 
Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo’shilish yoki 
uni  ma’qullashning  maqsadga  muvofiqligi  to’g’risidagi  masalani 
puxtalashtirish  shartnoma  bilan  boshqariladigan  masalalar  o’z  vakolatiga 
kiradigan  va  O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomasidan  kelib 
chiqadigan  majburiyatlar  bajarilishini  ta’minlaydigan  vazirliklar  yoki 
idoralar  zimmasiga  yuklanadi  (4-band).  Qanday  masalaga  qaysi  davlat 
boshqaruv  idorasi  mas’ulligi  yuqorida  tilga  olingan  Tartib  ilovasida 
keltirildi.  
O’zbekistonning  tegishli  davlat  idoralari  tomonidan  shartnoma 
loyihasi  ishlab  chiqilib,  Vazirlar  Mahkamasi  bilan,  ayrim  hollarda  esa, 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  bilan  kelishilgandan  holda,  loyihani 
Tashqi  ishlar  vazirligi  xorijiy  davlat  yoki  xalqaro  tashkilot  bilan  ko’rib 
chiqadi (5-band). 
- “Giyohvandlikning  oldini  olish  va  narkotik  moddalarning 
noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar 
yoki  chet  el  davlatlari,  shuningdek  boshqa  yuridik  shaxslar  tomonidan 
moliyalashtiriladigan  texnik  ko’maklashish  loyihalari  dasturlarini  amalga 
                                                 
1
 O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – 2000. - №12. – 76-modda. 

192 
 
oshirish  tartibi  to’g’risida”gi  Nizom

(O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining 2010 yil 23 iyundagi 123-sonli Qarori bilan tasdiqlangan).  
Mazkur  Nizom  “Giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalar 
to’g’risida”,  “Fuqarolarning  sog’lig’ini  saqlash  to’g’risida”,  “O’zbekiston 
Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  to’g’risida”, 
“Axborot  erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari  to’g’risida”gi  O’zbekiston 
Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasining boshqa normativ-
huquqiy  hujjatlari  asosida  ishlab  chiqilgan  bo’lib,  Nizom,  agar 
O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalarida  o’zgacha  hol 
nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  qonun  hujjatlariga  muvofiq  giyohvandlikning 
oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash 
sohasida  xorijiy,  xalqaro  tashkilotlar  yoki  chet  el  davlatlari,  shuningdek 
ichki  donorlarning  mablag’lari,  O’zbekiston  Respublikasining  davlat 
tashkilotlari  yoki  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  o’z  mablag’lari 
hisobiga moliyalashtiriladigan texnik ko’maklashish loyihalari dasturlarini 
ko’rib  chiqish,  ekspertizadan  o’tkazish,  amalga  oshirish,  amalga  oshirish 
monitoringini  olib  borish,  uzaytirish,  o’zgartirish,  to’xtatib  qo’yish, 
to’xtatish, shuningdek bekor qilish tartibini belgilaydi. 
 
12.3. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaviy 
tashabbuslari 
 
1992-yilda  O’zbekiston  Respublikasi  birgalikda  Orol  inqirozi 
oqibatlarini  bartaraf  etib,  ekologik  muvozanatni  saqlash  va  aholi  uchun 
toza  muhitni  yaratish  maqsadida  mintaqa  mamlakatlari  hamda  xalqaro 
hamjamiyat  kuchlarini  birlashtirgan  holda  harakat  qilish  tashabbusi  bilan 
chiqdi. 
Orol  dengizi  muammosi  ildizlari  uzoq  o’tmishga  borib  taqaladi. 
Ammo,  60-yillarda  bu  muammo  xavf  tug’diradigan  oqibatlarni  keltirib 
chiqardi.  Aholi  o’sishi  va  suvga  bo’lgan  talab,  yangi  yerlarni  jadal 
o’zlashtirish, sug’orma dehqonchilikni yanada rivojlantirish va muntazam 
takrorlanib borayotgan qurg’oqchillik yillari yaqin tarixda yangi eng yirik 
global  ekologik  ofatlardan  biri  uchun  sharoit  yaratib  berdi  – 
sayyoramizdagi eng go’zal suv omborlaridan birining qurishiga olib keldi.  
Doimiy atrof-muhit xavfi, hayot, sog’liq, genafondga salbiy ta’sirini 
ko’rsatuvchi  omillar  nafaqat  shu  ofat  hududida  yashovchi  aholiga  balki 
                                                 
1
 O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. – 2010. - №24-25. – 198-modda. 

193 
 
butun  Markaziy  Osiyo  hamda  Qozog’iston  aholisiga  ham  o’z  ta’sirini 
ko’rsatmoqda.  
Markaziy  Osiyo  va  Qozog’iston  davlat  rahbarlarining  1993-yil  4-
yanvarda  Toshkentda  bo’lib  o’tgan  yig’ilishi  davomida  O’zbekiston 
tashabbusi  qo’llab-quvvatlandi  va  mintaqaviy  tashkilot  tuzishga  qaror 
qilindi - Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg’armasi (OQXJ). So’ng esa, 
Markaziy Osiyo davlatlari rahbari OQXJ to’g’risidagi Nizom tasdiqlashdi, 
unga  ko’ra  jamg’arma  Ijroya  boshqarmasi  tashkil  etildi.  Shu  bilan  birga 
Toshkent  shahrida  doimiy  Ijroya  qo’mitasiga  ega  Orol  dengizi  havzasi 
masalalari bo’yicha Davlatlararo Kengash yaratishga qaror qilindi. 
1997-yilning  fevral  oyida  davlat  rahbarlari  tomonidan  Orolni 
qutqarish  xalqaro  jamg’armasi  boshqaruv  nizomi  o’zgartirilib,  yangi 
muayyan  tamoyillarga  asoslangan  boshqaruv  nizomi  tasdiqlandi,  unga 
ko’ra  Fondning  Davlatlararo  Kengashi  va  Ijroya  boshqarmasi  Ijroya 
qo’mitasiga  aylantirildi.  Ta’sischi  mamlakatlar  jamg’armaga  galma  gal 
raislik qiladigan bo’lishdi, o’z navbatida Markaziy Osiyo davlat rahbarlari 
3  yil  muddatga  Orolni  qutqarish  xalqaro  jamg’armasi  prezidentini 
saylashadi.  
Orolni  qutqarish  xalqaro  jamg’armasi  eng  muhim  vazifalar  belgilab 
olindi:  orol  bo’yi  biologik  fondini  saqlash,  atrof-muhit  inqirozini  ziyonli 
ta’sirlarini  kamaytirish  va  eng  muhimi  hududda  yashovchi  aholi 
farovonligini yaxshilash. 
Hozirgi  kunga  qadar  OQXJ  faoliyatining  natijalari  bo’yicha  Orol 
dengizi  havzasidagi  mamlakatlarga  yordam  ko’rsatish  uchun  uchta  dastur 
qabul qilindi ( ODHD-1 va ODHD-2, ODHD-3). 
Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi va uning tashkilotlari 20 yildan 
ortiq  faoliyat  ko’rsatib  kelmoqda  va  ushbu  qisqa  vaqt  tarixiy  davr 
mobaynida  muzokara  jarayonini  ta’minlash  uchun  samarali  platforma 
bo’lish  bilan  birga  mintaqaviy  suvdan  foydalanish  masalalari  yuzasidan 
mustahkam  qarorlar  qabul  qilib  kelmoqda.  Bunday  hamkorlik  mexanizmi 
Mazrkaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarga hamda Qozog’istonga Orol 
havzasidagi 
ekologik 
sharoitni 
sog’lomlashtirish, 
shuningdek 
transchegaraviy  suv  resurslarini  boshqarish  va  taqsimlash  kabi  asosiy 
masalalarni yechishga imkon yaratadi.  
OQXJ  ning  2008-yilda  BMT  Bosh  Assambleyasida  kuzatuvchi 
maqomiga  ega  bo’lishi  uning  faoliyatida  global  miqiyosda  yangi 
imkoniyatlar yaratib berdi. 

194 
 
Jamg’armaning  eng  katta  xizmatlaridan  biri  Orol  dengizi 
muammosiga dunyo hamjamiyati diqqatini jalb qilishga muvaffaq bo’lishi, 
ko’pgina  jahon  mamlakatlari  hukumatlari  hamda  bir  qator  xalqaro 
institutlar o’z e’tiborlarini Orol havzasi muammosiga qaratishdi. 
Ayni  paytda,  Jahon  banki,  Osiyo  taraqqiyot  banki  hamda  turli 
xalqaro tashkilotlar va individual mamlakatlarning faol qo’llab-quvvatlashi 
tufayli  bu  yerda  yashovchi  aholi  genofondiga  xavf  solayotgan, 
mintaqadagi  noqulay  vaziyatni  jonlanishiga  qaratilgan  bir  qator  loyihalar 
amalga oshirilmoqda. 
2013-yilda 
Orolni 
qutqarish 
xalqaro 
jamg’armasi  vakilligi 
Qozog’istondan O’zbekistonga o’tdi. O’zining OQXJ ga vakilligi davrida 
O’zbekiston  birinchi  navbatda  mintaqaviy  muzokaralarni  xalqaro  huquq 
normalarga asoslangan holda mustahkamlash, OQXJ potensialini oshirish, 
Orol bo’yi havzasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik-suv sharoitlarini 
yaxshilash,  Jamg’arma  xalqaro  aloqalarini  kengaytirish  masalalariga 
qaratishni rejalashtirdi.  
2013-yilda  Orol  bo’yi  havzasida  umumiy  summasi  1,3  mlrd  AQSH 
dollarni  tashkil  etadigan  loyiha  va  tadbirlarni  moliyalashtirish  rejasi 
tasdiqlandi,  shu  bilan  birga  Amudaryo  deltasiga  kichik  suv  omborlarini 
qurish va tuzsizlantiradigan uskunali suv inshootlarini yaratish loyihalarini 
ham amalga oshirish rejalashtirildi
1
.  
Terrorizmga qarshi kurash qo’mitasi 
1999-yil  noyabr  oyida  EXHT  ning  Istanbul  sammitida  Birinchi 
Prezident  I.A.Karimov  BMT  tizimida  Terrorizmga  qarshi  kurash  xalqaro 
markazi  (TKXM)  tashkil  etish  taklifi  bilan  chiqdilar.  Ushbu  tashabbus 
2000-yil  7-8-sentabrda  Nyu-York  shahrida  o’tkazilgan  BMT  ning  Ming 
yillik  sammitida  e’lon  qilindi.  Faqatgina  2001-yil  11-sentyabr  AQSHda 
bo’lib o’tgan fojeali voqealardan so’ng, aniqrog’i 2001-yilning 28-sentabr 
kuni  BMT  Xavfsizlik  Kengashining  №1373  qarori  bilan  BMT  doirasida 
Terrorizmga  qarshi  kurash  qo’mitasi  tashkil  etildi,  bu  tashkilotga  xalqaro 
terrorizmni  moliyalashtirishga  qarshi  kurash  sohasida  katta  vakolatlar 
berildi. Bu qo’mita faoliyatida Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi 
konsepsiyasi aks etgan. 
2000-yil  oktabr  oyida  BMT,  EXHT  va  O’zbekiston  hukumati 
tomonidan  Toshkentda  “Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va  barqarorlikni 
mustahkamlash: 
narkotiklarning 
noqonuniy 
savdosi, 
uyushgan 
jinoyatchilik  va  terrorizmga  qarshi  kurashishga  kompleks  yondashish” 
                                                 
1
 http://www.turkmenbusiness.org/news/turkmenistan-razvivaet-mezhdunarodnoe-transportnoe-sotrudnichestvo 

Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling