Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

195 
 
mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi, jahonning 70 ta mamlakati va 
40  ta  xalqaro  tashkilotlardan  ekspertlar  xalqaro  terrorizmga  qarshi 
kurashish  strategiyasi  uchun  umumiy  yondashuv  takliflarini  ishlab 
chiqishdi. 
O’zbekiston  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  doirasidagi  Terrorizmga 
qarshi  kurash  qo’mitasi,  MDH  doirasidagi  Aksilterror  markazi 
faoliyatlarida  faol  ishtirok  etib  kelmoqda,  Shanxay  Hamkorlik  Tashkiloti 
doirasida  terrorizmga  oid  tegishli  tadbirlarni  amalga  oshirmoqda, 
aksilterror  kuchlari  xalqaro  koalitsiya  sa’y-harakatlariga  faol  hissasini 
qo’shib kelmoqda. 
Hozirda BMT ning terrorizmga qarshi qaratilgan 13 ta hujjati bor. Bu 
hujjatlarga 11 ta konvensiya va 2 ta protokolni misol qila olamiz. Bugungi 
kunda yadro terrorizm aktlariga qarshi kurash xalqaro konvensiyasi hamda 
terrorizmga qarshi kurash bo’yicha kompleks konvensiya loyihalari ishlab 
chiqilmoqda. 
Shu  bilan  birga  shuni  ta’kidlab  o’tishimiz  joizki  O’zbekiston  BMT 
ning  amalda  bo’lgan  terrorizmga  qarshi  kurash  bo’yicha  barcha 
konvensiya hamda protokollariga a’zodir
1
.  
Ashxobod transport va tranzit yo’lagi. 
2010-yilda Eron, Ummon, Turkmaniston va O’zbekiston hukumatlari 
o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan  mintaqada 
transport  va  tranzit  yo’lagini  tashkil  etish  ishlari  boshlandi.  Bu 
tashabbusning  huquqiy  asosini  yaratish  maqsadida  2011-yilning  25-
aprelida Ashxobodda Eron Islom Respublikasi, Ummon Sultonligi, Qatar, 
Turkmaniston  va  O’zbekiston  Davlati  Hukumati  o’rtasida  xalqaro 
transport va tranzit yo’lagini barpo etish to’g’risidagi bitim imzolandi. 
Bitimning Nizomi, xalqaro tashish masalalari, yo’nalish bo’yicha har 
qanday  transport  vositasida  (havo  va  suvda)  a’zo-davlatlar  hududi  orqali 
yuk  va  yo’lovchi  tranziti  masalalarini  tartibga  soladi,  bu  Nizom  ushbu 
bitim  kuchga  kirganidan  keyin  tashkil  etiladigan  Muvofiqlashtiruvchi 
kengash tomonidan tasdiqlanadi. 
Ushbu  Bitim  ahamiyati  haqida  gapirar  ekanmiz,  shunday  dalilni 
ta’kidlashimiz  joizki,  mazkur  Ummon-Eron-Turkmaniston-O’zbekiston 
transport yo’lagini yaratilishi jo’shqinlik bilan rivojlanayotgan hududlarni, 
Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors va Ummon ko’rfazi dengiz portlariga 
olib chiquvchi yagona transport tizimiga birlashtiradi. 
                                                 
1
 http://www.mfa.uz/ru/cooperation/security/54/ 

196 
 
Mazkur 
loyihaning 
iqtisodiy 
jihatdan 
rentabelligi 
shubha 
tug’dirmaydi, shu bilan birga uni amalga oshirish a’zo-davlatlar o’rtasida 
iqtisodiy,  yuk  va  yo’lovchi  tashish  sohalarida  hamkorlikni  rivojlantirish 
uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
Bojxona cheklovlarining yo’qligi hamda keng ko’lamlilik loyihaning 
strategik  rolini  sezilarli  darajada  oshiradi,  shu  bilan  birga  a’zo 
davlatlarning  hududi  orqali  tranzit  yuk  tashish  hajmini  oshirish  imkonini 
yaratadi
1

ShHT protseduralari qoidalari. 
ShHT protseduralari qoidalari loyihasi O’zbekiston Respublikasining 
tashkilotga  raislik  davridagi  faoliyati  vaqtida  O’zbekiston  tashabbusiga 
ko’ra ishlab chiqilgan va ShHT ga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining 
Toshkentda 2010-yil 11-iyunda bo’lib o’tgan yig’ilishida qabul qilingan. 
Loyiha  hujjatining  asosiy  g’oyasi  2003-yil  29-may  kuni  ShHT  ga 
a’zo  davlatlar  rahbarlari  qarori  bilan  tasdiqlangan  tashkilot  organlarining 
alohida  Nizomlariga  muvofiq  ShHT  tuzilmaviy  organlarida  yig’ilish  va 
uchrashuvlar  o’tkazish  tartibini  tizimlashtirib,  ular  tomonidan  ko’rib 
chiqish  uchun  taqdim  etilayotgan  hujjatlarni  tayyorlash,  tasdiqlash  va 
qabul qilishning yagona tartibini yaratish edi. 
ShHT  protsedura  qoidalari  qabul  qilingunga  qadar,  tashkilot 
doirasida ShHT tuzilmaviy organlarida uchrashuv va yig’ilishlar o’tkazish, 
taqdim etilgan hujjatlarni tayyorlash, tasdiqlash, qabul qilish hamda ko’rib 
chiqish tartibini belgilab beruvchi yagona hujjat mavjud bo’lmagan. 
Xartiya  16-moddasida  ShHT  organlarining  qaror  qabul  qilish 
jarayonida  a’zo-davlatlar  e’tiroz  bildirmasalar,  qarorlar  ovoz  berish  yo’li 
orqali  emas,  balki  uyg’unlik,  ya’ni  kelishilganlik  asosida  qabul  qilinadi, 
deb ta’kidlangan. 
Loyihaning  maqsadi  ShHT  tuzilmaviy  organlarida  uchrashuv  va 
yig’ilishlar o’tkazish, taqdim etilgan hujjatlar tayyorlash, tasdiqlash, qabul 
qilish  hamda  ko’rib  chiqish  jarayoni  tartib-qoidalarini  tizimlashtirishdan 
iborat. Shunga ko’ra, hujjat loyihasi quyidagilarni ko’zda tutadi: 
ShHT  tuzilmaviy  organlarida  doimiy  va  favqulotda  olib  boriladigan 
uchrashuvlar hamda yig’inlar vaqti, joyi, shu bilan birga ularning hajmini 
aniqlaydi; 
yig’ilishlar  va  uchrashuvlar  tartibini  va  ketma-ketlikni  o’rnatadi, 
jumladan, masalalarni muhokama qilish, qarorlar qabul qilish, shuningdek, 
yig’in va uchrashuvlar maqbuligini ta’minlaydi; 
                                                 
1
 www.turkmenistan.ru/ru/articles/35895.html 

197 
 
yig’ilish  va  uchrashuvlar  ishtirokchilarining  tarkibi  va  maqomini 
aniqlab  qolmasdangina,  shu  bilan  birga  ishtirokchilarining  huquq  va 
majburiyatlarini belgilab beradi; 
yangi  takliflar  ishlab  chiqish  jarayonini  aniqlaydi,  shu  jumladan 
tashkilot normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, ularga tuzatishlar 
kiritilishi  hamda  muvofiqlashtirish  tartibini  o’rnatadi,  hujjatlar  loyihalari 
bo’yicha ekspert ishchi guruhlarini  shakllantiradi; 
uchrashuvlar  va  yig’ilishlar  kun  tartibi  rejasini  shakllantirish 
jarayonini tizimlashtiriadi; 
ShHT  tarkibiy  yig’ilishlari  va  uchrashuvlarni  tayyorlashda  tashkiliy 
hamda texnik jihatlarini aniqlashtiradi. 
O’zbek  mutaxassislari  tomonidan  mazkur  hujjatni  tayyorlashda 
xalqaro  va  xorijiy  tajribadan  foydalangan  holda  xalqaro  tashkilotlarning 
tuzilmaviy  organlarida  tadbirlarni  o’tkazish  jarayonini  huquqiy  tartibga 
solish tahlili amalga oshirildi. 
Tahlil  natijalari  boshqa  xalqaro  tashkilotlarda  bunday  tartibi  yagona 
protsessual hujjat bilan tartibga solinishini ko’rsatdi.  
Misol  uchun,  MDH  va  KXSHT  xalqaro  tashkilotlarida  bu  jarayon  ushbu 
tashkilotlarning  protsedura  qoidalari  bilan  tartibga  solingan  bo’lib,  bu  tartib 
qoidalar shu tashkilotlarning yuqori organlari tomonidan ma’qullangan. 
 
Shunga  o’xshash  tizim  NATO  va  BMT  doirasida  ham  mavjud. 
Xususan,  BMTning  har  bir  tuzilmaviy  organida,  Bosh  Assambleya, 
Xavfsizlik  Kengashi,  Iqtisodiy  va  Ijtimoiy  Kengash,  Xalqaro  Sud  va 
Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Kotibiyatida,  ishlab  chiqilgan  hamda 
amalda  bo’lgan  Protsedura  qoidalari  mavjud  bo’lib,  bu  tartib  qoidalar  bu 
tuzilmaviy organlar faoliyatining huquqiy bazasini shakllantiradi. 
Ushbu  xalqaro  tashkilotlar  tajribasi  kelib  chiqqan  holda,  ShHT 
tuzilmaviy  organlarida  uchrashuv  va  yig’ilishlar  o’tkazish,  taqdim  etilgan 
hujjatlar tayyorlash, tasdiqlash, qabul qilish hamda ko’rib chiqish jarayoni 
tartibga  soluvchi  yagona  huquqiy  hujjatni  ishlab  chiqib,  qabul  qilish, 
tashkilotga quyidagi afzalliklarga ega bo’lishga imkoniyat yaratardi: 
ShHT  tarkibiy  organlarida  uchrashuv  va  yig’ilishlar  o’tkazish, 
taqdim  etilgan  hujjatlar  tayyorlash,  tasdiqlash,  qabul  qilish  hamda  ko’rib 
chiqish jarayonini yagona tizimga birlashtirardi; 
Tomonlar o’rtasida mazkur masala yuzasidan kelib chiqishi mumkin 
bo’lgan kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga yordam berardi; 
ShHT  tarkibiy  organlarida  ko’rib  chiqish  uchun  tayyorlanadigan 
hujjatlarning samaradorligi va sifatini oshirardi; 

198 
 
Tashkilot tashkiliy-huquqiy masalalarini hal qilishda mavjud bo’lgan 
bo’shliqqa barham berardi
1

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish. 
2014-yil  6-may  kuni  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Nyu-
Yorkdagi  qarorgohida  tom  ma’nodagi  tarixiy  voqea  yuz  berdi  -  mazkur 
tashkilot  tuzilganidan  buyon  birinchi  marotaba  besh  yadroviy  davlat  - 
AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Frantsiya,  Xitoy  va  Rossiya   yakdillik  bilan  va 
bir  paytning  o’zida  muhim  xalqaro  hujjatni  -  Markaziy  Osiyoda  yadro 
qurolidan  xoli  zona  barpo  etish  to’g’risidagi  Shartnomaga  Xavfsizlik 
kafolatlari to’g’risidagi Protokolni imzolashdi.  
Ushbu  qadam  O’zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom 
Karimov 
tomonidan 
1993-yil 
28-sentyabr 
kuni 
BMT 
Bosh 
Assambleyasining  48-sessiyasida  tashabbusning  to’la  amalga  oshirilishini 
nihoyasiga  etkazgani  holda,  mintaqaviy  xavfsizlikni  mustahkamlashga 
hamda  yadro  quroli  tarqalmasligi  va  qurolsizlanish  bo’yicha  global 
rejimning kuchayishiga ulkan hissa qo’shadi.  
1997 yil 15-17 sentyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan “Markaziy 
Osiyo  -  yadro  qurolidan  xoli  zona”  mavzusidagi  xalqaro  konferensiyada 
Markaziy  Osiyo  -  yadro  qurolidan  xoli  zona  tashabbusining  keyingi 
konseptual  rivojlanishiga  hamda  uning  siyosiy  va  huquqiy  jihatdan 
rasmiylashishiga  erishildi.  Forum  ishtirokchilari  oldida  nutq  so’zlar  ekan, 
O’zbekiston  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  Markaziy  Osiyo  -  yadro 
qurolidan  xoli  zonani  yaratishning  mohiyati  va  yo’llari  to’g’risida  o’z 
fikrlarini bildirdi:  
-  Yadro  xavfsizligiga  umumiy,  keng  qamrovli  xavfsizlik,  omon 
qolish  muammosining  tarkibiy  qismi  sifatida  qaralishi  kerak.  Yadro 
quroliga  ega  va  ega  bo’lmagan  davlatlarning  majburiyatlari  o’rtasidagi 
muvozanat  -  yadro  qurolidan  xoli  zonaning  samarali  faoliyat  ko’rsatishi 
asosidir.  Men  Markaziy  Osiyodagi  yadro  qurolidan  xoli  zonaning 
ishonchli, mustahkam bo’lishi, yadro quroliga ega bo’lgan barcha davlatlar 
uning  maqomini  e’tirof  etgan  taqdirdagina  ta’minlanishiga  qat’iyan 
aminman; 
-  Zonaning  barcha  faoliyat  imkoniyatlarini  yadro  quroli  tarqalishi 
xavfining  oldini  olishga  safarbar  eta  oladigan  mexanizm  ishlab  chiqilishi 
lozim.  Shu  maqsadda  ishtirokchi  davlatlar  xalqaro  miqiyosda  to’plangan 
tajribaga hamda bir qancha asosiy tamoyillarga (zona yadro qurolidan to’la 
                                                 
1
 
http://www.mid.ru/bdomp/ns-
asia.nsf/3a0108443c964002432569e7004199c0/432569d80021985fc325711d003b9e9d!OpenDocument
  

199 
 
ravishda  xoli  bo’lishi  ta’minlanishi  lozim;  uning  faoliyat  ko’rsatishi 
bo’yicha  ishtirokchi  davlatlargina  emas,  barcha  manfaatdor  mamlakatlar 
ham  o’z  zimmalariga  majburiyat  olishi  mumkin;  yadro  qurolidan  xoli 
zonaning barpo etilishi haqidagi bitimlar kelishilgan majburiyatlarga rioya 
qilishni  ta’minlovchi  samarali  nazorat  tizimini  o’z  ichiga  olishi  lozim; 
nazorat  MAGATE  va  BMTning  Xavfsizlik  Kengashi  kafolati  ostida  olib 
borilishi lozim) suyanishi kerak; 
-  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonaning  barpo  etilishi  va 
uning faoliyat ko’rsatishi; 
- Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi Shartnoma doirasida belgilab 
berilgan dunyo miqyosidagi yadro xavfsizligi tizimining ajralmas qismidir. 
Ayni  paytda  yadroviy  qurolsizlanish  bo’yicha  tadbirlar  bilan  bir  qatorda 
ommaviy  qirg’in  qurollarining  boshqa  turlari  ham  tarqalishining  oldini 
olishga qaratilgan sa’y-harakatlar amalga oshirilishi lozim; 
-  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  yaratish  masalalari 
yadro  sinovlari  oqibatlarini  bartaraf  etish,  ijtimoiy  va  ekologik 
muammolarni hal qilish, insonlarning munosib turmushini ta’minlash bilan 
chambarchas bog’liq bo’lishi kerak; 
 - Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish g’oyasi 
mintaqaviy  xavfsizlikni  ta’minlash  bo’yicha  ilgari  qilingan  sa’y-
harakatlarning mantiqiy davomidir. 
Mintaqaviy 
ekspert 
guruhining 
2005-yil 
7-9-fevral 
kunlari 
Toshkentda  bo’lib  o’tgan  ettinchi  uchrashuvida  yadroviy  davlatlar, 
MAGATE  va  BMT  Huquqiy  masalalar  bo’yicha  departamentining  taklif 
va  mulohazalarini  hisobga  olgan  holda,  mintaqa  mamlakatlarining 
Shartnoma  matni  bo’yicha  yakdil  pozitsiyasi  kelishib  olindi.  Toshkent 
bayonotining  matni  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  va  Bosh  Assambleyaning 
59-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.  
Ushbu  sa’y-harakatlar  natijasi  o’laroq,  oxir-oqibatda  Markaziy 
Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  to’g’risidagi  Shartnoma 
mintaqa  davlatlari  tomonidan  2006-yilning  8-sentyabrida  Semipalatinsk 
shahrida imzolandi.  Mazkur hujjat imzolanishining ramziy ahamiyati bor. 
Ma’lumki,  “sovuq  urush”  yillarida  harbiy  tenglikni  ta’minlash  siyosati 
doirasida  Semipalatinsk  poligonida  459  ta  yadro  quroli  portlashi 
o’tkazilgan,  Qozog’iston  uzoq  davom  etgan  yadroviy  portlashlardan 
nihoyatda 
katta 
zarar 
ko’rgan  va  bunday  siyosat  millionlab 
qozog’istonliklarning hayoti va salomatligi hisobidan olib borilgan edi.  

200 
 
Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  haqidagi 
tarixiy  shartnomaning  imzolanishi  BMT  Bosh  Assambleyasi  tomonidan 
qo’llab-quvvatlandi.  Bosh  Assambleya  2006  yilning  6  dekabr  kuni  61/88 
sonli  “Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish”  nomli 
mintaqa  davlatlari  nomidan  O’zbekiston  taqdim  etgan  maxsus 
rezolyutsiyani  qabul  qildi.  Bosh  Assambleya  Markaziy  Osiyoda  yadro 
qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  to’g’risidagi  Shartnomani  mintaqaviy 
hamda  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni  mustahkamlash  yo’lidagi  muhim 
qadam sifatida e’tirof etdi.  
O’zbekiston  mintaqa  mamlakatlari  orasida  birinchi  bo’lib  Markaziy 
Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  haqidagi  Shartnomani 
2007  yil  10  may  kuni  ratifikatsiya  qildi.  Shartnoma  2009  yil  21  martda 
mintaqaning qolgan barcha davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinganidan 
so’ng kuchga kirdi.  
Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  haqidagi 
Shartnoma  beshta  yadroviy  davlat  tomonidan  Xavfsizlik  kafolatlari 
to’g’risidagi  protokolning  imzolanishi  bilan  uzil-kesil  xalqaro-huquqiy 
jihatdan  rasmiylashdi.  Protokol  2014  yilning  6  may  kuni  BMTning  Nyu-
Yorkdagi  bosh  qarorgohida  Yadro  qurolini  tarqatmaslik  to’g’risidagi 
Shartnomaning 
Umumlashtiruvchi 
konferensiyasi 
Tayyorgarlik 
qo’mitasining Uchinchi sessiyasi chog’ida imzolandi
1

 
 
MAVZU BO’YICHA XULOSALAR 
 
Mazkur  bobda  O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  huquqning  teng  huquqli 
sub’ekti sifatida xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. 
 
NAZORAT UCHUN
 
SAVOLLAR VA KAZUSLAR 
 
1.
 
Muzokaralar  olib  borish  to’g’risidagi  va  O’zbekiston  Respublikasining 
xalqaro  shartnomalarini  imzolash  to’g’risidagi  qarorlari,  imzolash  vakolatlari  va 
shartnomalarini imzolash tartibi qanday amalga oshiriladi? 
2.
 
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish 
to’g’risidagi takliflar va Oliy Majlisning qarorining ahamiyati nimada? 
3.
 
O’zbekiston  Respublikasining  ratifikatsiya  qilinmaydigan  xalqaro 
shartnomalarini tasdiqlash va ularni (qabul qilish) tartibi qanday? 
 
                                                 
1
  http://www.uzbekistan.de/ru/nachrichten/nachrichten/initsiativa-prezidenta-uzbekistana-iakarimova-o-sozdanii-zonq-
svobodnoy-ot 

201 
 
1 KAZUS.  
O’zbekiston  Respublikasi  va  Qozog’iston  Respublikasi  o’rtasida  iqtisodiy 
hamkorlik to’g’risida ikki tomonlama idoralararo shartnoma tuzildi. Muzokaralar olib 
borilganidan  so’ng  xalqaro  shartnomani  ratifikatsiya  qilish  to’g’risidagi  taklif  O’zR 
Oliy  Majlisiga  01.03.2015  yilda  kiritildi.  Mazkur  xalqaro  shartnomani  ratifikatsiya 
qilish  to’g’risida  taklif  Oliy  Majlisga  kiritilgan  paytda  Oliy  Majlisning  yalpi  majlisi 
o’tkaziladigan sana 28.03.2015. ga belgilangan edi. 
Mazkur  vaziyatda  Qozog’iston  Respublikasi  shartnomani  ratifikatsiya  qilishga 
ko’p  vaqt  ketishi,  bu  paytda  o’ziga  ko’p  zarar  yetishini  va  o’zining  “Xalqaro 
shartnomalar  to’g’risida”gi  Qonunining  5-  va  13-moddalariga  muvofiq  Qozog’iston 
Respublikasining  Prezident  va  Hukumati  Parlamentga  xalqaro  shartnoma  tuzish 
to’g’risida  taklif  kiritganidan  o’n  to’rt  kundan  kechiktirmay  o’z  taklifini  bildirishi 
lozim  hisoblanadi  deb  shartnomani  o’n  to’rt  kun  ichida  ratifikatsiya  qilish  talabini 
O’zbekistonga qo’yadi. 
1.  Xalqaro  idoralararo  shartnomalar  nima?  O’zbekiston  Respublikasida  qaysi 
sub’ektlar xalqaro shartnomar tuzish vakolatiga ega hisoblanadi? 
2. O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to’g’risida”gi qonuniga 
ko’ra  xalqaro  shartnomani  ratifikatsiya  qilish  to’g’risida  takliflarni  kimlar  kiritishi 
mumkin? 
3.  Mazkur  vaziyatda  xalqaro  shartnoma  qay  tarzda  ratifikatsiya  qilinadi? 
Qozog’iston Respublikasining talabi asoslimi? 
 
 
2
 
KAZUS.  
O’zbekiston  Respublikasi  Hukumati  bilan  Hindiston  Respublikasi  Hukumati 
o’rtasida  madaniy  sohasida  hamkorlik  to’g’risida  2005  yilda  shartnoma  imzolash 
bo’yicha  muzokaralar  olib  borildi.  Shartnomani  imzolash  davomida  shartnomaga 
qanday  nom  berish  va  shartnoma  tili  to’g’risidagi  masala  borasida  tomonlar  bir 
to’xtamga kela olmadi. 
Ya’ni  shartnomaga  nom  berishda  O’zbekiston  bu  shartnomani  bitim  deb 
nomlashni taklif qildi, Hindiston esa bu shartnomaga keyinchalik boshqa manfaatdor 
davlatlarni  qo’shish  mumkin  deb  shartnomani  kelishuv  yoki  konvensiya  deb 
nomlashni taklif qildi. 
Shartnomaning  tili  masalasida  esa,  O’zbekiston  Hindiston  tili  tushunarsiz, 
shuning  uchun  25.12.1995  yildagi  “O’zbekiston  Ruspublikasining  xalqaro 
shartnomalar  to’g’risida”gi  qonuniga  ko’ra  uchinchi  til  sifatida  rus  tilini  tanlaydi. 
Hindiston esa ham o’zbek tili, ham rus tiliga rozi bo’lmagan holda shartnomaning tili 
sifatida ingliz tilini tanlaydi. 
1.  O’zbekiston  Respublikasing  xalqaro  shartnomalarining  tili  va  nomi 
to’g’risidagi talablar nimalardan iborat?  
2. Davlatlar o’rtasidagi shartnomaga nisbatan qaysi til va qanday nom beriladi? 
3. Ushbu vaziyatda qaysi davlatning talablari xalqaro huquq odat va normalariga 
ko’proq mos keladi? 
 

202 
 
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
 
1.
 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  masalalari  bo’yicha  xalqaro  shartnomalarni 
tuzish to’g’risidagi takliflarni berish masalasi, uni ko’rib chiqish tartibi (O’zbekiston 
va xorijiy mamlakatlar misolida) tahlil qiling. Ish shakli – yozma. 

203 
 
GLOSSARIY 
 
Ad referendum (lot. Ad referendum) – shartnomani shartli ravishda 
imzolash  yoki  hujjat  matniga  davlatning  vakolatli  organi  yoki  shaxsi 
tomonidan tasdiqlanishigacha rozilik bildirish.  
Autentik  matn  (yunon.  authentikos  –  haqiqiy,  dastlabki  manba 
asosida)  –  xalqaro  shartnomaning  asl,  barcha  rasmiyatgarchiliklarga  amal 
qilib tuzilgan matni.  
Deklaratsiya  (lot.  Deklaratio  –  e’lon  qilish)  –  ayrim  xalqaro 
shartnomalarning  nomlanishi  bo’lib,  shu  sohaga  oid  asosiy  prinsiplar  va 
harakat dasturini belgilaydi. 
Denonsatsiya  (lot.  denuntiatio  –  bildirish,  xabar  berish)  – 
shartnomaning  amal  qilishini  tugatish  yoki  shartnomaning  o’zida 
ko’rsatilgan tartib va muddatlarda undan chiqish usuli. 
Desuet`yud  –  (desuetude)  (eskirish,  iste’moldan  chiqish)  deb 
nomlanuvchi  ko’rinish  mavjud  bo’lib,  u  eskirish,  normani  rasman  rad 
etishsiz o’z kuchini yo’qotish degan ma’nolarni anglatadi. 
Diplomatik  muzokara  -  xalqaro  shartnoma  matnini  tayyorlash 
xalqaro  konvensiyalar  va  xalqaro  tashkilotlarda  oddiy  diplomatik  yo’llar 
orqali muzokaralar olib borish usuli bilan amalga oshiriladi. 
Doktrina – huquq normalarini norasmiy talqin qilish turlaridan biri, 
ular katta obro’ga ega bo’lgan yuris olimlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Implementatsiya  (ingl.  implementation  –  aynan  amalga  oshirish, 
hayotga  tatbiq  etish)  –  xalqaro-huquqiy  normalarni  asl  holida  ichki 
huquqqa tatbiq qilish, kiritish, amalga oshirish. 
Inkorporatsiya  –  davlat  ichki  qonun  chiqarish  hujjatida  xalqaro 
huquq normalarining aniq, ayni matn holida aks ettirilishi 
Ishtirokchilar  -  xalqaro  shartnomalarni  matnini  qabul  qilishda,  uni 
imzolashda  va  keyinchalik  majburiyatlarni  qabul  qilishda  ishtirok  etgan 
xalqaro huquq sub’ektlari hisoblanadi.  
Kvorum (lot. quorum (praesentia sufficit) – qatnashuvchilar (etarli)) 
–  xalqaro  tashkilotlar,  konferensiyalar  va  organ-larda  ishni  boshlash  va 
qaror  qabul  qilish  uchun  ularning  reglamentlarida  belgilab  qo’yilgan 
ko’pchilik.  
Kodifikatsiyalash  -  Amalda  zamonaviy  xalqaro  huquq  normalarini 
muayyan bir tizimga keltirish xalqaro huquqni kodifikatsiyalash deyiladi 
Komissiya  –  muayyan  funktsiyalarni  bajarish  yoki  maxsus 
tadbirlarni o’tkazish uchun tashkil etiladigan organ. 

204 
 
Kommyunike  (lot.  sommunico,  fr.  communiqui  –  xabar  qilaman)  – 
xalqaro  shartnomalarning  tuzilishi  yoki  natijalari,  xalqaro  konferensiyalar 
va  muzokaralarning  yoxud  harbiy  harakatlarning  borishi  to’g’risidagi 
rasmiy xabar.  
Konvensiya  –  xalqaro  shartnomalarni  nomlanishidan  biri.  AQSHda 
konvensiyalar  degan  nomlanish  ikki  tomonlama  shartnomalarni  nomlash 
uchun,  qolgan  davlatlarda  esa  ko’p    tomonlama  shartnomalarni  nomlash 
uchun qo’llanadi. 
Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling