Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR
- MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
- 12.2. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga oid qonunosti hujjatlari
- 12.3. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaviy tashabbuslari
186 kasb etadi (12-modda). Kontinuitet prinsipi tan olingan. Bunda manfaatdor davlatlarning shartnomalariga alohida e’tibor qaratilgan (34,35- moddalar). Shu bilan birga huquqiy vorislik muammolarining murakkabligini hisobga olish to’g’ri bo’ladi. Huquqiy vorislikning har bir holati o’ziga xos xususiyatlarga ega. Davlatlar amaliyoti mutassil bo’lmagan. Huquqiy vorislik to’g’risidagi masalalar bo’yicha davlatlar tomonidan tuzilgan kelishuvlar turlicha bo’lgan. Shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik to’g’risidagi Konvensiya qabul qilingandan so’ng hali o’z yechimini topmagan savollar anchagina. Shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik to’g’risidagi Konvensiyani tayyorlagan Vena konferensiyasining raisi professor K.T.Semanekaning Konvensiya “davlatlar amaliyoti uchun foydali model” hisoblanadi degan fikri e’tiborga loyiqdir 1 . MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur bobda xalqaro shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi umumiy masalalarini hamda vorislikning kelib chiqish sabablarini o’rganish jarayonida xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Xalqaro shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislikda chegara va hudud rejimi nimani anglatadi? 2. Ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik qanday tartibga solinadi? 3. Xalqaro shartnomaviy vorislik bilan bir qatorda xalqaro shartnomaviy vasiyatga yo’l qo’yiladimi? 4. Xalqaro shartnomlarda vorislik doirasi qanday (huquq va majburiyatlarga nisbatan)? 1 KAZUS. Sobiq Sovet Ittifoqi parchalangach uning hududida 15 ta mustaqil davlat tashkil topdi. SSSRning harbiy jihatdan imkoniyatlari va zaxirasi juda katta hisoblangan. Davlatda yadroviy va vodorod qurollari mavjud bo’lgan. Yadro qurollarini tarqatmaslik va sinovdan o’tkazmaslik bo’yicha AQSH va boshqa Yevropa davlatlari bilan o’zaro shartnomalri tuzilgan (1973, 1976, 1979 yillarda). Ittifoq parchalangach mustaqil davlatlarning SSSRning vorisligi borasida nizolar kelib chiqdi. Yadroviy qurollar faqatgina Rossiya Federatsiyasi ixtiyoriga, boshqa harbiy zaxiralar va iqtisodiy resurslar, hududiy taqsimotda ajratilganlardan tashqari, uch davlat – 1 Qarang: Zemanek K. The Legal Foundations of the International System // RdC. 1997-I.P. 85 187 Ukraina, Belorus va Rossiya Federatsiyasi ixtiyoriga o’tdi. Ular bu haqida 1991 yilda Minsk kelishuvida qoidalar belgilashdi. 1. Yadro qurolini tarqatmaslik va sinovdan o’tkazmaslik bo’yicha shartnomalar bo’yicha qaysi postsotsialistik davlatlar voris hisoblanadi? Bunda yadro quroliga nisbatan faqatgina Rossiya Federatsiyasi voris ekanligining o’rni qanday? 2. Xalqaro shartnomadagi huquqiy vorislik doirasi qanday? Vaziyatda keltirilgan faqatgina uch davlatning vorisligini e’tirof etuvchi shartnoma xalqaro huquq qoidalariga to’g’ri keladimi? 3. Xalqaro shartnomaviy vorislikda huquqlar bilan birga majburiyatlarga nisbatan ham vorislik mavjudmi? Bu haqida qanday xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilingan? 2 KAZUS. XX asrning 40-yillarida Britaniya mustamlakasi bo’lgan Hindiston davlati Hindiston va Pokiston kabi ikki davlatga bo’linishi natijasida davlatlarning huquqiy vorisligi masalasi yuzaga keladi. Britaniya mustamlakasi bo’lgan Hindiston BMTning Ustavini qabul qilishda ishtirok etgan ta’sischi-a’zolardan biri edi. Mamlakatni ikkiga bo’linishida yangi dominion – Hindiston avvalgi xalqaro huquq sub’ekti Britaniya mustamlakasi bo’lgan Hindiston ekanligini va u xali ham BMT a’zosi ekanligini da’vo qildi. Pokistonning fikriga ko’ra, Britaniya mustamlakasi bo’lgan Hindistonining xalqaro huquq sub’ektliligi bo’linganligi sababli ularning har ikkalasi ham BMTga a’zolik jihatidan voris hisoblanishadi. 1. Hindiston va Pokiston tomonidan bildirilgan fikrlarning qaysi biri xalqaro shartnomalar huquqiga mos keladi? Xalqaro shartnomaning vorisi bo’lish uchun qanday talalablar qo’yiladi? 2. Qanday hollarda davlatlarning huquqiy vorisligi kelib chiqadi? Qaysi davlat BMTga a’zolik haqidagi xalqaro shartnomaga nisbatan voris hisoblanadi? 3. Davlatlarning huquqiy vorisligi natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlariga yuridik baho bering? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomadan kelib chiqqan holda qanday vaziyatlarda davlatlarning huquqiy vorisligi kelib chiqadi va tartibga solinishi haqida o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 188 XII. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO SHARTNOMALARGA OID QONUNCHILIGI (yuridik fanlar nomzodi Azimov Mirvohid Mirilyasivich) Annotatsiya. Mazkur bob O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning mustaqil sub’ekti sifatida, O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida qonun hujjatlari, O’zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalar ijrosini ta’minlash choralariga, bundan tashqari, O’zbekistonning xalqaro shartnomaviy tashabbuslari to’g’risidagi masalalarga bag’ishlanadi. 12.1. O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida qonun hujjatlari O’zbekiston istiqlolga erishgach davlatni halqaro maydonda xalqaro munosabatlarning teng va to’la huquqli a’zosi sifatida horijiy sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy asosini yaratadigan shartnomaviy-huquqiy bazani shakillantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Bir so’z bilan aytganda, ko’plab davlatlar bilan qator xalqaro ikkitomonlama shartnomalarni imzolash va ko’p tomonlama universal konvensiyalarga qo’shilish amaliyoti keng tus oldi. O’z-o’zidan bunday jarayonni milliy huquq doirasida tartibga solish va umuman xalqaro xuquq normalariga milliy qonunchilik darajasida munosabat bildirish ehtiyoji tug’ildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinishi va uning 17-moddasida respublika tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanishi ta’kidlandi. 1 Har qanday istiqlolga erishgan davlat birinchi navbatda xalq xo’jaligi va iqtisodiyotni rivojlantirishga, aholini ish bilan ta’minlash va uning turmush tarzini oshirishga asosiy e’tiborini qaratadi. Bu esa, o’z navbatida respublikaga chet el sarmoyalarini jalb qilishni taqazo etadi. Shu munosabat bilan O’zbekistonda shartnomalar sohasini tartibga soluvchi birinchi normativ-huquqiy hujjat 1993 yil 7 mayda qabul qilingan 1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. – 1993. - №1. – 4-modda 189 “O’zbekiston Respublikasi bilan xalqaro moliya institutlari o’rtasidagi xalqaro zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlarni tuzish va denonsatsiya qilish tartibi to’g’risida”gi Qonun bo’ldi. 1 Mazkur Qonun 2 moddadan iborat bo’lib, chet el sarmoyalarini jalb etish jarayonining tezlashtirilishini ta’minlovchi zarur huquqiy sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan edi. Unga ko’ra, xalqaro moliya institutlari bilan zayom va kafolat shartnomalari hamda bitimlarini imzolash va denonsatsiya qilish huquqi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisiga va u vakolat bergan idoralarga tegishliligi belgilandi hamda bunday shartnomalar tuzilgach, ratifikatsiya qilinmasdan O’zbekiston uchun imzolangan paytdan boshlab kuchga kirishi mustahkamlab qo’yildi. Keyinchalik, ya’ni 1995 yilning 22 dekabrida “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. 2 Ushbu Qonun O’zbekiston xalqaro shartnomalarini to uni tuzishdan tortib, ijro etish, to’xtatib turish va tugatish jarayonigacha bo’lgan tartibni belgiladi. Unda shartnoma tushunchasi, nomlanishi, turlari, shakli va u tuziladigan til aniq bayon qilib berildi. Qonunda shartnomalarga nisbatan xalqaro huquqdagi, ya’ni 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risida Vena Konvensiyasi qoidalaridagi umumiy yondashuv saqlanib qolinib, shartnomani davlat ichki protseduralariga taaluqli jihatlari keng yoritildi. Jumladan, xalqaro shartnomalarni tuzish to’g’risidagi takliflarni ilgari surish va ko’rib chiqishda davlat boshqaruvi idoralari vakolatlari (8-10-moddalar), muzokaralar olib borish va shartnomalarini imzolash to’g’risida qarorlar qabul qilish (11-modda), bunday xarakatlar uchun vakolatlar masalalari (12-13-moddalar), xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish yoki tasdiqlash (14-20-moddalar) hamda unga qo’shilish (21-modda) masalalari batafsil ifoda etildi. Lekin mazkur Qonun qoidalarini tahlili shuni ko’rsatadiki, unda halqaro shartnomalarni huquqiy va boshqa ekspertizadan o’tkazishning predmeti belgilanmagan, xalqaro shartnomalarning bajarilishini ta’minlash va bu jarayon ustidan kuzatuv olib borish mexanizmi yetarli shakillantirilmagan hamda halqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish masalasiga e’tibor qaratilmagan. 1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. – 1993. - №5. – 234-modda. 2 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 1995. - №12. – 262-modda. 190 Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasi yetarli shakillanganligini inobatga olib 1 , yuqorida tilgan olingan qonunni amaldagi shartnomalarni bajarish va hayotga tatbiq etish qoidalari va ularni doimiy tarzda inventarizatsiya qilib borish institutini joriy qilish hisobiga boyitish maqsadga muvofiqdir. 12.2. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga oid qonunosti hujjatlari “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonuni shartnomalar sohasida asosiy masalalarni o’zida mustahkamlab, qolgan ba’zi masalalarni qonunosti hujjatlariga havola qildi (8-moddaning beshinchi va sakkizinchi xatboshilari; 11, 12, 20 va 21-moddalarning 3 bandlari; 25-moddaning birinchi xatboshi; 28-moddaning ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi xatboshlari). Yuqoridagilardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 12 yanvarda o’zining 15-sonli Qarori bilan O’zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish Tartibini 2 tasdiqladi. Ushbu Tartib idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarining loyihalarini tayyorlash, idoraviy tusdagi xalqaro shartnomalarni tuzish, bajarish, to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish, shuningdek xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni, bajarish masalalarini tartibga soldi. Unda shuningdek, idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish to’g’risidagi takliflar va ularning loyihalari kelishilishi lozim bo’lgan manfaatdor vazirlik va idoralar ro’yxati sohasiga qarab belgilandi. Bunday tusdagi shartnomalarni tuzish yuzasidan qaror O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinishi, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan idoralararo xalqaro shartnomalarni tuzish bo’yicha qaror esa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinishi ta’kidlandi. Oradan ko’p o’tmay, ya’ni 2000 yil 12 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’zining 473-sonli Qarori bilan Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasining 1 http://www.lex.uz/ 2 O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – 1998. - №1. – 3-modda. 191 xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarini bajarish Tartibini 1 tasdiqladi. Mazkur Tartib “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonunga muvofiq xalqaro shartnomalar loyihalarini tuzish to’g’risida takliflar kiritilgunga qadar tayyorlash, shuningdek tuzilgan xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni bajarish masalasini tartibga soldi. 473-sonli Qarorga muvofiq xorijiy davlatning yoki xalqaro tashkilotning xalqaro shartnoma tuzish to’g’risidagi tashabbus taklifi shartnomaning tegishli loyihasi bilan birga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi (2-band) va Hukumat tomonidan xalqaro (ikkitomonlama) shartnoma loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish to’g’risida yoki ko’p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni O’zbekiston tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo’shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi haqidagi masala yuzasidan tegishli qaror (topshiriq) qabul qilishi belgilandi (3-band). Barcha takliflarni umumlashtirish va xalqaro shartnoma loyihasini yoki ko’p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni O’zbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo’shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi masalani puxtalashtirish shartnoma bilan boshqariladigan masalalar o’z vakolatiga kiradigan va O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydigan vazirliklar yoki idoralar zimmasiga yuklanadi (4-band). Qanday masalaga qaysi davlat boshqaruv idorasi mas’ulligi yuqorida tilga olingan Tartib ilovasida keltirildi. O’zbekistonning tegishli davlat idoralari tomonidan shartnoma loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi bilan, ayrim hollarda esa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgandan holda, loyihani Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan ko’rib chiqadi (5-band). - “Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan moliyalashtiriladigan texnik ko’maklashish loyihalari dasturlarini amalga 1 O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – 2000. - №12. – 76-modda. 192 oshirish tartibi to’g’risida”gi Nizom 1 (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 iyundagi 123-sonli Qarori bilan tasdiqlangan). Mazkur Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida”, “Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasining boshqa normativ- huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, Nizom, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o’zgacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, qonun hujjatlariga muvofiq giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek ichki donorlarning mablag’lari, O’zbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining o’z mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan texnik ko’maklashish loyihalari dasturlarini ko’rib chiqish, ekspertizadan o’tkazish, amalga oshirish, amalga oshirish monitoringini olib borish, uzaytirish, o’zgartirish, to’xtatib qo’yish, to’xtatish, shuningdek bekor qilish tartibini belgilaydi. 12.3. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaviy tashabbuslari 1992-yilda O’zbekiston Respublikasi birgalikda Orol inqirozi oqibatlarini bartaraf etib, ekologik muvozanatni saqlash va aholi uchun toza muhitni yaratish maqsadida mintaqa mamlakatlari hamda xalqaro hamjamiyat kuchlarini birlashtirgan holda harakat qilish tashabbusi bilan chiqdi. Orol dengizi muammosi ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ammo, 60-yillarda bu muammo xavf tug’diradigan oqibatlarni keltirib chiqardi. Aholi o’sishi va suvga bo’lgan talab, yangi yerlarni jadal o’zlashtirish, sug’orma dehqonchilikni yanada rivojlantirish va muntazam takrorlanib borayotgan qurg’oqchillik yillari yaqin tarixda yangi eng yirik global ekologik ofatlardan biri uchun sharoit yaratib berdi – sayyoramizdagi eng go’zal suv omborlaridan birining qurishiga olib keldi. Doimiy atrof-muhit xavfi, hayot, sog’liq, genafondga salbiy ta’sirini ko’rsatuvchi omillar nafaqat shu ofat hududida yashovchi aholiga balki 1 O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. – 2010. - №24-25. – 198-modda. 193 butun Markaziy Osiyo hamda Qozog’iston aholisiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Markaziy Osiyo va Qozog’iston davlat rahbarlarining 1993-yil 4- yanvarda Toshkentda bo’lib o’tgan yig’ilishi davomida O’zbekiston tashabbusi qo’llab-quvvatlandi va mintaqaviy tashkilot tuzishga qaror qilindi - Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg’armasi (OQXJ). So’ng esa, Markaziy Osiyo davlatlari rahbari OQXJ to’g’risidagi Nizom tasdiqlashdi, unga ko’ra jamg’arma Ijroya boshqarmasi tashkil etildi. Shu bilan birga Toshkent shahrida doimiy Ijroya qo’mitasiga ega Orol dengizi havzasi masalalari bo’yicha Davlatlararo Kengash yaratishga qaror qilindi. 1997-yilning fevral oyida davlat rahbarlari tomonidan Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi boshqaruv nizomi o’zgartirilib, yangi muayyan tamoyillarga asoslangan boshqaruv nizomi tasdiqlandi, unga ko’ra Fondning Davlatlararo Kengashi va Ijroya boshqarmasi Ijroya qo’mitasiga aylantirildi. Ta’sischi mamlakatlar jamg’armaga galma gal raislik qiladigan bo’lishdi, o’z navbatida Markaziy Osiyo davlat rahbarlari 3 yil muddatga Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi prezidentini saylashadi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi eng muhim vazifalar belgilab olindi: orol bo’yi biologik fondini saqlash, atrof-muhit inqirozini ziyonli ta’sirlarini kamaytirish va eng muhimi hududda yashovchi aholi farovonligini yaxshilash. Hozirgi kunga qadar OQXJ faoliyatining natijalari bo’yicha Orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko’rsatish uchun uchta dastur qabul qilindi ( ODHD-1 va ODHD-2, ODHD-3). Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi va uning tashkilotlari 20 yildan ortiq faoliyat ko’rsatib kelmoqda va ushbu qisqa vaqt tarixiy davr mobaynida muzokara jarayonini ta’minlash uchun samarali platforma bo’lish bilan birga mintaqaviy suvdan foydalanish masalalari yuzasidan mustahkam qarorlar qabul qilib kelmoqda. Bunday hamkorlik mexanizmi Mazrkaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarga hamda Qozog’istonga Orol havzasidagi ekologik sharoitni sog’lomlashtirish, shuningdek transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va taqsimlash kabi asosiy masalalarni yechishga imkon yaratadi. OQXJ ning 2008-yilda BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega bo’lishi uning faoliyatida global miqiyosda yangi imkoniyatlar yaratib berdi. 194 Jamg’armaning eng katta xizmatlaridan biri Orol dengizi muammosiga dunyo hamjamiyati diqqatini jalb qilishga muvaffaq bo’lishi, ko’pgina jahon mamlakatlari hukumatlari hamda bir qator xalqaro institutlar o’z e’tiborlarini Orol havzasi muammosiga qaratishdi. Ayni paytda, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda turli xalqaro tashkilotlar va individual mamlakatlarning faol qo’llab-quvvatlashi tufayli bu yerda yashovchi aholi genofondiga xavf solayotgan, mintaqadagi noqulay vaziyatni jonlanishiga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 2013-yilda Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi vakilligi Qozog’istondan O’zbekistonga o’tdi. O’zining OQXJ ga vakilligi davrida O’zbekiston birinchi navbatda mintaqaviy muzokaralarni xalqaro huquq normalarga asoslangan holda mustahkamlash, OQXJ potensialini oshirish, Orol bo’yi havzasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik-suv sharoitlarini yaxshilash, Jamg’arma xalqaro aloqalarini kengaytirish masalalariga qaratishni rejalashtirdi. 2013-yilda Orol bo’yi havzasida umumiy summasi 1,3 mlrd AQSH dollarni tashkil etadigan loyiha va tadbirlarni moliyalashtirish rejasi tasdiqlandi, shu bilan birga Amudaryo deltasiga kichik suv omborlarini qurish va tuzsizlantiradigan uskunali suv inshootlarini yaratish loyihalarini ham amalga oshirish rejalashtirildi 1 . Terrorizmga qarshi kurash qo’mitasi 1999-yil noyabr oyida EXHT ning Istanbul sammitida Birinchi Prezident I.A.Karimov BMT tizimida Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi (TKXM) tashkil etish taklifi bilan chiqdilar. Ushbu tashabbus 2000-yil 7-8-sentabrda Nyu-York shahrida o’tkazilgan BMT ning Ming yillik sammitida e’lon qilindi. Faqatgina 2001-yil 11-sentyabr AQSHda bo’lib o’tgan fojeali voqealardan so’ng, aniqrog’i 2001-yilning 28-sentabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashining №1373 qarori bilan BMT doirasida Terrorizmga qarshi kurash qo’mitasi tashkil etildi, bu tashkilotga xalqaro terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida katta vakolatlar berildi. Bu qo’mita faoliyatida Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi konsepsiyasi aks etgan. 2000-yil oktabr oyida BMT, EXHT va O’zbekiston hukumati tomonidan Toshkentda “Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash: narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashishga kompleks yondashish” 1 http://www.turkmenbusiness.org/news/turkmenistan-razvivaet-mezhdunarodnoe-transportnoe-sotrudnichestvo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling