Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2. Yangi mustaqil davlatlar
- 11.3. Davlatlarning birlashishi va bo’linishi natijasida huquqiy vorislik
178 vakillari tomonidan ham tasdiqlangan. 1972 yili Xalqaro huquq komissiyasining ma’ruzasi muhokamasidan so’ng BMT Bosh Assambleyasining Oltinchi qo’mitasi bayonot berdi: barcha vakillar “moddalar loyihasida ishlatilgan “huquqiy vorislik” tushunchasi faqat bir davlatni ikkinchisi bilan almashtirish faktini bildiradi va buning yuridik oqibatlari hisoblangan huquq va majburiyatlarga taaluqli barcha savollarni rad etadi deb kelishildi” 1 . Demak, Konvensiyada davlatlar huquqiy vorisligi biron bir hududning xalqaro munosabatlari uchun majburiyatlarni ado etishda bir davlatning ikkinchisi bilan almashishi belgilanadi (2.1v-modda). Bu fikr Xalqaro Sud amaliyotida ham o’z aksini topgan. Masalan, 1992 yilgi Salvador va Gonduras o’rtasidagi chegara baxslarini hal qilishda Sud davlatlarning huquqiy vorisligini “bir davlatning hududiy mustaqilligi boshqasiga o’tishining usullaridan biri” 2 sifatida belgiladi. Konvensiya nafaqat voris va o’tmishdosh davlatlarning huquqiy holati, balki “boshqa ishtirokchi davlatlar”ga ham tegishlidir. Har qanday davlat o’tmishdosh davlatdan tashqari voris davlatga nisbatan va huquqiy vorislik ob’ekti hisoblangan hududga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi paytida kuchga kirgan shartnoma ishtirokchisi hisoblanadi. Masalan, voris davlat va o’tmishdosh davlatlardan biri o’rtasida huquqiy vorislik to’g’risida kelishuv tuzishda shartnoma boshqa tomonlar uchun majburiy bo’lmaydi. Voris davlatning shartnoma bo’yicha majburiyatlarni qabul qilish to’g’risidagi bir tomonlama bayonoti uni boshqa tomonlar uchun majburiy qilmaydi. Davlatlarning 1891 yildagi London konferensiyasi rezolyutsiya qabul qildi, unda “dastlabki asosga muvofiq, xalqlar ichki tuzilmasi qanchalik o’zgarishlarga uchrasa ham, traktatlar o’z majburiyatlarini o’zgartirmaydi” degan fikr tasdiqlandi. Bu boshqaruv shaklining o’zgarishi (monarxiya – respublika) ham, davlat tuzumining o’zgarishi (federatsiya-unitar davlat) ham shartnomaga ta’sir qilmaydi deganidir. Bu hukumatlarning konstitutsiyaviy almashuviga ham tegishli. Xalqaro maydonda tan olinishni maqsad qilib qo’ygan to’ntarishdan keyingi yangi hukumatlar odatda qabul qilingan majburiyatlarga o’z sodiqligini ko’rsatadi deb amaliyot guvohlik beradi. 1964 yilgi Braziliyadagi harbiy to’ntarishdan so’ng vaqtinchalik hukumat tashqi ishlar vaziri Braziliya xalqaro kelishuvlarga rioya qiladi deb bayonot berdi 3 . 1975 yili Bangladeshda 4 , 1984 yilda Nigeriyada 1 , 1985 yilda 1 Qarang: YILC.1974. Vol. II.Part One. P. 6. 2 ICJ. Reports. 1992. P.351. 3 Qarang: Правда. 1964.9 апрель 4 Qarang: Правда. 1975. 17 август 179 Sudanda bo’lib o’tgan to’ntarishdan so’ng yangi hukumat huddi shunday yo’l tutdi. Oxirgi holatda Misr hukumati bo’lib o’tgan voqealar Sudan davlatining ichki ishi deb qabul qilishini va ular o’rtasidagi kelishuvni bajarishga tayyor ekanini aytdi 2 . Shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to’g’risidagi moddalarning qo’llanish sohalarini belgilashda Halqaro huquq komissiyasi ijtimoiy yoki boshqa inqilobiy shakllar bilan vujudga kelgan, davlat tuzumining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan huquqiy vorislik muammolarini ularni qo’llanishdan chiqarib tashlashga qaror qildi. Komissiya fikricha, “aksariyat hollarda” inqilob yoki to’ntarish qanday xarakterga ega bo’lmasin, davlatning aynan o’xshashligi emas, boshqaruvni o’zgartiradi 3 . Chegaralar tartibi to’g’risidagi shartnomalar alohida o’rin tutadi. Ma’lumki, 1969 yil Konvensiyasi holatlarning tubdan o’zgarishi chegara to’g’risidagi shartnomani tugatish uchun unga murojaat qilish huquqini bermaydi deb belgilagan. Huquqiy vorislik shartnoma bilan belgilangan chegara yoki ularning tartibiga dahlsizdir 4 . 11.2. Yangi mustaqil davlatlar “Yangi mustaqil davlat” deb voris davlat tushuniladi. Uning hududi bevosita huquqiy vorislik oldidan qaram hudud hisoblangan va uning xalqaro munosabatlari uchun o’tmishdosh davlat javobgar bo’lgan. Makneyr “umumiy prinsip shundan iboratki, qayta tashkil etilgan davlatlar … shartnomaviy majburiyatlarga nisbatan toza doskadan boshlashadi...”, - deb yozgan 5 . Bu qoida BMT Kotibiyati amalga oshirgan amaliyot umumiy xulosasi (Materials on Succession of States) bilan tasdiqlangan 6 . Konvensiya toza doska prinsipini qo’llab quvvatladi (tabula rasa). Yangi mustaqil davlat mustaqil bo’lgan davlatga nisbatan kuchda bo’lgan har qanday shartnomani ham kuchda saqlab qolishga majbur emas. Shu bilan birga yangi mustaqil davlatlar amaliyoti ular o’zidan oldingi o’tmishdoshning shartnomaviy munosabatlarini saqlab qolish foydali ekanligini tushunadi deb guvohlik beradi. Bu munosabatlarni 1 Qarang: Правда. 1984. 2 январь 2 Qarang: Правда. 1985. 8 апрель 3 Qarang: YILC.1974. Vol. II.Part One. P. 170. 4 Qarang: Tyranowski J. Sukcesja panstv a traktaty w sprawie granic. Poznan. 1979. 5 McNair. The Law of Treaties. P. 601. 6 Qarang: YILC.1974. Vol. II.Part One. P. 211. 180 tiklash ulardan ancha kuch sarflashni talab qilishi va bir qancha noqulayliklarni tug’dirishi mumkin. Shu sababli ular aksariyat hollarda oldingi shartnomalarni keyinchalik o’zlari uchun foydasiz bo’lgan qoidalardan asta – sekin qutulish maqsadida saqlab qolishadi. Jumladan, Serra – Leone 1961 yili notalar bilan almashish natijasida “har qanday haqiqiy xalqaro aktdan kelib chiqadigan Qo’shma Qirollik hukumatining barcha majburiyat va javobgarligini o’ziga qabul qildi., chunki bunday akt Serra – Leonega ham qo’llanishi mumkin”. 1957 yilda Gana bilan bog’liq masala shunga o’xshash yo’l bilan tartibga solindi 1 . Fidji hukumati mavjud huquqiy munosabatlarni quvvatlamoq istagini bildirgan 2 . 1956 yilgi Tunis mustaqilligi to’g’risidagi fransiya – tunis kelishuvi bayonnomasida Fransiyaning Tunis mustaqilligini tan olishi haqida bayon etilgan. Natijada, ular o’rtasida 1881 yil 12 mayda tuzilgan shartnoma frank-tunis munosabatlarini boshqa tartibga sola olmaydi. 1955 yilgi kelishuv qoidalari “Tunisning mustaqil va suveren davlat sifatida yangi mavqeiga zid bo’lsa, o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin” 3 . Shu bilan birga boshqa holatlar ham ma’lum. 1960 yilda Kongo hukumati Belgiya hukmronlik qilgan davrda tuzilgan barcha shartnomalar o’z kuchini yo’qotgan deb e’tirof etgan 4 . 1971 yilgi mustaqillikni e’lon qilish to’g’risidagi Baxreyn knyazligining hukumat bayonotida Baxreynni Angliya bilan bog’lab turadigan barcha siyosiy va harbiy kelishuvlarni bekor qilish haqida bayon qilingan edi 5 . Yangi davlat mustaqillikka erishgandan so’ng yangi tuzumga mos kelmaydigan shartnomalar zudlik bilan o’z harakatini to’htatilishi mantiqqa mos keladi. Eski majburiyatlar yangi davlatga avtomatik ravishda tarqalishi kerak emasligi to’g’ri yondoshuv, chunki budnay majburiyatlar davlatning oldingi holatini aks etiradi. Yangi mustaqil davlatga huquqiy vorislik haqida xabar berish yo’li bilan ko’ptomonlama shartnomada ishtirok etish bo’yicha o’z maqomini o’rnatish huquqi berilgan. Buning uchun faqat bildirishnoma kifoya. Agar bunday davlatga nisbatan shartnoma qo’llanilganda uning ob’ekti va maqsadlari bilan to’g’ri kelmasligi aniqlansa, bu qoida qo’llanilmaydi. 1 Qarang: ICLQ.1965. .Part 2. P. 616- 617 2 Qarang: U.N.Treaty Series. 1974. Vol. 917. Nos. 13082 – 13104. P. 126. 3 Le Monde. 1956. 22 Mars. 4 Qarang: Правда. 1960. 23 август. 5 Qarang: Правда. 1971. 15 август 181 Yangi mustaqil davlat xabar berish yo’li bilan ham kuchga kirmagan shartnomaga nisbatan ahdlashuvchi davlat bo’lishi mumkin. Agar o’tmishdosh davlat ko’ptomonlama shartnomani uni ratifikatsiya qilish yoki qabul qilish sharti bilan imzolagan bo’lsa, unda yangi davlat uni ratifikatsiya qilishi yoki qabul qilishi mumkin. Bu hollarda ham yangi davlatning ishtiroki uning ob’ekti bilan va shartnoma maqsadlari bilan mos kelmasligiga taaluqli qoida amal qiladi. 11.3. Davlatlarning birlashishi va bo’linishi natijasida huquqiy vorislik Davlatlar amaliyoti tahlili ularni birlashtirish bo’yicha shartnomalarga nisbatan biron bir aniq mezon bermagan. Germaniya federatsiyasi (1871y.) va Shveytsariya federatsiyasi (1848y.) va boshqa shu kabi davlatlarning birlashish amaliyotini o’rganib, aksariyat mualliflar shunday xulosaga kelishdi, voris davlatning federal yoki unitar bo’lishi alohida ahamiyatga egadir. Biroq bunda yuridik oqibatlar turli bo’lishi mumkinligi ta’kidlandi. Shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik to’g’risidagi Konvensiya mavjud amaliyotni hisobga olgan holda quyidagi qoidalarni belgiladi. Davlatlar birlashgan holatlarda ularning har qaysi uchun kuchga ega bo’lgan shartnoma, voris davlat uchun ham o’z kuchini saqlab qoladi. Bunda tomonlar boshqa holat to’g’risida kelishib olishi mumkin (34- modda). Ko’rinib turibdiki, Konvensiya kontinuitet prinsipini tasdiqladi, ya’ni davlatlarning bo’linish holatida shartnomalar ishi davom etadi. O’tmishdosh davlat shartnomalarining maqomini aniqlash maqsadida davlatlarning vijdonli (halol) muzokaralar olib borish huquqiga alohida ahamiyat berilgan. Buning barchasi huquqiy vorislik institutini shartnoma tomonlari maqomida o’zgarishlar bo’lgan holatda shartnomaviy munosabatlarning mustahkamligini ta’minlashning xalqaro-huquqiy kafolati sifatida ko’rib chiqish mumkinligini tasdiqlaydi. O’tmishdosh davlatning har qanday shartnomasi huquqiy vorislik paytida qaysi davlatda kuchga ega bo’lsa, faqat o’sha davlat hududiga nisbatan qo’llaniladi. Ko’ptomonlama shartnoma holatida voris davlat bildirish orqali uning butun hududga nisbatan qo’llanishini ma’lum qiladi. 182 Agar shartnomaning butun hududga qo’llanishi uning ob’ekti va maqsadlariga to’g’ri kelmasligi aniqlansa, bu qoida qo’llanilmaydi. Shu tariqa voris davlat bildirish orqali ko’ptomonlama shartnomaning ahdlashuvchi davlati sifatida o’z maqomini belgilashi mumkin. O’tmishdosh davlatlardan biri ko’ptomonlama shartnomani imzolasa, voris davlat uni ratifikatsiya qilishi va qabul qilishi mumkin. Shuni aytish joizki, shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik to’g’risidagi Konvensiya katta tanqidga uchradi. D.O Konnell ta’kidlashicha, Konvensiya huquqni shiddat bilan ko’rib chiqish istagida noto’g’ri tasavvurdan, ya’ni dekolonizatsiyaning maxsus muammosi alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan, natijada butun intellektual kontekst noto’g’ri aks etilgan 1 . Adabiyotlarda va amaliyotda ba’zan “avtomatik huquqiy vorislik” haqida savol tug’iladi. Ta’kidlanishicha, u avvalambor inson huquqlari to’g’risidagi ko’ptomonlama konvensiyalarga nisbatan qo’llaniladi. “Avtomatik huquqiy vorislik”ka nisbatan xalqaro huquq umumiy normalarni belgilab beruvchi ko’ptomonlama shartnomalar haqida gapirilganda murojaat qilish mumkin. Ularning qoidalari odat normalari sifatida haqiqiy hisoblanadi. Bu nafaqat inson huquqlari to’g’risidagi shartnomalar, balki umuman gumanitar huquqqa ham tegishli. Endi huquqiy vorislikning tajribasiga murojaat qilamiz, unda bir davlat boshqasini o’z ichiga oladi va bunda o’zining sub’ektga bo’lgan huquqini saqlab qoladi. Vetnam Demokratik Respublikasi tarkibiga Janubiy Vetnamni qo’shish natijasida, oxirgining shartnomalari tugatilgan. Xalqaro huquq komissiyasining o’sha payt qabul qilingan huquqiy vorislik to’g’risidagi moddalar loyihasi e’tiborga olinmagan. Shunga o’xshash tartibdagi boshqa holat – Germaniya Demokratik Respublikasining GFR Asosiy qonuni 23-moddasiga muvofiq GFR tarkibiga kiritilishi. GDR va GFR o’rtasidagi asosiy munosabatlar to’g’risidagi 1972 yildagi shartnoma natijasida shartnoma ishtirokchilari bir-birini xalqaro huquqning teng huquqli sub’ektlari sifatida tan oldi. Bungacha g’arbiy davlatlar GFR hukumatini butun Germaniyaning vakili sifatida tan olardi 2 . Sud amaliyotigina ko’pincha real pozitsiyani qo’llab quvvatlar hamda ikkala davlatni ham Germaniya vorisi sifatida ko’rgan 3 . 1 Qarang: O”Connell D. Reflections on the State Succession Convention // ZaoRV/ 1979. P. 725 - 729. 2 Qarang: G’arbiy Germaniyaning NATOga kirishi to’g’risida bayonnomaga “V” ilova. 1954. №47. B. 5-6. 3 Oregon shtatining 1958 yilgi qarori 1954 yilgi shartnoma faqat G’arbiy Germaniyaga nisbatan qo’llanilishi, 1923 yilgi shartnoma esa Sharqiy Germaniya uchun kuchga ega ekanligini belgilab berdi // Virginiya Journal of International Law. 1958. April. P. 420 183 GDRning GFR tarkibiga kirishi 1990 yil Germaniya butunligini qayta tiklash to’g’risidagi Shartnoma bilan rasmiylashtirilgan. Shartnoma moddalaridan biri GFR huquqiy vorisligiga, boshqasi – GDRga bag’ishlangan 1 . Ulardan birinchisida ahdlashuvchi tomonlar GFR shartnomalari, xatto xalqaro tashkilotlarda uning a’zoligi asoslangan shartnomalar ham o’z kuchini saqlab qolganligidan kelib chiqadi (11-modda). GDRga nisbatan esa, u tuzgan shartnomalarni ahdlashuvchi tomonlar ishonch himoyasi, ishtirokchi davlatlar manfaatlari va GFR shartnomaviy majburiyatlari nuqtai nazaridan hamda erkin, demokratik va huquqiy davlat tartibi prinsiplariga muvofiq va ularni saqlash, moslashish yoki tugatish haqidagi masalalarni hal qilish uchun Yevropa hamjihatligida ishtirokini hisobga olgan holda muhokama etiladi (12-modda). Sovet Ittifoqi (SSSR)ning GDR bilan tuzgan shartnomalari 400ga yetgan. 1990 yil 9 noyabrda Sovet Ittifoqi va GFR tashqi ishlar vazirlari o’rtasida ikkitomonlama shartnomalar tomonlar muzokaralarida ko’rib chiqilishi haqida xatlar bilan almashish bo’lib o’tgan. Xalqaro tashkilotlarga a’zolik faqat GFRda saqlanib qolgan. Ikki german davlatlarining birlashishi ularning g’olib davlatlar bilan shartnomaviy munosabatlarining o’zgarishiga olib kelgan. 1990 yil Germaniyaga nisbatan eng so’nggi tartibga solish Shartnomasi qabul qilindi (“4+2 Shartnomasi”). Shartnomada, jumladan, bayon etilgan: “Germaniyaning demokratik va tinch davlatga birlashishi bilan to’rt davlatning Berlin va butun Germaniyaga nisbatan huquq va majburiyati o’z ahamiyatini yo’qotdi 2 . O’tmishdosh davlat halqaro huquq sub’ekti sifatida saqlab qolinganda unga oldin tuzilgan shartnomalarning barchasi tegishli, faqat ajralib chiqqan hududlarga taaluqli bo’lgan shartnomalar bundan istisno. Bu holatda o’tmishdosh davlat xalqaro tashkilot a’zosi sifatida o’z mavqeini saqlab qoladi. Bunga Pokistonning Hindistondan ajralishi misol bo’ladi. Bosh Assambleya Hindiston o’z a’zoligini davom ettiradi deb hisobladi. Sovet Ittifoqi (SSSR) tarqalishidan keyingi qator o’ziga xos aspektlarga ega bo’lgan huquqiy vorislik muammolari biz uchun alohida 1 Qarang: Der einigungs Vertrag. Munchen. 1990. 2 Qarang: Известия. 1990. 13 сентябрь. 184 ahamiyat kasb etdi 1 . Huquqiy vorislik bilan bog’liq masalalar Mustaqil Davlatlar Hamkorligini tuzish haqidagi Bitim (1991 y.), Olmaota Deklaratsiyasi (1991y.), Sobiq Ittifoq shartnomalariga nisbatan huquqiy vorislik masalalarida o’zaro tushunish to’g’risidagi Memorandum (1991 21 dekabr) bilan tartibga solingan. Olmaota Deklaratsiyasida Sobiq Ittifoq o’z ishini tugatganligi to’g’risida bayon etilgan. Shu bilan birga “ishtirokchi davlatlar o’z konstitutsiyaviy tartiblariga muvofiq Sobiq Ittifoq shartnomalari va kelishuvlardan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarni bajarishni kafolatlaydi deb belgilangan” 2 . Deklaratsiyani Pribaltika davlatlaridan tashqari barcha Sobiq Ittifoq respublikalari imzoladi. 1990 yilda Litva parlamenti, 1991 yilda Estoniya va Latviya parlamentlari Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqanligini e’lon qilishdi. Bu aktlar mavjud davlatlarning mustaqillikni qayta tiklovchilar sifatida ko’rib chiqiladi. Bundan kelib chiqadiki, ular o’zini Sovet Ittifoqi huquqiy vorislari deb hisoblashmagan. 1990 yil avgustda Latviya Oliy Kengashi Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralar to’g’risida qaror qabul qildi. Muzokaralarda Latviyaning davlat suverenligi 1940 yilning 16 iyul darajasida qayta tiklanganligini tan olish belgilandi 3 . Sovet Ittifoqi ishtirokchi sifatida qatnashgan shartnomalarga nisbatan Pribaltika davlatlari BMT Bosh kotibiga Sovet Ittifoqi tuzgan huquqiy vorislik bilan bog’liq har qanday shartnomaga o’zini dahlsizligini ma’lum qildi. Ukraina 1991 yili huquqiy vorislik to’g’risidagi Qonunni qabul qildi, unga ko’ra Ukraina “Sovet Ittifoqining halqaro shartnomalari bo’yicha huquq va majburiyatlarining huquqiy vorisi “ hisoblanadi. Bunda gap faqat “Ukraina Konstitutsiyasi va respublika manfaatlariga zid bo’lmagan” huquq va majburiyatlar haqida borayotgani ta’kidlandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 1992 yil 12 yanvardagi o’z notasida Rossiya Federatsiyasi Sovet Ittifoqi tuzgan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni bajarishni davom ettirishi to’g’risida boshqa davlat hukumatlariga ma’lum qildi va shunga binoan Rossiya Federatsiyasini “Sovet Ittifoqi o’rniga barcha harakatdagi xalqaro shartnomalar Tomoni sifatida” qabul qilishni belgiladi. 1 Qarang: Klimenko B.M. sobiq Ittifoq hududida huquqiy vorislik muammolari. // MJMP. 1992. №1; Mullerson R. Or. Cit.; Johnson L. The Succession to the USSR for Treaties Concluded within the United Nations and Specialized Agencies // Juridical I Yearbook. 1992 ; erickson J. Fallen from Grace // World Policy Journal. 1993.Summer. 2 Qarang: Известия. 1991. 23 декабрь. 3 Qarang: Известия. 1990. 11 август. 185 Demak, Rossiya Sobiq Ittifoq majburiyatlarini to’liq o’ziga olishi mumkin bo’lgan davom ettiruvchi davlat kontsepsiyasini ilgari surdi. Bu qoida 1991 yil 21 dekabrda MDH davlatlari rahbarlari Kengashining qarori bilan maqullangan, unga ko’ra Rossiya “BMTda Sovet Ittifoqi a’zoligini, Xavfsizlik Kengashida doimiy a’zo hamda boshqa xalqaro tashkilotlarda a’zoligini davom ettirishi” bayon etilgan. Rossiya Prezidenti 1991 yil 24 dekabrda BMT Bosh kotibiga yo’llagan maktubida ”Sovet Ittifoqining a’zoligi endi Rossiya Federatsiyasi bilan davom etadi” deb ma’lum qildi. Sovet Ittifoqining BMTdagi o’rnining Rossiya Federatsiyasiga o’tishi Bosh Assambleyaning va Xavfsizlik Kengashining hech qanday rasmiy qarorlarini talab qilmadi 1 . Shartnomalar huquqi to’g’risidagi Konvensiyadan farqli, huquqiy vorislik to’g’risidagi Konvensiya harbiy okkupatsiya holatlari to’g’risidagi moddaga ega. Unda Konvensiya hududni harbiyalar okkupatsiyasi bilan bog’liq har qanday shartnomaga nisbatan paydo bo’ladigan bironta masalani oldindan hal qilmaydi deb belgilangan (40- modda). Doktrinada xorijiy davlatni yoki uning qismini harbiy okkupatsiya qilish bunday davlatning xalqaro - huquqiy sub’ektligiga ta’sir ko’rsatmaydi degan fikr keng tarqalgan 2 . Xalqaro huquq komissiyasi bu borada quyidagi xulosaga keldi: harbiy okkupatsiya moddalar loyihasi unga bergan davlat huquqiy vorisligi ma’nosini bermasada, ammo shunga o’xshash savollarni tug’dirishi mumkin. Shuning uchun, xato tasavvurga ega bo’lmaslik uchun, Konvensiyaga huquqiy vorislik to’g’risidagi moddalar harbiy okkupatsiya natijasida tug’ilishi mumkin bo’lgan savollarga aloqasi bo’lmaydi degan modda kiritish qaror qilindi 3 . Haqiqatdan ham, harbiy okkupatsiya unga uchragan davlatga okkupant davlat bilan ikkitomonlama shartnomalar harakatini to’xtatib qo’yish huquqini beradi. Shu kabi huquqqa bunday shartnomalarning boshqa ishtirokchilari ham ega. Aytilganlardan ko’rinib turibdiki, 1978 yilgi shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to’g’risidagi Konvensiya hozirgi zamon amaliyotini hisobga olgan holda bu institutning qator muhim prinsip va normalarini kodifikatsiya qilgan. Avvalambor, chegaralar to’g’risidagi, hududiy rejim (tartib) to’g’risidagi shartnomalarning avtomatik ravishda huquqiy vorislik to’g’risidagi normalarni mustahkamlash muhim ahamiyat 1 Qarang: Известия. 1991. 25 декабрь. 2 Qarang: Marek K. Identity and Continuity of States in Public International Law. Geneva. 1954. P.74 3 Qarang: YILC.1972. Vol. II.P.308. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling